|
Relyefi va tuproq paydo qiluvchi ona jinslari
|
bet | 3/6 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 232,53 Kb. | | #108285 |
Bog'liq SHAHRIYOR KURS ISHI17Relyefi va tuproq paydo qiluvchi ona jinslari. Cho‘l zonasining relyefi juda murakkab va xilma-xil. Qoraqum, Qizilqum va Muyunqum kabi qumli cho‘llarni o‘z ichiga oluvchi Turon pasttekisligi nihoyatda katta maydonni egallaydi (48-rasm). Shuningdek, Sirdaryo, Amudaryo, Tajang, To‘rg‘ay, Murg‘ob va Atrek daryolarining qadimgi va hozirgi zamon deltalari hamda O‘zboyning qadimgi vodiysi katta territoriyani tashkil etadi. Sari-Qamish botig‘i massivi ham ancha katta.
48 - rasm
Cho'l zonasi landshafti.
Cho‘l zonasida turli mexanik tarkibli, har xil sho‘rlangan va karbonatli qadimgi va hozirgi -zamon allyuvial va ko’lallyuvial jinslar, uchlamchi davrning gipsli, ohakli va gil yotqiziqlari, dengiz qum va gilli jinslarning ellyuviy va dellyuviysi, turli ohaktoshlar, slanes, mergelli gillardan iborat cho‘kindi jinslari, magmatik jinslarining elyuviysi, delyuviysining ancha skeletli jinslari va x.z.lar uchraydi.
Cho‘l zonasida qadimgi allyuvial qumli yotqiziqlar va qumlar ham keng tarqalgan.O‘simliklari o‘zining kserofitligi, juda siyrak va kompleksli bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Iqlimining juda quruqligi sababli o‘simliklar qoplamida ildizlari ancha chuqurda o‘sadigan turli yarim butalar va butalar asosiy rol o‘ynaydi. Efimer o‘simliklari yozda kuyib , kuzda yana tiklana boshlaydi.
Joyning relyefi, tuproqning namlanish va tuz rejimlarining xususiyatiga ko‘ra o‘simlik turlari ham o‘zgaradi. O‘simliklar qoplamining xarakteriga ko‘ra: qumli cho‘l o‘simliklari, gilli cho‘llar o‘simligi va gipsli sho‘rxokli o‘simliklar ajratiladi.
Qumli cho‘llarda efemer va efemeroidlar asosiy rol o‘ynaydi. Shuningdek, ko‘p yillik o‘simliklar, jumladan cho‘l butalaridan, ko‘proq boyalich buyurg‘un, juzg‘un yoki qandim, qum akasiyasi, cherkezlar, oq saksovul (Holoxylon persium) singarilar asosiy rol o‘ynaydi.
Ustyurt, Betpakdala platosi, Qoraqum va Qizilqumning gipslangan gilli cho‘llarida biroz efemer va efemeroidlar aralashgan shuvoq-sho‘rali o‘simliklar asosiy rol o‘ynaydi. Gilli cho‘llar yuzasida suv o‘tlari va lishayniklar tez-tez uchraydi. sho‘rxokli yerlarda bir yillik va ko‘p yillik sho‘ralar asosiy rol o‘ynaydi.
|
| |