Nobank kredit-moliya institutlari




Download 31,36 Kb.
bet4/5
Sana20.05.2024
Hajmi31,36 Kb.
#244935
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-MAVZU FOND BOZORIDA BANKLAR VA NOBANK KREDIT INSTITUTLARI

Nobank kredit-moliya institutlari – bu rasman bank emas (bank lisenziyasiga ega emas), ammo asosiy faoliyati moliyaviy hizmatlar ko‘rsatish bo‘lib, ko‘p jihatdan banklarnikiga bog‘liq va muqobil hisoblanadi. Shuning uchun nobank kredit-moliya institutlari ko‘plab ingliz tilidagi adabiyotlarda banklarga asosiy raqobatchi deb aytiladi va bular: kredit kooperatsiyalari, lombardlar, lizing va faktoring kompaniyalari va boshqalardir.
“Nobank moliya tashkilotlari, kredit uyushmalari, lizing, sug‘urta va auditorlik kompaniyalarining rolini yanada oshirish hamda tarmog‘ini rivojlantirish, xalqaro normalar va standartlarga muvofiq ularning barqarorligi va samaradorligini ta’minlash, ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar turi va ko‘lamini kengaytirish, Fond bozori infratuzilmasi institutlarini mustahkamlashdir.5Bu sohalarning rivojlanishi O‘zbekiston Fond bozori sifatini va ahamiyatini oshiradi. Yuqorida tilga olingan bank tashkilotlari ham, nobank moliya tashkilotlari ham xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanishini inobatga olsak, ularning faoliyati rivojlanishi ko‘p jihatdan mijozlarga bog‘liq. Oxirgi yillarda esa bu mijozlarning katta qismini kichik biznes va xususiytadbirkorlik subektari tashkil etmoqda. Shuni inobatga olgan holda qarorda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlariga alohida etibor qaratilgan.
Nobank kredit-moliya institutlari ko‘plab ingliz tilidagi adabiyotlarda banklarga asosiy raqobatchi deb aytiladi va bular: lombardlar, mikrokredit tashkilotlar va kredit uyushmalari. Lombard, garovxona - garovga qo‘yilgan muayyan buyumlar evaziga ma’lum muddatga pul (mablag‘) berib turadigan muassasa. Buyumning qiymati tomonlarning kelishuviga ko‘ra baholanadi, garovga qo‘yilgan buyum egasiga nomi yozilgan lombard tilxati beriladi. Olingan pul o‘z vaqtida qaytarilmasa, qo‘yilgan buyum lombard mulkiga aylanadi va lombard qo‘yilgan buyumlarni sotishga haqli. Shuningdek, lombard qimmatbaho uy-ro‘zg‘or buyumlarini saqlab berish uchun ham qabul qiladi. Lombardga buyumlar faqat mablag‘ olish uchun emas, ba’zan mazkur buyumning ishonchli saqlanishini t’minlash uchun ham qo‘yiladi. Buyumlarni garovga qo‘yib kredit berish birinchi marta 15-asrda Italiyaning Lombardiya viloyatidan chiqqan sudxo‘rlar tomonidan joriy etilgan ("lombard" so‘zi ham shundan kelib chiqqan).
Lombardlarning mijozlari bular – asosiy kredit bozorlaridan mablag‘ olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan hamda kreditni qaytarish salohiyati past bo‘lgan mijozlar hisoblanishadi. Mazkur nobank tashkilot ixtisoslashgan tijorat muassasasi bo‘lib, asosiy faoliyati fuqarolarning harakatdagi mulklari garovi ostida qisqa muddatli kreditlar berish va buyumlarni saqlash bilan shug‘ullanadi. Lombardlarlar ixtisoslashganlik darajasiga qarab qimmatbaho metallar, maishiy vositalar, zargarlik buyumlari, soatlar, antikvar buyumlar, avtotransportlar va h.k. ni garov sifatida qabul qiladi. Buyumlarning bahosi ikki tomonning kelishuvi asosida belgilanadi. Banklar - pulga muhtoj bo‘lganlarga mablag‘ (kredit) bermasligi tufayli, mijozlar Lombard tashkilotlariga murojaat qiladilar. Bunga sabab, banklar jismoniy shaxslarga kredit berishlaridan oldin mijozlarning kreditga layoqatlilik darajasi o‘rganiladi. Lombardlarda esa mazkur kriteriya mavjud emas. Qarzdor o‘z buyumini qonunda yoki shartnomada belgilangan vaqt oralig‘ida qaytarib olishi mumkin. Bunda olingan qarz summasiga Lombard tomonidan belgilangan foiz stavkalarini qo‘shish asosida qaytarib sotib olish summasi belgilanadi. O‘z vaqtida qaytarib olinmagan buyumlar savdo va auksionda realizasiyaga qo‘yiladi. Garov evaziga kredit berish birinchi marta Fransiyadan 15 asrda olib-sotarlar tomonidan ta’sis etilgan. Cherkovlar aholini past tabaqali qatlamini pul bilan ta’minlash maqsadida, garovga buyum qo‘yish g‘oyasini ilgari surgan. Aynan cherkovlar ssuda stavkasini 5% gacha kamaytirishga muvaffaq bo‘lgan.
