O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi




Download 2.52 Mb.
bet1/2
Sana15.03.2024
Hajmi2.52 Mb.
#173327
  1   2
Bog'liq
KT1
Alifbo usulida kodlash, ФЕСТИВАЛЬ АСРЛАР САДОСИ, 12-мавзу мантиқ

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITI


Kampyuter injiniring fakulteti (214-22) guruh talabasi


Toshmatov Asqarbek
1-amaliy ishlar

Kompyuterni tashkillashtirish



Tekshirdi:Turayev Boborxon Shuhrat o’g’li
Toshkent-2023
Savol: 3ta protsessor olib bir biri bilan solishtirish
AMD protsessorlari

АMD kompaniyasining ish joyi tizimi uchun protsessorlari Intel protsessorlariga o’xshab ikki “turga” bo’linadi — qimmatroq va unumlirog’i Athlon (XR.MP) va arzonrog’I — Duron. Duron bizda deyarli qo’llanilmaydi (sotilmaydi ham), АMDning o’zi ham ularni ishlab chiqarishni to’xtatmoqda. АMD Athlon protsessorlari shundoq ham CPU Intel Celeron narxlari kategoriyasiga kirib, mahsuldorligi esa Intel Pentium 4 bilan teng bo’lgani sababli Duron protsessori haqida biz yozmadik. Intel Pentium!!! protsessorlari bilan haqiqatda raqobatlasha oladigan birinchi DES firmasining RISC protsessori –Alfa 21064 bazasida ishlab chiqilgan 7- avlod АMD Athlon protsessori 1999 yili avgustda sotuvda paydo bo’ldi. 2000 yili iyulidan boshlab, Athlon protsessorlarini 0,18mkm — texnologiyasi bilan Thunderbird protsessor yadrosi, 650-950 MGts takt chastotali ishlab chiqara boshladilar, misli ulanishni texnologik jarayonni qo’llash bilan esa 1000-1400 MGts taktl chastotasiga erishildi. АMD Athlon protsessorlari Intel Pentium!!! protsessorlariga nisbatan keyinroq esa Pentium 4 ham katta kamchilikka ega bo’lgan — ancha ko’proq issiqlik chiqarishi va kristall qizishini aniq nazorat qilib turish uchun protsessorgaurnatiladigan termodiodning yo’qligidadir. Ba`zan bu hol kuler to’xtaganida protsessor kuyib qolishiga olib kelishi mumkin edi. Intel protsessorlari qizib ketadigan bo’lsa, tizim faqatgina “zavisala” (osilib qoladi, to’xtab qoladi).
АMD ning Palomino yadrosida asoslangan (texnologik jarayoni ilgaridek qoldi-0,18 mkm.mis) protsessorlarining keyingi turlarida bu kamchiliklar ancha yo’qotildi, yadrosi tuzilishini optimallashtirish hisobiga esa issiqlik ajralishi
20% ga kamaytirildi, protsessor qopqog’iga (tagi) Termodiod kiritildi. АMDning Palomino protsessor yadrosiga eng yangi protsessorlari. Athlon XR (Extreme Perfomance) deb, ko’p protsessorlik (ikki) konfiguratsiyalar uchun esaAthlon MR deb atala boshlandi. Birinchi ishlab chiqarilgan Athlon XR protsessorlari Athlon MR protsessorlaridan deyarli hech narsa bilan farq qilmaydi va ikki protsessorlikni ta`minlagan, ammo Athlon XR 1600+ turidan boshlab bu imkoniyat sun`iy ravishda «o’chirib» qo’yilgan, go’yoki protsessorlar bir tekis qatorini buzmaslik uchun. Ko’p vaqt davomida АMD kompaniyasi 0,13mkm-texnologiyasiga