|
Fond bozorida nobank kredit institutlari. Pul bozorida nobank kredit institutlari faoliyat mexanizmi
|
bet | 3/5 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 31,36 Kb. | | #244935 |
Bog'liq 14-MAVZU FOND BOZORIDA BANKLAR VA NOBANK KREDIT INSTITUTLARI14.2. Fond bozorida nobank kredit institutlari. Pul bozorida nobank kredit institutlari faoliyat mexanizmi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi «2011- 2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi PQ-1438-sonli Qarorida, aynan, nobank tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari belgilab berildi. Bunda nobank tashkilotlari faoliyatini yanada rivojlantirish, mikrokreditlash va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish hajmlarini kengaytirish, nobank tashkilotlari va ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat turlari tarmog‘ini kengaytirish, nobank tashkilotlarida hisob yuritilishini, ular faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish usullarini yanada takomillashtirish, axborot-aloqa texnologiyalarini joriy etish, nobank tashkilotlari xodimlarining malakalarini oshirish, mikromoliyalash sohalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni keng yoritish shular jumlasidandir.
Bugungi kunda mikrokredit tashkilotlari Fond bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lsada, ular faoliyatini takomillashtirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Masalan, ularda hanuzgacha pul mablag‘larini boshqarish, xalqaro standartlarga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tuzish, ularni tahlil qilish kabi xalqaro tajriba va ko‘nikmalarga bo‘lgan ehtiyoji katta. Shu bois, O‘zbekistonda kichik biznes va mikromoliyalashni rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalarini jalb qilish asosida kichik biznes sub’yektlariga ko‘proq moliyaviy yordam ko‘rsatish, mikrokredit tashkilotlari sonini ko‘paytirish, uning me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish hamda ular faoliyatini samarali nazorat qilishni mustahkamlash bo‘yicha zarur choralarni amalga oshirish talab etiladi. Tadbirkorlik sub’yektlarini mikrokredit tashkilotlari tomonidan faol moliyalashtirish, o‘z navbatida, ularning soni, ko‘rsatayotgan xizmatlar sifati, ustav kapitali, resurslari, aktivlariga ham bog‘liq bo‘ladi.
|
| |