Kimyoviy tarkibi. Qumli cho‘l tuproqlarida gumus juda kam (0,2-0,5 foiz) bo‘lib, ammo gumus tuproqning ancha chuqurligiga (30-35 sm) qadar kirib boradi (81- jadval). Bu tuproqlarda azot (0,01-0,03 foiz), fosfor (0,03-0,05 foiz) miqdori ham oz. Umumiy kaliy ko‘proq (1,2-2 foiz). Harakatchan fosfor juda kam (4-7 mg/kg), ba‘zan 20-22 mg/kg ni tashkil etadi.
Qumli cho‘l tuproqlarida sho‘rlanish deyarli bo‘lmaydi. Suvli so‘rim tarkibida sulfatlar ko‘proq. Gipsdagi SO42- uncha ko‘p emas (0,01-0,05 foiz). Uning maksimal miqdori 30-40 sm chuqurlikda bo‘ladi. O‘simliklar yaxshi o‘sadigan qumli tuproqlarda karbonatlar va sulfatlar bir oz ko‘payadi. Karbonatlar asosan tuproqning yuqori qatlamlari (30-50 sm) da ko‘proq.
jadval
Qumli cho'l tuproqlarda gumus, azot, fosfor va kaliy miqdori.
namunas
|
Gum
|
Azo
|
Umu
|
Hara
|
Umu
|
Harakat-
|
C
|
i olingan
|
us,
|
t,
|
-miy
|
-
|
-miy
|
chan
|
|
chuqurli
|
foiz
|
foiz
|
foiz
|
katch
|
foiz
|
mg/kg
|
N
|
k, sm
|
|
|
|
an
|
|
|
|
|
|
|
|
mg/k
|
|
|
|
|
|
|
|
g
|
|
|
|
Prolyuviiy jinslardagi qumli cho'l tuproq, qo'riq yer
(Qarshi cho‘li, A.Rasulov).
0-7
|
0,48
|
0,031 0,030
|
7,5
|
1,22
|
|
212,5
|
8,6
|
|
7-40
|
0,24
|
0,017 0,059
|
|
5,0
|
1,25
|
225,5
|
8,2
|
40-80
|
0,18
|
0,011 0,051
|
|
4,0
|
1,24
|
212,5
|
9,5
|
80-95
|
0,10
|
0,005 0,029
|
5,0
|
0,95
|
|
50,0
|
11,6
|
|
0-20
|
0,37
|
0,013
|
0,055
|
20-40
|
0,37
|
0,013
|
0,069
|
40-83
|
0,20
|
0,007
|
0,077
|
83-125
|
0,14
|
0,006
|
0,073
|
Prolyuvial jinslardagi qumli
2,8
|
1,87
|
163,0
|
13,7
|
1,8
|
1,87
|
163,0
|
13,7
|
2,1
|
2,01
|
181,0
|
16,0
|
3,5
|
1,83
|
101,0
|
13,5
|
cho'l
|
tuproq
|
(Nurota
|
vodiysi,
|
Eol yotqiziqlardagi qumli cho'l tuproq (Qarshi cho‘li, A.Rasulov)
0 -7
|
0,19
|
0,003 aniq- 4,46 1,70
|
30,6 -
|
7-21
|
|
0,50 0,06
|
lanma- 21,73
|
1,78 -
|
|
30-40
|
0,42
|
0,045 gan
|
- -
|
151,5
|
-
|
50-90
|
0,40
|
0,042
|
8,70 -
|
147,3
|
-
|
110-140
|
0,23
|
0,035
|
1,20
|
-
|
-
|
Pastqam relyefli joylarda krabonatli konkresiyalar uchraydi. Qumli cho‘l tuproqlarning singdirish sig‘imi juda kichik (3-4 mg. ekv). Singdirilgan asoslar tarkibida kalsiy ko‘proq.
O‘rta Osiyo qumlari tarkibida 50-70 foizgacha kvars, ko‘p miqdorda dala shpatlari, slyudalar va boshqa minerallar bor. Bu qumlarning kam nuraganligini ko‘rsatadi.
Fizik xossalari. Qumli cho‘l tuproqlarning mexanik tarkibida mayda qum (0,250,05mm) va yirik chang (0,05-0,01mm) fraksiyalari ko‘p bo‘ladi (jadval).