o’ta olmay keldi (bu maqolada biz АMD Athlon 64 protsessorlari haqida gapirmaymiz, chunki ular hali sotuvda yo’q, ular ham umuman boshqa protsessorlardir) va 4-rasm natijada maksimal takt chastotalari bo’yicha Intel dan ancha orqada qoldi. Hatto hozir ham 0,13 mkm — texnologiya bo’yicha chiqarilayotgan yangi Athlon XR2800+ protsessorlari baribir chastotasi bo’yicha Intel 4 dan ortda qoladi. Hozirgi kunda АMD t.n reyting tizimidan foydalanilmoqda, u ofis, o’yin, grafika va videolarni tashkil etuvchi 34 qo’shimchadan iborat 14 testlar paketi yordamida raqobatbardosh
mahsulotlar “samarali” chastotasi aniqlanadi (shu turdagi Intel Pentium 4 protsessori haqidagi ma`lumotlarni o’qib chiqing). Misol uchun Athlon XR-2000+ bu degani 2 GGts takt chastotaga ega Pentium 4 protsessoriga qaraganda bu protsessor ancha yaxshi ishlashini anglatadi(+shuni belgisidir). АMD protsessorlarida esa kesh xotira L1(64+64 Kbayt) va L2 qo’shiladi, samarali ravishda 384 Kbayt ishlaydi deb hisoblanadi. Socket А (Socket462) protsessorlari raz`yomida MMX, Eihanced 3D Now! SSE ta`minlashga egadir.
AMD platformalari uchun esa: AMD VIA, SIS, ALI, n Vidia yaqindan esa ATI ham Intel protsessorlari uchun eng yaxshi chipsetlarni Intel kompaniyasining o’zi ishlab chiqaradi. Intel Pentium!!! va Celeron (Socket 370) protsessorlari uchun i815 E (integratsiyalashgan video adaptori bilan va AGP4x porti mavjud) va i815 EG (integratsiyalashgan video adaptor bilan va AGP porti yo’q) chipsetlari ko’proq mos keladi. Socket 370 uchun integrallashtirilgan eng yaxshi chipset VIA 694 chipseti hisoblanadi. INTEL sockert 478 (Pentium 4 va seleron) protsessorlari uchun INTEL 845 chipsetlari eng mos keluvchilari hisoblanadi.Shu bilan birga bu chipset turli modifikatsiyalarda bo’ladi: i 845 g4 o’rnatilgan videoadapterga ega: i 845 D DDR xotira bilan ishlay oladi va AGP portiga ega. (Аniqrog’i o’rnatilgan videoga ega emas). Bugungi kunda i 845 PE chipseti eng ilgarilab ketgan hisoblanadi, uning sistema shinasi 533 MGts chastotada ishlaydi. Va yangi pentium 4 protsessorlarini Hyper -Threading texnologiyasi asosida ishlaydi. SIS 645 (va modifikatsiyalari) chipsetlari ham yaxshi ishlaydi, biroq baribir i 845 chipseti eng yaxshisi hisoblanadi. AMD protsesorlari uchun — hammasi aksincha. AMD uz protsesorlari uchun chipsetlar ishlab chiqarsa ham ikki protsessorli sistemali platalar uchun ko’proq AMD-760 MRX chipseti qo’llaniladi. AMD Sockert A platformasi uchun eng yaxshi chipseti deb VIA chipsetlari hisoblanadi. Eng mash³ur va keng tarqalgan chipsetlar deb, VIA Apollo KT266 va uning modifikatsiyasi KT266 А chipsetlari hisoblanadi, ular plata konstruktsiyasiga qarab SDRAM PC133 yoki DDR 266(PC-2100) xotirasini ta`minlashlari mumkin hamda chipsetning modifikatsiyasiga qarab, videoadapter ham o’rnatilgan bo’ladi.

