|
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida nutqni rivojlantirishga doir tizimi
|
Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 24,27 Kb. | | #103209 |
Bog'liq MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA NUTQNI (Esse)
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA NUTQNI
RIVOJLANTIRISHGA DOIR TIZIMI
(Esse)
Bolalarning aqliy rivojlanishida ularni bilishga undashda birmuncha afzalliklarga ega. Bu o`yinlar pedagog-tarbiyachi tomonidan o`quv tarbiyaviy maqsadlar uchun maxsus tashkil etiladi. Foydalanilayotgan materiallar turiga qarab didaktik o`yinlar predmetli-didaktik va materiallar, mantiqiy - “qiyin sayohat”,
“labirint”, “So`zli-o`yin topishmoqlar”, masalalar, o`yin-sayohatlar: harakatli o`yinlar bolalarni jismoniy tarbiyalashda muhim vosita hisoblanadi. Ular har doim o`yin ishtirokchilaridan faol sensorli va dvigatelli harakatlarni o`rgatilgan maqsadga erishish uchun bajarishni talab etadi. Musobaqa tarzida tashkil etiladigan bu tur o`yinlar bolalarda ijodkorlik, epchillik, tezkorlik, zehnlilik kabi sifatlarini shakllantirishga hizmat qiladi.
O`yin turlarini tanlash bevosita bolalar yoshiga bog`liq ekanligini ta’kidlash lozim. Misol uchun, 3 yoshli bolalar uchun o`yin mazmun jihatidan ahamiyat kasb etmaydi, balki ularga ba'zi bir “jo`yali” topshiriqlar berilishi lozim: bayroqni olib kel, do`stingni yonida tur va h.k.
O`yinning asosiy funksiyasi darsni tashkil etish shakli sifatida bolalarni bilishga oid faoliyatiga jalb etishdir. Shu boisdan “Hayoliy orol”ga sayohat, multfilmga sevgan qahramonlarning harakatlarini kuzatish, topshiriqlar aytish, bolalar bayramlari kabi o`yinlar bola shaxsiyati mazmunini ochib berishda, uning faoliyatini rivojlantirishda, umumiy qiziqish va fikrlar mustahkamligi asosida ularni jipslashtirishga imkoniyat beradi.
Quyidagi bevosita maktabgacha ta’lim muassasalari amaliyotida qo`llanilayotgan “o`yin-dars” mazmunini keltirishga va pedagogik texnologiya qonuniyatlariga mosligini baholashga harakat qilamiz.
“Ot va uning bolasi toychoq”.
Tarbiyachi: Uy hayvonlarini rasmini ko`rsatib: Bolajonlar, bular qanday hayvonlar?
Dilfuza: uy hayvonlari.
Tarbiyachi: barakalla, endi mana bu rasmga qarangchi, bu hayvon qaysi hayvon ekan?
Jamshid: bu uy hayvonlari qo`y.
Tarbiyachi: qo`y nima yeydi?
Feruza: ot.
Tarbiyachi: qo`ylarni kim boqadi?
Dilmurod: cho`pon.
Tarbiyachi: bugun bolajonlar, sizlar bilan “Ot va uning bolasi toychoq” haqida suhbatlashamiz.
Bu dars ham ko`rsatmalilik printsipiga tayangan holda o`tkaziladi. Bolalar otni va bolasining nomlashini (to`ti, saman, qashqa va boshqa) ularning keltiradigan foydasi, ularning boqish yo`llari haqida tushunchalarini o`zlashtiradilar.
Tarbiyachi mashg`ulot jarayonida “toychoqlar” o`yinini tashkil etadi va bolalar maroq bilan uning ishtirokchisi bo`ladilar.
O`yinning qisqacha mazmunini: bolalar ikki guruhga ajraladilar. Biri,
“toychoqlar”ni ifodalanishadi, ikkinchisi-otboqar vazifalarini bajaradilar. Maydonning bir tomoniga otxona chiziladi, ikkinchi tomonida otboqarlar uchun joy belgilanadi. Maydonning o`rtasi-o`tloq. Bolalar o`z uylariga borib turadilar.
Misollar:
1) Biror manzilni izlashda o`sha joylarni yaxshi biladigan odam boshlab borsa, eslab qolish qiyinroq bo`ladi, o`zingiz qidirib topsangiz to`liq eslab qolasiz.
Bola uy vazifasini bajarishga qiynalganda kattalar ishlab bersa, u passiv bo`ladi, ya’ni hech narsa o`rganmaydi, bola faol bo`ladi, ya’ni topshiriqni o`zi mustaqil bajarishni o`rganadi.
Tengqurlari bilan janjallashib, janjalni bolani o`zi hal qilmay yig`lab onasiga shikoyat qilishi uning passivligini bildiradi. Bunda ona masalaga aralashsa, bola hayotda to`g`ri yo`lni topishga o`rgana olmaydi.
|
| |