• FSMU jadvalini to`ldiring. Savol
  • Qo’qon universiteti maktabgacha ta’lim yo’nalishi 1-bosqich ms 5-22 guruh talabasi g'aniyeva Mohlaroyning Ta'lim asoslari fanidan




    Download 74.41 Kb.
    bet1/3
    Sana16.06.2023
    Hajmi74.41 Kb.
    #73700
      1   2   3
    Bog'liq
    G\'aniyeva Mohlaroy 3-topshiriq (TA)
    253762, 68-Хalqaro-iqtisodiy-munosabatlar, portal.guldu.uz-Mog‘or zamburug‘lari. Achitqilar., - , Topshiriq 3, 1 topshiriq (3), ny7rK8hRt4YcAwBbQSDkch7c98FT6Fq969V2Jsuq, Monitoring resuslarning atmasferaga tasiri, 520778, E va SI (BAZA), 1-mustaqil ish topshiriq, 10 11 sinflar uchun fizika fanidan to\'garak mashg\'uloti ish rejasi 85569, G.X.Ergasheva, Tashqi taqriz -1





    QO’QON UNIVERSITETI
    MAKTABGACHA TA’LIM YO’NALISHI
    1-BOSQICH MS 5-22 GURUH TALABASI


    G'aniyeva Mohlaroyning


    Ta'lim asoslari
    FANIDAN


    3-TOPSHIRIQ MUSTAQIL ISHI

    3-o‘quv topshiriq



    1. FSMU jadvalini to`ldiring.

    Savol: Nima uchun pedagog shaxsi va unga qo‘yilgan talablar ta`lim jarayoninig muhim elementi hisoblanadi?



    F


    O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarning maʼnaviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilmoqda. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi. Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi zarur? O‘qituvchi (pedagog) pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus maʼlumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega hamda taʼlim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxs sanaladi. Bizning nazarimizda, zamonaviy o‘qituvchi-bakalavr qiyofasida ijobiy fazilatlar namoyon bo‘la olishi kerak. So‘z yuritilayotgan sifatlar mohiyatan o‘qituvchi-bakalavr tomonidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifa, burch va masʼuliyatlarni o‘zida umumlashtiradi. Demak, o‘qituvchi-bakalavr jamiyat ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi hamda bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri, asosli maʼlumotlarni bera olishi, zamonaviy o‘qituvchi sifatida ilm-fan, texnika va texnologiya yangiliklari va yutuqlaridan doimo xabardor bo‘lishi, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur, puxta bilimga ega, o‘z ustida tinimsiz izlanishi, pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, taʼlim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat tashkil etishi, taʼlim-tarbiya jarayonida eng samarali shakl, metod va vositalardan unumli foydalana olish imkoniyatiga hamda ijodkorlik, tashabbuskorlik va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi, yuksak darajadagi pedagogik mahorat, jumladan, kommunikativlik layoqati, pedagogik texnika – nutq, yuz, qo‘l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, jest kabi jarayon qoidalarini chuqur o‘zlashtirib olgan bo‘lishi, nutq madaniyatiga amal qilishi, yaʼni uning nutqida jozibadorlik, aniqlik, to‘g‘rilik, ravonlik va turli dialektal so‘zlardan holilik aks etgan bo‘lishi, shaxsiy hayotda pok, atrofdagilarga o‘rnak bo‘la olishi lozim.



    S


    O‘qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi sifatida o‘zida bir qator sifatlarning tarkib topishiga erishishi zarur. U eng avvalo, mulohazali, bosiq, vaziyatni to‘g‘ri baholay oladigan, mavjud ziddiyatlarni barataraf etishning uddasidan chiqa olishi darkor. O‘quvchi, ota-onalar hamda hamkasblari bilan muloqot jarayonida fikrini aniq va to‘la bayon etilishiga ahamiyat qaratishi maqsadga muvofiq. Ular bilan munosabat jarayonida so‘zni salbiy holatlar haqidagi dalillarni keltirishdan emas, aksincha, o‘quvchi (yoki hamkasbi, ota-onalar)ning muvaffaqiyatlarini eʼtirof etishi, ularning yana-da boyishiga ishonch bildirishi u bilan ijobiy munosabat o‘rnatishga imkon beradi. Muloqot jarayonida o‘qituvchining so‘zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrixohlik, samimiylik, do‘stona munosabat sezilib turishi, shuningdek, imkon qadar ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lishi kasb etikasi nuqtayi nazaridan talab va qoidalarga kiradi. O‘qituvchi shaxsining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar o‘rtasida obro‘-eʼtibor qozonishini taʼminlaydi.





