1. Landshaft haqida tushuncha Avtomobil yo’li elementlarining landshaft bilan uyg’unlashuvi




Download 33.22 Kb.
Sana01.04.2024
Hajmi33.22 Kb.
#184458
Bog'liq
Avtomobil yo\'li elementlarini landshaft bilan uyg\'unlashuvi
Matematik analiz, Mavzu Tarmoqlararo ekran texnologiyalari Reja (1), KONDENSATORLAR SIG, Muqobil energiya manbalari, Datchiklar va ularning asosiy xarakteristikalari, 1-Lab, Тезлик датчиклари, Mavzu № faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psi, 2 5202069160623873264, Namuna referat, ПИИ Узбекистан показатели, Перспективы развития и пути совершенствования контейнерных перевозок, Презентация к теме, dffdffddfdffd, sddddww3333222

Mavzu: Avtomobil yo'li elementlarini landshaft bilan uyg'unlashuvi


REJA:


1.Landshaft haqida tushuncha
2. Avtomobil yo’li elementlarining landshaft bilan uyg’unlashuvi
3. Qishki landshaftning o’ziga xosligi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Landshaft (nem. Land — er, schaft — manzara) — 1) tipologik tabiiy komplekslarni umumlashtiruvchi tushuncha: geologik zamini, relьefi, iqlimi, tuproqlari, o'simlik turkumi, hayvonot dunyosi, gidrologik rejimining bir xilligi bilan ajralib turadigan va tabiiy chegaraga ega bo'lgan hudud. Landshaftshunoslikda
Landshaftning 3 xil tushunchasi mavjud: regional tushuncha, bunda Landshaft er yuzasining tabiiy chegaralangan uncha katta bo'lmagan qismi tushuniladi; tipologik birlik bo'lib, bunda Landshaft termini barcha tasnif birliklariga nisbatan qo'llaniladi; umumiy tushuncha, bu holda Landshaft terminini turli katta-kichiklikdagi tabiiy geografik komplekslarga nisbatan qo'llanilyshi mumkin.
Avtomobil yo’li elementlarining landshaft bilan uyg’unlashuvi Ta’kidlash kerakki, joylarda yo’llarni o’tkazish bo’yicha landshaft tushunchasi va uning tasnifi aniqlashtirishni talab qiladi. Umuman akademik L.S.Berg landshaft tushunchasiga shunday ta’rif bergan «Landshaft – bu relyef, iqlim, suv, tuproq va o’simlik qoplamasi va hayvonot dunyosi alohida xususiyatlari, shuningdek, ma’lum bir darajada inson faoliyati bitta garmonik butun, berilgan yer qismida tipik qaytariluvchi buyum va hodisalar yig’indisi yoki guruhidir». Bu tushuncha texnik maqsad uchun juda keng tushunchadir. Hozirgi landshaft tushunchasiga kiruvchi xilma xil omillar ichida, yo’llarni loyihalash а) b) 44 nuqtai nazaridan, asosiy hal qiluvchisi tabiiy yoki inson faoliyati natijasida yuzaga keladigan, ular orasidan trassani o’tkazish kerak bo’ladigan to’siq hisoblanadi. Ularga bevosita ko’zga ko’rinadigan joyning relyefini elementlari, suvli va botqoqli yuza, o’rmon massivlari, qo’riqxonalar va qishloq xo’jalik yerlari, elektr o’tkazgichlar, qurilish va sanoat tashkilotlari talluqlidir. Shuningdek ko’zga ko’rinmaydigan yopiq to’siqlar – turg’un bo’lmagan geologik qatlamlar, masalan karst va usti berk muzlarni hisobga olish kerak. O’simlik qoplamasini turi va hayvonot dunyosi kabi omillar trassani tanlashda amalda sezilarli ahamiyatga ega emas. O’simliklar asosiy tasnifiy alomatlarning biri sifatida emas (masalan, L.S.Berg bo’yicha keng bargli o’rmonlar hududi), faqat avtomobil yo’llari trassasini o’tkazishda balandlik to’sig’i sifatida qabul qilinadi. Shunday qilib, yo’l landshafti deganda namunaviy, almashinib keladigan va trassaning o’tish jihatlariga ta’sir qiladigan joy relyefining elementini guruhi va uyg’unlashuvi, o’simliklar, suvli va botqoqlik joyi yuzasi, shuningdek inson faoliyati natijasida yuzaga keladigan qishloq xo’jalik yerlari, o’rmon va tog’ kovlamalari, yashash binolari va sanoat korxonalari tushuniladi. Har yili yangi, madaniy landshaft deb ataluvchining shakllanishida insonning ahamiyati oshib bormoqda. Gidrotexnik inshootlarning qurilishi yoki irrigatsiya va melioratsiya ishlarini olib borish, tog’ yon bag’rilarida qishloq xo’jaligi maqsadi uchun yerlarni ochish yoki jarlarni mustahkamlash landshaft ko’rinishini o’zgartirib yubormoqda.
