• Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar va uning tatbiq etilishi
  • Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizim da amalga oshirilgan islohotlar




    Download 84.11 Kb.
    bet1/3
    Sana14.03.2024
    Hajmi84.11 Kb.
    #172601
      1   2   3
    Bog'liq
    1443794.pptx

    Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizim da amalga oshirilgan islohotlar

    Reja:

    • Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar va uning tatbiq etilishi.
    • Ma'muriy islohotlar davlat boshqaruvi tizimi organlarida.
    • Davlat dasturida alohida bandda ko‘rsatib o‘tilishi.

    Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar va uning tatbiq etilishi

    Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish jarayonida ikkita asosiy vazifa uddalanganini qayd etishadi. Avvalo, iqtisodiyotda ma'muriy-buyruqbozlik va taqsimot tizimidan bozor munosabatlariga o‘tilgan bo‘lsa, ikkinchidan, davlat organlarining yangi sharoitlarda samarali faoliyat yuritishiga erishildi. Ma'muriy islohotlar davlat boshqaruvi tizimi organlari tuzilmasini unifikatsiyalashtirdi. Davlat xizmati ushbu tizimning asosiy unsuriga aylandi.


    Tahlillar shuni ko‘rsatayaptiki, davlat xizmati faoliyatini tartibga soladigan hujjatlar bugungi kunning talab va vazifalariga javob bermayapti, sohadagi barcha masalani qamrab olmasdan, yagona huquqiy standartlar hamda ma'muriy-boshqaruv amaliyotini o‘rnatishga xalaqit qilmoqda. Xususan, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish darajasining pastligi, yagona kadrlar siyosatining yo‘qligi, davlat xizmatchilarining ijtimoiy va huquqiy himoyasi ular tomonidan bajarilayotgan vazifalarga mos emasligi davlat xizmatchilarining ish faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatayapti. Bularning barchasi, o‘z navbatida, tashkilotlar, fuqarolar hamda fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi munosabatlarning byurokratlashuviga, davlat tuzilmalari faoliyati yopiqligiga shart-sharoit yaratmoqda.
    Bundan tashqari, huquqiy asoslar “Elektron hukumat” tizimining jadal ravnaqidan, davlat xizmatlari va ma'muriy tartib-taomillarining taraqqiyotidan ortda qolmoqda.Amaldagi qonun hujjatlarida davlat hokimiyati organlari xodimlarini belgilashda bir qator tushunchalar qo‘llaniladi. Biroq ko‘lamiga ko‘ra, biri-biridan tubdan farq qiladi. 
    Hukumatning 1997 yil 3 iyuldagi qarorida ko‘rsatilgan Davlat xizmatchilarining lavozimlari ro‘yxatiga vazirlik va idoralar, hokimliklar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda prokuratura idoralari xodimlarining qator lavozimlari kiritilgan. Vaholonki, Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarida davlat xizmatchisi deganda, faqatgina hokimliklar, vazirlik va idoralar xodimlari tushuniladi. 

    Download 84.11 Kb.
      1   2   3




    Download 84.11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizim da amalga oshirilgan islohotlar

    Download 84.11 Kb.