4-mavzu. Chaqqonlikni tarbiyalash metodikasi
Reja:
1.
Chaqqonlikka ta‟rif.
2.
Chaqqonlik turlari.
3.
Chaqqonlikni rivojlantirish vosita va metodlari.
Harakatlarning koordinatsiyaviy murakkabligi chaqqonlikning birinchi
o„lchovidir. Agar harakatning fazo, vaqt, kuch xarakteristikalari harakat vazifasiga
mos bo„lsa, harakat yetarli darajada aniq bo„ladi, harakat vazifalari harakatning
aniqligi tushunchasini keltirib chiqaradi. Harakatning aniqligi chaqqonlikning
ikkinchi o„lchovidir.
Hayotda va sportda duch kelishi mumkin bo„lgan barcha harakatlarni ikki
guruhga ajratamiz.
1. Nisbatan stereotip harakatlar. 2. Nosteriotip harakatlar.
Yengil atletika yo„lkasida, tekis joyda yugurishlar, uloqtirish va sakrashlar,
gimnastika mashqlari, birinchi guruh harakatlariga, sport o„yinlari, yakkama-yakka
olishuv, slalom, kross va shu kabilar ikkinchi guruhga kiritiladi. Stereotip
harakatlardagi aniqlik, kishi bu harakatlarni bajarishning qanchalik uzoq mashq
qilganligiga va uni texnikasini o„zlashtirganligiga bog„liq. Agar inson to„g„ridan-
to„g„ri, tayyorgarliksiz yangi harakatlarni birdaniga bajara boshlasa, harakatni
o„zlashtirib olishi uchun vaqtni turlicha sarflanishiga qarab chaqqonlikka baho
beriladi. Shuning uchun yangi harakatni o„zlashtirib olishga ketgan vaqt
shug„ullanuvchida chaqqonlik sifatining ko„rsatkichlaridan biridir.
Yuqorida aytganlarni hisobga olib, birinchidan chaqqonlikni yangi
harakatlarni tezda o„zlashtirib olish qobiliyati (tez o„rganish qobiliyati),
ikkinchidan, harakat faoliyatini to„satdan o„zgarayotgan sharoit talablariga
muvofiq tezda qayta moslash deb tushunish to„g„ri bo„ladi. Bu ta‟rifimizdan
ko„rinib turibdiki, chaqqonlik – bu baholash uchun yagona o„lchovga (kriteriyga)
ega bo„lmagan murakkab kompleksli fazilatdir. Har bir muayyan holda, sharoitga
qarab u yoki bu kriteriyni tanlab oladilar. Chaqqonlik anchagina xususiy fazilatdir.
Sport o„yinlarida chaqqon bo„lib, gimnastikada unchalik chaqqonlik ko„rsata
olmaslik mumkin. Chaqqonlikning hayotiy muhim harakat sifati tarzida namoyon
bo„lishi gavdaning nisbatan kam harakatda bo„lgani holda, qo„llar bilan mohirona
harakat qilishda qo„l chaqqonligini namoyon bo„lishi (ajratuvchi, slesarlik,
uymakorlik, duradgorlik, stanokda ishlash, kosiblik va boshqalarda) ko„zga
tashlanadi. Har qanday harakat qanchalar yangi bo„lib tuyulmasin, doimo
koordinatsiyaviy bog„lanishlar asosida bajariladi.
Sxema tarzida har qanday individ yangidan-yangi harakatlarning barchasini
oldindan
o„zlashtirgan
tajribalari
zahirasi
asosida
o„zlashtiradi
va
mustahkamlangan, g„oyat ko„p elementar koordinatsiyaviy bo„lakchalarning
yig„inini tuzadi. Kishida harakatlar koordinatsiyalarining zahirasi, harakat
ko„nikmalari zamini qanchalik ko„p bo„lsa, u yangi harakatlarni shuncha tez
o„zlashtirib oladi. Unda chaqqonlik darajasi aytarli yuqori bo„ladi. Chaqqonlikning
namoyonlik darajasi analizatorlar faoliyatiga, jumladan, harakat analizatorlarining
faoliyatiga bog„liqdir. Individning harakatlarni aniq tahlil etish qobiliyati qanchalik
rivojlangan bo„lsa, yangi harakatlarni tez egallab, ularni qayta o„zlashtirish,
yangilash imkoniyatlari shunchalik yuqori bo„ladi. Sport bilan endigina
shug„ullana boshlagan kishilardi harakat to„yg„usi (kinesteziya) ko„rsatkichlari
zahirasiga tayanib o„rgatish (o„qitish) jarayoni yo„lga qo„yiladi. Boshqacha qilib
aytsak, shug„ullanayotganlarda o„z harakatlarini aniq sezish va idrok qilish
qobiliyatlari qanchalik yaxshi bo„lsa, yangi harakatlarni ular shunchalik tez
o„zlashtiradilar. Chaqqonlik markaziy nerv sistemasining plastikligiga ham bog„liq
va uning darajasi shu bilan aniqlanadi. Chaqqonlik, psixologiya nuqtai nazaridan,
o„z harakatlarini va tevarak-atrofidagi harakatni ijro etish, sharoitni idrok etish
qobiliyati
qanchalik
ekanligiga,
shuningdek,
shug„ullanuvchining
tashabbuskorligiga bog„liq. Bu harakat sifati murakkab harakat reaksiyalarining
tezligi va aniqligini namoyon qilishda juda muhim rol o„ynaydi.
