• 2. Ishning mazmuni
  • 3. Umumiy ma’lumot
  • 1 son laboraтoriya Ishi тransport vositasi agregat va tizimlarining ishonchlilik xaritasini tuzish (ishbilarmonlik o’yini) -2 soat




    Download 112.88 Kb.
    bet1/4
    Sana22.04.2023
    Hajmi112.88 Kb.
    #53240
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1 - SON LABORAТORIYa IshI
    ##1#. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi tog’risida gi , 1, diagnostik test



    1 - SON LABORAТORIYa IshI
    Тransport vositasi agregat va tizimlarining ishonchlilik xaritasini tuzish (ishbilarmonlik o’yini) -2 soat
    1. Ishdan maqsad. Ishonchlilik bo’yicha to’plangan amaliy ma’lumotlarni qayta ishlash asosida ishonchlilik haritasini tuzish ko’nikmasini olish va uni transport vositalarining texnik ekspluatatsiyasida muhandislik masalalarini yechishda qo’llash.
    2. Ishning mazmuni
    2.1 Agregat yoki tizim ishonchliligini belgilovchi detallarni aniqlash.

          1. 2.2 Ishonchlilikni belgilovchi detallar bo’yicha birinchi almashtirishgacha va almashtirishlar orasidagi resurslarni va ularning taqsimot qonunlarini aniqlash (2-son laboratoriya ishi).

        1. 2.3 Ishonchlilikni belgilovchi detallarning berilgan buzilmasdan ishlash ehtimolligiga (0.95 dan 0.05 gacha) to’g’ri keladigan buzilishgacha ishlash muddatlarini aniqlash.

    2.4 Ko’rilayotgan agregat yoki tizim bo’yicha ishonchlilik xaritasini tuzish.
    2.5 Тransport vositasining agregati yoki tizimi bo’yicha joriy ta’mirlashlash va ular detallarini almashtirishga bo’lgan talablarni oldindan aniqlash.
    3. Umumiy ma’lumot
    Тransport vositalari detallarining chidamlilik ko’rsatkichlari o’ta yomon bo’lsa, ularni ishonchlilikka keskin ta’sir etuvchi yoki ishonchlilikni cheklovchi detallar deb ataladi.
    Ishonchlilikka keskin ta’sir etuvchi detallar ekspluatatsiya davrida boshqa detallarga nisbatan tez almashtiriladigan, joriy ta’mirlashlarda ko’p turib qolishlarga, ko’p mehnat va materiallar sarfiga olib keladigan detallardir. Ishonchlilikka keskin ta’sir etuvchi detallarni baholash mezoni bo’lib ularning narxlari, almashtirishlar soni va buzilishlarni bartaraf etish uchun ketadigan sarf-harajatlar hisoblanadi.
    Narxi va almashtirishlar soni 85-90%ni tashkil etadigan detallar ishonchlilikka keskin ta’sir etuvchi detallar tarkibiga kiradi. Ushbu fanning 2-son laboratoriya mashg’ulotiga asosan ishonchlilikka ta’sir etuvchi detallar bo’yicha birinchi almashtirishlargacha va almashtirishlar orasidagi resurslar va ularning taqsimlanish qonunlari aniqlanadi.
    Buzilmasdan ishlash ehtimolligi grafigini chizish uchun, ehtimollikni 0.95 dan to 0.05 gacha, 0.05 oralig’ida berib va ularga to’g’ri keladigan buzilishgacha ishlash muddatlari quyidagicha aniqlanadi:
    Veybull-Gnedenko taqsimlanish qonuni uchun:
    , (1.1)
    , (1.2)
    bu yerda: A, b –Veybull-Gnedenko taqsimlanish qonunining ko’rsatkichlari;
    - detalning o’rtacha resursi, ming km;
    -yordamchi koeffitsiyent (variatsiya koeffitsiyentiga asoslanib (b) va Kb ko’rsatkichlari jadvaldan aniqlanadi (Ilova 1, 1jadval).
    Eksponensial taqsimlanish qonuni uchun:
    , (1.3)
    Normal taqsimlanish qonuni uchun:
    , (1.4)
    bu yerda: U-normal qonunning kvantili, ehtimollik qiymatiga asoslanib jadvaldan aniqlanadi (Kompyutorda hisoblanayotganda dasturda e’tiborga olingan);
    -o’rtacha kvadratik og’ish, ming km.
    Ishonchlilikka keskin ta’sir etuvchi detallarning buzilmasdan ishlash ehtimolligi grafigini buyum chizmasida agregat va tizimlar bo’yicha ko’rsatish keyinchalik ishlatish uchun qulay. Buyum chizmasi va uning ishonchliligiga keskin ta’sir etuvchi detallarning buzilmasdan ishlash ehtimolligi grafiklari majmui ishonchlilik xaritasi deyiladi. Uning asosida quyidagilar aniqlanadi:
    -joriy ta’mirlashlar turlari;
    - transport vositasi agregat, tizim va detallarining almashtirish strategiyasi (yakka, guruh va majburiy almashtirishlar);
    - ma’lum oraliq uchun buyumning buzilmasdan ishlash ehtimolligi;
    - agregat yoki tizim bo’yicha ishonchlilikka keskin ta’sir etuvchi detallar soni;
    - har bir detal bo’yicha alohida birinchi almashtirishgacha; o’rtacha resurs; o’rtacha kvadratik og’ish va uning taqsimlanish qonuni.

    Download 112.88 Kb.
      1   2   3   4




    Download 112.88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 son laboraтoriya Ishi тransport vositasi agregat va tizimlarining ishonchlilik xaritasini tuzish (ishbilarmonlik o’yini) -2 soat

    Download 112.88 Kb.