Qumli cho'l tuproqnig mexanikaviy tarkibi
(Janubi-sharqiy Qoraqum M.L.Parxomenko), foiz
Chuqurlig
|
>0,
|
0,2
|
0,1
|
0,0
|
0,01
|
0,00
|
<0,0
|
<0,
|
i, sm
|
25
|
5-
|
-
|
5-
|
-
|
5-
|
01
|
01
|
|
|
0,1
|
0,0
|
0,0
|
0,00
|
0,00
|
|
|
|
|
|
5
|
1
|
5
|
1
|
|
|
0-4
|
0,08
|
7,7
|
79,
|
6,2
|
0,69
|
0,49
|
4,92
|
6,1
|
|
|
0
|
92
|
|
|
|
|
0
|
4-14
|
0,10
|
6,9
|
81,
|
4,8
|
0,61
|
0,86
|
5,19
|
6,6
|
|
|
2
|
13
|
9
|
|
|
|
6
|
15-25
|
0,07
|
7,2
|
78,
|
6,5
|
0,29
|
2,76
|
4,48
|
7,5
|
|
|
8
|
54
|
8
|
|
|
|
3
|
30-40
|
0,05
|
9,5
|
75,
|
7,8
|
0,63
|
0,78
|
5,92
|
7,3
|
|
|
2
|
27
|
3
|
|
|
|
3
|
90-100
|
0,11
|
6,8
|
80,
|
5,9
|
0,25
|
3,01
|
3,66
|
6,9
|
|
|
7
|
13
|
7
|
|
|
|
2
|
140-150
|
0,09
|
11,
|
72,
|
7,8
|
1,14
|
1,59
|
4,82
|
7,5
|
|
|
89
|
58
|
9
|
|
|
|
5
|
Bu tuproqlarning fizikaviy xossalari qattiq fazasi zichligining yuqori (2,6-2,7 g/sm3) va zichligining ancha kamligi bilan xarakterlanadi (83-jadval).
Qumli cho'l zonalarining fizikaviy xossalari
Tuproq va joyning
nomi
|
Chuqurlig
i
|
Zichligi
, g/sm3
|
Qattiq fazasi zichligi, g/sm3
|
Umumiy kovakligi , foiz
|
|
0 - 7
|
1,44
|
2,64
|
46
|
Qumli cho‘l tuproq
|
7 - 40
|
1,47
|
2,65
|
44
|
Qarshi cho‘li
|
40 - 80
|
1,45
|
2,68
|
46
|
(M.Umarov)
|
80 - 95
|
1,58
|
2,62
|
40
|
|
95 - 145
|
1,59
|
2,62
|
39
|
|
145 - 196
|
1,58
|
2,61
|
39
|
Zichligi tuproqning yuqori gorizontlarida 1,44-1,47, pastki qatlamlarida 1,581,59 g/sm3 gacha oshadi. Shunga ko‘ra umumiy kovakligi 44-46 foiz oralig‘ida bo‘ladi. Maksimal gigroskopikligi kam (0,68-0,75 foiz). Suv o‘tkazuvchanligi juda yuqori bo‘lib, 10 soatda 180 mm ni tashkil etadi.
II.3.Qumli cho’l tuproqliridan qishloq xo’jaligida foydalanish.
Qumli cho'l tuproqlardan qishloq xo'jaligida foydalanish. MDH da qumli yerlar maydoni 64,73 mln. gektar bo‘lib, qishloq xo‘jaligida shundan 39,28 foizi foydalaniladi. Haydaladigan yerlar 97,3 ming ga (0,15 foiz)ni tashkil etadi. O‘zbekistonda qumli cho‘llar maydoni 1572 ming gektar bo‘lib, kuchsiz ko‘chib yuradigan va ko‘chmaydigan qumlar maydoni 12,4 mln.ga.
Qumli cho‘l tuproqlari tarqalgan maydonlar chorvachilikda (qo‘ychilikda) keng foydalanib kelinmoqda. Ammo keyingi yillarda O‘rta Osiyoning qadimdan sug‘orilib kelinadigan zonalarga tutash maydonlarda qumli cho‘l tuproqlari intensiv ravishda o‘zlashtirilmoqda. Qumli cho‘l tuproqlaridan dehqonchilikda foydalanish borasida O‘zbekistonning Xorazm vohasi, Qoraqalpog‘istonning qator nohiyalarida, Buxoro viloyatida va Turkmanistonning Chorjuy va Murg‘ob vohalarida azaldan katta tajribalar to‘plangan. Hozirgi vaqtda qumli cho‘l tuproqlari Qarshi cho‘li, Mirzacho‘l, Buxoro vohasi, Farg‘ona va Sherobod vodiylarida o‘zlashtirilib, ancha maydonlar paxta, g‘alla, beda va boshqa madaniy o‘simliklar yetishtirishda foydalanilmoqda. Qumli tuproqlar deflyasiyaga uchraganligi, relyefi murakkabligi va unumdorligining ancha past (gumus va oziq moddalar juda kamligi, fizikaviy xossalarining noqulayligi) sababli, ulardan foydalanayotganda qator, o‘ziga xos kompleks agromeliorasiya tadbirlari sistemasini qo‘llanishni talab etadi.