Intel protsessor




Intel korporatsiyasiga 1968 yilda asos solingan. Birinchi I4004 protsessori korporatsiya tomonidan 1969 yilda ishlab chiqarilgan. U to’rt razryadli parallel xisoblash qurilmasi bo’lib 2300 ta tranzistorlardan iborat edi. Uning imkoniyatlari to’rt arifmetik amallar bilan chegaralangan edi. Avvaliga I4004 cho’ntak kalkulyatorlarida ishlatildi. Keyinchalik uning ishlatilish sohalari turli xil boshqarish tizimlari xisobiga kengaytiridi, jumladan boshqaruvchi svetoforlar tizimi. 1972 yida 8 razryadli I8008 protsessori ishlab chiqaridi. Uning adres-lanadigan tashqi tezkor xotirasi 16 kilobayt edi. Ushbu protsessorning kutilmagan muvafaqqiyatlari Intel loyixachilarini keyingi izlanishlarga undadi. 1974 yida I8080 mikroprotsessori ishlab chiqaridi. Bu protsessor o’sha davr uchun rekord xisoblangan million ekzemplyarda tayyorlandi. Xozirgi zamon Intel ga mos keluvchi mikroprotsessorlar tarixini aynan shu modedan boshlangan deb xisoblanadi. Ushbu MP 8 razryadliligidan tashqari 64 kilobaytli operativ xotirani adreslay olar edi. Keyingi revolyutsion jarayon Intel I8086 dan boshlanadi. Bu MP 1978 yida ishlab chiqaridi. Uning asosiy xarakteristikalari: 16 razryadli registrlar-ning mavjudligi, ma’lumotlarning 16 razryadli shinalari. Bundan tashqari xotirani segmentli tashkil qilish bilan birgalikda 20 razryadli shinali adreslash 1 Megabaytli xotirani adreslash imkonini berdi. Bunda doimo bir vaqtning o’zida 256 kilobayt adres sohasini ishlatish mumkin bo’lgan. Bozorda yanada mustaxkamlanib olish uchun Intel firmasi uning arzonlashtirilgan varianti I8088 MP ni taqdim qidi. Bu MP 16 razryadli I8086 MP ning ichki arxitekturasiga ega bo’lib, ma’lumotlarning 8 razryadli shinalari bilan ishlar edi. Shuning uchun uning tezligi biroz sekinroq edi. Bunda arzonlashtirish MP ni arzonlashtirish xisobiga emas balki uning asosida tayyorlangan kompyuterni arzonlashtirish xisobiga erishildi. Bundan ashqari I8088 ning paydo bo`lishi va keng tarqalishiga sabab shuki, uning 8 razryadli ko’plab tashqi qurilmalari mavjudligidadir. I8088 ning 8 razryadli shinalari bu qurilma-larni ulash jaryonini ancha engillashtirdi. SHuni ta’kidlash kerakki, I8086, I8088 protsessori bilan ishlay oladigan tashqi qurilmalardan bittasi bu matematik soprotsessor I8087 edi. Bu soprotsessor ona plataning maxsus “raz’yom” (teshikcha-uyacha)ga ulanar edi. Buning natijasida hozirgi zamon Pentium protsessorlarida o’sha davr protsessorlari uchun yozilgan barcha matematik dasturlarni (kerakli operatsion tizim mavjud bo’lganda) xech qiyinchiliksiz ishlatish imkonini beradi. Ya’ni IEEE-754 standartga asosan suzuvchi vergulli sonlar bilan ishlaydigan operatsiyalardan samarali foydalanish imkoniyati paydo bo’di. Protsessor (lot. processus — surilish) — elektron mashinaning dastur (programma) da koʻzda tutilgan amallar; informatsiyani oʻzgartirish, barcha hisoblash jarayonlarini, hisoblash mashinasidagi boshqa qurilmalarning ishini boshqarib turish uchun moʻljallangan markaziy qurilmasi. Asosiy qismlari: arifmetikmantiqiy qurilma va boshqarish qurilmasi. Arifmetikmantiqiy qurilmada axborot arifmetika va mantiq jihatidan qayta ishlanadi. Boshqarish qurilmasi xotiradagi axborotlarni chiqarish tartibini belgilaydi, boshqaruvchi signallarni ishlab chiqadi, mashinadagi qurilmalarning ishini uygʻunlashtiradi, dasturni uzish signallarini qayta ishlaydi, xotiradagi axborotlarni muhofazalaydi. Zamonaviy protsessorlar mikroprotsessorlar ko‘rinishida tayyorlanadi. Jismonan mikroprotsessor integral sxema ko‘rinishidan iborat, ya’ni u umumiy maydoni atigi bir necha kvadrat millimetr keladigan to‘g‘ri burchak shaklga ega kristall holatdagi kremniyning yupqa plastinkasi ko‘rinishida tayyorlangan bo‘lib, ustiga protsessorning barcha ishlarini bajaradigan sxemalar (qoliplar) joylashtirilgan. Ushbu kristall-plastinka, odatda, plastmassa yoki sopoldan tayyorlangan yassi korpusga joylanib, kompyuterning tizim platasiga ulash imkoni bo‘lishi uchun metall tilchalariga ega tilla simlar bilan ulanadi. Hisoblash tizimida parallel ishlaydigan bir nechta protsessorlar bo‘lishi mumkin. Bunday tizimlar – ko‘p protsessorli tizimlar deb ataladi. (7.1-rasm) Mikroprotsessor (MP) - buyruqlar ketma-ketligini ta'minlovchi dasturni amalga oshiradi. Har bir buyruq, arifmetik mantiq birligini amalga oshiradigan aniq harakat-lardan iborat.
Intel va AMD protsessorlari.

