• 4.Kompyuter axborotini himoya qilishning tashkiliy usullari. 5.Xulosa. 6.Foydalanilgan adabiyotlar.
  • Axborotni ruxsatsiz foydalanishlardan himoyalash. Reja: Kirish. Axborotni himoya qilish tizimini amalga oshirilishi usullari




    Download 16,98 Kb.
    Sana09.01.2024
    Hajmi16,98 Kb.
    #133547
    Bog'liq
    Kiberxavfsizlik


    Axborotni ruxsatsiz foydalanishlardan himoyalash.


    REJA:
    1.Kirish.Axborotni himoya qilish tizimini amalga oshirilishi usullari.
    2.O’zbekistonda axborotni ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash bo’yicha qonunlar haqida.
    3.Viruslardan himoya qilish.
    4.Kompyuter axborotini himoya qilishning tashkiliy usullari.
    5.Xulosa.
    6.Foydalanilgan adabiyotlar.

    Kirish.AHQKT ob’еktlarda axborot xavfsizligini ko’p sonli mumkin bo’lgan xavflardan himoya qilish uchun yaratiladi. U yoki bu xavfni blokirovkalash uchun himoya qilishning usullarini va vositalarini ma’lum bir to’plami ishlatiladi. Ularning ba’zi birlari axborotni bir vaqtning o’zida bir nеchta xavflardan himoya qiladi. Usullarning ichida univеrsal usullar ham mavjuddir, ular istalgan himoya qilish tizimi uchun asosiy hisoblanadi. Bu axborotni himoya qilishning huquqiy usullaridir, bu ixtiyoriy vazifali himoya qilish tizimini rasmiy ravishda kurishni va ishlatishni asosi bo’lib xizmat qiladi; bu tashkiliy usullardir, ular odatda bir nеchta xavflarni bartaraf (qaytarish) etish uchun ishlatiladi; bu tеxnik usullardir, ular tashkiliy va tеxnik tadbirlarga asoslangan holda ko’pchilik xavflardan axborotlarni himoya qiladi.

    Axborot xavfsizligi — axborot munosabatlarining subyektlariga nomaqbul ziyonlarni keltirishi mumkin bo‘lgan tabiiy yoki sun’iy xususiyatli tasodifiy yoki qasddan qilingan ta’sirlardan axborot va ta’minlab turadigan infratuzilmaning muhofaza qilinganligi

    Axborot xavfsizligini ta’minlash – bu foydalanuvchining axborotlarini himoyalashga quyilgan me’yor va talablarni bajarishidir. Axborot xavfsizligi esa bu axborot foydalanuvchilariga va ko‘plab axborot tizimlariga zarar keltiruvchi tabiiy yoki sun’iy xarakterga ega tasodifiy va uyushtirilgan ta’sirlardan axborotlarni va axborot kommunikatsiya tizim ob’ektlarining himoyalanganligidir.


    Login tushunchasi. Login – shaxsning, o‘zini axborot kommunikatsiya tizimiga tanishtirish jarayonida qo‘llaniladigan belgilar ketma-ketligi bo‘lib, axborot kommunikatsiya tizimidan foydalanish huquqiga ega bo‘lish uchun foydalaniluvchining maxfiy bo‘lmagan qayd yozuvi hisoblanadi.


    Parol tushunchasi.Parol – uning egasi haqiqiyligini aniqlash jarayonida tekshiruv axboroti sifatida ishlatiladigan belgilar ketma-ketligi. U kompyuter bilan muloqot boshlashdan oldin, unga klaviatura yoki identifikatsiya kartasi yordamida kiritiladigan harfli, raqamli yoki harfli-raqamli kod shaklidagi mahfiy so‘zdan iborat.


    Avtorizatsiya tushunchasi.Avtorizatsiya – foydalanuvchining resursdan foydalanish huquqlari va ruxsatlarini tekshirish jarayoni. Bunda foydalanuvchiga hisoblash tizimida ba’zi ishlarni bajarish uchun muayyan huquqlar beriladi. Avtorizatsiya shaxs harakati doirasini va u foydalanadigan resurslarni belgilaydi.