Shuning uchun landshaftning xususiyatini baholashda quruvchi joyni rivojlanish va o’zlashtirish jarayonida keyinchalik o’zgarishini oldindan ko’rishi kerak. Shuningdek yo’l ishlarini o’zini ham atrofdagi joylarga bo’ladigan ta’sirini hisobga olishi kerak. Yo’ ishlari maqsadida landshaftning tasnifi namunaviy qayta takrorlanuvchi guruhlarni hosil qiluvchi relyef va sharoitning bir xil elementlariga tayanishi va trassani o’tish jihatlarini hal qilishi kerak. Shu nuqtaiy nazardan har xil sharoitda landshaftni eng tavsifli qismi relyef shaklining hajmiy elementi, o’rmon massivlari bilan birgalikda ochiq fazo – dala va dashtlar, suv yuzasi va boshqalar 45 hisoblanadi. Yo’l nuqtai nazaridan, landshaftni tavsiflovchi omillar miqdorini chegaralash ular orasidan har xil geografik sharoitda uchrashi mumkin bo’lgan namunaviysini ajratish imkonini beradi. Bu holat keyinchalik trassani o’tkazish qoidalariga umumiylik beradi. Birinchi galda taxmin uchun quyidagi landshaftga tavsifli bo’lgan, avtomobil yo’llarini trassalash jihatlari bo’yicha farqlanuvchilarga ajratish mumkin: 1) tekislikda – cho’llar, botqoqlashgan hududlar, o’rmon-botqoqliklar; 2) tepaliklar – o’rmon cho’llar kesishgan joylar, kuchli tepalashgan joylar, daryo vodiylari landshafti; 3) tog’li – tog’ oldi, dengiz daryolari vodiysi, baland tog’li dovonli hududlar. Inson faoliyati landshaftni yaxshilashi va uni to’ldirishi, shuningdek uning garmonik shaklini inshootlar qurib buzishi mumkin.
Yo’l relyefning suyur shaklini hisobga olmasdan qurilgan, o’zining to’g’ri geometrik shaklidagi trassa va yo’l poyi bilan yon bag’irlarni, sun’iy va qo’pol ravishda landshaftni buzib, boshqa jism kabi ko’rinadi. O’tkazilgan trassaning landshaft elementlari bilan mos kelmasligiga misol sifatida tepalik yon bag’irlari mayda o’ymalar bilan kesib o’tilgan bo’ylama qiyaligi doimiy bo’lgan uzun hududlar yoki uzun to’g’ri bilan kesilgan o’rmon massivlarini ko’rsatish mumkin.
To’g’ri loyihalangan yo’l bilan landshaftni yaxshilash va boyitish mumkin, agar unga amaldagisi bilan uyg’unlashadigan yangi elementlarni kiritsa, unda qo’shimcha a’zo hosil qiladi. Misol tariqasida chuqur vodiylarning ko’prikli o’tish joylarini ko’rsatish mumkin. Bir xil ko’rinishdagi cho’lli hudularda yo’l yoqasi o’simliklarini ekish va qirg’oqlari ko’kalamzorlashtirilgan yo’l yoqasi suv havzalarini qurish bilan uni jonlantirish mumkin. Landshaft bilan mahkam bog’langan yo’lni loyihalash – yo‘lni landshaft loyihalash – bir qator o’zaro birgalikda yechiladigan masalalarni qamrab oladi: 46 yuqori tezlikdagi avtomobilning harakatini qulayligi va xavfsizligini ta’minlash uchun trassa elementlarini o’zaro suyur qilib belgilash. Trassani suyur fazoviy chiziq sifatida o’tkazish; yo’lning yo’nalishi bo’yicha kerakli katta masofada aniqligi, harakatlanish vaqtida haydovchi kutilmagan yo’l sharoiti bilan to’qnashmasligi, ko’rish masofasi ta’minlanishi va keyinchalik yo’nalish o’zgarishi to’g’risida avvaldan ogahlantirish; kelajakda ayrim hududlarning ko’z orqali ko’rinishini o’zgarmasligi, odatda haydovchilar tomonidan qabul qilinadigan asoslanmagan trassani tik burish; tabiat chiroyini yanada yaxshi ko’rsatish maqsadida, yo’l bilan tabiiy landshaft qonuniyatlarini buzishning oldini olish, mehmondo’st joylarga e’tiborni qaratish uchun joylar landshaftida yo’l va uning hamma elementlarini o’zaro garmonik uyg’unlashtirish; yo’l yoqasi joylaridagi aholi, o’simlik va hayvonat dunyosiga yo’lning va avtomobil harakatining yomon ta’sirini kamaytirish; yo’ldan ko’rinib turadigan yo’lakcha atrofida tabiiy landshaftga daraxtlar va butalar ekish, rejalashtirish va quritish, suv havzalarini yaratish, uning ayrim hududlarini ochish yoki berkitish, to’xtab turish, yaxshi ko’rinadigan yoki dam olinadigan joylarni jihozlash bilan qo’shimcha qilish va yaxshilash, avtomobil yo’llaridan foydalanish davrida yo’l yoqasi yo’lakchasini ifloslanishga qarshi tadbirlar ishlab chiqish. Yo’l landshaftining hamma elementlari – qatnov qismi va yo’l