• Ko‘rsatkichlar Yillar 2012
  • 14-mavzu: fond bozorida banklar va nobank kredit institutlari




    Download 31,36 Kb.
    bet2/5
    Sana20.05.2024
    Hajmi31,36 Kb.
    #244935
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    14-MAVZU FOND BOZORIDA BANKLAR VA NOBANK KREDIT INSTITUTLARI

    14.1.1-jadval
    O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalari2



    Ko‘rsatkichlar

    Yillar

    2012

    2013

    2014

    2015

    2016

    Qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalar summasi, mlrd. so‘m

    133,6

    68,7

    30,0

    44,0

    44,3

    Investisiyalarning brutto aktivlar hajmidagi salmog‘i, %

    0,4

    0,2

    0,08

    0,09

    0,07

    14.1.1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining brutto aktivlari hajmida qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalar juda kichik salmoqni egallaydi. Masalan, 2017 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkichning darajasi 0,07 foizni tashkil etdi. Bu esa, nisbatan juda past ko‘rsatkich hisoblanadi. Buning sababi shundaki, taraqqiy etgan mamlakatlarda qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalarning tijorat banklari brutto aktivlarining umumiy hajmidagi salmog‘i 8,5-10,0 foizni tashkil etadi va ularning asosiy qismini hukumatning qimmatli qog‘ozlariga qilingan investisiyalar tashkil etadi.


    Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalarining brutto aktivlar hajmidagi salmog‘ining kichik bo‘lishi bankning joriy likvidliligini ta’minlash va aktivlarining daromadlilik darajasini oshirish nuqtai-nazaridan salbiy holat hisoblanadi. Bu esa, yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarning tijorat banklari joriy likvidliligini ta’minlashning ishonchli vositasi ekanligi hamda korporativ qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalarning daromadlilik darajasini yuqori ekanligi bilan izohlanadi.
    "Toshkent" Respublika fond birjasining birlamchi joylashtirish va ikkilamchi bozor savdo maydonlaridagi qimmatli qog‘ozlarning investisiyaviy jozibadorligi bo‘yicha tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki, birja savdo aylanmalarining asosiy qismi tijorat banklari aksiyalariga to‘g‘ri kelmoqda.
    Shunday qilib, banklar umuman iqtisodiyotda, xususan Fond bozorida quyidagi rollarni bajaradi:
    - monetar siyosatni ta’minlovchi institutlar;
    - iqtisodiyot sub’yektlariga kredit, pul vositalari bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha professional hizmatlar ko‘rsatuvchi institutlar;
    - moliyaviy resurslar akkumulyatori, yirik investisiyalar manbai;
    - institusional investor (belgilangan tartibda);
    - qimmatli qog‘ozlar chiqaruvchi (belgilangan tartibda);
    - fond bozorida professional hizmat ko‘rsatuvchi institut.
    Aytilganlarni xalqaro bank tizimi rivojlanishi tendensiyalari asosida ko‘rish mumkin3.
    Hozirda rivojlangan mamlakatlardagi banklar operatsiyalari va daromadining 80 foiziga yaqin miqdori qimmatli qog‘ozlar bozorida shakllanmoqda. Daromadining qolgan qismi esa tradision bank operatsiyalaridan hosil bo‘lmoqda. Bu holatni investisiya banklari faoliyati misolida ko‘rish mumkin.
    Investisiya banki – bu asosan qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarga ihtisoslashgan kredit-moliya instituti. Uning maqsadi: moliya bozorlari orqali qo‘shimcha pul mablag‘larini jalb qilish, o‘z mijozlarini (jumladan davlatni) uzoq muddatli kreditlash. Zamonaviy investisiya banki hozirda na faqat fond bozorlarida qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni bajaradi, balki kompaniyalarni birlashtirilishi (yutib borilishi) va o‘zaro birlashishini tashkillashtirish, ipotekani va venchur kapitalini boshqarish bilan ham shug‘ullanadi.
    Investisiya banklari turli mamlakatlarda ma’lum xususiyatlarga ega. Masalan, Buyuk Britaniyada – turli profilli investisiya kompaniyalari, savdo banklari. Bunda savdo banklari oddiy bank operatsiyalaridan tashqari, aksiyadorlik kompaniyalari, pensiya fondari, sug‘urta kompaniyalari qimmatli qog‘ozlarini boshqarish bilan ham shug‘ullanadi.
    Fransiyada esa biznes-banklar, investisiya uylari, Germaniyada – investisiya jamiyatlari, Yaponiyada – trastbanklar va shahar banklari misol bo‘la oladi.
    Hozirda dunyoning eng yirik investisiya banklari quyidagilar hisoblanadi4: HSBC Holdings (Buyuk Britaniya), Chase Manhattan Corp. (AQSH), Credit Agricole Group (Fransiya), Citicorp. (AQSH), Bank of Tokyo-Mitsubishi (Yaponiya), Deutsche Bank (Germaniya), Bank America Corp. (AQSH), ABN AMRO Bank (Gollandiya), Sumitamo Bank (Yaponiya), Dai-Ichi Konquo Bank (Yaponiya) va h.k.
    Shunday qilib, banklarning Fond bozoridagi faoliyat turlarini quyidagicha tizimlashtirish mumkin.
    1. Banklar Fond bozorining quyidagi segmentlarida faoliyat yuritadilar: valyuta, qimmatli qog‘ozlar, pul-kredit (jumladan ipoteka kreditlari), qimmatbaho metallar va toshlar (jumladan san’at asarlari).
    2. Ko‘chmas mulk bozorida vositachi, riyeltor, ishonchli boshqaruvchi (trast), ipotekaviy investor sifati faoliyat ko‘rsatadi.
    3. Valyuta bozorida: diler va broker (treyder, jumladan valyuta operatori). Bunda spot va muddatli bozorlarda ishtirok etadi.
    4. Pul-kredit bozorida: pul hisob raqamlari va pul vositalari (cheklar, kartochkalar va h.k.) bo‘yicha mijozlarga operasion hizmat ko‘rsatish; kredit berish va olish; bo‘lak kreditorlarning kredit transhlari bo‘yicha operator bo‘lish va h.k.
    5. Qimmatli qog‘ozlar bozorida: emitent (emissiyalanuvchi va emissiyalanmaydigan turlari bo‘yicha); institusional investor (o‘zining investisiyalarini boshqarish bo‘yicha) va kollektiv investor (mijozlarining investisiyalarini boshqarish bo‘yicha); professional institut (broker, trayder, diler, anderrayter, trast, konsalting, kliring, depozitariy, transfer-agent va h.k.).
    Fond bozorida sanab o‘tilgan faoliyat turlarini universal banklar amalga oshiradi.
    Qimmatli qog‘ozlarni ochiq va oshkora tarzda birja savdolari orqali joylashtirish va ularning ikkilamchi bozorda muomalada bo‘lishligi tijorat banklariga va boshqa fond bozori qatnashchilariga quyidagi afzalliklarni beradi:

