Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari 143
5.7-rasm. Ikki rastrli kartani katakchalar orqali avtomatik qiyoslash
(
Manba: Bxatta, 2008) 5.4. Ma’lumotlarni tasvirlash usullari Hisobot koʻrinishida tasvirlash .
Ma’lumotlar
qayta
ishlanib
boʻlinganidan soʻng hisobot koʻrinishida ham taqdim qilinishi mumkin. Bunda
barcha tahlil qilingan ma’lumotlar oʻquvchiga oson boʻlishi uchun sodda tilda
yoziladi hamda matnli ma’lumotlar bilan bir qatorda jadvallar ham kiritiladi.
Karta koʻrinishida tasvirlash. Geoaxborot tizimining eng ommaviy
mahsulotlaridan biri bu kartadir. Kartalar geoaxborot tizimini qoʻllagan holda
osongina tayyorlanadi va u orqali geoaxborot jarayonlari natijalarini oʻzaro
bogʻlovchi samarali vosita hisoblanadi. Shuning uchun ham geoaxborot tizimi
karta ishlab chiqarishda yetakchidir. Ushbu tizimdan foydalanuvchi ishlab
chiqarilgan kartalarning sifatiga e’tibor qaratishi lozim, chunki geoaxborot tizimi
odatda ba’zi kartografik tamoyillarni hisobga olmaydi.
Sxema (
layout ) – bu bosmaga tayyorlangan kartadir (5.8-rasm). Sxema
nafaqat bizning kartamiz, balki nomi, shartli belgilari, shimol yoʻnalishi, boshqa
matnli axborot, hattoki grafiklar va rasmlarni oʻzida aks ettiradi. Sxemaning eng
muhim elementlariga ramka, mavzu, shartli belgi, masshtab, shartli nomlar
(
labels ) va shimol yoʻnalishlari kiradi. Bunday elementlar odatda annotatsiyalar
deb ham ataladi.
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari 144
Grafik tasvirlar, gridlar ham annotatsiyaga kiradi. Barcha annotatsiyalar
alohida boʻlib, ular oʻzgartirishi va katta yoki kichiklashtirishi, oʻgirishi mumkin.