poyi, ko’priklar, bino va inshootlar, o’simliklar, jihozlash, yo’lning holati – bir butun arxitekturoviy ansamblini tashkil qiladi, u ma’lum bir arxitektura obrazining bir butunligini tashkil qilishi kerak. Amaliyot ko’rsatilgan masalalarni muvaffiqiyatli hal qilinganida odatda yer ishlari hajmini kamaytirish evaziga qurilishning tannarxi kamayishini ko’rsatadi. Birinchi uchta masala suyurlikni va haydovchi uchun yo’lda psixologik aniqlikni ta’minlashga yo’naltirilgan. Ularga qo’yiladigan talablar kompleksi trassaning ichki garmoniyasidan kelib chiqadi. Ichki garmoniyasiga oid 47 masalalarni yechishda trassa fazoda o’ziga hos yo’lakcha sifatida atrof sharoitidan himoyalangan holda ko’riladi. Bu uning elementlarini yo’nalish o’zgarganda ko’rish bilan qabul qilish va avtomobil dinamikasiga talab nuqati nazaridan ratsional uyg’unlashuvidagi matematik qonuniyatlarni yaratishni prinsipial imkonini beradi. Oxirgi uchta masala yo’l va yo’l yoqasi yo’lakchasini o’zaro muvofiqlashtirishni maqsad qiladi, bularsiz yuqori transport-foydalanish tavsifli (trassaning tashqi garmonligi) yo’lga erishib bo’lmaydi. Yo’lning landshaft bilan uyg’unlashuvi landshaft elementlarining ichki qonuniyatlarining birligiga va yo’ldagi inshootlarning o’lchamilari nisbatiga asoslangan bo’lishi kerak – bu masshtabga qo’yiladigan talablardir. Ikkala holatda ham yo’l elementlarining o’zaro uyg’unlashuvida, shuningdek yo’lning landshaft bilan garmoniyali elementlarini ratsional nisbati, ularni o’zaro muvofiqlashuvi, hosil bo’ladigan tasurotni umumiy butunligidan iborat bo’ladi. Landshafning qonuniyatlarini aniqlash uchun asos bo’lib relyef strukturasini aniqlash imkonini beruvchi va uning asosiy va ikkinchi darajali elemenntlarini aniqlovchi geomorfologik tahlil xizmat qiladi. Misol tariqasida eolli tepalikli sochiluvchan qumli relyefni ko’rsatish mumkin. Yaqin masofadan kuzatuvchiga u qandaydir qonuniyatga ega bo’lmagan tasodifiy bo’lib ko’rinadi. Ammo aerofotorasmlar ularni bir necha guruhga ajratish mumkinligini ( barxanlar, barxan zanjirlari, qum egatlari) ko’rsatadi. Ularga nisbatan yo’llarni qurish amaliyoti o’zini oqlagan ma’lum bir trassalash usulini ishlab chiqqan. Yo’lni landshaft bilan uyg’unlashuvi yo’lning transport-foydalanish sifatini ta’minlashga qarshi qaratilgan bo’lishi kerak emas. Loyihalovchilar uchun u doimo ma’lum bir psixologik qiyinchilikalar bilan bog’liqdir. Hozirgi zamon transporti vazifasi – yuk tashishni qisqa vaqtda amalga oshirish – harakatni qisqa yo’nalish bo’yicha belgilashdan iborat. Marshrut nuqtasining boshlang’ich va oxirgi nuqtalarini birlashtiruvchi tezlashgan aloqa yo’llari– avtomobil va temir yo’llari, havo va dengiz aloqa trassalari – doimo to’g’ri, katta masofa bo’lganda yer shari yuzasini atrof yoy ko’rinishida yoki geodezik chiziq sifatida tasavvur qilinadi. 48 Bu yo’nalishdan chetga chiqish doimo majburiy hisoblanadi; qurilish ishlari hajmini aql bilan mushohida qilinadigan chegaragacha kamaytirish kerakligi yoki berilgan oraliq nuqtalaridan o’tish bilan oqlanadi. Tabiatda to’g’ri chiziqlar mavjud emas. Yer yuzasi relyefining elementlari, qoya toshlarini ochilib qolgan joylaridan tashqari, doimo suyur bo’ladi, ko’rinishi nurash va eroziya jarayonlariga bog’liq bo’lgan ko’pincha silliqlangan yuzaga o’xshash. Landashaft bilan trassaning eng yaxshi uyg’unlashuvi relyef shaklining o’zgarish qonuniyatlariga mos keluvchi trassani qandaydir egri chiziqli holatda erishiladi. Ochiq tekis joylarda asoslanmagan egri chiziqli yo’l majburiy ravishda joyning relyefini hisobga olmasdan to’g’ri va qisqa egrilar bilan kesib o’tilgan kabi notabiiy ko’rinishda bo’ladi. Oxirgi yechim o’zini nazariy jihatdan oqlamagan, texnik nuqtai nazardan doimo maqsadga muvofiq bo’lmagan hisoblanadi, chunki u baland ko’tarmalar va chuqur o’ymalar qurishga, suniy inshootlarning tuynugini kattalashtirishga olib keladi. Shuning uchun landshaft loyihalashning muammolaridan biri – atrof muhitdan ajratib