    M

    O‘qituvchi barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida ishtirok etar ekan, nafaqat maʼnaviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘lishi, shu bilan birga, pedagogik mahoratini namoyon eta olishi, yetuk pedagog sifatida malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishni o‘zining kasbiy burchi, deb bilishi kerak. Pedagogik mahorat – yuksak pedagogik tafakkur, taʼlim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo‘llay olish qobiliyati bo‘lib, u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, yangiliklardan xabardor bo‘lish, ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish asosida rivojlanib boradi. Yosh, shuningdek, taʼlim muassasasida bir necha yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning pedagogik mahoratga ega bo‘lishlari o‘zini kasbiy jihatdan takomillashtirish yo‘lida bir qator shartlarga amal qilishi hisobiga taʼminlanadi. Jumladan, mustaqil o‘qib-o‘rganish, yaʼni pedagogika olamida ro‘y berayotgan yangiliklar haqida maʼlumotlarni beruvchi ilmiy adabiyotlar, Internet materiallari, bosma ommaviy axborot vositalarida chop etilayotgan xabarlar, shuningdek, ilg‘or texnologiyalar bilan tanishib borish, ularda ilgari surilayotgan g‘oyalarni o‘qib tahlil qilish va umumlashtirish, xulosalash asosida mustaqil loyihalarni tayyorlash bo‘yicha o‘z ustida doimiy izlanish olib borishi kerak. Respublikamiz misolida oladigan bo‘lsak, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tasarrufidagi Bosh ilmiy-metodik markaz qoshida tashkil etilgan Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq hamda mintaqaviy markazlarida kasbiy malakalarini oshirish, xalq taʼlimi tizimi bo‘yicha esa Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufida bo‘lgan Abdulla Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti hamda Respublika taʼlim markazlarida o‘z malaka va ko‘nikmalarini oshirib borish, doimiy ravishda ilmiy anjumanlar – nazariy va amaliy konferensiya va seminarlar, pedagogik o‘qish hamda treninglarda faol ishtirok etish, O‘zbekiston va rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim muassasalarida ularning ish tajribalarini o‘rganish yoki stajirovka o‘tash orqali amalga oshiriladi.





    U

    Yuqoridagi kabi talablar asosida pedagogik mahoratga ega bo‘lish taʼlim-tarbiya samaradorligini taʼminlash garovi bo‘libgina qolmay, ayni vaqtda o‘qituvchining jamoadagi obro‘-eʼtiborini ham oshiradi, o‘quvchilarda unga nisbatan hurmat hissi shakllanib boradi. Kasbiy mahoratni oshirish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish – pedagogik faoliyatda yo‘l qo‘yilgan yoki qo‘yilayotgan xatolardan holi bo‘lish, o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi. O‘z davrlarida Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Yan Amos Komenskiy, Lev Tolstoy, Abdulla Avloniy va boshqalar o‘z asarlarida o‘qituvchilik kasbi, uning mashaqqatlari, shuningdek, o‘qituvchi shaxsida aks etishi zarur bo‘lgan sifatlar xususidagi qarashlarni yoritish orqali o‘zlari ham pedagogik madaniyatga ega ekanliklarini namoyon etganlar. Binobarin, pedagogik jarayonning mohiyatini anglamagan, bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo‘lmagan shaxs taʼlimtarbiya samaradorligi va inson kamolotini taʼminlovchi fikrga ega bo‘lmaydi. Ularning pedagogik madaniyatlari zamirida bolani tushuna olish, unga nisbatan insonparvar munosabatda bo‘lish, vaziyatni to‘g‘ri baholash, yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan ziddiyatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda pedagogik jarayonda o‘quvchilar ongiga singdirilayotgan ezgu g‘oyalarning hayotda mavjudligini taʼminlash yo‘lida qudratli vosita ekanligiga ishonch hosil qildira olishda o‘z aksini topadi





    Download 74.41 Kb.
      1   2   3




    Download 74.41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qo’qon universiteti maktabgacha ta’lim yo’nalishi 1-bosqich ms 5-22 guruh talabasi g'aniyeva Mohlaroyning Ta'lim asoslari fanidan

    Download 74.41 Kb.