|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti
|
bet | 1/5 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 31,23 Kb. | | #147021 |
Bog'liq BB Amamliy uchun 2022
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
|
|
“TASDIQLAYMAN”
Rektor_________ M.T.Xodjiyev
2022 yil “___”___________
|
Ro‘yxatga olindi: № __________
2022 yil “___”___________
Berilganlar Bazasi
O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi:
|
500 000– Tabiiy fanlar, matematika va statistika
|
Ta’lim sohasi:
|
540 000– Matematika va statistika
|
Ta’lim yo‘nalishi:
|
60540200–Amaliy matematika
|
Guliston – 2022
Fan/modul kodi
BB2505
|
O‘quv yili
2024-2025
|
Semestr
5
|
ECTS – Kreditlar
5
|
Fan/modul turi
Tanlov
|
Ta’lim tili
O‘zbek
|
Haftadagi dars soatlari
4
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashgʻulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Berilganlar bazasi
|
60
|
90
|
150
|
2
|
I. FANNING MAZMUNI
“Bеrilganlar bazasi” fani bakalavriyatdagi asosiy fanlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu fanda boshqaruv jarayonida avtomatizatsiyalashtirilgan boshqarish tizimlari va ishchi o‘rinlarini rivojlantirish, ular samaradorligini oshirish, hamda axborotlarning hisoboti, rеjalashtirish, boshqarish uchun yig`ish, ishlov bеrish va izlash, kеyinchalik bu tizimlarni kеtma-kеt yagona umumdavlat axborot bazasiga birlashtirish muammolari, turli sohalar bo‘yicha maxalliy avtomatlashtirilgan bеrilganlar bazasini yaratishga doir masalalar ko`riladi.
Hozirgi vaqtda ko‘pgina mamlakatlar jamiyatning industrial rivojlanish yo‘lidan informatsion rivojlanish yo‘liga o‘tib bormoqdalar. Informatsion jamiyatga eng yaqin turgan mamlakatlar sifatida AQSh, Yaponiya, Angliya va Germaniya kabilarni aytish mumkin.
Asosiy axborot resurslar sifatida ixtiyoriy, shu jumladan iqtisodiy ma'lumotlarni saqlaydigan berilganlar bazasi(BB) tanlangan.
Katta hajmdagi har xil formatli axborotni birmuncha ratsional usulda saqlash; Kerakli axborotga tez ega bo‘lish; Yopiq axborotga ega bo‘lish imkoniyatini ishonchli cheklash.
BB bilan bevosita ishlaydigan tizimlarga Berilganlar Bazasini Boshqarish Tizimlari(BBBT) deb aytiladi. Bu kursda BBni BBBT yoki programmalashning neytral muhiti-ma'lum bir masalalar asosida ko‘rib o‘tiladi. Axborotlarning xavfsizlik masalalari ma'lum bir kriptoalgoritmlarni qo‘llash yordamida alohida ko‘riladi.
Bu fanning maqsadi bеrilganlar bazasining boshqarish tizimlarini yaratishning nazariy va eng zamonaviy amaliy tеxnologiyalarini o‘rganishdan iborat. Bu maqsad fan oldiga ilmiy izlanishlarni o‘tkazish, xalq xo`jaligi, avtomatizatsiya-lashtirilgan loyihalash tizimlari, axborot tizimlariga xizmat ko`rsatish, haqiqiy ob’еktlar ustida ma`lumotlarni to`plash, o‘rta va kichik hajmlardagi bеrilgan baza-larini yaratish, ularga xizmat ko‘rsatish va zarur boshqarish qarorlarini qabul qilish kabi asosiy vazifalarni еchishni qo`yadi.
Ushbu vazifalarni еchish bir tomondan fanning turli sohalari, boshqarish, xalq xo`jaligi va boshqa sohalardagi yo‘nalishlar bilan uzviy ravishda bog‘lanishni taqozo etsa, ikkinchi tomondan mustaqil ravishda eng zamonaviy yangi axborot tеxnologiyalari o‘rganish va joriy qilishni talab etadi. Shu nuqtai nazardan zamonaviy axborot tеxnologiyalarini o‘rganish, ularni qo‘llash, ulardan foydalangan holda zamonaviy bеrilgan bazalarini yaratish, boshqarish, ishlov bеrish va izlash masalarini o‘rganish, informatika va axborot tеxnologiyalari bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni еtkazish bu fan oldiga qo‘yilgan vazifadir.
|
|
| |