turuvchi yo’l va yo’l yoni yo’lakchasini majburiy “geometrlash”dan xolos qilishdir. Qatnov qismi va yo’l yonining kengligini o’zgartirib bo’lmaydi, ammo qolgan ko’ndalang kesim elementlarini yo’lni ishlashi uchun zarar qilmasdan, quyidagi tadbirlarni qo’llash bilan o’zgartish mumkin: yo’l poyi yon qiyaligini yuqori va pastki qismini silliqlash; o’zgaruvchan qiyalikli yon qiyaliklarni qurish; tepalik hududlarda avtomagistrallarni qatnov qismini har xil sathda joylashtirish; alohida murakkab relyefli va situatsiyali joylarda qatnov qismini ayrim holda trassalash; daraxtlar o„sgan joylarda to’g’ri chiziqligi va parallelligini ayrim daraxtlarni qo’shimcha kesib va yo’l yoniga dekorativ daraxt va butalar ekib bartarab etish; ajratuvchi tasmalarda daraxtlar ekish; 49 yo’l bo’ylab qor yig’uvchilarni o’ylab joylashtirish.
Ko’rsatilgan har bir yechimlarni aniq qo’llash joyi quyida keladigan bo’limlarda keltirilgan. Landshaft loyihalashning ikkinchi muammosi – yo’l elementlarining relyef va joyning elementlari bilan birgalikda o’lchoviga (masshtabligi) rioya qilish. Yo’lovchi yo’lakchasi yoki qisqa dala yo’li joyning har qanday relyefiga mos keladi. Past yo’l poyili va ajratuvchi tasmali avtomobil magistrali chegara bilmas tekis dalalar bilan yaxshi uyg’unlashadi. Shu bilan birgalikda keng gorizontal yo’l poyili va ajratuvchi tasmali avtomobil magistrallarining uzun to’g’ri hududsi tepalik joylarda o’zining atrofidagilarga nisbatan masshtabidan chiqib ketadi va quriladigan ko’tarmalari va o’ymalari bilan landshaftni qo’pol buzadi. Yo’l poyining kengligini qisqartirish maqsadida qatnov qismini ajratib trassalash usulidan foydalanish mumkin yoki mavjud daraxt va butalarni saqlab qolgan holda o’zgaruvchan kenglikdagi ajratuvchi tasmani qurish.
Qurilgan yo’l landshaftining yangi tavsifli elementi hisoblanadi. Landshaft elementini asimmetrik kesim bilan kesish, masalan o’rmon massividan tor yo’lakcha bilan ajratish, landashftni bir butunligini buzadi. Doimo eng yaxshisi landshaftning yirik elementlari (tepalik etagida, o’rmon yonida, daryo vodiysining terrasasi bo’ylab) orasidan o’tkazish, tabiiy yoki landashaftni amaldagi suniy o’qi bo’ylab (vodiylarda oquvchi suv oqimlari bo’ylab yoki temir yo’li bo’ylab) o’tkazish, ya’ni ekologik tizimni o’tuvchi hududi hisoblanadi.
Qishki landshaftning o’ziga xosligi. Odatda avtomobil yo’llarining landshaft bilan uyg’unlashuvi to’g’risidagi yo’riqnomalar yoz oylari sharoitidan kelib chiqib belgilanadi, bu vaqtda tabiiy sharoit eng yaxshi ko’ringan bo’ladi. Qish oylarida landshaft ko’proq bir xillikka ega bo’ladi. MDH davlatlarini ko„pchilik tumanlarida qor bir necha oy yotadi.
Yoqqan qor va qorli yotqiziqlar, kuchli shamol bo’lganda, relyefning yuzasini tekislab, yo’l poyini atrofdagi joylar bilan uyg’unlashuvidagi suyurlik muammosini hal qiladi. 50 Qorli qoplama muzlagan daryolar va suv hovuzlarining ustini yopadi.
Yo’l yonidagi o’simliklarni bargining rangi kontrasti yo’qoladi. Avtomobil yo’llari, agar u xvoynali o’rmondan o’tmasa, yoz oyiga nisbatan zerikarli va bir xil bo’ladi.
Qishdagi yo’l yoni landshafti Yo’l bo’ylab qorli yotqiziqlarni yig’ib, undan himoyalanish uchun shitlar qatori o’rnatiladi. Qordan tozalaganda yo’l atrofida qor uyumi hosil bo’ladi, yo’l poyining aniq konturi yo’qoladi. Yo’lni o’z vaqtida qordan tozalab turganda ham, yo’l qor yuzasidan pastda bo’lgan o’ziga xos transheyaga aylanadi. Agar tozalash vaqtida qatnov qismida qor qatlami qoldirilsa, chegaralovchi va qoplamadagi chetki chiziq ko’rinmay qoladi. Avtomobil yo’llarini ajratuvchi tasmasi qorli yotqiziqlar va chetini tozalanmasligi natijasida to’g’ri chiziqliligini yo’qotadi. Kerakli darajada qordan tozalanganidan va muzlashga qarshi vositalar sepilganidan so’ng qatnov qismi aniq ko’rinadi. Qishda joylarni ko’rinishi yomonlashganda landshaftli loyihalash muhimliligini kamaytirmaydi, chunki harakatni xavfsizligi va qulayligi uchun trassaning fazoviy-suyurlik o’tkazish.

