• Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda xodim ariza beruvchi nomidan soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
  • Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kunlik muddat beriladi.
  • Ariza beruvchi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini vakolatli organdan olib ketadi.
  • Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda professional ta'lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjatlarning dublikatini olish tartibidan xabardormisiz?




    Download 13.75 Kb.
    Sana19.10.2023
    Hajmi13.75 Kb.
    #88844
    Bog'liq
    diplom maqola
    KLUCH SUROVNOMA, Bank kodlari, maqola sport hakami sertifikati, Документ Microsoft Word

    Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda professional ta'lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjatlarning dublikatini olish tartibidan xabardormisiz?
    Vazirlar mahkamasining 2022 yil 21 iyuldagi 395-son qarori bilan Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga ko’ra:
    🔰 Taʼlim tashkilotini tamomlagan, maʼlumotini tasdiqlovchi hujjati ya’ni diplom yoki sertifikat yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan, familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda jismoniy shaxslar hujjatning dublikatini berish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishlari mumkin.
    📝 Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda xodim ariza beruvchi nomidan soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
    Ariza beruvchi soʻrovnomani YAIDXP orqali toʻldirilganda, undan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.
    💰Davlat xizmati uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
    ❗️Yigʻimni toʻlamaslik xizmat koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
    Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kunlik muddat beriladi.
    📋 Soʻrovnoma tushgandan boshlab 10 ish kunida hujjat dublikati rasmiylashtiriladi va bu haqida ariza beruvchiga xabar beriladi.
    Hujjat dublikati asl nusxa bilan bir xil yuridik kuchga ega.
    🏢Ariza beruvchi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini vakolatli organdan olib ketadi.
    ⚠️ Ariza beruvchining xohishiga koʻra, taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikati vakolatli organ tomonidan pochta xizmati orqali yuborilishi mumkin. Bunda pochta uchun toʻlovlarni ariza beruvchi toʻlaydi.
    Download 13.75 Kb.




    Download 13.75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda professional ta'lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjatlarning dublikatini olish tartibidan xabardormisiz?

    Download 13.75 Kb.