• Taqrizchi: O’zbekiston davlat konservatoriyasi “Musiqiy pedagogika” kafedrasi dotsenti P.f.n B.G.Azimov
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti




    Download 15,2 Kb.
    Sana24.11.2023
    Hajmi15,2 Kb.
    #104453
    Bog'liq
    Tashqi taqriz -1


    Toshkent davlat pedagogika universiteti
    70111301– Musiqa ta’limi va san’at mutaxassisligi magistranti
    Xaliqov Jasur A’zamovichning “Oʻzbek milliy estrada xonandaligining rivojlanish shart-sharoitlari: muammo va yechimlari” deb nomlangan magistr ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasiga
    TAQRIZ
    San’at xalqning siyosiy va ijtimoiy hayotida roʻy berayotgan yangi tendensiyalarni, uning gʻoyalarini aks ettiradigan hamda tomoshabinlar bilan muloqot qilishning yangi shakli hisoblanadi. Ushbu jihatlarni oʻrganish ham san’atshunoslik, ham zamonaviy bosqich uchun milliy kadrlar tarbiyalash bilan shugʻullanuvchi pedagogik amaliyotning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Mazkur holatlarni hisobga olgan holda biz tanlagan tadqiqot mavzusi o‘zining ham pedagogik, ham metodik jihatdan o‘z dolzarbligiga ega. Dissertatsiya mavzusi ham shu ma’noda tanlangan. Xaliqov Jasur A’zamovichning “Oʻzbek milliy estrada xonandaligining rivojlanish shart-sharoitlari: muammo va yechimlari” deb nomlangan magistr ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishida Oʻzbekistonda milliy estrada san’atini rivojlantirish uchun turli hududlarda ijod qilayotgan iqtidorlarni, havaskor san’atkorlarni izlab topish va qoʻllab-quvvatlash, mehnatini munosib ragʻbatlantirib, ishlarini takomillashtirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini sifat bosqichiga koʻtarish, bu jarayonda xorijiy tajribalarni yanada keng tatbiq etish, milliy estrada san’ati tarixi va nazariyasi tadqiqotini kuchaytirish hamda oʻzbek musiqa sahnasining shakllanishi va rivojlanishi jarayonining asosiy qonuniyatlari haqida yoritilgan.
    Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Tadqiqot ishining “O`zbek milliy Estrada xonanadaligining rivojlanish tarixi va uning nazariy asosi” deb nomlangan birinchi bobida, O’zbek milliy estrada xonandaligi rivojlanishining tarixi va Oʻzbek milliy xonandalik san’atida bastakorlik ijodining oʻrni yuzasidan ma’lumotlar berilgan. Ayniqsa, XX asrning 60-70-yillardagi estrada san’atini rivojlangani hamda ijro repertuarida 86 dunyo xalqlarining qoʻshiq va raqslar mavjudligi va uning boy repertuaridan nafaqat xalq, balki zamonaviy kompozitorlarning asarlari muhim ahamiyatga ega ekani keng o`rganilgan. Oʻzbek bastakorlari va kompozitorlari musiqa ijodiyotida, ayniqsa, estrada janriga boʻlgan e’tibor oshgani va xalq musiqasi ohanglariga asoslangan va zamonaviv qoʻshiq va kuylar yaratilgani ham alohida e’tirorf etilgan.
    “Mustaqillikdan keyingi yillarda o`zbek milliy Estrada xonandaligining rivojlanishidagi muammo va yechimlari” deb nomlangan ikkinchi bobda zamonaviy ijrochilik an’analari va mustaqillik davri estradasi, hozirgi oʻzbek zamonaviy estradasining rivojlanishi va oʻziga xos xususiyatlari, Botir Zokirov ijodiga nazar va estrada yoʻnalishining rivojlanishidagi islohotlar haqida yoritilgan. Oʻzbekiston qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov raisligida Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlantirish Kengashi tuzilgani, hamda uning asosiy vazifalari ham ko`rsatib o`tilgan
    Oʻzbek estrada musiqasining asoschisi, oʻzbek milliy estrada san’atining yirik namoyondasi Botir Zokirovning oʻzbek milliy estrada san’atining rivojidagi izlanishlari va ushbu jaroyonda rus, xorijiy, sharq estrada qoʻshiqlarini oʻzbek milliy qoshiqchilgiga uygʻunlashib yangi qiyofa topishga muyassar boʻlgani haqida batafsil yozilgan.
    “Pedagogik tajriba-sinov ishlari va uning natijalar tahlili” deb nomlangan uchinchi bobda Tajriba – sinov ishlarining mazmuni va oʻtkazish metodikasi, ilmiy tadqiqot ishlari natijalarining statistik tahlili haqida yoritilgan.
    Dissertatsiyada har bir bob yuzasidan xulosalar keltirilishi bilan birga umumiy xulosa ham keltirilgan. Ishda foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati muallif yoʻnalishiga aloqador boʻlgan manbalar talab asosida tuzilgan. Dissertatsiyaning davomi sifatida berilgan ilovalar ham ishlarning amaliy qiymatini oshirishga xizmat qiladi.
    Xaliqov Jasur A’zamovichning “Oʻzbek milliy estrada xonandaligining rivojlanish shart-sharoitlari: muammo va yechimlari” mavzusidagi dissertatsiyasi mustaqil bajarilgan, yakunlangan ish boʻlib, magistrlik dissertatsiyalariga qoʻyilgan talablarga javob beradi. Dissertatsiya ishni tugallangan tadqiqot ishi sifatida himoyaga tavsiya etish mumkin.


    Taqrizchi: O’zbekiston davlat konservatoriyasi
    Musiqiy pedagogika” kafedrasi dotsenti
    P.f.n B.G.Azimov
    Download 15,2 Kb.




    Download 15,2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat pedagogika universiteti

    Download 15,2 Kb.