Alifbo usulida kodlash




Download 18.79 Kb.
Sana12.06.2023
Hajmi18.79 Kb.
#72086
Bog'liq
Alifbo usulida kodlash
ФЕСТИВАЛЬ АСРЛАР САДОСИ, 12-мавзу мантиқ, KT1

Alifbo usulida kodlash.
Axborotni ma’lum qoida, qonun va belgilar asosida qayta ifodalash kodlash deb ataladi. Qadimda kodlash maxfiy yozuv uchun foydalanilgan. Rim imperatori 
Yuliy Sezar begonalar davlat ahamiyatiga ega taalluqli ma’lumotlarni o’qiy olmasliklari uchun shartli belgilardan foydalangan. Uning shartli belgisi bo’yicha alifbo aniq sondagi harfga o’ngga yoki chapga surilar edi. Masalan, biri o’zgarmagan, ikkinchisi bir harfga chapga surilgan ikki qator o’zbekcha harflarni yozaylik:
ABVGDEYOJZIYKLMNOPRSTUFXSCHSH’EYUYAUKGXBGDEYOJZI
YKLMNOPRSTUFXSCHSH’EYUYAO’QG’H 
U holda bunday usul bilan "PAXTA" so’zi "RBSUB" ko’rinishda maxfiylashtirilishi mumkin. Huddi shunga o’xshash kodlashning boshqa usulini ko’rish mumkin. Masalan, alifbo harflarni mos raqamlarga mos qo’yib kodlash mumkin: "a" harfini 1,"b" harfini 2 ,"v" harfini 3 va h.k. Shu kabi davom etib, "x" harfini 35 soni bilan kodlaylik.U holda, bunday kodlarda "Paxta" so’zini 17; 1; 23; 20; 1; kabi raqamlar ketma ketligida yozish mumkin, bu usul eng sodda kodlashdir. Eski telegrafda, masalan axborot Morze alifbosi bilan, ya’ni nuqta va tirelar ketma ketligi ko’rinishida kodlashtirishlar va uzatilar edi. Masalan, Morze alifbosida 
STOP so’zi kabi yozilishi mumkin. Kompyuter ixtiyoriy harfni "tanishi" uchun uning 
xotirasida harflar har xil usulda yozilgan bo’lishi mumkin. Kompyuter ixtiyoriy 
harfni" tanishi" uchun uning xotirasida harflar har xil usulda yozilgan bo’lishi kerak. Shuning uchun uning qo’lingizdagi darslikdagi matn harflarini kompyuter tanishi uchun uning xotirasida harf va belgilarning taxminan 2 ming xilk o’rinishlarini saqlash kerak. Bu juda mushkul va qimmatga tushadigan ish.

Bu jarayonni soddalashtirish uchun barcha harflarni 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 raqamlaibilan almashtirish mumkin. Shu yo’sinda tinish belgilarini ham raqamlar orqali 


