• Nazorat savollari: 1.
  • 2. Yuritma elementlari 3




    Download 372,92 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana16.12.2023
    Hajmi372,92 Kb.
    #120126
    Bog'liq
    1-amaliy mashg\'ulot (1)



    AMALIY ISH 1. Konchilik qurilmalari avtomatlashtirilgan elektromexanik 
    sistemalarga qo‘yiladigan talablarni aniqlash. 
    1. Elektr yuritma tushunchsivafunsional sxemasi. 
    2. Yuritma elementlari 
    3. Elektr yuritmalarning asosiy turlari va ularning vazifalari 
    4. Avtomatlashtirilgan elektromexanik sistemalarga qo‘yiladigan talablarni 
     
    Elektr yuritma deb mashinalarning ish organlarini harakatga keltiradigan hamda 
    bu jarayonlarni maqsadga muvofiq boshqaradigan, hamda elektr dvigatel, kuchli 
    o‘zgartgich, boshqarish, axborot hamda kuchli o‘zgartgich, boshqarish, axborot 
    hamda uzatish qurilmalaridan tashkil topgan murakkab elektromexanik tizimga 
    aytiladi. 
    Yuritmaning «chiqish» koordinatlariga ish mashinasi organlarining me’yorda 
    ishlashi uchun zarur bo‘lgan elektromagnit moment M yoki kuch F va harakat 
    koordinatlari: burchak tezlik w yoki chiziqli tezlik n hamda ularga mos harakat 
    yo‘nalishi bo‘laklari Da, DS kiradi. 
    Yuritma elementlari quyidagilardan iborat. 
    Uzatish qurilmasi harakat shakllarini o‘zgartirish va mexanik energiyani dvigatel 
    qurilmasidan mashinaning ish organlariga uzatish uchun mo‘ljallangan. 
    Dvigatel qurilmasi elektromexanik o‘zgartgich bo‘lib, elektr energiyasini mexanik 
    energiyaga aylantiradi va uzatish qurilmasi bilan birgalikda ish organining berilgan 
    harakat turlarini shakllantiradi. 


    1- rasm. Avtomatlashtirilgan elektr yuritmaning funsional sxemasi. 
     
    Kuchli o‘zgartgich qurilmasi elektr yuritma tizimini elektr manbayi bilan bog‘lash 
    uchun (masalan, sanoat elektr tarmog‘i bilan) elektr energiyani bir turdan ikkinchi 
    turga o‘zgartirish uchun (masalan, o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirish) 
    xizmat qiladi. Kuchli o‘zgartgich qurilmasining asosiy vazifasi jarayon davomida 
    boshqariladigan energiya oqimini shakllantirishdan iborat. Elektr yuritma 
    tizimlarida ish mashinalari, mexanizmlar va ish jarayonlarida «energiyani 
    tejaydigan» texnologiyalarni qo‘llash, tiklanuvchi energiya manbalarini yaratish 
    kuchli o‘zgartgich, dvigatel va uzatish qurilmalarining xususiyatlariga bog‘liq. 
    Boshqarish va axborot qurilmalari energiya oqimi W va mashinalarning ishchi 
    organlari harakatlarini boshqarishning berilgan qonuniyatlar bo‘yicha 
    shakllantirish uchun mo‘ljallangan. 
    Avtomatlashtirilgan elektr yuritmani avtomatik boshqariluvchi elektromexanik 
    tizimning (ABT) keng qo‘llaniladigan turi deb qarash mumkin. 
    Avtomatlashtirilgan 
    elektr 
    yuritmaning 
    funksional 
    sxemasi 
    1-rasmda 
    ko‘rsatilgan. Bu sxema elektr yuritmaning ayrim elementlari va ular orasidagi 
    bog‘lanishlarni kengroq o‘rganish imkoniyatini beradi. Bu yerda ingichka chiziqlar 
    bilan elektr energiyani uzatish kanallari, qo‘sh punktir chiziqlar 
    ingichka chiziqlar bilan elektr energiyani uzatish kanallari, qo‘sh punktir chiziqlar 
    bilan mexanik energiyani uzatish kanallari, punktir chiziqlar bilan esa, elektr 
    yuritma yoki bajaruvchi mexanizmning o‘lchanayotgan koordinatlari to‘g‘risida 
    axborot uzatish kanallari ko‘rsatilgan. 
    Energiya manbalari (EM) odatda, sanoat elektr tarmog‘i yoki maxsus 
    akkumulyator batareyasi, individual generator ko‘rinishidagi mustaqil manba 
    bo‘lishi mumkin. Bu hol asosan uchish apparatlari va kemalardagi «bort» 
    tizimlarida qo‘llaniladi. 
    Kuchli elektr o‘zgartgich qurilmasi (KEO‘Q) — rostlanmaydigan kuchlanish Ut, 
    tok Itva chastota ft ni Ut dan (masalan, tarmoqdan) olib dvigatelni ta’minlaydigan 
    UI va f ga ega bo‘lgan elektr energiya W¶ ga aylantirib beradi. 


