Mavzu: Axborotlarni himoyalashning asosiy yo‘nalishlari




Download 15,26 Kb.
Sana26.07.2024
Hajmi15,26 Kb.
#268661

Mavzu:Axborotlarni himoyalashning asosiy yo‘nalishlari.
Bugungi kunda zamonaviy axborot telekominikatsiyalar rivojlanib borayotgan davrda har qanday taraqqiy etgan jamiyat hayotida axborotning ahamiyati va unga qo‘yiladigan talablarning ahamiyati uzluksiz ortib bormoqda. Uzoq o‘tmishga nazar soladigan bo‘lsak, davlatlarning harbiy- strategik va iqtsodiy ahamiyatiga ega bo‘lgan maʼlumotlar va maxfiy xabarlari qatʼiy sir tutilgan va himoya choralari kuchaytirilgan. Bugungi kunga kelib esa axborot ham ishlab chiqarish texnologiyalariga ega bo‘ldi va u mahsulot sifatida “axborot-tovar ko‘rinishiga ega bo‘lib, ichki va tashqi bozorda unga bo‘lgan talab ortib bormoqda” . Axborot telekomunikatsiyalar rivojlana borgan sari zamonaviy huquqbuzarliklar ham paydo bo‘lib bormoqda. Shu munosabat bilan axborot texnologiyalarini avtomatlashtirish va axborotni muhofaza qilish yo‘nalishlarida muntazam ravishda tashkiliy va huquqiy choralar amalga oshirilmoqda va himoyalash mexanizmi ham mukammallashib bormoqda. “Axborot xavfsizligi deganda, keng ma’noda axborotni tasodifiy yoki qasddan ta’sir qilishdan himoya qilish vositalari majmuiga aytiladi” . “Zamon rivojlanib borgan sari axborotga qarshi kompyuter jinoyatchiligi va kiberjinoyatchiliklarning yangidan yangi turlari paydo bo‘lib, inson, jamiyat va davlat manfaatlari xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatmoqda” . Shuning uchun xam axborotni muhofaza qilish har qanday mamlakatda muhim davlat vazifasi hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda axborotni muhofaza qilishning zaruriyati va ahamiyati axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi yaratilishni va axborot xavfsizligining huquqiy bazasini rivojlantirishni taqazo etmoqda. Axborot olish va uning muhofazasi davlat ahamiyatiga molik masala ekanligini birinchi prezidentimizning ta’biri bilan aytganda ”fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini ta’minlash masalasi insonning axborot olish, axborotni va o‘z shaxsiy fikrini tarqatish huquqi va erkinliklarini o‘zida mujssam etgan bo‘lib, bu O‘zbekistonda demokratik jamiyat asoslari barpo etishning muhim sharti, ta’bir joiz bo‘lsa, tamal toshi xisoblanadi”. Shunga ko‘ra mamlakatimizda yuqoridagi masalalarni tartibga soluvchi «Аxborotlashtirish to‘gʼrisida», «Axborot erkinlikligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida», «Davlat sirlarini saqlash to‘gʼrisida», «Elektron hisoblash mashinalari dasturlari va maʼlumotlar bazalarini huquqiy himoya qilish to‘gʼrisida» gi qonunlar va qonun osti hujatlari hamda bir qator Hukumat qarorlari qabul qilingan va amalga tatbiq etib kelinmoqda.
Аxborotni muhofaza qilish axborotni har qanday ko‘rinishda yo‘qotishga qaratilgan harakatlardan himoyalashga qaratilgan amaliy va tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va axborotning ximoyalanganlik holati tushuniladi. Jumladan ushbu harakatlar quyidagilarda ko‘rinadi; o‘gʼirlash, buzish, qalbakilashtirish va boshqalar. “Аxborotni muhofaza qilish choralari axborot xavfsizligiga oid mavjud va amaldagi qonun va meʼyoriy huquqiy hujjatlar asosida va axborotdan foydalanuvchilarning manfaatlarini ta’minlash yuzasidan amalga oshiriladi”.
