|
1-mavzu: To‘qimachilik sanoatining paxta tolasiga qo‘yilgan standart va xalqaro talablari Reja
|
bet | 2/2 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 39,53 Kb. | | #148837 |
Bog'liq 1-mavzuSeleksion navi
|
Shtapel massaviy uzunligi, mm
|
Chiziqli zichligi, m∙tex
|
Nisbiy uzilish kuchi,gf/tex
|
Mikroneyr
ko‘rsat
kichi
|
Tipi
|
Uzun tolali navlar
|
Termiz 14
|
37,1
|
154
|
30,0
|
4,2
|
2
|
O‘rta tolali navlar
|
S-6524
|
33,5
|
159
|
25,8
|
4,2
|
4
|
S-4727
|
31,7
|
177
|
25,1
|
4,5
|
5
|
Namangan-77
|
32,5
|
178
|
24,7
|
4,6
|
5
|
An-Boyovut 2
|
31,8
|
171
|
25,1
|
4,3
|
5
|
Buxoro 6
|
32,5
|
167
|
25,5
|
4,0
|
5
|
Namangan 77
|
32,4
|
176
|
25,0
|
4,1
|
5
|
Xorazm 127
|
33,6
|
179
|
25,3
|
4,4
|
4
|
Omad
|
32,6
|
185
|
24,4
|
4,3
|
5
|
Andijon-35
|
32,7
|
190
|
23,8
|
4,6
|
5
|
Sulton
|
32,0
|
180
|
24,8
|
4,7
|
5
|
Mexnat
|
32,1
|
172
|
24,6
|
4,4
|
5
|
Buxoro 102
|
32,6
|
185
|
25,0
|
4,6
|
5
| Paxta va tolaning ba’zi fizik-mexanika xususiyatlari (G. I. Miroshnichenko ma’lumotlari bo‘yicha)
Paxtaning zichligi gs- 1300 kg/m3 (toylangan tolaning zichligi 1500 kg/m3 ga teng deb qabul qilinadi), bo‘sh uyulgan paxtaning zichligi ds g‘o‘zani Seleksion naviga, sanoat naviga va uning terim usuliga bog‘liq Paxtaning tabiiy uyulish burchagia= 450 ga teng, yon tomonlari cheklangan hajmda paxtaning siqilishi quyidagi ifoda bilan belgilanadi: ds = mRn, Bu yerda ds-uyulgan paxtaning hajmiy zichligi, kg/m3; R-nisbiy siqilish bosimi, N/m2; m-paxta namligiga bog‘liq bo‘lgan koeffitsient; n-g‘o‘za Seleksion naviga bog‘liq bo‘lgan miqdor. Paxtani qabul qilishni tashkil etish. Xo‘jaliklarda yetishtirilgan paxtani paxta tayyorlash punktlarida to‘dalar bilan qabul qilinadi. To‘da deb, bir Seleksion, sanoat navi, tipi va sinfiga mansubligi haqida hujjat bilan rasmiylashtirilgan paxta miqdori hisoblanadi. Paxtani navlar bo‘yicha bir xil hisobiy me’yorga keltirilgan ifloslikning massaviy ulushi (2,0 foiz) va namlikning me’yoriy nisbati (9,0 foiz) bo‘yicha konditsion massasi hisoblanadi va qabul qilinadi. Konditsion massa (Mk) kilogrammlarda quyidagi tenglama bo‘yicha hisoblanadi: Bu yerda Mxak -topshirishga keltirilgan paxtaning massasi, kg; Mxis-iflosliklar bo‘yicha hisoblash me’yoriga keltirilgan paxtaning massasi, kg; hisoblash me’yori; Wxak-namlikning massaviy nisbatini haqiqiy ko‘rsatkichi, foiz; Zxis-ifloslik massaviy ulushini hisoblash me’yori, 2,0 foizga teng; Zxak- ifloslik haqiqiy massaviy ulushi, foiz. Hisoblab chiqilgan konditsion massalar birinchi o‘nlikgacha hisoblanib butun raqamgacha qisqartiriladi. Tayyorlash punktida paxtani qabul qilish oqimi uch yoki ikki hududli tizimda tashkil etiladi. Paxtani qabul qilishni tashkil etish amaldagi «Paxta terish va tayyorlash bo‘yicha yo‘riqnoma» da yoritilgan. Paxtani