kodlash imkoniyati bo’ladi. Masalan, nuqtani 36, vergulni 37 bilan va h.k. Tabiiyki, 
mashina raqamlari emas, balki raqamlarni ifodalovchi signallar farq qiladi. Xullas, kodlash murakkab tushunchani hammasi bo’lib signalning ikki qiymati bilan 
(magnitlangan yoki magnitlanmagan, manbaga ulangan yoki ulanmagan, yuqori yoki 
past kuchlanishi va h.k) ifodalashdir. Bu holatning birinchisini 0 raqami bilan, 
ikkinchisini esa 1 raqami bilan begilash qabul qilingan bo’lib, axborotni ikkilikda kodlash nomini olgan. Bunda har bir murakkab tushuncha, ikkilik belgilari ketma-ketligida ifodalanadi. Shunday qilib, quyidagilar bajariladi: 
-o’nlik raqamlarini ikkilikda (binarli ) kodlash (I K): 
-alifbo belgilarini ikkilikda kodlash (axborot almashishning alifboli standart 
kodi - AASK) 
Kodlar ikki: tekis va tekis bo’lmagan turda bo’lishi mumkin. Tekis ikkilik 
belgilariga ega. Tekis bo’lmagan kodga Morze alifbosi misol bo’la oladi, chunki unda har bir harf va raqamga uzun va qisqa signallarning ikkilik ketmaketligi mos keladi. Masalan, E harfiga birgina nuqta mos kelsa, R harfi uchun to’rtta tire mos keladi. Hisoblash texnikasida odatda tekis kodlarda foydalaniladi. Shular qatoriga axborotlarni kiritish va chiqarish uchun EHMda foydaniladigan axborot almashinish kodi AAK-8; ikkilik axborot almashinish kodi- IAAK va boshqalarni kiritish mumkin. Ko’pgina zamonaviy kompyuterlarda har bir belgiga 8 bitlik (1 bayt) 
ketma-ketlik mos qo’yiladi. 8 ta 0 va birlardan tashkil topgan turli ketma-ketliklar jami 2*=256 ta bo’lib, ular 256 xil turli belgilarni kodlash mumkin. Masalan, lotin, rus alifbosining katta va kichik harflari, raqamlar, tinish belgilari va boshqa belgilarini kodlash imkonini beradi. Bayt va belgilarning mosligi, ya’ni har bir kodga mos belgi jadvalda ko’rsatiladi. MDH davlatlarida keng tarqalgan harf raqamli kodlashning AAK8 (8xonalik) jadvalni keltiramiz. O’zbek alifbosi harflarining kodlari lotin alifbosi harflarinikidan farq qiladi. Masalan, o’zbekcha katta "I" harfi 11 101 001, "L" harfi 11 101 100 kodlariga ega. Nol va birlar ketma-ketligi bilan grafik axborotlarni ham kodlash mumkin. Gazetadagi rasmga diqqat bilan razm solsangiz u mayda nuqtalardan tashkil topganligini ko’rasiz. Turli poligrafiya uskunalarida bu nuqtalarining zichligi turlicha bo’ladi. Ko’pchilik gazetalardagi rasmlarda bir santimetrlik uzunlikda 24 ta nuqta bo’ladi, yani 10x10 sm li rasm taxminan 60 ming nuqtadan iborat. Agar bular faqat oq va qora nuqtalardan iborat bo’lsa, u holda ularning har birini bir bit bilan kodlasa bo’ladi. Agar nuqtalar har xil bo’lsa, u holda bitta nuqtaga bir bit yetarli bo’lmaydi. Ikki bit bilan nuqtaning 4 xil rangini: 00 - oq, 01 - och kul rang, 10 - to’q kul rang, 11 - qora rangni kodlashi mumkin. Uch bit sakkiz xil rangni, 4 bit 16 xil rangni kodlash imkonini beradi va h.k. Shuningdek, ovozni ham kodlash mumkin. Musiqaga yozilgan notalar ovozni kodlashning turlaridan biridir. Nota belgilariga raqamlarni mos keltirib, ovozni bitlar orqali ifodalash mumkin. Kompyuter axborotni faqat kodlashtirilgan ko’rinishda qayta ishlaydi. Unga kiritilgan ma’lumotlar xotira qurilmasiga joylashtiriladi. Shuni eslatish zarurki, axborotning mazmuni, uni uzatuvchilarning turi va tashuvchilaridan ma’lumotlarni o’qiydigan kiritish qurilmasining ko’rinishiga bog’liq bo’lmagan holda, ular xotiraga nol va birlar ketma-ketligida yozilishi ma’lum. Raqamli axborotni kodlash.Raqamli va matnli axborotni kodlashdagi o’xshashlik quyidagilardan iborat: bu turdagi ma’lumotlarni taqqoslash mumkin bo’lganligi uchun, har xil son har xil kodga ega bo’lishi kerak. Sonli ma’lumotlarning matnli ma’lumotlardan asosiy afzaligi shundan iboratki, sonlar ustida taqqoslash amalidan tashqari turli-tuman matematik amallarni bajarish mumkin: bo’lish, ko’paytirish, ildi chiqarish , logarifmni hisoblash va h.k. matematikada sonlar ustida bu amallarning bajarilishi qoidalari batafsil ishlab chiqilgan . Kompyuterga kiritilgan sonlarning asosiy hisoblash tizimi pozitsion ikkilik tizimidir.

