• Tayanch so‘zlar: 1. Tabiiy material – 2. Turli material – 3. Barg
  • 1. Tabiiy materiallar haqida ma’lumot Tabiiy materiallarni to’plash Tabiiy materiallarni ishga tayyorlash




    Download 31.87 Kb.
    bet1/5
    Sana09.04.2024
    Hajmi31.87 Kb.
    #192076
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Маруза-9.4 сем (1)
    МЕТРОЛОГИЯ, Aholi bandligidan referat, 2 5190893367956879185

    TABIIY MATERIALLAR BILAN ISHLASH DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI


    REJA
    1.Tabiiy materiallar haqida ma’lumot
    2.Tabiiy materiallarni to’plash
    3.Tabiiy materiallarni ishga tayyorlash
    4.Tabiiy materiallar bilan ishlash texnologiyasi


    Tayanch so‘zlar:
    1. Tabiiy material –
    2. Turli material –
    3. Barg –

    4. Somon –
    5. Urug‘ –
    6. Quritish –
    7. Gerbariy –
    8. Pressda quritish -

    O‘zbekiston tabiiy resurslar, foydali qazilmalar, metall va qotishmalar,


    plastmassalar, yog‘ochlar va o‘simliklarga boy o‘lkadir. Respublikamizning bu
    tabiiy boyliklari sanoatda, turmushda foydalanadigan xomashyo bo‘lishi bilan bir qatorda mehnat darslarida bajariladigan ishlar uchun kerakli material bo‘lib ham xizmat qiladi.
    O‘quvchilarda ilk yoshligidan boshlab ona tabiatga qiziqish va muhabbatni, undagi go‘zalliklarni ko‘ra bilishni tarbiyalash kerak. Tabiiy materiallar bilan ishlash ularni tabiatni kuzatishga majbur qiladi. Kuzatishlar esa badiiy ijodiy qobiliyatlarni, konstruktorlik g‘oyasini, tushunchalarning aniqligini uyg‘otadi.
    Turli tabiiy materiallar bilan ishlash, turlicha ishlov berilishini, turli
    asboblardan foydalanishni talab qiladi va ularni ishlatish bilim, ko‘nikma,
    malakalarini beradi.
    Turli tabiiy materiallarni to‘plash o‘qituvchi qo‘ygan maqsadga bog‘liq
    bo‘ladi. O‘quvchilar ko‘rib chiqilgan va batafsil muhokama qilingan yoki o‘zlari o‘ylab topgan tasvir uchun material to‘playdilar. Yoki aksincha, avval turli barglarni to‘plab, keyin ishni bajarish tartibini aniqlashlari mumkin.
    Tabiiy materiallarni o‘quvchilar dastlab o‘qituvchi rahbarligida sayr vaqtida
    to‘playdilar. Tabiiy materillarni to‘plash jarayonida o‘quvchilar atrofdagi
    o‘simliklar dunyosi, hashoratlar bilan tanishadilar, daraxtlar, gullar navlarini,
    nomlarini, shakllarini, tabiiy materiallarni qachon va qanday to‘plash va qanday saqlash lozimligini bilib oladilar. Tabiatni qo‘riqlash va unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, uni asrash masalalariga alohida e’tibor berish har bir o‘quvchining burchidir.
    Mehnat darslarida tabiiy materiallardan: quritilgan barglar, gullar, poliz ekinlari – qovun, tarvuz, qovoq urug‘lari, mevalar – olcha, o‘rik, shaftoli danaklari va shu kabilar, baliq tangalari va qanotlari, jo‘xori va makkajo‘xori so‘talari, paxta chanog‘i, yong‘oq po‘sti va shu kabilardan keng foydalaniladi.
    Tabiiy materillarni to‘playotgan har bir o‘quvchi tabiiy materiallarni tartibli yig‘ish va tayyorlash lozimligini bilishi, barg to‘plash jarayonida daraxtlar, butalar shoxini qo‘pollik bilan sindirish, gul va shu kabilarni o‘ylamasdan uzish tabiatga nisbatan vahshiylik ekanligini yodda tutishi lozim. Gullarni qo‘l bilan sindirib bo‘lmaydi, aks holda poyasi zararlanishi mumkin.
    O‘simliklarni to‘plashda gazeta, gerbariy papkasi, qaychi, paxta bo‘lishi
    kerak. Gazeta daftarsimon taxlanib, orasiga materiallar tartib bilan joylanadi.
    Quritib olishga mo‘ljallangan o‘simliklar har qanday namlikdan holi bo‘lishi
    kerak, aks holda o‘simlik quritilganda unda dog‘larning izi qoladi. Quritilayotgan o‘simlikning tabiiy rangini asrab qolishning eng muhim sharti, ularni shamol utib turadigan joyda, yelvizakda, quyosh nurida tez quritib olishdir. O‘simliklarni quritish 3 sutkadan oshmasligi kerak.

    Download 31.87 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 31.87 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Tabiiy materiallar haqida ma’lumot Tabiiy materiallarni to’plash Tabiiy materiallarni ishga tayyorlash

    Download 31.87 Kb.