    Avvallari KEO‘Q sifatida elektr mashina o‘zgartgich qurilmalari ishlatilar edi. 
    Hozirda asosan o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirib beradigan kuchli 
    yarim o‘tkazgich o‘zgartgichlar tiristorli boshqariluvchi to‘g‘rilagich (BT), 
    tranzistorli-impuls o‘zgartgichlar hamda o‘zgaruvchan tok kuchlanishi shaklini 
    o‘zgartirib beradigan turli tranzistorli va tiristorli invertorlar hamda chastota 
    o‘zgartgichlari qo‘llaniladi. 
    Dvigatel qurilmasi (DQ) elektr energiyani W¶ rotorni (yakorni) chiziqli yoki 
    aylanma harakatga keltiradigan mexanik energiyaga Wm aylantirib 
    beradi.Myexanik energiya Wm oqimi mexanik uzatish qurilmasidan o‘tib, xuddi 
    shu ko‘rinishdagi energiya Wim ga aylanadi, bu esa ish mashinasi orqali qabul 
    qilinadi. 
    IMlardaWi energiya aylanma harakatda koordinatlari Mi.o — qarshilik momenti, 
    wim — burchak tezlik hamda ilgarilanma harakatda esa koordinatlari Fi.o — 
    qarshilik kuchi va Vi.o — chiziqli tezlikka ega bo‘lgan ish organi (IO)ning 
    mexanik ishiga aylantiriladi. 
    Tabiiyki, energiya oqimi MtniMi ga aylantirish elektr yuritma elementlarining 
    sifati hamda energiya oqimini boshqarish qonuniga ko‘ra isroflar bilan amalga 
    oshiriladi. 
    Boshqarish qurilmasi (BQ) KEO‘Q yoki DQ, yoki O‘Qlarning ayrim, ba’zi 
    hollarda esa bir vaqtning o‘zida ikki, uch qurilma koordinatlarini boshqaradi. 
    Boshqarish qurilmasi boshqarish qonunini berish qurilmasi BQberilayotgan axborot 
    va xabarchi o‘zgartgichlardan kelayotgan axborotlarni taqqoslab, kerak bo‘lgan 
    ko‘rinishda shakllantiradi. Xabarchio‘zgartgichlar elektr yuritmaning turli 
    koordinatlarini (momentlar, kuchlar, burchak va chiziqli tezlik, tok, kuchlanish va 
    h.k.) o‘lchashga mo‘ljallangan axborot — o‘lchov qurilmalari ko‘rinishida bo‘lib, 
    ular bu koordinatalarni bir turdagi (masalan, kuchlanish) elektr signallariga 
    aylantiradi. 
    Elektr yuritmalarning asosiy turlari va ularning vazifalari. Barcha elektr 
    yuritmalarni funsional vazifalari, energiyaning bo‘linishi, ish mashinasi chiqish 


    o‘qining harakat shakli, iste’mol qilayotgan tok turi, o‘zgartgich, dvigatel, uzatish 
    va boshqarish qurilmalarining o‘ziga xos xususiyatlari va boshqa holatlari bo‘yicha 
    bir nechta turlarga bo‘lish mumkin. 
    Funsional vazifalari bo‘yicha elektr yuritmalar bosh va yordamchi elektr 
    yuritmalarga bo‘linadi. Bosh elektr yuritma jarayonning asosiy operasiyasini yoki 
    ish mashinasining ijrochi organini harakatga keltiradi. Yordamchi elektr yuritma 
    esa, mashinaning yordamchi organlarining harakatini ta’minlaydi. Masalan, 
    tokarlik dastgohi bosh elektr yuritmasi ishlov berilayotgan detalni aylanma hara-
    katga keltiradi, yordamchi elektr yuritma esa kesish asbobini detalning bo‘ylamasi 
    bo‘yicha ilgarilama hara katga keltiradi.


    Nazorat savollari: 
    1. Elektr yuritma tushunchsiva funsional sxemasi?. 
    2. Yuritma elementlariga qandaiy elementlari kiradi? 
    3. Elektr yuritmalarning asosiy turlari va ularning vazifalari nimalardan 
    iborat? 



    Download 372,92 Kb.




    Download 372,92 Kb.
    Pdf ko'rish