Chaqqonlikni rivojlantirishi usuliyati bilan tanishib chiqsak. Birinchidan-
chaqqonlikni rivojlantirish koordinatsiya jihatdan murakkab harakatlarni
bajarishni, ikkinchidan – harakat faoliyatini to„satdan o„zgargan sharoit talablariga
muvofiq ravishda qayta tuza olish qobiliyatini tarbiyalashdan iboratdir. Bunda
chaqqonlik uchun zarur bo„lgan o„z harakatlarini fazo va vaqtda aniq idrok etish,
lozim bo„lsa, stabil harakatlar qila bilish, muvozanat saqlay olish, galma-gal zo„r
berish va muskullarni bo„shattirish yoki, aksincha, muskullarni taranglashtirish
qobiliyati va shunga o„xshash boshqa xususiyatlarni tanlab takomillashtirish
muhim
ahamiyatga
ega.
Demak,
“chaqqonlik”
deganda,
harakatlar
koordinatsiyalarning umumiy to„plami-yig„indisi tushuniladi.
Chaqqonlikni rivojlantirish va tarbiyalashning asosiy yo„li yangi xilma-xil
harakat malakalarini va ko„nikmalarini shakllantirish demakdir. Bu esa harakat
malakalarining zahirasi ortib borishiga sabab bo„ladi va harakat analizatorlarining
funksional imkoniyatlariga samarali ta‟sir ko„rsatadi. Yangi harakatlarni
o„zlashtirish uzluksiz bo„lgani yaxshi. Agar uzoq vaqt oralig„ida yangi harakatlarni
o„rganish rejalashtirilgan bo„lsa ham, o„quvchilarga vaqti-vaqti bilan o„zlariga
ma‟lum bo„lmagan mashqlarni bajarib turish tavsiya etiladi. Chunki yangi
harakatlar (mashqlar) o„zlashtirib turilmasa shug„ullanuvchini harakatga o„rgatish
qiyinlashadi. Bunday mashqlarni to„la o„zlashtirib olish shart emas, chunki u
shug„ullanuvchilarning qandaydir yangi harakatlarni his qilib turishlari uchun
zarur. Bu kabi mayda-chuyda harakatlarni, odatda, aktiv dam olish uchun ajratilgan
kunlardagi trenirovka jarayoni tarkibiga kiritiladi. Chaqqonlikni rivojlantirishda
yangi harakatlarni o„zlashtirib olish qobiliyati sifatida har qanday ixtiyoriy
harakatdan foydalanish mumkin, lekin ular faqat mashq tarkibidagi yangi
elementlar bo„lgani uchungina o„rganiladi. Malaka avtomatlashib borgan sari shu
jismoniy mashqning chaqqonlikning rivojlantirish vositasi tarzidagi ahamiyati
kamayib boradi. Harakat faoliyatini tez va maqsadga muvofiq qayta tuzish
qobiliyati to„satdan o„zgargan sharoitdagi ta‟sirlarga darhol javobning berilishi
chaqqonlikni rivojlanayotganligidan dalolat beradi. Bunda yuklamaning o„zgarishi
sodir bo„ladi, chaqqonlikni rivojlantirishga yo„naltirilib yuklamani oshirish
shug„ullanuvchilarga koordinatsiyaviy qiyinchiliklarni oshiradi. Ular yengishi
lozim bo„lgan koordinatsiyaviy qiyinchiliklar uch guruhga bo„linadi:
1. Harakatlarning aniqligiga erishishdagi qiyinchiliklar;
2. Ularning o„zaro moslasha olishidagi qiyinchiliklar:
3. Birdaniga, qisqa, o„zgargan sharoitda duch kelinadigan qiyinchiliklar.
Amaliyotda qayd qilingan qiyinchiliklarni oson hal qilish uchun, asosan,
L.P.Matveyevning chaqqonlikni tarbiyalash uslubiyatidan ko„proq foydalaniladi:
1. G„ayritabiiy, g„ayri oddiy dastlabki chuqurdan foydalanish (zarur bo„lgan
tomonga orqa bilan turib uzunlikka sakrashlar va h.k).
2. Mashqni oynaga qarab bajarish (diskni chap qo„l bilan uloqtirish yoki bokschini
chap tomonlama turib zarba berishi).
3. Harakatlar tezligi va sur‟atning o„zgartirish (masalan, tezlashtirilgan usulda yoki
sekinlashtirib mashqlar bajarish).
