• II. QUMLI CHOL TUPROQLARI
  • I asosiy qism




    Download 232,53 Kb.
    bet1/6
    Sana30.11.2023
    Hajmi232,53 Kb.
    #108285
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    SHAHRIYOR KURS ISHI17


    CHO’L ZONASINING QUMLI TUPROQLARI VA ULARNING XOSSA XUSUSIYATLARI,QISHLOQ XO’JALIGIDA FOYDALANISH.
    REJA:
    KIRISH.
    I. ASOSIY QISM.
    I.1. Cho’l zonasi haqida umumiy ma’lumot.
    I.2. Tuproq paydo qiluvchi tabiiy sharoitlari, Relyefi va tuproq paydo qiluvchi ona jinslari.
    II. QUMLI CHO'L TUPROQLARI
    II.1.Qumli cho'l tuproqlar tarqalishi, tabiiy-iqlim sharoitlari.
    II.2.Qumli cho'l tuproqlar genezisi, morfologiyasi, tasnifi, tarkibi va xossalari.
    II.3.Qumli cho’l tuproqliridan qishloq xo’jaligida foydalanish.
    XULOSA.
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.


    KIRISH.
    O‘zbekiston Respublikasi tuproqlarini klassifikasiyalashda S.S.Neustruyev, N.A.Dimo, I.P.Gerasimov, A.N.Rozanov, B.V.Gorbunov, N.A.Kimberg, S.A.Shuvalov va boshqalarning xizmatlari katta. S.S.Neustruyev bo‘z tuproqlarni to‘rtta tipchaga ajratilgan klassiifkasiyasini taklif etdi: 1) strukturali (sho‘rtoblangan) bo‘z tuproq yoki sur-qo‘ng‘ir tuproq; 2) to‘q tusli bo‘z tuproq; 3) tipik bo‘z tuproq; 4) och tusli sayoz qatlamli, cho‘l bo‘z tuproq.
    XX asrning 20-30 yillarida O‘zbekistonda tuproq-dala tekshirishlari o‘tkazgan N.A.Dimo tomonidan tuproq xosil bo‘lishi cho‘l tipi ajratilib unga: 1) primitiv (eng oddiy) cho‘l och tus tuproqlari; 2) cho‘l och tus tuproqlari; 3) gipslashgan cho‘l och tus tuproqlari; vodiylarda o‘tloq tuproqlar, sug‘oriladigan xududlarda esa maxsus tip madaniy-sug‘orma tuproqlar ajratiladi. 1950 yilda bo‘lib o‘tgan sobiq butinittifoq kartografiya va tuproq nomlanishi bo‘yicha kengashda bo‘z tuproqlarni quyidagi tipchalarga ajratish tavsiya etildi: 1) kam karbonatli bo‘z tuproq; 2) och tusli bo‘z tuproq; 3) tipik bo‘z tuproq; 4) to‘q tusli bo‘z tuproq.
    O’rta Osiyo tuproqlari klassifikasiyasida I.P.Gerasimovning “MDH va unga chegaradosh mamlakatlar tekislik qismini tuproq - iqlim fasiyalari to’g’risida (1933) va A.N. Rozanovlarning O’rta Osiyo tuproq va o’simliklari tabiiy kuch” nomli asari (1938)da bu hududning iqlim hususiyatlariga alohida etibor beriladi. Bu holat B.V. Gorbunov, N.V.Kimberg va S.A.Shuvalolovlarning 1941yilda chop etilgan “O’zbekiston Respublikasi tuproqlari” kitobidan joy olgan “O’zbekiston tuproqlarini klassifikasiyalash tajribasi” deb atalgan maqola va O’zbekiston tuproqlari klassifikasiyasi tug’risidagi keyingi ishlarida ham o’z aksini topdi. Tuproqlar tavsifi to’g’risida to’plangan keyingi ma’lumotlar ularni klassifikasiyalashda cho’l zonasi tuproqlarini tog’ oldi tekisliklari, tog’ tuproqlaridan ajratib alohida sinflarga ajratish uchun muhum nazariy va amaliy ahamyatga ega.