    1. Qimmatli qog‘ozlar bilan oldi-sotdi jarayonlari birjaning Markaziy savdo zaliga, uning hududiy filiallari va brokerlik idoralariga o‘rnatilgan zamonaviy jihozlar va ta’minot dasturiga ega bo‘lgan barcha terminal(kompyuter)lar orqali haqiqiy vaqt oralig‘ida amalga oshiriladi;

    2. Savdo texnologiyasi va ta’minot dasturi mamlakatimizning barcha hududlarida joylashgan investisiya vositachilarni, ya’ni birja a’zolarini (ularning soni 100 dan ortiq) birja savdosiga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan bir lahzada ta’minlash imkonini beradi;

    3. Fond birjasida investisiya vositachisi (broker, diler) va investisiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi sifatida faoliyat yuritish huquqini beruvchi lisenziyaga ega bo‘lgan yuqori malakali qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyat yuritishadi. Bu birjada amalga oshiriladigan barcha savdo bitimlari qat’iy belgilangan qoidalar asosida olib boriladi, demakdir;

    4. Aksiya va obligatsiyalarini birja savdolariga chiqargan korxonalar birjaning axborot kanallari, shuningdek listinga kirgan qimmatli qog‘ozlar kotirovkasini muntazam e’lon qilib boruvchi yetakchi iqtisodiy gazetalar orqali qo‘shimcha reklama bilan ta’minlanadi;

    5. Qimmatli qog‘ozlarning likvidlik darajasini yanada oshirish maqsadida fond birjasi tomonidan, kunlik savdo sessiyalari ochilishi paytida qimmatli qog‘ozlarning ikki tomonlama kotirovkasini amalga oshirishni ta’minlab bera oladigan va natijada banklar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar kotirovkasining o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsata oladigan market-meykerlik institutini tashkil qilish yuzasidan ishlar olib borilmoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasi ko‘rsatmoqdaki, market-meykerlik institutlarining faoliyat ko‘rsatishi qimmatli qog‘ozlarning likvidlik darajasini va investorlarning ularga bo‘lgan ishonchini oshiradi.