Qumli tuproqlarning suv o‘tkazuvchanligi nihoyatda yuqori va nam sig‘imi past bo‘lganidan, tuproqning ana shu xossalarini yaxshilashga qaratilgan qator usullardan foydalaniladi. Shu maqsadda, dalalarga sug‘orish suvlari bilan birga loyqa yuborish yoki sun‘iy ravishda gilli tuproq solish (kalmotaj) yaxshi samara beradi. Bundan tashqari ekinlarni yomg‘irlatib sug‘orishga alohida e‘tibor berish lozim. Shu usulda sug‘orilganda o‘simliklarning o‘sish davrida tuproqda mo‘tadil miqdorda nam saqlanib turadi. Tuproqdan suvning filtrlanib ketishini va bug‘lanishini kamaytirish maqsadida, kanallarni betonlash, sug‘orish uchun suvni yopiq lotoklar va quvurlar orqali yuborish kerak.
Qumli tuproqlar gumusga va turli oziq moddalarga kambag‘al bo‘lganligidan, organik va mineral o‘g‘itlardan keng foylanish, ko‘p yillik o‘tlar ekish zarur.
Qumli tuproqlarning shamol ta‘sirida to‘zg‘ishi (deflyasiya)ga qarshi chora tadbirlarini olib borish ham muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda baland poyali o‘tlardan kulislar yaratish, ixota daraxtzorlari barpo qilish, kimyoviy vositalar (KBT, K-4, K-9 kabi preparatlar)dan foydalanib, tuproqni mustahkamlash yaxshi samaralar beradi. Tajribalardan ma‘lumki, kompleks tadbir o‘tkazilgan qumli cho‘l tuproqlari maydonlaridan, ekinlardan yuqori hosil olish mumkin. Qarshi cho‘lida o‘tkazilgan tajribalardan ma‘lumki, o‘zlashtirilib g‘o‘za ekilgan qumli cho‘l tuproqlari maydonlarining birinchi yilidayoq 18-19 s/ga paxta hosili olish mumkin (A.Rasulev).
XULOSA.
Xulosa o’rnida,O‘zbekiston respublikasi yer maydonining deyarli 70 foizi cho‘l zonasida joylashgan bo‘lib, Qizilqum, Ustyurt, Malikcho‘l, Sherobod, Qarshi cho‘llari va boshqa territoriyalarni o‘z ichiga oladi.
Cho‘l zonasining maydoni 130 mln/ga.
Cho‘l zonasining zonal tuproqlari: sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlar, taqir va taqirli tuproqlardan iborat bo‘lib, qumli cho‘l tuproqlari, shamol keltirib yotqizgan qumlar (maydonining 40 foizi) va sho‘rxoklar (13 foizga yaqin) ham keng tarqalgan. Cho‘l zonasi tuproq qoplami nihoyatda murakkab va o‘zining kompleksli bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Shuningdek, cho‘l zonasida sho‘rtoblar, daryo sohillari va deltalarida o‘tloq, o‘tloq-botqoq va sho‘rlangan gidromorf tuproqlar ham ancha maydonni tashkil etadi.
Qumli cho‘l tuproqlari cho‘l zonasining avtomorf tuproqlari qatoriga kirib, O‘rta Osiyoda jumladan Qoraqum, Qizilqumda, Qarshi cho‘llari, Mirzacho‘l, Sherobod vodiysi, Buxoro vohasi, Farg‘ona vodiysi, g‘arbiy Kopetdog‘ tog‘oldi tekisliklarida va boshqa sizot suvlari juda chuqur joylashgan maydonlarda keng tarqalgan.
Cho‘lning tabiati, ko‘pgina umumiy xususiyatlariga qaramasdan, turli tuman va jozibador.
Cho‘llarda quruq davrning ancha cho‘ziqligi nurash qobig‘ining turli litogen tiplarida biologik jarayonlar davrining keskin qisqarishiga olib keladi. Cho‘llarda geologik sharoitlar turli tuman bo‘lsa ham, nurash qobiqlari ham, tuproqlari ham, provardda hajmi jihatdan qalin bir xil tipdagi zonal ferralit yaralmalar shakllanadi. Cho‘llarda esa fizikaviy, biokimyoviy, kimyoviy va biologik jihatdan yer yuzasiga chiqadigan tog‘ jinslarining birlamchi litogenligiga ta‘sir etmaydigan, aksincha tabiiy va antropogen xosilalar qadimgi yuzasini konservasiyalanishi, saqlanishiga sabab bo‘ladigan fizikaviy nurash cheksiz ustunlikka ega.