    Ro‘yxatdan o‘tish tartibi. Ro‘yxatdan o‘tish– foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish va ularga dasturlar va ma’lumotlarni ishlatishga huquq berish jarayoni. Ayrim veb-saytlar foydalanuvchilarga qo‘shimcha xizmatlarni olish va pullik xizmatlarga obuna bo‘lish uchun ro‘yxatdan o‘tishni, ya’ni o‘zi haqida ayrim ma’lumotlarni kiritishni (anketa to‘ldirishni) hamda login va parol olishni taklif qiladilar. Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng tizimda unga qayd yozuvi (account) yaratiladi va unda foydalanuvchiga tegishli axborotlar saqlanadi.


    Login va parolga ega bo‘lish shartlari. Biror shaxs o‘zining login va paroliga ega bo‘lishi uchun u birinchidan axborot kommunikatsiya tizimida ruyxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak va shundan so‘ng u o‘z logini va parolini o‘zi hosil qilishi yoki tizim tomonidan berilgan login parolga ega bo‘lishi mumkin. Login va parollar ma’lum uzunlikdagi belgilar ketma-ketligidan tashkil topadi. Login va parollarning uzunligi va qiyinligi uning qanchalik xavfsizligini ya’ni buzib bo‘lmasligini ta’minlaydi.


    Login va parolni buzish.Login va parolni buzish – bu buzg‘unchining biror bir maqsad yo‘lida axborot kommunikatsiya tizimi ob’ektlaridan foydalanish uchun qonuniy tarzda foydalanuvchilarga tegishli login va parollarini buzishdir. Bunda maxsus dastur yordamida login va parollar generatsiya qilib topiladi. Login va parollarning uzunligi bu jarayonning uzoq vaqt davom etishiga yoki generatsiya qilaolmasiligiga ishora bo‘ladi.


    Login va parolni o‘g‘irlash. Login va parolni o‘g‘irlash – bu foydalanuvchilarning mahfiy ma’lumotlari bo‘lgan login va parollarga ega bo‘lish maqsadida amalga oshiriladigan internet firibgarligining bir turidir. Bu mashhur brendlar, masalan, ijtimoiy tarmoqlar, banklar va boshqa servislar nomidan elektron xatlarni ommaviy jo‘natish yo‘li orqali amalga oshiriladi. Xatda odatda tashqi ko‘rinishi asl saytdan farq qilmaydigan saytga to‘g‘ri ishorat mavjud bo‘ladi. Bunday saytga tashrif buyurgan foydalanuvchi firibgarga akkauntlar va bank hisob raqamlariga kira olishga ega bo‘lishga imkon beruvchi muhim ma’lumotlarni bildirishi mumkin. Fishing – ijtimoiy injeneriyaning bir turi bo‘lib, foydalanuvchilarning tarmoq xavfsizligi asoslarini bilmasligiga asoslangan. Jumladan, ko‘pchilik oddiy faktni bilishmaydi: servislar qayd yozuvingiz ma’lumotlari, parolь va shu kabi ma’lumotlarni yuborishni so‘rab hech qachon xat yubormaydi.


    Resurslardan ruxsatsiz foydalanish va uning oqibatlari. Axborot-kommunikatsiya tizimining ixtiyoriy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan hamda axborot tizimi taqdim etadigan imkoniyat mavjud bo‘lgan resurslardan belgilangan qoidalarga muvofiq bo‘lmagan holda foydalanishni cheklash qoidalariga rioya qilmasdan foydalanish – bu resurslardan ruxsatsiz foydalanish toifasiga kiradi.



    Download 16,98 Kb.




    Download 16,98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborotni ruxsatsiz foydalanishlardan himoyalash. Reja: Kirish. Axborotni himoya qilish tizimini amalga oshirilishi usullari

    Download 16,98 Kb.