Intel va AMD protsessorlari.AMD va Intel o‘rtasidagi protsessorlarni ishlab chiqarishdagi raqobat ikkalasining ham mahsulotlari doimiy ravishda takomillashtirilib borilishiga olib keldi va bugungi kunda ular sifat jihatidan ancha taqqoslanadi, aks holda kimning protsessorlari yaxshiroq degan savol tug'ilmaydi. Biroq, yaqin vaqtgacha AMD Athlon protsessorlari shunga o‘xshash Intel mahsulotlariga qaraganda ko‘proq mashhur edi. Bir muncha vaqt o‘tgach, o‘ziga xos «ikki hokimiyat» o‘rnatildi, unda aniq rahbar yo‘q edi. AMD'ning Phenom protsessori va Intel'ning Core 2 Duo protsessorlari ishlash va funksionallik jihatidan juda o‘xshash edi. Shu bilan birga, AMD asosan byudjet protsessorlari ishlab chiqaruvchisi o‘rnini egalladi, bu ko‘plab yangi haridorlarni jalb qildi. Intel o‘ch olish uchun uzoq kutishga to‘g‘ri kelmadi – kompaniya Nehalem arxitekturasida ishlaydigan i5 i3 protsessorlarini chiqardi. AMD tomonidan munosib javob bo‘lmadi va Intel yetakchi o‘rinni egalladi. INTEL protsessorlarining afzalliklari
1. Ilovalar bilan ishlashda yuqori unumdorlik. 2. Nisbatan kam quvvat sarfi. 3. Ushbu protsessor uchun juda ko‘p optimallashtirilgan o‘yinlar va ilovalar mavjud. 4. AMD hamkasblariga qaraganda yuqori o‘yin ko‘rsatkichlari. 5. Juda yaxshi «overclocking» potentsiali, ayniqsa «K» indeksli so‘nggi protsessorlarda.Ishdagi barqarorlik.
INTEL protsessorlarining kamchiliklari 1. Platforma protsessorlarning yangi qatorining har bir chiqarilishi bilan o‘zgaradi (LGA 1155 soketli protsessorlardan tashqari). 2. Ikkitadan ortiq kuchli ilovalar bilan ishlay olmaydi. 3. “K” indeksli i7-i5 protsessorlari ayniqsa kuchli sovutishga muhtoj. 4. Nisbatan yuqori narx. Intel kompaniyasi 10-yadroli protsessorni ommaga yangi Core X protsessorlari qatorini taqdim etdi. Yangi avlod protsessorlari orasida eng ko‘zga tashlangani 18 yadroli 36 qatorli Core i9- 7980XE protsessori bo‘ldi. U 16-yadroli AMD Ryzen Threadripper protsessorini ortda qoldirmoqda. O‘ta kuchli ko‘p qatorli yangi protsessorlar eng talabchan foydalanuvchilarni ham qanoatlantirishi kerak. Masalan, 4K o‘lchamli o‘yinni o‘ynash barobarida o‘yin jarayonini Twitch xizmati orqali bevosita HD formatda onlayn efirga jonli uzatishni xohlovchilar ham undan bemalol ko‘ngli to‘ladi. Agar 18 yadro juda ortiqcha deb o‘ylasangiz, Core X 16 , Core X 14 va Core X 12 protsessorlaridan birini tanlashingiz mumkin. Yangi protsessorlar 10 yadroli protsessorlar kabi 140 vattlik TDP (thermal design power yoki thermal design point)ga ega. Yangi protsessorlar LGA 2066 soketi va X299 chipseti bilan jihozlangan Motherboard platalariga mos keladi. Yangi Motherboard joriy yil iyun oyidan savdoga chiqariladi. Yangi soket LGA 2011 o‘rnini egallaydi va stol kompyuterlar samaradorligini sezilarli oshirish imkonini beradi. Barcha i9 protsessorlari 3,3 GGs chastotali bo‘lib, Intel Turbo Boost Max 3.0 texnologiyasi yordamida 4,3 GGs tezlikkacha ishlay oladi. AMD protsessorining afzalliklari

