|
II. QUMLI CHO'L TUPROQLARI
|
bet | 4/6 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 232,53 Kb. | | #108285 |
Bog'liq SHAHRIYOR KURS ISHI17II. QUMLI CHO'L TUPROQLARI
II.1.Qumli cho'l tuproqlar tarqalishi, tabiiy-iqlim sharoitlari.
Qumli cho‘l tuproqlari cho‘l zonasining avtomorf tuproqlari qatoriga kirib, O‘rta Osiyoda jumladan Qoraqum, Qizilqumda, Qarshi cho‘llari, Mirzacho‘l, Sherobod vodiysi, Buxoro vohasi, Farg‘ona vodiysi, g‘arbiy Kopetdog‘ tog‘oldi tekisliklarida va boshqa sizot suvlari juda chuqur joylashgan maydonlarda keng tarqalgan.
Cho‘lning tabiati, ko‘pgina umumiy xususiyatlariga qaramasdan, turli tuman va jozibador.
Cho‘llarda quruq davrning ancha cho‘ziqligi nurash qobig‘ining turli litogen tiplarida biologik jarayonlar davrining keskin qisqarishiga olib keladi. Cho‘llarda geologik sharoitlar turli tuman bo‘lsa ham, nurash qobiqlari ham, tuproqlari ham, provardda hajmi jihatdan qalin bir xil tipdagi zonal ferralit yaralmalar shakllanadi. Cho‘llarda esa fizikaviy, biokimyoviy, kimyoviy va biologik jihatdan yer yuzasiga chiqadigan tog‘ jinslarining birlamchi litogenligiga ta‘sir etmaydigan, aksincha tabiiy va antropogen xosilalar qadimgi yuzasini konservasiyalanishi, saqlanishiga sabab bo‘ladigan fizikaviy nurash cheksiz ustunlikka ega.
Cho’llar - introzonal va azonal lanshaftlar, moddalar va energiyaning biokimyoviy aylanishining mohiyatini ifodalaydigan, tipik zonal lanshaftlar paydo bo‘lishidan ustun bo‘lgan, yagona tabiiy zonadir. Yuza shaklining turli tumanligi, azonal hosilalarning ustunligi, bularni cho‘llar parodokslaridan biri deb atash mumkin. Ushbu shakllar ham birinchi navbatda nurash qobig‘ining litogen xususiyatlari bilan, ancha kam darajada esa - materiyalarning zonal biologik aylanishi bilan bog‘liq. Keyingilari cho‘llar azonal lanshaftlarining eng muhim xususiyati hisoblanadi.
Qumli cho‘llar - bular cho‘llardagi azonal xosilalardir. Qumli cho‘llar ikki tipdagi - qum tepalar va qum barxan (qum do‘ngcha) lari kabi hosilalardan tashkil topgan. Bundan tashqari toshloq cho‘llar taqirlar, tuzli qatqaloqlar, sor (sho‘r) lar, koyalar va toshlar sirtining oftobdan qorayish jarayonlari ham azonal hosilalar hisoblanadi.
Cho‘llarda qumli maydonlarning ustunligi haqida noto‘g‘ri tushuncha mavjud: odatda cho‘llar faqat qumlardan iborat deb tasavvur etiladi. Bu anglashilmovchilik: qumlar, chunonchi katta maydonlarni egallasa ham, ammo ko‘pchilikni tashkil etmaydi. Shu bilan birga, subborial cho‘llarda qumlar kam tarqalgan. N.V. Kimbergning (1974) ma‘lumotiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi xududining 70% dan ko‘prog‘ini cho‘l zonasi tashkil etadi. Uning 40% qum tepalar - o‘simliklar usmaydigan yoki ularning siyrak namunalari mavjud bo‘lgan, to‘ziydigan qumlar. Qolgan maydonlar esa sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlar, taqir va taqirli tuproqlardan iborat. Qum tepalar - bular o‘simlik qoplami bo‘lmagan, yoki juda kam nusxalari uchraydigan uchirilib yuriladigan qumlardir. Qum tepalarining hosil bo‘lish sababi - odatda qum barxanlarida noto‘g‘ri mol boqish natijasida o‘simlik va tuproq qoplamining antropogen yemirilishidir.
Barxan qumlar - bular mustahkam, uchirilib ketilmaydigan yaxshi o’simlik va tuproq qoplamiga ega. O‘simliklar deflyasiyaga qarshi faol to‘siq hisoblanadi.
Barxan qumlari antropogen aralashuv bo‘lmaganda, mustahkamlanish, maxsus tuproqlar shakllangan kum tepalariga aylanish qobiliyatiga ega. Qumlar mustahkam o‘rnashib qolganda ustki qatlamlarda gumus, karbonatlar va changli - loyqa zarrachalar to‘planib, to‘zib ketishidan saqlaydigan, qatqaloq hosil bo‘ladi.
