|
Jamiyat hayotida tv ning ahamiyati
|
bet | 1/6 | Sana | 25.07.2024 | Hajmi | 0,99 Mb. | | #268605 |
Bog'liq Jamiyat hayotida TV ning ahamiyati Tekshirdi: Axmedova. A Reja: Kirish - Televideniye, fan, texnika va madaniyatning koʻrinadigan axborotlar (harakatlanuvchi tasvirlar) ni radioelektron vositalar yordamida muayyan masofaga uzatish bilan bogʻliq sohasi; axborotlarni tarqatish vositalaridan biri. Insoniyat oʻzi yashab turgan joydan uzoqdagi narsalar va voqealarni koʻrish istagi bilan hamisha band boʻlib kelgan. Bu istak koʻp halqlarning afsona va ertaklarida oʻz aksini topgan. Masalan, Alisher Navoiy "Farhod va Shirin" dostonida bu istakni badiiy shaklda aks ettirgan (Xitoylik Farhod arman qizi Shirinning jamolini koʻzguda koʻrib oshiq boʻlib qoladi). Xalqlarning bu istagi, asosan, elektronika "sehrli koʻzgu" ("oynai jahon") ga aylangan 20-asrda roʻyobga chiqdi. Televideniye tasvir elementlarini ketma-ket uzatish (19-asr oxirida portugal olimi A. di Payva va undan mustaqil ravishda rus olimi P. I. Baxmetov tomonidan ilgari surilgan) tamoyiliga asoslangan. 20-asrning 30-yillariga qadar tasvirlarni analiz va sintez qilishda optikmexanik qurilmalardan foydalanilgan (ularni ishlab chikishni nemis muhandisi P. G. Nipkov 1884-yildan boshlab bergan). 30-yillar oʻrtalaridan boshlab dastlabki elektron televideniye tizimi paydo boʻldi. Inson koʻzi uzatilgan televizion tasvirlarni kabul qiluvchi oxirgi boʻgʻim hisoblangani uchun televizion tizimlar koʻzning koʻrish jarayonlarini hisobga olib qurilgan, yaʼni Televideniye koʻz xususiyatlariga asoslangan. Bunda kolbachalar va tayoqchalar oʻrnida fotoelementlar ishlatilgan. Agar obʼyektiv orqali biror obʼyektning tasviri fotoelementlardan tashkil topgan panelga tushirilsa, tasvirning alohida elementlaridan kelayotgan yorugʻlik intensivligiga monand elektr signallari olingan.
|
| |