Cho’llar - introzonal va azonal lanshaftlar, moddalar va energiyaning biokimyoviy aylanishining mohiyatini ifodalaydigan, tipik zonal lanshaftlar paydo bo‘lishidan ustun bo‘lgan, yagona tabiiy zonadir. Yuza shaklining turli tumanligi, azonal hosilalarning ustunligi, bularni cho‘llar parodokslaridan biri deb atash mumkin. Ushbu shakllar ham birinchi navbatda nurash qobig‘ining litogen xususiyatlari bilan, ancha kam darajada esa - materiyalarning zonal biologik aylanishi bilan bog‘liq. Keyingilari cho‘llar azonal lanshaftlarining eng muhim xususiyati hisoblanadi.
Qumli cho‘llar - bular cho‘llardagi azonal xosilalardir. Qumli cho‘llar ikki tipdagi - qum tepalar va qum barxan (qum do‘ngcha) lari kabi hosilalardan tashkil topgan. Bundan tashqari toshloq cho‘llar taqirlar, tuzli qatqaloqlar, sor (sho‘r) lar, koyalar va toshlar sirtining oftobdan qorayish jarayonlari ham azonal hosilalar hisoblanadi.
Cho‘llarda qumli maydonlarning ustunligi haqida noto‘g‘ri tushuncha mavjud: odatda cho‘llar faqat qumlardan iborat deb tasavvur etiladi. Bu anglashilmovchilik: qumlar, chunonchi katta maydonlarni egallasa ham, ammo ko‘pchilikni tashkil etmaydi. Shu bilan birga, subborial cho‘llarda qumlar kam tarqalgan. N.V. Kimbergning (1974) ma‘lumotiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi xududining 70% dan ko‘prog‘ini cho‘l zonasi tashkil etadi. Uning 40% qum tepalar - o‘simliklar usmaydigan yoki ularning siyrak namunalari mavjud bo‘lgan, to‘ziydigan qumlar. Qolgan maydonlar esa sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlar, taqir va taqirli tuproqlardan iborat. Qum tepalar - bular o‘simlik qoplami bo‘lmagan, yoki juda kam nusxalari uchraydigan uchirilib yuriladigan qumlardir. Qum tepalarining hosil bo‘lish sababi - odatda qum barxanlarida noto‘g‘ri mol boqish natijasida o‘simlik va tuproq qoplamining antropogen yemirilishidir.
Barxan qumlar - bular mustahkam, uchirilib ketilmaydigan yaxshi o’simlik va tuproq qoplamiga ega. O‘simliklar deflyasiyaga qarshi faol to‘siq hisoblanadi.
Barxan qumlari antropogen aralashuv bo‘lmaganda, mustahkamlanish, maxsus tuproqlar shakllangan kum tepalariga aylanish qobiliyatiga ega. Qumlar mustahkam o‘rnashib qolganda ustki qatlamlarda gumus, karbonatlar va changli - loyqa zarrachalar to‘planib, to‘zib ketishidan saqlaydigan, qatqaloq hosil bo‘ladi.
Qumli cho‘llar - hayot uchun eng qulay makon hisoblanadi. Qumlar havodan suv bug‘larini singdiradi, harorat o‘zgarganda ularni to‘playdi. Barhan (qum tepa)qancha baland bo‘lsa, u shuncha suvni ko‘p to‘playdi. Shuning uchun quduqlarning ko‘pchiligi barxanlar etagida qovlangan. Cho‘llarda ancha maxsuldor yaylovlar mustahkamlangan qumlarda joylashgan. Qumlar karbonatli va gumusli yig‘ilmalar ta‘sirida birlashib, qum tepalarda maxsus tuproqlar shakllanadi.
MDH da qumli yerlar maydoni 64,73 mln. gektar bo‘lib, qishloq xo‘jaligida shundan 39,28 foizi foydalaniladi. Haydaladigan yerlar 97,3 ming ga (0,15 foiz)ni tashkil etadi. O‘zbekistonda qumli cho‘llar maydoni 1572 ming gektar bo‘lib, kuchsiz ko‘chib yuradigan va ko‘chmaydigan qumlar maydoni 12,4 mln.ga.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
1. Boboxo‘jaev I., Uzoqov P.- “Tuproqshunoslik”. “Mehnat” T 1995.
2. Qo‘ziyev R.K.- «Genetik tuproqshunoslik muammolari», T.1996
3. O‘zbekiston Respublikasi “Yer kadastri” T. 1998
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat yer kadastri to‘g‘risidagi qonun-T 1998
5. Musaev B.S. “Agrokimyo” T.: «Sharq» matbaa-aksiyadorlik kompaniyasi, 2001.
6. Sattorov J.”Agrokimyo”.”Cho‘lpon”,T.,2011
7. “Agroximiya” (p/r prof. B.A.Yagodina) M.: VO «Agropromizdat», 1989.
8. Mineev V.G. “Agroximiya” Izdateltvo Moskovskogo universiteta 1990 g.
9. Niyozaliev I.N., Radjabov B.B. va boshqalar. «Agroximiyadan amaliy mashg‘ulotlar» . -T.: «Mehnat», 1989.
|