Matnli axborotlarni kodlashHozirgi vaqtda foydalanuvchilarning katta qismi kompyuter yordamida harflar, sonlar, tinish belgilari va boshqa belgilardan iborat matnli ma’lumotlarni qayta ishlaydi. Hisoblab ko’ramiz, hamma belgilar nechta va bizga qancha miqdordagi bitlar kerak. 10ta son, 12 ta tinish belgi, 15 ta arifmetik amal, lotin va rus alfaviti harflari: jami 8 bitga to’g’ri keladigan 155ta belgilar.


Axborot o’lchovi birliklari:
1 bayt = 8 bit
1 Kbayt = 1024 bayt
1 Mbayt = 1024 Kbayt
1 Gbayt = 1024 Mbayt
1 Tbayt = 1024 Gbayt

Kodlashning mohiyati shundan iboratki, har bir belgiga ikkilik koddagi 00000000 dan 11111111gacha bo’lgan sonlardan biri yoki o’nlik koddagi 0dan 255 gacha bo’lgan sonlardan biri mos qilib belgilangan. Hozirgi vaqtda rus harflarini kodlash uchun 5 turlicha kodlash jadvallaridan(КОИ - 8, СР1251, СР866, Мас, ISO) foydalaniladi. Bir jadval yordamida kodlangan matn boshqa jadvalda to’g’ri ko’rinmaydi.Asosiy belgilarni kodlashning usuli ASCII(American Standard Code for Information Interchange-ma’lumotlarni almasish uchun Amerika standarti)-kodi deb nomlanib, 16 lik sanoq tizimida kodlangan 16 ga 16 jadvalda Axborotlarni kodlashning usullari. Har bir axborot bir necha xil usulda kodlanishi mumkin. Kompyuterlarning vujudga kelishi bilan alohida inson va butun nsoniyat ishlatadigan barcha ko’rinishdagi axborotlarni kodlash zaruriyati paydo bo’ldi. Ammo axborotlarni kodlash muammosini yechishni insoniyat kompyuterlar paydo bo’lishidan ancha oldin boshlagandi. Insoniyatning olamshumul kashfiyoti –yozuv va arifmetika-nutq va raqamli axborotni kodlash sistemasidan boshqa narsa emasdi. Axborot hech qachon sof holatda bo’lmagan, u har doim qandaydir kodlangan ko’rinishda bo’lgan. Ikkili kodlash-axborotni ifodalashning keng tarqalgan usullaridan biridir. Hisoblash mashinalarida, robotlarda, raqamli dastur boshqaruvidagi stanoklarda umumiy qonundagidek, hamma informatsiya , apparat bajaradigan barcha ishlar, ikkilik alfavit so’zlari ko’rinishida kodlanadi.


Asosiy operatsiya, matnning alohida belgisida bajariladi-belgilarni taqqoslash. Simvollarni taqqoslashda eng muhim jihat har bir belgi uchun takrorlanmaslik va bu kodning uzunligi, bevosita kodlash prinsipini tanlash amaliy jihatdan ahamiyatga ega emas. Matnlarni kodlashda turli kod jadvallarida foydalaniladi. Muhimi, bir yoki bir nechta matnni kodlash va dekodlashda bir jadvaldan foydalanlsa bo’lgani. Kodlash jadvali –tarkibida bir qancha tartiblangan kodlanuvchi belgilar obrazi va unga mos ikkilik koddagi belgi bo’lgan jadvaldir. Birmuncha mashhur kodlash jadvallari quyidagilar: ДКОИ-8, ASCII, CP1251, Unicode.
Tarixiy taraqqiyoti davomida belgilarni kodlash uchun sifatli kod uzunligi 8 bit yoki 1 bayt deb belgilangan. Shuning uchun kompyuterda saqlanuvchi har bir belgiga bir bayt xotira mos keladi. 0 va 1 ning turli kombinatsiyalari 8 bit kod uzunligida 28=256, shuning uchun bir kodlash jadvali yordamida 256 tadan ko’p bo’lmagan belgilani kodlash mumkin. 2bayt(16 bit) kod uzunligi bilan 65536 ta belgini kodlash mumkin.
n iborat.
Download 18.79 Kb.




Download 18.79 Kb.