Nisbatan past narx va narx / ishlash nisbati.
Yuqori multiplatforma, ya'ni kompyuteringizni vaqti-vaqti bilan minimal harajat va murakkablik bilan yangilash imkoniyati. 2. Ko‘p vazifalilik, ya'ni bir vaqtning o‘zida ko‘plab ilovalar bilan ishlash imkoniyati. 3. «Overclocking» imkoniyati, kamida 10-20% ga. AMD protsessorlarining kamchiliklari 1. Intel protsessorlariga qaraganda AMD protsessorlari uchun kamroq dastur va ilovalar yoziladi, ya'ni ular «har doim tajovuzkor muhitda yashashlari» kerak. 2. INTEL protsessorlariga qaraganda yuqori quvvat sarfi. 3. Ular RAM bilan biroz yomonroq ishlaydi. Protsessorni tanlashda avvalo, kompyuterda qanday ish bajarilishini va uni yig'ish uchun qancha pul sarflashni xohlayotganingizni hal qiling. Agar siz byudjetga ega bo‘lsangiz, AMDning 4 yadroli Phenom protsessori yaxshi tanlovdir. Agar byudjet biroz yuqoriroq narxga ruxsat bersa, u holda siz kompyuteringizni ishonchli Intel i9 protsessor liniyasi bilan jihozlashingiz mumkin. Qaysi AMD protsessorini tanlash yaxshiroq? Belgilangan vazifalardan kelib chiqib, har kim mustaqil ravishda o‘zi qaror qilishi kerak. Agar sizga minimal miqdordagi mablag 'sarflaydigan ishonchli ish mashinasi kerak bo‘lsa, u holda Athlon II X2 240 yoki Athlon 64 X2 6000+ mukammaldir (agar sizning zaxirangizda eski qismlar bo‘lsa). Agar sizga yanada zamonaviy va samarali kompyuter kerak bo‘lsa, unda aniq tanlov FX-6300 va undan yuqori versiyasidir.
Markaziy protsesso(CPU)

CPU'lar, CPU yadrosi, soat tezligi va boshqalar haqida
Markaziy protsessor (CPU) - kompyuterning boshqa apparat va dasturiy ta'minotidan buyruqlarning aksariyatini talqin qilish va bajarish uchun mas'ul bo'lgan kompyuter komponenti.
Barcha turdagi qurilmalar ish stoli, noutbuk va planshet kompyuterlari, smartfonlar, hatto tekis ekranli televizor ham bo'lgan CPUdan foydalanadi.
Intel va AMD kompyuterlar, noutbuklar va serverlar uchun eng mashhur ikkita CPU ishlab chiqaruvchisi bo'lib, Apple, NVIDIA va Qualcomm esa smartfon va planshet protsessorlarini ishlab chiqaruvchilar.
Protsessorni, kompyuter protsessorini, mikroprosessorni, markaziy protsessorni va "kompyuterning miyalarini" o'z ichiga olgan protsessorni ta'riflash uchun juda ko'p turli nomlarni ko'rishingiz mumkin.
Kompyuter monitorlari yoki qattiq disklar ba'zan juda noto'g'ri CPU deb ataladi, lekin bu apparat qismlari butunlay boshqa maqsadlarga xizmat qiladi va CPU bilan hech qanday aloqasi yo'q.


Download 2.52 Mb.
  1   2




Download 2.52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi

Download 2.52 Mb.