4. Fazoda mashqlar bajarilayotgan chegaralarni o„zgartirish (masalan, uloqtirishda
snaryadlarni kichiklashtirilgan aylanadan uloqtirish yoki maydoni sathi
kichiklashtirilgan sport o„yinlaridan foydalanilanish, chunki keng maydon tor
maydonga nisbatan chaqqonlikni namoyon qilish uchun qulaylik tug„dirmaydi;
balandlikka turli usul bilan: orqamachasiga, oldi, yonlama, aylanib yugurib sakrash
va hokazolar).
5. Qo„shimcha harakatlar kiritib mashqlarni murakkablashtirish (masalan, yerga
tushish oldidan qo„shimcha burilishlar qo„shib, tayanib sakrash va boshqalar).
6. Tanish mashqlarni oldindan rejalashtirmay, ma‟lum bo„lmagan tarzda qo„shib
bajarish (masalan, gimnastik kombinatsiyalarini ko„rgan va o„qitgan zahoti
bajarish musobaqasi va shunga o„xshashlar).
7. Juft va gruppa bo„lib bajariladigan mashqlarda shug„ullanuvchilarning bir-biriga
ko„rsatadigan qarshiliklarini o„zgartirish (masalan, o„yinlarda turli taktik
kombinatsiyalarni qo„llash, mashqlarni bajarishda tez-tez sheriklarni o„zgartirish).
Chaqqonlikni nisbatan xususiy bo„lgan sifatlaridan biri muskullarni ratsional
bo„shashtira bilishni o„rganish va uni takomillashtirishdir. Har qanday harakat
ma‟lum ma‟noda muskullarni ko„zg„alishi va bo„shashtirilishining natijasidir.
Qo„zg„alishdek, bo„shashtirish (lozim bo„lgan muskulni, lozim bo„lgan payt)ni
bilish har qanday harakatni samarali bajarishda muhim rol o„ynaydi. Harakatni
qoyilmaqom qilib bajarish uchun vaqtincha bo„shashib turishi kerak bo„lgan
muskullar guruhining tarangligi harakatni bajarish uchun lozim bo„lgan bemalollik
(bo„g„iqliq)ni, harakatni erkin bajarishni yo„qqa chiqaradi. Harakatni bo„g„iq,
emin-erkin bajara olmasak ruhiy va muskul tarangligi orqali sodir bo„ladi deb uni
ikki guruhga ajratiladi. Ruhiy taranglik asosan his-hayajonga sabab bo„ladigan
faktorlar (kuchli raqibni ko„rish, musobaqalashadigan muhit, tomoshabinlar va
h.k.) orqali sodir bo„ladi va chaqqonlikkagina emas, organizmning boshqa
funksional hamda jismoniy sifatlariga ham salbiy ta‟sir ko„rsatadi. Bu diqqatni
to„play olmaslik, faoliyat tarkibidagi o„zgartirish qilishda kechikish, harakatlar
ketma-ketligini buzilishi va boshqalar tarzida namoyon bo„ladi. Bu noqulayliklar
bilan kurashish yo„llari xaqida “Sport psixologiyasi” fanida lozim bo„lgan
ma‟lumotlarni olish mumkin. Ruhiy taranglik albatta muskul tarangligini sodir
bo„lishi bilan kuzatiladi.
Muskul tarangligi turli sabablar orqali vujudga kelib quyidagi qayd qilingan uch
shaklda namoyon bo„ladi: a) muskul tonusini ortishi (gipermoiotoniya) orqali
muskul taranglashishi; b) o„ta tez bajarish oqibatida muskulni taranglikdan
tushishga, bo„shashishga ulgurmasligidan sodir bo„ladigan taranglik; v)
koordinatsiyaviy, (takomillashmagan koordinatsiya sababli muskul bo„shashishi
fazasida bir oz qo„zg„aluvchanlikni mavjudligi orqali sodir bo„ladigan) taranglik.
Qayd qilingan chaqqonlikni namoyon bo„lishiga salbiy ta‟sir ko„rsatayotgan
muskul tarangligini yengish usullari sport fiziologiyasi va jismoniy tarbiya
nazariyasi fanlari orqali o„rganiladi.
1
Chaqqonlikni rivojlantiruvchi mashqlar tez charchatadi. Bunday mashqlarni
bajarishda muskullar nihoyatda aniq va yuqori darajadagi sezgi talabiga muhtoj
bo„lib, charchash sodir bo„lganda, mashqni bajarish kam samara beradi. Shunga
ko„ra organizm sarflangan energiyani nisbatan to„liq tiklanishi uchun yetarli
bo„lganda dam olish oraliqlaridan (intervaldan) foydalaniladi. Yuqori darajada
energiya sarflash bilan bajarilgan mashqlardan so„ng chaqqonlikni tarbiyalaydigan
mashqlarni bajarish biz kutmagan natijani beradi.
12
.
1
Goncharova O.V. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish. o„quv
qo„llanma, Toshkent., O„z DJTI, 2005 y - 171 b.
12.Goncharova O.V. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish. o„quv
qo„llanma, Toshkent., O„z DJTI, 2005 y - 171 b.
|