g‘aramlarga va yopiq omborlarga joylash hamda saqlashning texnik sharoitlari Paxta tayyorlash punktlari va paxta tozalash korxonalarida paxta Seleksion, sanoat navlari hamda terish uslublari bo‘yicha alohida qabul qilinadi va saqlanadi. Paxta to‘dalarini jamlash, ularni saqlash va qayta ishlash tolaning tipi bo‘yicha, uning sifat ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda «Paxta terish va tayyorlash bo‘yicha yo‘riqnoma» ga amal qilgan holda har qaysi xo‘jalikniki alohida amalga oshiriladi. Urug‘lik paxta texnik paxtadan alohida to‘dalarga qabul qilinadi va jamlanadi. Har xil zararkunandalar va kasalliklar («qora shira», gommoz, makrosporioz va h. k. ), bilan zararlangan paxta alohida qabul qilinadi, jamlanadi, saqlanadi va qayta ishlashga jo‘natiladi. Paxtani yaxshirok saqlash, uzoq muddat saqlashni to‘g‘ri tashkil etish maqsadida paxtani jamlashni uning namligini hisobga olgan holda tabaqalab bajarish kerak. Namligi 14 foizgacha bo‘lgan paxtani tozalash bo‘limi hududiga, namligi 14 foiz va undan yuqori bo‘lgan paxtani esa quritish tozalash sexi hududiga joylashtirish kerak. Namligi 20 foizdan yuqori bo‘lgan paxtani quritish tozalash sexiga yaqin bo‘lgan joyga jamlash kerak, chunki uni tezda quritish va qayta ishlash lozim bo‘ladi. Paxtani saqlash uchun yopiq omborlar, yarimochiq yoki to‘rt tomoni ochiq ombor (ayvonlar) va ochiq maxsus tayyorlangan maydonchalardan foydalaniladi. Paxtani shibbalangan shag‘al bilan yoki asfalt bilan qoplangan maydonlarga jamlashga ruxsat etiladi. G‘aram maydonlarining o‘lchamlari 25×14 m, balandligi yer sathidan 0,4 m bo‘lishi va yog‘in-sochin suvlarini chiqib ketishini ta’minlash uchun o‘rtasini 0,05-0,07 m ga ko‘tarish kerak. Paxta g‘aramlarga jamlanganda (cho‘kishdan avval) balandligi quyida keltirilgan ko‘rsatkichlardan oshib ketmasligi kerak. Paxta, uni qabul qilish va saqlashni tashkil etish paxta haqida umumiy ma’lumotlar. Paxta donli o‘simliklar bilan bir qatorda sayyoramizdagi qadimgi madaniy ekinlardan biri hisoblanadi. Hind vodiysida eramizdan 3 ming yil avval paxta ipidan foydalanganlar. Paxta xo‘jalik ehtiyojlari uchun Markaziy Osiyoda eramizdan 5 asr ilgari ekila boshlangan. G‘o‘za-Gossipium avlodi Malva oilasidagi o‘simlik bo‘lib, bir yillik yoki ko‘p yillik bo‘lishi mumkin bo‘lgan katta bo‘lmagan daraxt shaklidagi o‘simlikdir. Shoxlarining balandligi 0,7-1,5 m bo‘lgan past bo‘yli bir yillik o‘simlik g‘o‘zani madaniylashgan turi hisoblanadi. Xo‘jalikda foydaliligi jihatdan g‘o‘zaning xindi-xitoy (Gossipium arboreum), Afrika-Osiyoning (Gossipium xerbatseum) Meksikaning (Gossipium xirzutum) va Peruning (Gossipium barbadenze) turlari ma’lum. Markaziy Osiyo mamlakatlarida g‘o‘zaning oxirgi ikki turi mavjud, shu jumladan Gossipium barbadenze faqat Turkmaniston, Tojikiston