O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI
TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
Mavzu: Dinamik triggerlar
Bajardi: VALIYEV J.
Qabul qildi: INDIAMINOV R.
SAMARQAND – 2024
MUSTAQIL ISH-
№2
Mavzu: Dinamik triggerlar
Reja:
1. Xotira elementlari – triggerlar.
2. Triggerlarning sinflanishi.
3. Registrlar.
Trigger - bir razryadli ikkilik axborot (“0”yoki”1”)ni saqlaydigan xotira elementi.
Mantiqiyelementlardan farqli ravishda trigger ichki holatga - xotiraga ega. Triggerlar
ikkita chiqishga: 1) Q- to'g'ri chiqish. 2) Q -inkorli chiqishga ega.
Triggerlarning «1» holatiga to'g'ri chiqishdagi (Q) signalning yuqori holati «1»,
inkorli chiqishidagi (Q ) signalning past holati «0» to'g'ri keladi. Trigger
qurilmasining kirishlari informasion va yordamchi (boshqaruvchi) kirishlarga
bo'linadi. Informatsion kirishlaridagi signallar trigger holatini boshqaradi, yordamchi
kirishlardagi signallar esa tirggerni talab qilingan holatga oldindan o'rnatish uchun,
hamda ularni sinxrosignal bilan ta'minlash uchun hizmat qiladi. Trigger
kirishlarining soni uning strukturasiga va boshqariladigan vazifalariga bog'liq.
Triggerning informasion kirishlari S, R, J, K, D, T simvollari orqali belgilanishi
qabul qilingan, boshqaruvchi kirishlar esa C, V simvollar bilan belgilanadi.
Triggerning sxematik belgisi Bu erda S, R- informasion kirishlarni, Q va Q -
chiqishlarni belgilaydi.
T riggerlarni informatsiyani
qabul qilish usuli, qurilish prinsipi, hamda funksional
imkoniyatlari bo'yicha sinflash mumkin. Informatsiyani qabul qilishi bo'yicha:
asinxron va sinxron triggerlar mavjud. Asinxron triggerlar
informatsion kirishlarida
signallarning paydo bo'lish momentida o'z reaksiyalarini ko'rsatadi. Sinxron triggerlar
esa sinxron signal kirishi S dagi boshqaruvchi impuls signali mavjud bo'lgandagina
informatsion kirishlardagi signallarga o'z reaksiyalarini bildiradilar. Sinxron
triggerlar o'z navbatida S kirish orqali boshqariladigan statik va dinamik turlarga
bo'linadi. Statik boshqarishli triggerlar informatsion kirishlardagi signallarni S
kirishiga «1» yoki «0» signallari berilgandagina qabul qila oladi. Dinamik
boshqarishli triggerlar esa informatsion kirishlardagi signallarni S kirishdagi signal
«0» dan «1» ga o'zgarganda yoki «1» dan «0» ga o'zgarganda qabul qila oladi. Statik
triggerlar bir bosqichli va ikki bosqichli turlarga bo'linadi. Bir bosqichli triggerlar
informasiyani saqlashning bir
bosqichi, ikki bosqichli triggerlar esa informasiyani
saqlashning ikki bosqichi mavjudligi bilan xarakterlanadi. Dastlab informatsiya
birinchi bosqichga
yoziladi, keyin ikkinchi bosqichga ko'chirib o'tkaziladi va
iformatsiya trigger chiqishida paydo bo'ladi.Funksional imkoniyatlarga ko'ra
triggerlar quyidagi turlarga bo'linadi:
- «0» va «1» xolatlarga aloxida-aloxida o'rnatiladigan triggerlar (RS-trigger);
- kirish bo'yicha informasiyani qabul qiluvchi triggerlar (D-trigger yoki kechiktirish
triggeri);
- sanoqli kirishga ega triggerlar (T-trigger);
- J va K informasion kirishli universal triggerlar (JK-trigger).
Diskret elementlar asosida qurilgan simmetrik triggerning elektr sxemasi
Registr
deb axborotni qabul qiluvchi, saqlovchi, murakkab bo'lmagan o'zgartirishlar (chapga
va o'nga surish)ni amalga
oshiruvchi, hamda axborotni to'g'ri va teskari kodlarda
uzatuvchi qurilmaga aytiladi. Registrlar ketma-ket kodlarni parallel kodga va
aksincha o'zgartirishda ham ishlatiladi. Registrlarning asosini triggerlar hosil qiladi
va triggerlarni ketma-ket yoki parallel ulash orqali registr sxemasi hosil qilinadi.
Sonning xar bir razryadi registrning razryadiga (saqlovchi triggerga) mos keladi.
Registrlarning parallel, ketma-ket prinsipda ishlovchi, o'nga
va chapga suruvchi,
hamda reversiv turlari mavjud. Parallel prinsipda ishlovchi registrlarda kodlar
parallel yoziladi va o'qiladi, ketma-ket prinsipda ishlovchi registrlarda esa kodlar
ketma-ket yoziladi va o'qiladi. O'nga va chapga suruvchi registrlar kodlarni o'nga va
chapga surish uchun xizmat qiladi.
Yuqoridagi rasmda D-trigger asosida qurilgan o'nga
suruvchi, ketma-ket prinsipda
ishlovchi registr sxemasi keltirilgan.