Ilk lombardlar uchun pul hayriya ishlari orqali to‘plangan. 16 asrda ilk bor munisipial lombardlar paydo bo‘ldi (Nyurnbergda). Ularning ham asosiy funksiyalaridan biri aholini past tabaqali qatlamini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘lgan. Tilla taqinchoq bezaklari uchun berilgan pullar aholini o‘sha vaqtdagi ochlikdan, ochlik tufayli yuzaga keladigan o‘g‘irlik va qonunbuzarliklardan saqlab turgan. O‘sha vaqtlarda xususiy lombardlar o‘zining egasiga juda katta mablag‘ keltirgan, chunki hali lombardlar faoliyati davlat tomonidan nazorat qilinmagan. Buning natijasida bu sohada o‘zboshimchalik hukm surgan. Lombard egalari shunchalik ko‘p pul mablag‘iga ega bo‘lganidan, yuqori tabaqali shaxslar ham lombardlar xizmatidan foydalanishgan. Hattoki, davlat boshliqlari harbiy faoliyatni amalga oshirish uchun lombardlardan qarz olgan. Ayniqsa bunda taniqli Prussiya podshosi Fridrix mashhur bo‘lgan. Shuningdek, Xristofor Kolumb ekspedisiyasini amalga oshirish uchun Ispaniya qirolichasi o‘z tojini lombardga qo‘ygan. Sekin-asta lombardlar universal bo‘lib bordi.
O‘rta Osiyoda 1913-yil 26-sentabrda Toshkent shahrida birinchi Lombard ochilgan. Garov predmeti jihatidan lombardlar quyidagilarga bo‘linadi:
1) Zargarlik buyumlari Lombardi - Garov sifatida turli xildagi zargarlik buyumlari, ya’ni qimmatbaho metallar, zeb-ziynatlar, qimatbaho toshlar, tilla idishlar va antikvar buyumlar qabul qilinadi. Ularning bahosi lombar ekspertlari tomonidan o‘rnatiladi. Aholiga qimmatbaho metal va toshlar evaziga yoki ularni saqlab bergani uchun qisqa muddatli qarz beradi.
2) Avtolombard - Oxirgi yillarda eng mashhur Lombard turlaridan hisoblanadi. Garov sifatida avtomobildan foydalaniladi. Uning xusiyati shundan iboratki, qarz oluvchi avtomobilining 90% miqdordagi summasini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Uning asosiy shartlaridan biri avtomobil qarz oluvchining shxsiy mulki bo‘lishi kerak. Lombardga qo‘yish huquqini beruvchi shaxsdan ishonchnoma taqdim qilishi shart. Aholiga avtomobil evaziga qisqa muddatli qarz beradi.
3) Maishiy vositalar lombardi - Garovga olinayotgan texnika sozlangan bo‘lishi yoki qayta ta’mirlash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, u yetarli darajada qimmatbaho va ayni vaqtda judayam katta hajmga ega bo‘lmasligi lozim. Lombard hududida saqlash imkoniyati mavjud bo‘lishi kerak.
4) Universal lombardlar - Qonunchilik asosida turli xildagi buyumlarni qabul qiladi. Aholiga Qonunchilik asosida qisqa muddatli qarz beradi.
5) Ixtisoslashgan lombardlar - Bunda aynan bir turdagi tovarlarni qabul qilishni afzal bilishadi. Masalan, faqat tilla va zargarlik buyumlari, qimmatbaho soatlar yoki antikvar buyumlar. Aholiga qonunchilik asosida aynan bir turdagi tovarlar evaziga qisqa muddatli qarz beradi.
Faoliyati lisenziyalanganligi jihatidan:
1) Lisenziyalangan lombardlar
2) Lisenziyalanmagan lombardlar
Qimmatbaho toshlar va metallar bn bog‘liq lombardlar uchun lisenziya muhim hisoblanadi. Mikrokredit tashkiloti nobank kredit tashkiloti sifatida mikromoliyalashtirishni amalga oshirar ekan, demak, uning faoliyat maqsadi, tashkiliy-huquqiy shakli, faoliyatni lisenziyalash, javobgarlik asoslari qonunchilikda bevosita mikromoliyalashni aks etishi bilan bog‘liqdir. Mikromoliyalashga oid xalqaro me’yorlar uning xalqaro ommaviy tus olishi bilan bog‘liqdir. Ilk bora mikrokreditlash konsepsiyasi iqtisodiyot professori Muxammad Yunus tomonidan ishlab chiqilgan. U asli Bangladeshlik bo‘lib, AQSHda tahsil oladi, 1974 yili Yunus o‘z mamlakatida ocharchilik va kambag‘alchilikka qarshi kurashish maqsadida mikrokreditlash tizimini ishlab chiqdi. U mikrokreditlashni ilk ishtirokchisi bo‘lib, 27 AQSH dollarini bambukdan mebel ishlab chiqaruvchi ayolni moliyalashdan boshladi. Uning tadqiqotlari bo‘yicha banklar kam miqdordagi kreditlarni ajratishdan naf kam ko‘rganliklari bois, hamda qarz majburiyatlarini o‘z vaqtida qaytarilishi hamda mijozlar aksariyatining kambag‘allar tashkil etishini hisobga olganda bu ish bilan shug‘ullanmaydilar deb ta’kidlagan. 1976 yil Yunus dunyoga mashhur bo‘lgan Gramin bankni tashkil etdi. Ushbu bank hozirgi kunda ham mikrokreditlar ajratish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Mikrokreditlash keyinchalik butun dunyo bo‘ylab rivojlangan mamlakatlarda hamda rivojlanayotgan mamlakatlarda ham keng tus ola boshladi. Xullas, o‘tgan asrning 80-90 yillaridan boshlab mikromoliyalash tushunchasi xalqaro maydonda paydo bo‘ldi.



Download 31,36 Kb.
1   2   3   4   5




Download 31,36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nobank kredit-moliya institutlari

Download 31,36 Kb.