• II.Asosiy qism 1.Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari va ularning mohiyati. 2.Pedagogning kommunikativ kompetentligi
  • Abdullayev. S




    Download 3.32 Mb.
    Sana21.02.2024
    Hajmi3.32 Mb.
    #159854
    Bog'liq
    Pedagogik kompetentlik-55
    Nasos, Kiril, Nasos nazariy tayyor, Имя сушествительное, sinonimy 5 1, 1. Gaz omborlari fazifalari Yer osti gaz quvurlarining ko‘chada -fayllar.org, gaznachilik (1), Kimyo Ravshan

    TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH UNIVERSITETI MENEJMENT FAKULTETI PEDAGOGIK KOMPETENTLIK FANIDAN TAYORLAGAN TAQDIMOTI MAVZUSI: PEDAGOGIK MAHORAT VA UNING TARKIBIY QISMLARI BAJARDI: 32-21 GURUH TALABASI ABDULLAYEV.S QABUL QILDI: ARIPOVA.N Toshkent 2023
    Reja:
    Mavzu: “Pedagogik mahorat va uning tarkibiy qismlari.
    I.Kirish
    II.Asosiy qism
    1.Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari va ularning mohiyati.
    2.Pedagogning kommunikativ kompetentligi
    3.Ta’lim jarayonining samarali boshqarish va nizlarni hal etish
    III.Xulosa
    1.Zamonaviy pedagog imidji.
    Mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi ilk qadamlaridanoq, buyuk ma’- naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash , zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga chiqarish maqsadida ta’lim tizimida ulkan bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IX sessiyasida qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” to‘g‘risidagi Qonunda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarda o‘qituvchi-tarbiyachilarning mehnati naqadar yuksakligi, ular oldida barkamol avlodni tarbiyalashdek sharafli va mas’uliyatli vazifa turganligi ta’kidlanadi.
    O‘qituvchi barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida ishtirok etar ekan, nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘lishi, shu bilan birga, pedagogik mahorat qirralarini namoyon eta olishi, yetuk o‘qituvchi sifatida barkamol insonni tarbiyalashga, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishi zarur.
    Pedagogik mahorat – yuksak pedagogik tafakkur, ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo‘llay olish qobiliyati bo‘lib, u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, o‘tmish qadriyatlari, O‘rta Osiyo mutafakkirlari ijodiy merosida yoritilgan murabbiylarni tayyorlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalari, portal yangiliklaridan xabardor bo‘lish, ilg‘or xorijiy davlatlarning o‘qituvchilar tayyorlash texnologiyalarini nazariy jihatdan o‘rganish jarayonida tarkib topadi.
    Pedagogik mahoratni egallashda guruhli va ommaviy tadbirlarda ishtirok etish ijobiy natijalar beradi. Binobarin, bunday muhitda o‘zaro fikr almashish, shaxsiy mulohazalarni boshqalar tomonidan bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to‘g‘riligi, haqqoniyligiga ishonch hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini topish imkoniyati mavjud.
    Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasida yosh o‘qituvchilarning kasbiy mahorati, bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish maqsadida qizg‘in faoliyat olib borilmoqda. Xususan, O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligi hamda Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Ta’lim sektorini rivojlantirish dasturi” loyihasi doirasida respublika hududlarida masofadan o‘qitishning “Ta’lim-resurs” Markazlari tashkil etilgan. Ushbu faoliyat natijasida yosh o‘qituvchilarning xorijiy mamlakatlarda kasbiy malakalarini oshirish imkoniyati tug‘ildi. Maktablarga yosh o‘qituvchilarni jalb etish va ularga har tomonlama amaliy yordam berish, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashish maqsadida 2009-yildan boshlab “Respublika yosh o‘qituvchilar assotsiatsiyasi” o‘z faoliyatini boshladi.
    Kasbiy pedagogik kommunikativ muloqotning muhim komponenti, o‘qituvchining o‘z fikr va mulohazalarini, emotsional his–tuyg‘ularini aniq ifoda eta olish mahoratidir. Turli tasodifiy pedagogik vaziyatlarda o‘qituvchi g‘azablanganda, quvonganda, xafa bo‘lganida, tushkun bir ahvolga tushganida ichki his-tuyg‘ularini bir holatdan boshqa holatga, bir shakldan boshqa shaklga aktyorlarga xos iqtidor bilan rol o‘ynab vaziyatdan chiqishni ham bilishi lozim.
    Shu ma’noda taniqli rus pedagogi A.S.Makarenko o‘z asarlarida o‘qituvchining kasbiy fazilati to‘g‘risida bir qancha fikrlarini bayon qiladi.
