II.2.Qumli cho'l tuproqlar genezisi, morfologiyasi, tasnifi, tarkibi va xossalari




Download 232,53 Kb.
bet5/6
Sana30.11.2023
Hajmi232,53 Kb.
#108285
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SHAHRIYOR KURS ISHI17

II.2.Qumli cho'l tuproqlar genezisi, morfologiyasi, tasnifi, tarkibi va xossalari.
Qumli cho‘l tuproqlar mamlakatimizning boshqa tuproqlariga nisbatan kam o‘rganilgan. Respublikamiz tuproqlariga oid adabiyotlarda ko‘p vaqtdan buyon ko‘rsatilsada, cho‘l tumanlarining ichkarisida, qumli to‘plamlar, eol yotqiziqlar bilan birgalikda tarqalganligi sababli ularning o‘rganishga ahamiyat berilmagan va dehqonchilikda foydalanish borasida hozirgi paytga qadar tayinli tavsiyalar yo‘q. L.I. Prasolovning (1925) fikriga qaraganda, quruq qumlar atmosfera va biologik omillar ta‘sirida rivojlansada, ularni nisbatan unumsiz tuproqlar deb qarash mumkin.
1925 yilda N.A. Dimo bu tuproqlarni qumli uyumlardan ajratib «G‘ovakli qumli sur tuproqlar» deb nomlagan. A.N. Rozanov (1951) esa bu tuproqlarni g‘ovak qumli va qumli sur tuproqlar sifatida ajratishni taklif qilgan.
Ye.V. Lobova (1961) ning taklifi asosida bu tuproqlarni qumli cho‘l tuproqlari nomi bilan yuritish qabul qilingan. Hozirgi davrda ushbu nom O‘zbekiston tuproqlari tasnifi va xaritalashda keng qo‘llanilmoqda.
Morfologik tuzilishi. Qumli cho‘l tuproqlarida gumusli va kuchli chimlangan (A) gorizont, odatda biroz pastda, ya‘ni ustki qismi 5-6 sm qalinlikdagi shamolda to‘zg‘iydigan sochilma qumli kul rang va sur rangli qatlamning ostida hosil bo‘ladi. Qalinligi 5(6)-20(30) sm li bo‘lgan bu chirindili gorizontda iloqning chirimagan ildizlari ko‘p to‘planadi. Tuproqning chidamsiz struktura bo‘lakchalari odatda ildizchalar atrofida marjon shodasi singari tizilib turadi. Qumli tuproqlar profilining o‘rta qismida (B) ba‘zan chang va gelli zarrachalar bir oz ko‘proq to‘plangan bo‘ladi. 20-30 sm chuqurlikda o‘ziga xos (ayniqsa quriganda) biroz qizg‘ish tus yuzaga keladi. bu jarayon temir gidrooksidining suvsizlanishi bilan bog‘liq. Karbonatlar odatda yoyilib turgan oq dog‘lar shaklida ajralib turadi. Ko‘pincha 3-50 sm chuqurlikda karbonatlarning temir dog‘lari bo‘lgan zich konkresiyalari ham uchraydi. Bu gorizont g‘ovak holdagi ona jinslar (C) ga o‘tadi. Kam to‘zg‘iydigan va zichlangan jinslardagi qumli cho‘l tuproqlari asta-sekin sur qo‘ng‘ir tusli cho‘l tuproqlariga aylanadi.
K l a s s i f i k a s i ya s i. Qumli cho‘l tuproqlarining o‘ziga xos tuproq paydo bo‘lish sharoitlari va xossalariga ega ekanligini e‘tiborga olib, ikkita tuproq tipchasiga bo‘lish mumkin: 1) oddiy qumli cho‘l tuproqlari; 2) o‘tloqi qumli cho‘l tuproqlari. Yuqorida oddiy qumli cho‘l tuproqlarining paydo bo‘lish omillari, ular profilining morfologik tuzilishi, fizikaviy va kimyoviy xossalari ko’rib chiqildi. Cho’l o’tloqi - qumli tuproqlar sizot suvlari yer yuzasidan 2-4 m chuqurlikda joylashgan xududlarda rivojlanib, ular jumlasiga o‘tloqlanish jarayoniga xos bo‘lgan o‘simliklar (ajriqli, chimli) bilan qoplangan oddiy qumli cho‘l to‘proqlarga nisbatan gumusli va gleylanish belgilariga ega bo‘lgan tuproqlar kiradi. Qumli cho‘l tuproqlari tarkibidagi qumlarning mineralogik va kimyoviy tarkibiga ko‘ra avlodlarga bo‘linadi.

Download 232,53 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 232,53 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II.2.Qumli cho'l tuproqlar genezisi, morfologiyasi, tasnifi, tarkibi va xossalari

Download 232,53 Kb.