    6) Talab va taklifdan kelib chiqib qimmatli qog‘ozlarning haqiqiy bozor bahosini va kompaniyalarning kapitalizatsiya darajasini aniqlash. Yuqoridagilarga asoslanib aytish mumkinki, fond birjasi tashkillashgan fond bozorini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish orqali yanada ishonchli va sifatli qimmatli qog‘ozlarni aniqlash va ularning likvidliligini oshirishga katta e’tibor qaratmoqda, hamda barcha manfaatdor emitentlar, shu jumladan tijorat banklari bilan hamkorlik qilishga doim tayyor.
    Qimmatli qog‘ozlar bozorining, shu jumladan fond birja bozorining yanada rivojlanishi aksiyadorlik tijorat banklarining bozordagi faolligi va mavqening yanada oshishi bilan chambarchas bog‘liqdir.
    Ochiq bozordagi operatsiyalar muomaladagi pul massasini boshqarish, bank tizimi likvidligini tartibga solish va foiz stavkalari barqarorligini ta’minlovchi asosiy instrumentlardan biri sifatida Markaziy bank tomonidan muntazam ravishda keng qo‘llanilib kelinmoqda. Markaziy bank tomonidan pul-kredit ko‘rsatkichlarining maqsadli parametrlaridan kelib chiqqan holda, to‘lov balansining ijobiy saldosi hisobiga shakllangan qo‘shimcha likvidlikni sterilizatsiya qilish operatsiyalari o‘tkazilib borildi.
    Banklarning qimmatli qog‘ozlar bozorida tutgan alohida mavqei shundan iboratki, ular boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’yektlardan farqli ravishda, ushbu bozor qatnashchisi sifatida bir vaqtning o‘zida bir necha vazifalarda, xususan: aksiyalar, depozitlar va omonat (jamg‘arma) sertifikatlar hamda bank veksellari emitentlari sifatida; boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar va davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib oluvchi sarmoyadorlar sifatida; o‘z mijozlariga maslahatlar beradigan, depozitar operatsiyalarini bajaruvchi, qimmatli qog‘ozlarga investisiyalar qilish uchun ularga berilgan qimmatli qog‘ozlar va pul mablag‘larini boshqarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan investisiya muassasalari va h.k. sifatida qatnashishi mumkin. Amaldagi qonunchilikka muvofiq banklar bank mijozi tomonidan veksel yozilayotgan vaqtda veksel topshiriqnomasi (aval)ni berish yo‘li bilan veksel muomalasini nazorat qilishi kerak. Markaziy bank depozit va omonat sertifikatlari va bank veksellarini chiqarish, ularni muomalaga kiritish, muomaladan chiqarish uchun javob berar ekan, fond bozori ishtirokchisi sifatida fond bozorini tartibga solish tizimining muhim tarkibiy qismi ham hisoblanadi.
    Mijozlarning qimmatli qog‘ozlari portfelini boshqarish bo‘yicha banklar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar ularga katta daromad keltiradi. Mijozlarning hohishi bo‘yicha ularning pullari xavfli yoki nisbatan ishonchli qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilma qilinadi. Bunda banklar o‘zaro qattiq raqobatni boshdan kechirishiga to‘g‘ri keladi, chunki mijozlar bir vaqtning o‘zida bir necha banklarga bunday operatsiyalarni bajarishni topshirishi, keyinchalik esa, mablag‘lari eng ko‘p samara beradigan bitta bankni tanlab olishlari mumkin. Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish vaqtida ularni saqlash va ularga bo‘lgan huquq hisobini yuritish maqsadida banklar o‘z depozitariylarini yaratadi. Ular bevosita banklarda (odatda, yerosti xonalarda, mijozlarning boyliklari saqlanadigan maxsus seyflar turadigan omborlarda) joylashgan. Bank depozitariylari qimmatli qog‘ozlarni naqd va naqd bo‘lmagan shakllarda, kompyuter tizimlarida elektron shakldagi yozuvlar vositasida saqlaydi. Banklar, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar uchun hisob-kitoblar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar vazifasini bajarishi ham mumkin. Banklar tomonidan investisiya muassasalarining ta’sis etilishi alohida ahamiyat kasb etadi, ular orqali qimmatli qog‘ozlar bozorida birato‘la bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha ish olib boriladi.
    Tijorat banki o‘z aksiyalarini asosan aksiyadorlik jamiyati sifatida chiqaradi. Banklar obligatsiyalar, depozit sertifikatlar, veksellarni muomalaga chiqarishi bilan ular mamlakatning pul oborotini tezlashtiradi hamda yuridik va jismoniy shaxslarning bo‘sh turgan pul mablag‘larini to‘plab, keyinchalik ularni xalq xo‘jaligining ustuvor tarmoqlariga investisiya qiladilar, Bundan tashqari, veksel muomalasiga xizmat ko‘rsatib, o‘zaro hisob-kitoblarni tezlashtirishi va to‘lov intizomini mustaxkamlashi mumkin. Banklar turli toifadagi sarmoyadorlar uchun keng miqyosdagi maslahat xizmatlarini ko‘rsatishi: mijozlarning investision siyosatini shakllantirish, loyihaviy moliyalashni tashkil etishdan boshlab, qimmatli qog‘ozlar portfelini boshqarish va dividendlarni olishgacha bo‘lgan yordamni berishi mumkin. Banklar qimmatli qog‘ozlar bozorida qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha kreditorlar va sug‘urtachilar, depozitar va kliring hisob-kitob markazlarining tashkilotchilari sifatida ishtirok etishi mumkin. Xususan, tijorat banklari qarz oluvchilarga qisqa muddatli kreditlar berib, ularning garovi sifatida qimmatli qog‘ozlarni qabul qilib olishi mumkin. Mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning yanada kengroq turi banklarning veksellar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarini o‘z ichiga oladi. So‘nggi yillarda yirik aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini boshqarish uchun hujjatlar olish, investisiya va xususiylashtirish jamg‘armalari bilan ishlash kabi investision faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari banklarning diqqat markazida turgan ob’yektlar bo‘lib qoldi. Masalan, O‘zbekistonda Xalq bankining bo‘limlari orqali XIFlar aksiyalarini sotish amalga oshirilmoqda.
    Banklarning fond bozorida ishtirok etishining bosh maqsadlari quyidagilardan iborat:
    - faoliyatining asosiy turlarini amalga oshirish uchun pul
    mablag‘larini jalb etish (o‘z passivlarini shakllantirish);
    - qimmatli qog‘ozlarga o‘z mablag‘larini investisiyalashdan tushadigan daromadni rlish;
    - qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlardan tushadigan daromadni olish;
    - o‘z nufuzini oshirish va yangi mijozlarni jalb etish;
    Banklar o‘ziga xos noyob muassasalar bo‘lib, amalda fond bozorining barcha vositalari, aksiyalar, davlat qisqa muddatli obligatsiyalari, depozit va depozit (omonat, jamg‘arma) sertifikatlari, veksellar bilan ishlashni o‘zlashtirib olib, bugungi kunda ular qimmatli qog‘ozlar bozorida emitentlar, sarmoyadorlar va investisiya muassasalari sifatida chiqmoqda. Demak, bundan keyin ham respublika qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanishi bilan banklarning bu sohadagi mavqei tobora kuchayib boraveradi.
    Qimmatli qog‘ozlar bozorida banklarning faollashuviga sabab bo‘lgan eng muhim shart-sharoitlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

