• Mustaqil ish topshiriqlari
  • ) Tabiiy changlar
  • Mavzu: Zararli moddalarning konsentrasiyasini aniqlash




    Download 212.53 Kb.
    bet1/4
    Sana26.02.2024
    Hajmi212.53 Kb.
    #162709
      1   2   3   4
    Bog'liq
    2-Tajriba ishi (1)
    Abjw, 4-AMALIY MASHG‘ULOT

    2 – Laboratoriya ishi

    Mavzu: Zararli moddalarning konsentrasiyasini aniqlash.


    Ishning maqsadi: Ish joyidagi chang miqdorini aniqlab, u joy­dagi havo tarkibidagi changning ruxsat etilgan darajasini (kon­sentratsiyasi, me’eri, normasi va boshqa) aniqlash; mazkur ish bo’yicha qo’llaniladigan asboblar, ularning ish faoliyati va respiratorning ish samaradorligini bilish.
    Mustaqil ish topshiriqlari: Talabalar o’kituvchi taklif etgan adabiyotlar, uslubiy topshiriklar bilan chukur tanishishlari ke­rak. Mazkur laboratoriya ish bo’yicha asbobni ishlata bilish, ish chizmasi va xisobot yozish.
    Laboratoriya ishini bajarish uchun umumiy ma’lumotlar.
    Ishlab chiqarishdagi ko`p ishlarni bajarishda chang hosil buladi.
    Ular kelib chiqish manbalariga ko`ra, tabiiy va sun`iy changlarga bulinadi.
    a) Tabiiy changlar - inson ta`sirisiz hosil buladi. Bunday changlar turkumiga shamol va buronlar ta`sirida qum hamda tuproqning erroziyalangan qatlamlari ko`chishi, o`simlik va hayvon olamida, vulqonlar otilishi boshqa hollarda paydo buladigan changlarni kiritish mumkin.
    b) Sun`iy changlar – ishlab chiqarish korxonalari va qurilishlarda insonning bevosita ta`siri natijasida hosil buladi.
    Kelib chiqish xususiyati buyicha organik, mineral va aralashma changlarga farqlanadi. CHanglarning zararli ta`siri uning kimyoviy tarkibiga bog’liq. CHangning kattaligi, uch guruhga bulinadi:
    -kattaligi 10 mkm.dan katta bulgan changlar. Bunday changlar o`z og’irligi ta`sirida erga qo`nadi;
    -kattaligi 10 mkm.dan 0, 25 mkm.gacha bulgan changlar. Ular erga juda sekinlik bilan tushadi va mayda changlar deb yuritiladi.
    -kattaligi 0,25 mkm.dan kichiq bulgan changlar, ular erga qo`nmay havoda uchib yuradi. CHangning inson organizmiga ta`siri, eng avvalo, nafas olganda yuzaga keladi. Bunda havo bilan nafas olish, asosan, nafas organlarini zararlanishi: bronxit, pnevmo-konioz yoki umumiy reaktsiya (zaharlanish, allergiya) rivojlanishini vujudga keltirishi va changning o`pka yo`liga kirishi pnevmaniya, sil, o`pka rakining kelib chiqishiga sharoit yaratishi mumkin. Qo`rg’oshin, mis va boshqa metallarning changi inson organizmiga zaharlovchi modda sifatida salbiy ta`sir ko`rsatadi.
    CHangning hosil bulishi va tarqalishiga qarshi kurashda texnologik jarayonlar avtomatik usullarga o`tkazilgan halda jihozlarning zichligi oshirilib, ma`lum masofadan turib boshqarish tizimlariga o`tish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
    Sanoatda, transport vositalarini ishlatishda va qishloq xo`jaligida bajariladigan ishlarning deyarli hammasida chang hosil bulishi va ajralishi ko`zatiladi. Umuman changlar, ularning kelib chiqish manbalarini hisobga olgan holda tabiiy va sun`iy changlarga bo`lib o`rganiladi. Ma`lumki, changlangan havo muhiti insoniyatni qadim zamonlardan beri ta`qib qilib kelgan. Tabiiy changlar sirasiga tabiatda inson ta`sirisiz hosil buladigan changlar kiritiladi. Bunday changlarga shamol va qattiq buronlar ta`sirida tuproqning erroziyalangan qatlamlarining uchishi, o`simlik va hayvonot olamida paydo buladigan changlar, vulqonlar otilishi, kosmosdan er atmosferasi ta`siriga tushib qolgan meteoritlar, kosmik jismlarning yonib ketishidan hosil buladigan changlar va boshqa hollarda hosil buladigan changlarni kiritish mumkin.

    Download 212.53 Kb.
      1   2   3   4




    Download 212.53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Zararli moddalarning konsentrasiyasini aniqlash

    Download 212.53 Kb.