va O‘zbekistonda ekiladi. G‘o‘zaning madaniylashgan turlari bir qancha Seleksion navlardan iborat. Seleksion nav-bu bir ko‘rinishdagi avlodiy bir turdagi morfologik va xo‘jalik belgilar hamda xususiyatlarga ega bo‘lgan madaniylashgan turdagi klassifikatsiya birligiga ega bo‘lgan o‘simliklar majmuasidir. G‘o‘zaning morfologik belgilari-o‘simlik tuzilishining farqlanuvchi xususiyatlari (tup tuzilishi, shoxlari, barglari, guli, ko‘sagi, chigiti va h. k. ). Ho‘jalik belgilariga uning mahsulotini inson ehtiyojlarini qondirish nuqtai nazaridan, aniqrog‘i olinadigan hosilning miqdori va sifatini belgilaydigan ko‘rsatkichlari kiradi. G‘o‘za uchun asosiy ko‘rsatkich undan olinadigan tolaning miqdori va sifati hisoblanadi. Tolasining sifatiga qarab g‘o‘za uzun va o‘rta tolali navlarga bo‘linadi. Uzun tolali g‘o‘za navi tolasining uzunligi 36-42 mm bo‘ladi. Uzun tolali navlar, asosan, Gossipium barbadenze turiga kiradi. O‘rta tolali g‘o‘za uzunligi 25-35 mm ga teng va nisbatan dag‘al tolaga ega bo‘lib, asosan Gossipium xirzutum turiga yoki tur oralig‘idagi gibridlarga kiradi. G‘o‘za o‘zining hayotiy xususiyatlarini bir necha yil davomida saqlay oladigan chigitlar tufayli ko‘payadi. Chigit unib chiqishi uchun, tuproqda namlik va atrof muhitda harorat bo‘yicha zaruriy sharoitlar kerak. G‘o‘zaning me’yoriy o‘sib chiqishi chigitning namligi 60 foiz va undan yuqori bo‘lganda boshlanadi. Shu sababli o‘sib chiqishini tezlashtirish uchun tukli chigit ekishdan avval namlanadi. Chigit harorat tuproqda 14-16 °S va havoda 15-20 °S bo‘lganda 5-7 kunda unib chiqa boshlaydi. Chigit o‘simtasi ildiz olgandan keyin o‘sishning vegetativ fazasi boshlanadi, birinchi chin barg g‘o‘za unib chiqqandan yetti-o‘n kundan keyin paydo bo‘ladi, yana 4-5 kundan keyin ikkinchi barg hosil bo‘ladi va shu tarzda g‘o‘za poyasi o‘sa boshlaydi. 5-7 va undan ko‘p barglar shakllangandan keyin hosil shoxlari (simpodial) rivojlana boshlaydi. G‘o‘za unib chiqqandan taxminan bir oydan keyin birinchi shona shakllanadi va yana 25-30 kundan so‘ng gul ochiladi. Shonalar vertikal bo‘yicha (asosiy poya bo‘yicha pastdan yuqoriga) har uch kunda va gorizontal bo‘yicha (hosil poyalarida) yetti kunda shakllanadi va gullaydi (1. 1-jadval). Ko‘sak deb ataladigan hosil o‘rta tolali navlarda 4-5 qovachog‘lar bilan chegaralangan pallachalardan iborat bo‘ladi.
Nazorat savollari.
1. Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi fannining predmeti va vazifalarini yoriting.
2. Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va qayta ishlashning xalq xo‘jaligidagi o‘rni va axamiyati ayting.
3. Paxta xom ashyosini saqlash va qayta ishlashning tarixi va rivojlanish istiqbollarini yoriting.
4. Paxta xom ashyosini saqlash va dastlabki ishlash tizimining vazifalari ayting.
|
| |