|
14-mavzu: fond bozorida banklar va nobank kredit institutlari
|
bet | 1/5 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 31,36 Kb. | | #244935 |
Bog'liq 14-MAVZU FOND BOZORIDA BANKLAR VA NOBANK KREDIT INSTITUTLARI
14-MAVZU:FOND BOZORIDA BANKLAR VA NOBANK KREDIT INSTITUTLARI
14.1. Fond bozorida banklarning ishtiroki
Bank – bu moliyaning mahsus faoliyat sohasi bo‘lib, Fond bozori orqali pul resurslarini jamlab, ularni iqtisodiyotning turli samarali sub’yektlariga manfaatli taqsimlaydigan alohida moliyaviy institut hisoblanadi. Bunda bank pul va moliyaviy instrumentlar yordamida o‘zi bilan bog‘liq shaxslar (kreditorlar, egalari-investorlar, joriy operasion hizmatidan foydanuvchi mijozlar, kredit oluvchilar, sheriklari) risklarini ma’lum (kelishilgan) haq evaziga qabul qilib oladi va jamlangan risklarni manfaatli (foyda olish va foyda bilan ta’minlash maqsadida) difersifikatsiyalash asosida professional boshqaradi. Fond bozorida bunday faoliyatni ihtisoslashgan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan turli mulkchilik shaklida tuzilgan banklar amalga oshiradi. Bunda banklar tijorat tashkilotlari sifatida ma’lum risklarga moyil bo‘lganliklari sababli, ular Fond bozori orqali o‘z risklarini boshqaradilar.
Ko‘rinib turibdiki, banklar sug‘urta kompaniyalari va investisiya institutlari bilan bir qatorda Fond bozorining professional, o‘ta zarur, foydali va eng salmoqli qatnashchilaridan hisoblanadi.
Aytilgan operatsiyalar negizida davlat (markaziy) banki va tijorat banklari o‘zaro bog‘liqlikda bank tizimini hosil qilib, markaziy bank boshchiligida Fond bozori orqali iqtisodiyotda kredit-pul (monetar) siyosatini yuritadi. Bu esa Fond bozorining risksizlilik, jalbdorlilik, barqarorlik, moliyaviy havfsizlik darajasini ko‘tarishga, samarali investision hajmini va jarayoni sifatini oshirishga hizmat qiladi.
Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan respublika bank tizimining izchil rivojlanishiga katta e’tibor qaratilayotganligi va banklarning kapitallashuv darajasini yanada oshirish va ularning resurs bazasini mustahkamlash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi investorlarning fond birjasidagi banklar aksiyalariga bo‘lgan qiziqishlarining tobora ortib borishiga sabab bo‘lmoqda. Banklar aksiyalariga bo‘lgan qiziqishning ortib borishi ularning ishonchliligi, barqarorligi, daromadlar miqdorining doimiy oshib borishi va aksiyadorlar uchun axborotlar oshkor qilish qonunchilik normalarining faol tadbiq etilayotganligi kabi omillar bilan uzviy bog‘liqdir.
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan banklar o‘zining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarni huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi markaziy bankining me’yoriy xujjatlariga muvofiq ravishda hamda “Tijorat banklariga qimmatli qog‘ozlar bozorida operatsiyalar bajarishga doir tavsiyalar” asosida amalga oshiradi.
Tijorat banklarining investisiya siyosatini takomillashtirish ularning Fond bozoridagi mavqeini mustahkamlash, likvidliligini ta’minlash va moliyaviy barqarorlik darajasini oshirish nuqtai-nazaridan muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Banklarning investisiya jarayonlaridagi ishtiroki yanada faollashib bormoqda.
Banklar tomonidan ajratilayotgan investision kreditlar ustuvor ravishda iqtisodiyotning sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish va rivojlantirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuksaltirish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etishga qaratilgan dasturlar doirasidagi investision loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilmoqda. Respublikamiz tijorat banklarining yetarli darajada likvidli ekanligi hamda ularning resurs bazasini tobora mustahkamlanib borayotganligi ularning investision faoliyatini rivojlantirish imkonini bermoqda. Xususan, tijorat banklarining muomaladagi qarz qimmatli qog‘ozlari hajmi 2017 yil 1 yanvar holatiga 1 054,1 mlrd. so‘mni, jumladan, muomaladagi uzoq muddatli obligatsiyalar 216,3 mlrd. so‘mni va depozit sertifikatlari miqdori 837,8 mlrd. so‘mni tashkil etmoqda1. Quyidagi jadval ma’lumotlari orqali respublikamiz tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq bo‘lgan investision faoliyatiga baho beramiz.
|
| |