Xulosa
Ko’rsatilgan har bir yechimlarni aniq qo’llash joyi quyida keladigan bo’limlarda keltirilgan. Landshaft loyihalashning ikkinchi muammosi – yo’l elementlarining relyef va joyning elementlari bilan birgalikda o’lchoviga (masshtabligi) rioya qilish. Yo’lovchi yo’lakchasi yoki qisqa dala yo’li joyning har qanday relyefiga mos keladi. Past yo’l poyili va ajratuvchi tasmali avtomobil magistrali chegara bilmas tekis dalalar bilan yaxshi uyg’unlashadi. Shu bilan birgalikda keng gorizontal yo’l poyili va ajratuvchi tasmali avtomobil magistrallarining uzun to’g’ri hududsi tepalik joylarda o’zining atrofidagilarga nisbatan masshtabidan chiqib ketadi va quriladigan ko’tarmalari va o’ymalari bilan landshaftni qo’pol buzadi. Yo’l poyining kengligini qisqartirish maqsadida qatnov qismini ajratib trassalash usulidan foydalanish mumkin yoki mavjud daraxt va butalarni saqlab qolgan holda o’zgaruvchan kenglikdagi ajratuvchi tasmani qurish.

Foydalanilgan adabiyotlar

https://fayllar.org/


https://avtovsamare.ru/uz
https://themeformen.ru/
https://akis.agro.uz/
Download 33.22 Kb.




Download 33.22 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Landshaft haqida tushuncha Avtomobil yo’li elementlarining landshaft bilan uyg’unlashuvi

Download 33.22 Kb.