• Televizor «Neva D» 1963-yil
  • Jamiyat hayotida tv ning ahamiyati




    Download 0,99 Mb.
    bet5/6
    Sana25.07.2024
    Hajmi0,99 Mb.
    #268605
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Jamiyat hayotida TV ning ahamiyati

    KVN-49 televizori juda kamdan-kam xonadonlarda bo‘lgani sababli ko‘pchilik qo‘ni-qo‘shnilar televizorga ega bo‘lgan xonadonda to‘planib, ko‘rsatuvlarni tamosha qilganlar. Keyinchalik ekran oldida katta linza qo‘yiladigan bo‘lib, u tasvirga biroz zangori tus berardi. Toshkent telemarkazining muntazam ko‘rsatuvlar bera boshlashi 1956-yilning noyabr oyiga to‘g‘ri keldi. Uch yildan so‘ng esa toshkentliklar studiyadan tashqaridagi ko‘rsatuvlar — bayram tadbirlari, sport musobaqalaridan reportajlar tamosha qila boshladilar.

    Keyinchalik davr bilan hamnafas holda rus olimi B. L. Rozing tomonidan taklif etilgan televideniyaning mexanik tizimi o‘rniga elektron-nurli tizim qo‘llanila boshlandi. Tasvirni qabul qilishga mo‘ljallangan trubkalar keyinchalik kineskop deb nomlandi. Elektron-nurli televideniya elektron-nurli trubka konstruksiyasi vositasida yaratildi. 1930-yillar boshida zaryadlar to‘plangan televizion elektron-nurli trubka S. I. Katayev tomonidan taklif etildi va u elektron televideniyaning rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qildi.

    • Keyinchalik davr bilan hamnafas holda rus olimi B. L. Rozing tomonidan taklif etilgan televideniyaning mexanik tizimi o‘rniga elektron-nurli tizim qo‘llanila boshlandi. Tasvirni qabul qilishga mo‘ljallangan trubkalar keyinchalik kineskop deb nomlandi. Elektron-nurli televideniya elektron-nurli trubka konstruksiyasi vositasida yaratildi. 1930-yillar boshida zaryadlar to‘plangan televizion elektron-nurli trubka S. I. Katayev tomonidan taklif etildi va u elektron televideniyaning rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qildi.

    Dastlabki rangli televideniya tajribalari 1960-yil yanvar oyida boshlangan. Shu bilan bir vaqtda, tajribaviy rangli televizor turlarini yaratish ustida izlanishlar olib borilgan. 1980-yillarda rangli teleko‘rsatuvlarni tamosha qilib, huzurlanish barchaga nasib eta boshladi. Televideniya dastlabki oq-qora va rangli sozlash jadvali

    Televizor «Neva D» 1963-yil

    Televideniyani jamiyat hayotidagi o’rni

    • Televideniye inson turmushida muhim oʻrinni egalladi; televizion eshittirish sifatida keng tarqaldi. Televizion apparaturalar fan, tibbiyot, xalq xoʻjaligining turli tarmoklarida turli masalalarni hal qilishda keng ishlatiladi. Tasvirni uzoq masofaga olib koʻrsatish tajribalari 20-asr 30y.larida boshlandi. Televideniye Oyning Yerdan koʻrinmaydigan tomonini oʻrganishga imkon yaratdiOyMerkuriyVeneraMars va Yupiter sayyoralarining fototelevizion suratlari olindi. Muntazam telekoʻrsatuvlar Birlashgan Qirollik va Germaniyada 1936-yilda, Amerika Qoʻshma Shtatlarida 1941-yilda, Yevropa mamlakatlarida 20-asr 50-yillarida, rivojlanayotgan mamlakatlarida 60-yillarda boshlandi. Bugungi kunda, televideniye yuqori darajada rivoj topdi va insoniyat hayotining ajralmas qismiga aylandi. Barcha rivojlangan mamlakatlar oʻz televideniyesiga ega, AQSh va 3 ta umummilliy teletarmoq — "ABC", "CBS" va "NBC" faoliyat koʻrsatmoqda. Angliyada "BBC", Fransiyada TF va boshqa televizion studiyalar mavjud.

    Download 0,99 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0,99 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jamiyat hayotida tv ning ahamiyati

    Download 0,99 Mb.