• Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi
  • Yerning yillik harakati
  • Kompas yordamida gorizont tomonlarini aniqlash
  • Gorizont tomonlarini aniqlashda mahalliy belgilardan ham foydalanish mumkin
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti yerning yillik va sutkalik harakati,Joy plani va gorizont tomonlari tayyorladi




    Download 1,36 Mb.
    Sana02.12.2023
    Hajmi1,36 Mb.
    #109819
    Bog'liq
    G`oyibov Turg`unjon,slayd

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI Yerning yillik va sutkalik harakati,Joy plani va gorizont tomonlari tayyorladi:ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi yo`nalishi 1-kurs magistranti G`oyibov turg`unjon

    Reja:

    • 1) Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi.
    • 2) Yerning yillik harakati
    • 3) Kompas yordamida gorizont tomonlarini aniqlash

    Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi

    Yer shari o‘z o‘qi atrofida g‘arbdan sharqqa tomon aylanadi. U o‘z o‘qi atrofini 23 soat 56 daqiqa 4 sekundda bir marta to‘la aylanib chiqadi. Yeming yana shu o‘z o‘qi tevaragida aylanib chiqish vaqti sutka deb aytiladi. Sutka yaxlit qilib 24 soat deb olingan. Yer aylanishining burchak hisobidagi tezligi uning hamma qismida teng, u bir soat vaqt ichida 15° siljiydi (360°:24°=150). Lekin yer aylanishining masofa hisobidagi tezligi bir yil emas, turli parallellar uchun turlichadir. Agar ekvator atrofida u sekundiga 464 m tezlikda aylanib katta doira hosil qilsa, undan har ikkala qutbga borgan sari aylanish tezligi sustlashadi va kichik aylana yasaydi. Yer o‘qining uchida joylashgan ikki nuqta (shimoliy qutb va janubiy qutb) Yeming sutkalik harakati jarayonida bir joyda harakatsiz turadi, ya’ni Yeming boshqa nuqtalari singari aylana yasamaydi.

    Yerming sutkalik aylanishi va Oyning tortish kuchi ta’sirida Yer elastik ravishda “deformatsiyalanib”, cho‘zinchoq tuxum shaklini oladi. Bu vaqtda Yeming Oyga qaragan va teskari tomonlardagi suv yuzasi ko‘tariladi. Yeming Oyga qaragan tomoni Oyning tortish kuchi ta’sirida ko‘tarilsa, teskari tomoni, aksincha, markazdan qochirma kuch sababli ko‘tariladi. Bu ikki ko‘tarilgan nuqtalar orasidagi suv yuzasi esa Yer - Oy chizig‘iga perpendikular holda pasayadi. Oy sutkasi (24 soat 50 daqiqa) davomida dengiz suvi ikki marta ko‘tariladi va ikki marta pasayadi. Demak, suv ko‘tarilishi va qaytishi orasidagi vaqt 6 soat-u 12 daqiqa, 30 sekundga teng.

    Yerning yillik harakati

    Yer o‘z o‘qi atrofida aylanishidan tashqari, yana sekundiga o‘rtacha hisobga 29,76 km tezlikda Quyosh atrofida ham aylanadi. Yeming Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqish davri 365 kun 5 soat 48 daqiqa 46 sekundga teng. Yeming Quyosh atrofida to ia bir marta aylanib chiqishi uchun ketgan vaqt yil deb aytiladi. Yeming Quyosh atrofida aylanadigan y oii orbita deb yuritiladi va uning uzunligi 930 mln. km ga teng. Yer orbitasining shakli ellipsga o‘xshaydi. 0 ‘sha ellips fokuslaridan birida Quyosh turadi. Yer 3-yanvarda Quyoshga eng yaqin keladi, bu holat perigeliy deb ataladi; perigeliyda Quyosh bilan Yer orasidagi masofa 147 mln. Km ga teng. Aksincha, 5-iyulda esa Yer quyoshdan eng uzoqda 152 mln. km masofada bo‘ladi, bu holat afeliy deb ataladi.

    Kompas yordamida gorizont tomonlarini aniqlash

    Kompas yordamida gorizont tomonlarini aniqlash uchun quyidagilarga amal qilish kerak: a) Kompasni tekis joyga yoki kaftga qo‘yib strelkasini bo‘shatish kerak. Magnit strelkasi tebrana-tebrana to‘xtaguncha kutib turish zarur; b) Magniy strelkasining bir uchi “C” (shimol) harfining ustida to‘xtagunga qadar kompas qutichasini asta aylantirish kerak; d) Kompas magnit strelkasining uchini shimolni ko‘rsatuvchi “C” harfiga tO‘g‘rilagach, gorizontning boshqa tomonlarini ham aniqlash mumkin.

    Gorizont tomonlarini aniqlashda mahalliy belgilardan ham foydalanish mumkin:

    a) tog‘ tepalaming janubiy yon bagirlarida qor erta eriydi,

    0‘simliklar esa shimol tomonga qaraganda erta ko‘karadi va sarg‘ayaboshlaydi;

    b) yakka turgan daraxtning shoxi va barglari janub tomonda qalin, shimol tomonida, aksincha, siyrak boiadi;

    d) katta toshlaming shimolga qaragan tomonida lishaynik qalinroq, janubda esasiyrak bo`ladi;

    Gorizont tomonlari

    Gorizont tomonlari (ufq tomonlari) — ufq (gorizont)ning 4 asosiy nuqtasi: shimol (Sh. yoki N), janub (J., S), sharq (Sh., O yoki Ye), gʻarb (F., W). Baʼzan ufqning tegishli choragi (shim., jan., sharqiy va gʻarbiy) tomonlarini ham D. t. deyiladi. Shimolni Qutb yulduzi orqali aniqlasa ham bo'ladi. Bu 4 nuqtani asosan lotincha nomining bosh harflari bilan ishlatiladi N, S, E, W. North (Shimol), South (Janub), East (Sharq), West (G'arb).

    Foydalanilgan adabiyotlar:

    • O’zbekiston milliy ensiklopediyasi.III-IV tom.
    • Grigoryans A.G. Tabiatshunoslikni o‘qitish. – Toshkent,2002.
    • Bahramov A. Tabiatshunoslik. Toshkent: “Sharq” nashriyoti, 2014
    • X.M.Po'latova . Tabiatshunoslik o'qitish maxsus metodikasi . Toshkent 2022

    E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
    Download 1,36 Mb.




    Download 1,36 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti yerning yillik va sutkalik harakati,Joy plani va gorizont tomonlari tayyorladi

    Download 1,36 Mb.