    • O‘zbekistonda amal qilayotgan qonunchilik bo‘yicha tijorat
      banklari qimmatli qog‘ozlar bilan har qanday turdagi operatsiyalarni amalga oshirishda qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi;

    • banklarning nisbatan barqaror moliyaviy ahvoli va bank operatsiyalarining yuqori daromadliligi ularga bank xizmatlarining yangi turlarini, xususan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan ko‘ngina operatsiyalarni o‘zlashtirishga katta moliyaviy resurslarni ajratish uchun imkon beradi;

    • banklarda mavjud bo‘lgan texnik, axborot va kadrlar salohiyati, shu’ba banklarining keng tarmog‘i va mijozlar bazasi ularni qimmatli qog‘ozlar bozorining eng qobiliyatli qatnashchilariga aylantiradi;

    • banklar bilan boshqa moliyaviyiqtisodiy muassasalar o‘rtasidagi kuchayib borayotgan raqobat, ko‘pgina an’anaviy bank xizmatlari (kreditlash, valyuta-moliyaviy, agentlik operatsiyalari)ni ko‘rsatishdan ko‘riladigan foydaning pasayib borishi, banklarning o‘z faolligi diqqat markazini qimmatli qog‘ozlar bozori sohasiga ko‘chirishga majbur qilmoqda.

    Yuqorida qayd etilgan shart-sharoitlar va qulay omillarning mavjudligi banklar oldida qimmatli qog‘ozlar bozoridagi ish faoliyati ko‘lamini kengaytirish va yaqin kelajakda iqtisodiyotning ushbu ustuvor sohasidagi faoliyatini yanada faollashtirish uchun katta imkoniyatlar ochib beradi.
    Umuman tijorat banklarining fond bozoridagi faol ishtiroki natijasida birinchidan, qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanishi yanada jadallashadi, ikkinchidan, banklarning qo‘shimcha resurslar jalb qilish bilan bog‘liq faoliyatida raqobat kurashi rivojlanib, banklarning uzoq muddatli kreditlash va investision faolligi oshadi.
    Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ekspertlarining tavsiyasiga ko‘ra, sof foizli marjaning me’yoriy darajasi 4,5 foizni tashkil etadi. Fikrimizcha, banklar qimmatli qog‘ozlarining foiz stavkalari va ularni aktiv sifatida joylashtirishdan olinadigan daromadlarning darajasi o‘rtasidagi mutanosiblik mezoni sifatida 4,5% olinishi zarur.



    Download 31,36 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 31,36 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    14-mavzu: fond bozorida banklar va nobank kredit institutlari

    Download 31,36 Kb.