Axborotni yuqori darajada muhofaza qilishni ta’minlash uchun mamlakatlar muntazam ravishda huquqiy, ilmiy va texnikaviy ximoya vositalarini shakllantirish hamda takomillashtirib borishlari zarur. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12- dekabrda qabul qilingan qonunida axborotni muhofaza qilish tushunchasi va huquqiy kafolatlari belgilab qo‘yilgan. Ushbu qonunga ko‘ra “axborotni muhofaza etish: axborot borasidagi xavfsizlikka taxdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish chora tadbirlari”dir. Axborotni muhofaza qilish zarurati, avvalo, axborot tushunchasining o‘zidan ham anglanib turadi. Ya’ni, axborot deb:
saqlash, o‘zgartirish, va muayyan maqsadlar uchun foydalanish obyekti bo‘lgan har qanday axborotga aytiladi. Bu tushuncha shuni anglatadiki, inson hamisha axborot makonining ta’sirida bo‘ladi. “Axborot muhofazasini buzish orqali bugungi kunda insonlarga asosan mulkiy va ma’naviy zarar yetkazilmoqda” . Bu shuni anglatadiki, har qanday davrda ham axborot va uning muhofaza qilinishi bilan bog‘liq munosabatlar davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib kelingan. Axborotni muhofaza qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
• tizimli tahlil qilish orqali informatsion taxdidlarni aniqlash va oldini olish;
• jinoiy harakatlarga qarshi kurashish va oldini olish;
• maxfiy va shaxsiy axborotlarning tarqalib ketishini oldini olish;
• axborot resurslariga noqonuniy kirishning oldini olish;
• axborotlarning ishonchliligi va to‘liqliligini ta’minlash;
• mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish;
• kiberxujumdan insonlarning mulkiy manfatlarini himoya qilish;
• davlat va jamiyatga real va extimoliy xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan va bo‘layotgan taxdidlardan ishonchli himoya qilish;
• shaxga doir ma’lumotlar muhofazasini amaliy va tashkiliy jihatdan ta’minlash;
• “yuridik va jismoniy shaxslarning mulk bilan bog‘liq fuqarolik huquqiy munosabatlarida mulkiy va nomulkiy huquq va manfatlarini amalga oshirish” ;
• “xalqaro maydonda davlatlar va tashkilotlar o‘rtasidagi savdo va tijorat munosabatlarida ishonchli munosabatlarni yo‘lga qo‘yish” qilish va boshqalar. Yuqoridagilarni umumlashtirib, axborotni muhofaza qilish deganda jamiyat, shaxs va davlatning axborot xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan barcha usul, uslub, chora va vositalar majmuini tushunishimiz mumkin. Shu nuqtayi nazardan kelib chiqsak, axborot bazalariga qonuniy kirish huquqiga faqatgina axborot egasi yoki foydalanuvchisi unga o‘zgartirish kiritish, ma’lumotlarni o‘chirish yoki to‘ldirish va qayta ishlash huquqiga ega hisoblanadi. “Axborotning muhofaza qilinishi uning ishonchliligidan ham ma’lum bir miqdorda dalolat berishi mumkin” . Axborot xavfsizligini ta’mminlash va uning ishonchli muhofaza qilinishi o‘zga shaxslar tomonidan unga ruxsatsiz kirishning oldini olish, nazorat qilish va shu kabilarga xizmat qiladi. Axborotning muhofaza tizimini buzib kirish orqali bir qator huquqbuzarliklar amalga oshiriladi, shu jihatni hisobga olib, axborotga kirishdan oldin uning muhofazasini buzish uchun qanday huquqiy oqibatlar kelib chiqishini eslatuvchi qisqa matn yoki lavha qo‘yish ham bugungi kunda insonlarni hushyorlikka chorlamoqda. “Bugungi kunda axborot tizimiga taxdidlarning 100 dan ortiq usullari va turlari mavjud bo‘lib, ularg qarshi tura olish uchun albatta axborot makonida muntazam ravishda ximoya choralarini kuchaytirib va takomillashtirib borish darkor. Taxdid va kiberhujum esa axborot obyetlariga jiddiy zarar keltiradi” . Ko‘pgina hollarda, axborot muhofazasi xodimlarning axborotni saqlash va ximoya qilish tizimlarini tashkiliy jihatdan to‘g‘ri amalga oshirmaganligi va bu bo‘yicha tegishli malakaga ega emasligi tufayli kelib chiqadi. Axborotning muhoza qilinishida jamiyat manfatlari quyidagilarda ko‘rinadi: shaxs manfatlarini ta’minlash, demokratik qadriyatlarni mustaxkamlash, ijtimoiyhuquqiy davlat barpo etish, ijtimoiy hamjihatlikni qo‘llab quvvatlash, milliy qadriyatlarning poymol bo‘lishini oldini olish va boshqalar. Huddi shu jihatlar va manfatlar davlatda ham o‘z aksini topadi. Axborot xavfsizligi tizimi davlat uchun avvalo milliy xavfsizlik masalsi bilan chambarchas bog‘liqdir. “Ko‘plab davlatlarda, tijorat yoki bankga doir ma’lumotlarga