    Hozirgi zamon tuproqlari klassifikasiyasida bo’z tuproqlar zonaning asosiy avtomorf tuproqlari jumlasiga kiradi. Bo’z tuproqlar bilan bir qatorda bu yerda sizot suvlari ancha yuqori joylashgan sharoitda shakllanadigan o’tloq- bo’z tuproqlar tipi va shuningdek sug’oriladigan bo’z (madaniy voha) tuproqlarning bir necha turlari ajratilgan. Ana shu tuproq tiplaridan tashqari zonada gidromorf tuproqlardan: o’tloq tuproqlar, o’tloq- botqoq va botqoq tuproqlar, sho’rxoklar va ular bilan birga uchraydigan boshqa tuproqlar ham tarqalgan. Bo’z tuproqlar tipi uchta tipchaga: 1) och tusli bo’z tuproqlar, tipik bo’z tuproqlar va to’q tusli bo‘z tuproqlarga ajritildi. Och tusli bo‘z tuporqlar zonaning ancha quruq (arid) mintaqasida tarqalgan tipcha bo‘lib,bo‘z tuproq zonasining cho‘l zonasi bilan tutuashgan quyi qismida, qolgan tipchalar esa o‘rta va tog‘ oldiga yaqin tekisliklarda tarqalgan.
    Cho’l zonasi tuproq qoplami ham turli tuman bo’lib ular zonal tiplarga: sur - qo‘ng‘ir, taqir va taqirsimon (taqirli) tuproqlar va cho‘l qumli tuproqlarga bo‘linadi. Sur qung‘ir tusli tuproqlar ikki tipchaga: karbonatli tipik sur - qo‘ng‘ir tusli va kam karbonatli sur- qo‘ng‘ir tuproqlarga bo‘linadi. Taqir tuproqlar sho‘rlanish, namlanish xarakteriga va qatqalog‘ining rivojlanish darajasiga qarab ikki tipchaga: tipik taqirlar va cho‘llashgan taqirlarga bo‘linadi. Taqir tuproqlardan tashqari taqirsimon tuproqlar ham keng tarqalgan. Bular o‘z hususiyatlariga ko‘ra taqirlardan boshqa tipdagi tuproqlarga o‘tuvchi tuproqlar hisoblanadi. Taqirli tuproqlar ayrim hollarda ancha darajada sho‘rlangan ham bo‘ladilar. Sho‘rlanish darajasiga ko‘ra, shurlanmagan, sho‘rxoksimon va sho‘rxokli taqirli tuproqlarga ajritiladi. Taqirli tuproqlar orasida sho‘rtobli ayirmalari ham uchraydi.
    Qumli cho‘l tuproqlari o‘z tarkibidagi qumlarning minerologik va kimyoviy tarkibiga ko‘ra avlodlarga bo‘linadi: 1) o‘tloq cho‘l qumli tuproqlar; 2)qumli cho‘l tuproqlari.
    O‘zbekiston hududida tog‘lik mintaqa tuproqlari ham mavjud bo‘lib, ular o‘rtacha balanlikdagi tog‘ mintaqasi hamda baland tog‘lar mintaqasi tog‘ tuproqlariga ajratiladi.
    1) O‘rtacha balandlikdagi tog‘ mintaqasi tuproqlariga jigarrang tuproqlar tipi kirib, ular quyidagi tipchalarga ajritiladi: 1) kam ishqorsizlangan sergumusli jigarrang tog‘ tuproqlari; 2) tipik jigarrang sergumusli tog‘ tuproqlari Qo‘ng‘ir tog‘-o‘rmon tuproqlari tipi ham shu tog‘ mintaqasi tuproqlariga kiradi.
    Baland tog‘ mintaqasi tuproqlar tiplariga quyidagi tuproq tiplari kiradi:

    1. Och - qo’ng’ir o’tloq cho’l tuproqlari.

    2. Baland tog‘ o‘tloqi tuproqlari.

    3. Baland tog‘ botqoq tuproqlari

    4. Baland tog‘ torfli-botqoq tuproqlari.

    5. Baland tog‘ och qo‘ng‘ir o‘tloq dasht tuproqlari.

    Ular o‘ziga xos kam gumusli va sergumusli tipchalarga bo‘linadi.
    Yuqorida bayon qilingan ma‘lumotlardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston respublikasi geomorfologik tuzilishi, relyefi, o‘simliklar qoplami turli tuman bo‘lishligi tufayli va boshqa tabiiy sharoitlarga qarab, tuproq qoplami tip, tipcha, avlod, xil, turlari ham turli-tumandir.(47- rasm).
    Shu jihatdan ulardan qishloq xo‘jaligi va boshqa maqsadlarda foydalanish usullari bir-biridan farq qiladi.

    Download 232,53 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 232,53 Kb.