    O‘qituvchining kommunikativ vazifalarni bajarish jarayonida pedagogik ta’sir ko‘rsatish, pedagogik faoliyat tufayli sodir bo‘ladigan qayg‘urish, his-hayajon, murakkab hayotiy va pedagogik maqsadga qaratilgan o‘qituvchi tashvishlarining yig‘indisidir, aynan shu jarayonda o‘qituvchining kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan hayotiy, g‘ayriixtiyoriy tashvishlar yig‘indisi saqlanadi. Natijada, pedagogik vaziyatlarda o‘qituvchining qayg‘urishi pedagogik ixtiyoriylik yuzasidan o‘z faoliyati oldida javobgarlik hissini ham paydo qiladi. Shu sababli, g‘ayriixtiyoriy tashvishlar o‘qituvchining ixtiyoriy tashvishlari va pedagogik ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarga qaratilgan his-tuyg‘ulari asosida amalga oshiriladi.
    O‘qituvchi tomonidan ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lishi mumkin va o‘qituvchi o‘zining ijodkorligi, pedagogik mahorati nuqtai nazaridan ushbu jarayonni tashkillashtiradi:
    Rejalashtirish.
    Tashkil etish.
    O‘quv harakatlari.
    Natijalarni baholash va tahlil qilish.
    O‘qituvchi faoliyatida rejalashtirish bosqichi kalendar-tematik yoki darslarning rejalarini tuzish bilan yakunlanadi. Rejalar, reja-konspektlar yoki konspektlarni tuzish uchun uzoq, jiddiy ijodiy faoliyat lozim bo‘ladi. O‘qituvchi mustaqil ravishda o‘quvchilarning tayyorgarliklari darajasini, ularning o‘quv imkoniyatlarini, moddiy baza holatini, shaxsiy (kasbiy) imkoniyatlarini o‘rganib chiqishi, o‘quv materiali mazmunini tanlab olishi, dars olib borish shakli va metodini ishlab chiqishi kerak.
    Zamonaviy pedagoglik kasbi o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘ta individualdir. Xar bir pedagogning muxim hayotiy pozitsiyasi o‘z ishining ustasi bo‘lishdir. Mahorat egasi (usta) juda ilgor, bilimdon, yoki o‘z ishini mohirlik bilan bajaruvchi deb ifodalanadi. Zamonaviy pedagog mahorati uning faoliyatida ko‘rinadi. Pedagog avvalo pedagogik jarayonning qonuniyatlari va mexanizmlarini yaxshi egallagan bo‘lishi lozim. Shu ma’noda pedagogning umumlashgan malakalari, uning pedagogik texnikasi katta axamiyatga molik bo‘ladi. Maxorat bu alohida qudrat hisoblanadi.Mahoratga erishish ham, erishmaslik ham mumkin. Haqiqiy usta mehnat faoliyati chog‘idagina go‘zaldir.
    Pedagogik mahoratga yetishish pedagogning muayyan shaxsiy sifatlari bilan amalga oshadi. Pedagogik maxorat yuksak darajada pedagogik faoliyatning taraqqiy etishini, pedagogik texnikani egallashni, shuningdek, pedagog shaxsi, uning tajribasi, fuqarolik va kasbiy mavqeini ifodalaydi.
    Zamonaviy pedagog mahoratining o‘ziga xosligi quyidagi kategoriyalarda jamlanadi:
    Pedagogik maxorat;
    Pedagogik ijod;
    Novatorlik;
    Kasbiy bilimdonlik;
    Faoliyat uslubi;
    Innovatsion faoliyat;
    Pedagogik texnologiya;
    Maxorat
    O‘quv tarbiya ishlari jarayonida eng yuksak natijalarga erishib faoliyatning yuksak darajada baholanishi va hamma tomondan tan olinishini istamaydigan pedagog topilmasa kerak. Bunga erishishni ana shu xil orzuning ushalishini pedagogik mahorat deymiz. Xo‘sh pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimadan iborat? Unga qanday erishsa bo‘ladi? Hozirgi zamon pedagogika va psixologiya sohasidagi maktablarda «Pedagogik mahorat» tushunchasi turlicha izohlarga duch kelamiz. Bu tushunchaning mohiyatini bir muncha to‘laroq Aniqroq ta’rifini «Pedagogik ensiklopediya»da berilgan deyish mumkin. Bizningcha, boshqalarga nisbatan bu ta’rif pedagogik mahorat mazmunini va mohiyatini bir muncha to‘g‘ri yoritadi. «Tarbiya va o‘qitish yuqori darajaga erishishi va uni doimo takomillashtirib borish imkoniyatini ta’minlovchi san’at bo‘lib, talabaga mehr qo‘ygan va o‘z kasbini sevgan har bir pedagogning qiladigan ishi.
    Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari:
    Nutq malakalari
    Tushunarli ta’sirchan fikr va his-tuyg‘ularni so‘zda aniq ifodalash
    Mimika va pantomimika
    Ma’noli qarash
    Hissiy psixik holat
    Kayfiyat yoki istehzoli tabassum
    Savodli gapirish
    Aniq imo-ishora
    Rag‘batlantiruvchi munosabat
    Ijodiy jiddiylik.
    P
    A
    N
    A
    T
    O
    M
    I
    M
    I
    K
    1
    G
    R
    O’
    SH
    I
    T
    2
    A
    N
    Q
    I
    D
    3
    B
    T
    A
    I
    Y
    A
    4
    A
    R
    S
    5
    M
    M
    I
    K
    A
    6
    B
    O
    Q
    L
    I
    Y
    A
    T
    7
    Krossvord savollari
    • _________________bu o‘qituvchining gavdasi, qo‘l, oyoq harakatini tartibga soluvchi uslubdir.
    • ______tarbiyalanuvchilar uchun belgilangan axloqiy me’yorlarni ularning xulq-atvoriga singdirish
    • O’qituvchi tomonidan tarbiyalanuvchilar shaxsiy sifatlarida namoyon bo‘ladigan salbiy odatlariga baho berish.
    • o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat
    • ta’lim jarayonining asosiy tashkiliy usuli
    • o‘z fikrlarini, kayfiyatini, holatini, hissiyotini qosh, ko‘z bilan ifoda etish
    • shaxsning individual-psixologik xususiyatlaridan biri

    Download 3.32 Mb.




    Download 3.32 Mb.