nisbatan noqonuniy harakatlar amalga oshirish jinoyat hisoblanadi. Shu bilan birga juda kam sonli davlatlarda bu kabi ma’lumotlarni yig‘ish sanoat yoki tijorat josusligi hisoblanadi”. Demak, davlat axborot xavfsizligini ta’minlash siyosati orqali milliy axborot infrastrukturasini shakllantirish, axborot olishhda shaxs va fuqarolarning konstitusiyaviy huquq va erkinliklarini amalga oshirish, davlatning hududiy birligini, suverenitetini, hududiy birligini, iqtsodiy va ijtimoiy barqarorligini ta’minlash, qonuniylik va huquq tartibotni izchil amalga oshirish, o‘zaro tenglik va xalqaro hamkorlikda faol tashqi siyosat olib borish va boshqa maqsadlarni ko‘zlaydi. Axborotni muhofaza qilishtizimli va kompleks ravishda amalga oshirilmasa o‘zining samarasini bemasligi mumkin. Ushbu muammoni hal etishda avvalo huquqiy-ma’muriy, protsessual va dasturiy chora-tadbirlarni muntazam ravishda amalga oshirish orqaligina ko‘zlangan maqsadlarga erishish mumkin. “Ta’kidlash joizki, ayrim ish faoliyat sohalarida bevosita axborotning muhofaza qilinishi o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga misol qilib, bank va moliya sektorlari, bevosita axborot bilan ishlovchi soha vakillari, davlat boshqaruvi tuzilmalari, mudofa va xavfsizlik ishlari bilan shug‘ullanuvchi maxsus xizmat tashkilot va organlarini aytishimiz mumkin”. Shu jihatlarni e’tiborga oladigan bo‘lsak, axborotning muhofaza qilinishi ham turlicha ko‘rinishlarda amalga oshiriladi. Bugungi kunda axborot bilan bog‘liq munosabatlarning muhofazasini mutaxassislar uchga bo‘lib taxlil qiladilar:
a) Huquqiy himoya choralari: bunday muhofaza shaklida, tegishli mamlakatda axborotning muhofazasi, avvalambor, huquqiy jihatdan tartibga solinadi va tegishli normativ huquqiy baza yaratiladi. Bunday huquqiy asoslar yaratilayotganda ,avvalo, har bir davlat xalqaro huquq normalari ustunligi prinsipiga qat’iy amal qilgan holda milliy huquqiy asoslarini yaratadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasida quyidagi qonun va qonun osti hujjatlari axborot va uning muhofazasi bilan bog‘liq munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga soladi; “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonun, “Axborotlashtirish to‘g‘risda” qonun, “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi qonun, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi qonun, “Davlat xokimyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risda”gi qonun, “Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni, “Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni, “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori, “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun va qonun osti hujjatlari.
b) Tashkiliy-texnikaviy choralari: bunday muhofaza shaklida, har qanday jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlari uchun dastlabki himoya tizimini yaratadilar. Bunday muhofaza shaklida har qanday tashkilot va shaxs o‘z faoliyati va xizmat va
davlat siri hisoblangan axborotlar uchun dasturiy ta’minot va boshqa vositalardan foydalangan holda muhofaza choralarini amalga oshiradi. Bunga misol qilib bugungi kunda keng foydalaniladigan quyidagi ximoyaviy tashkiliy-choralarni sanab o‘tishimiz mumkin: elektron va texnikaviy qulf (parol), face control, ID control, finger scanner,sound finder va boshqalar.
c) Ma’muriy ta’sir choralari: bunday muhofaza shaklida axborot egasining huquq va manfatlarini himoya qilish uchun davlat tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Bunday chora-tadbirlarga axborot va uning himoyasi bilan shug‘ullanuvchi maxsus xizmat va tashkilotlar, davlat organlari va muassasalarni tashkil etish va shu orqali axborot muhofazasini ma’muriy jihatdan tartibga solish, amlaga oshirish misol bo‘la oladi. Bundan tashqari, axborotni muhofaza qilishning ma’muriy ta’sir choralariga axborot muhofazasini buzgan huquqbuzarlar uchun tegishli tartibda javobgarlik masalalarini belgilash va javobgarlikning muqararrligi prinsipini taminlash ham kiradi. Aynan shu ximoya ta’sir choralari orqali axborot muhofazasi buzilganda, shaxsning va davlatning huquq va manfatlari yuridik jihatdan himoya qilinadi.
Download 15,26 Kb.




Download 15,26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Axborotlarni himoyalashning asosiy yo‘nalishlari

Download 15,26 Kb.