Qumli cho‘llar - hayot uchun eng qulay makon hisoblanadi. Qumlar havodan suv bug‘larini singdiradi, harorat o‘zgarganda ularni to‘playdi. Barhan (qum tepa)qancha baland bo‘lsa, u shuncha suvni ko‘p to‘playdi. Shuning uchun quduqlarning ko‘pchiligi barxanlar etagida qovlangan. Cho‘llarda ancha maxsuldor yaylovlar mustahkamlangan qumlarda joylashgan. Qumlar karbonatli va gumusli yig‘ilmalar ta‘sirida birlashib, qum tepalarda maxsus tuproqlar shakllanadi.
Tabiiy o‘simliklari saqlanib qolgan katta maydonlarda o‘ziga xos qumli cho‘l tuproqlari shakllangan bo‘ladi.
Tuproq hosil qiluvchi ona jinslari bo‘r, tosh-ko‘mir, silur, neogen davrlarida paydo bo‘lgan ohaktosh, qumtosh, slanes va loy kabi tog‘ jinslarining delyuvial prolyuvial va qadimgi daryo terrasalaridagi allyuvial yotqiziqlaridan hamda zamonaviy eol qumlardan tashkil topgan.
Iqlimi o‘ta quruq bo‘lgan sharoitda mayda zarrali tuproq ona jinslardagiga nisbatan qumli yerlarda tuproq paydo bo‘lish jarayonlari boshqacha kechadi. G‘ovak qumli jinslarda tuproq profili uncha yaxshi shakllanmagan va nisbatan yosh tuproqlar hosil bo‘ladi. Genetik gorizontlari shakllangan va yaxshi ajralib turadigan tuproqlar asosan chang zarrachalari ko‘p bo‘lgan qumlarda va o‘simliklari yaxshi rivojlangan sharoitlarda yuzaga keladi. Qumli tuproqlarning kelib chiqishida ularning atmosfera yog‘inlari suvlarini deyarli to‘liq va ancha chuqurlikka qadar o‘tkazishi muhim ahamiyatga ega. Jumladan, Qizilqumda uncha ko‘p bo‘lmagan atmosfera yog‘inlari (80-120 mm) hatto tuproqning 1-1,5 m ga qadar singib, tuproqni namlaydi. Vaholanki, mayda zarrali tuproqlarda bu ko‘rsatkich 40-50 sm dan oshmaydi. Yer usti qurigandan keyin ancha chuqurga qadar singib borgan nam, tuproqda yaxshi saqlanib qoladi va asosan transpirasiya uchun sarflanadi.
Qumlar o‘ziga xos issiqlik rejimiga ham ega. Harorat o‘ta yuqori va o‘simliklari siyrak bo‘lgan sharoitda qum yuzasi 60-80 0S gacha qiziydi. Qumlar issiqlikni yaxshi o‘tkazganligi sababli kunduzi muayyan chuqurga qadarli qizib, kechasi esa tez sovuydi.
Natijada bug‘simon suvning termik kondensasiyasi tufayli tuproqda ancha miqdorda qo‘shimcha nam (gektariga 600 m3 gacha) to‘planadi. Qumli tuproqlarning kapillyarligi kam bo‘lganligidan, 30-40 sm dan 100 sm ga qadarli bo‘lgan qatlamda doim nam to‘planib turadi. Shuning uchun qumli cho‘llarda o‘simliklar yaxshi o‘sib rivojlanadi va ularning turlari ham xilma xil. Bahorda qum betini efimer va efemeroidlar qalin qoplagan bo‘lib, may oylariga borib issiqdan qurib qoladi. Bundan tashqari qumlarda ko‘p yillik xilma xil butalar (qum akasiyasi, kolligonum, sho‘ra va saksovul singarilar) yaxshi o‘sadi. Bu o‘simliklarning chuqurga o‘sadigan ildizlari qum qatlamlaridagi nam va sizot suvlaridan yoz davomida samarali foydalanadi. O‘simliklar qoplami yaxshi rivojlanganligi sababli tuproqqa tushadigan har yilgi o‘simlik qoldiqlari ham ancha ko‘p. Ammo bu organik qoldiqlar, tuproqda nihoyatda jadal rivojlanadigan mikroorganizmlar ishtirokida, qisqa davrli bahor oylarida, tezgina parchalanib ketadi. Shuning uchun qumli cho‘l tuproqlarida gumus juda kam to‘planadi va tuproq profili soddaroq tuzilgan bo‘ladi.
|
| |