• Buxoro shahar adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi N.B.Hakimov
  • Sport hakamlariga malaka toifasini berish endi soddalashtirildi




    Download 18.88 Kb.
    Sana19.10.2023
    Hajmi18.88 Kb.
    #88724
    Bog'liq
    maqola sport hakami sertifikati
    KLUCH SUROVNOMA, Bank kodlari, diplom maqola, Документ Microsoft Word

    Sport hakamlariga malaka toifasini berish endi soddalashtirildi
    Ma’lumki yildan yilga mamlakatimizda davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash borasida tizimli chora-tadbirlar faol amalga oshirilib kelinmoqda.
    Xususan, ushbu sohada olib borilayotgan islohotlar natijasida bir qancha xizmatlar soddalashtirildi hamda muddati va talab etiladigan hujjatlar soni sezilarli darajada qisqartirildi. Turli toifadagi davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini raqamlashtirish jarayonlarini uyg‘unlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 364-son qarori bilan Sport hakamlariga malaka toifasini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
    Mazkur reglamentga asosan ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
    Sport hakamlariga quyidagi malaka toifalari beriladi:
    xalqaro toifali sport hakami; milliy toifali sport hakami; birinchi toifali sport hakami; ikkinchi toifali sport hakami; uchinchi toifali sport hakami; sport bo‘yicha hakam.
    “Xalqaro toifali sport hakami” malaka toifasi sport turi bo‘yicha tegishli xalqaro sport tashkiloti tomonidan beriladi.
    “Milliy toifali sport hakami” malaka toifasini olish uchun belgilangan muddat va talablardan oldin “Xalqaro toifali sport hakami” malaka toifasini qo‘lga kiritgan sport hakamining toifasi “Milliy toifali sport hakami” malaka toifasidagi hakam hisoblanadi.
    “Milliy toifali sport hakami” malaka toifasi O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan beriladi.
    “Birinchi toifali sport hakami”, “Ikkinchi toifali sport hakami”, “Uchinchi toifali sport hakami”, “Sport bo‘yicha hakam” malaka toifalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari tomonidan beriladi.
    Ariza Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etilganda murojaatchidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi. YIDXP orqali taqdim etilganda, murojaatchidan markaz orqali murojaat etganda to‘lanadigan summaning 90 foizi miqdorida yig‘im to‘lanadi.
    Vakolatli organning mas’ul xodimi so‘rovnoma va faoliyat yuritayotgan tashkilot tomonidan malaka toifasini berish to‘g‘risidagi taqdimnoma kelib tushgan kuni tegishli malaka toifasini berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilish yoki asoslangan rad javobini berish uchun malaka komissiyasiga kiritadi.
    Malaka komissiyasi 1 oyda bir marta chaqiriladi.
    Vakolatli organ ikki ish kuni ichida taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha malaka toifasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilish yoki asoslangan rad javobini berish uchun malaka komissiyasiga kiritadi.
    Malaka komissiyasi kotibi malaka toifasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilish yoki asoslangan rad javobi berilgan kunda malaka komissiyasining qarori loyihasini bayonnoma ko‘rinishida tayyorlaydi.
    Malaka komissiyasi Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki YIDXP orqali ariza beruvchi tomonidan yuborilgan hujjatlarni uch ish kuni ichida ko‘rib chiqadi, tekshiradi hamda sport hakamlariga tegishli malaka toifasini berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi yoxud asoslangan rad javobini beradi.


    Buxoro shahar adliya bo’limi
    davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi
    N.B.Hakimov
    Download 18.88 Kb.




    Download 18.88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sport hakamlariga malaka toifasini berish endi soddalashtirildi

    Download 18.88 Kb.