|
Mavzu: Taqsimot va zichlik funksiyasi Reja: Kirish. I -bob. Tasodifiy miqdorlar
|
bet | 1/8 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 341,11 Kb. | | #229666 |
Bog'liq Mavzu Tasodifiy miqdor va uning taqsimot funksiyasi. Reja Kiri
Mavzu: Taqsimot va zichlik funksiyasi Reja:
Kirish.
I -bob. Tasodifiy miqdorlar.
1.1 Tasodifiy miqdor tushunchasi.
Diskret tasodifiy miqdor.
1.3 Uzluksiz tasodifiy miqdor.
II-bob. Tasodifiy miqdor taqsimot funksiyasi va uning xossalari.
2.1 Taqsimot funksiya va uning xossalari.
2.2 Zichlik funksiya va uning xossalari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
KIRISH
“Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning: “Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo’lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo’lishi yoki zaif bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o’zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi ularning ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyasiga bog’liq” degan fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib elayotgan o’g’il qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim”1
Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuning dolzarbligi. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyat qurish yoʻlida ulkan ishlar olib borilib, inson mohiyatining yangidan ochishga, uni oʻzligini anglashga, imkoniyatlarni roʻyobga chiqarishga va ma’naviy intellektual, aqliy – amaliy rivojlanishga yangi shart-sharoitlar yaratib berishdi . Ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integrasiyasi mexanizmlarini rivojlantirish, uni amaliyotga joriy etish, oʻqishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda masofaviy ta’lim tizimi texnologiyasini, uning vositalarini ishlab chiqish, oʻzlashtirish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari asosida oʻquvchi va talabalarni oʻqitishni jadallashtirish ana shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. Ushbu vazifalarni bajarish mavjud pedagogik jarayonlarni takomillashtirishni, uni hozirgi zamon oʻquvchi va talablariga mos rivojlantirishni, xususan oliy pedagogik ta’lim paradigmasini zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini oʻzlashtirishga, pedagogika oliy ta’lim muassasalarida kasbiy tayyorgarligi yuqori boʻlgan pedagog kadrlarni tayyorlashga yoʻnaltirishni taqozo etadi. Ta’limni isloh qilish, yangi mazmundagi va zamon talabiga javob beradigan oʻquv adabiyotlar, qoʻllanmalarni yaratish va ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy etishni taqozo etadi. Ta’lim tizimidagi kamchiliklar, shu jumladan, matematika fanida ham oʻqitish uslubiyotini chetlab oʻtmaydi. Har bitta fanga alohida e’tibor berish, har bir mavzuni o`qitishda ma’suliyatli bo`lish o`qituvchining eng oliy maqsadi hisoblanadi. Bizga ma’lumki matematika fani juda qiziqarli va shu bilan birga murakkab fan bo`lib ham hisoblanadi. Ma’lumki Ehtimollar nazariyasi nima uchun kerak, nima maqsadlarda foydalaniladi, uning yechimlari qanday topiladi, kabi masalalar qaraladi. Ushbu fikrlar tanlangan mavzuning qanchalik darajada dolzarb ekanligini koʻrsatadi.
|
| |