|
Organik va meniral o’g’itlar. Begona o’tlar slayd
|
bet | 1/5 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 3,1 Mb. | | #143547 |
Bog'liq o\'g\'itlar Mavzu: Organik va meniral o’g’itlar. Begona o’tlar Reja: 1.Organik o’g’itlarning ahamiyati, tarkibi, turlari. 2. Meniral o’g’itlarning ahamiyati, tarkibi, turlari. 3.Begona o’tlar va ularga qarshi kurash chora tadbirlari.
O’simlik tarkibi
Organik moddalar
Noorganik moddalar
oqsil
Yog’
uglevod
Nuklein kislotalar
H, O
P, N, K, Ca, Mg, Fe, Mn, Cu, Zn
C, O, H, N, P, S
C, O, H
C, O, H
C, O, H, N, P
Mineral tuzlar
suv
mikroelementlar
Fe, Mn, Cu, Zn, Cr va boshqalar.
C, O, H, N, P, S, K, Ca, Mg
O’g’itlar klassifikatsiyasi.
O’g’itlar
Oddiy
Kompleks
Azotli
Fosforli
Kaliyli
Murakkab
Aralash
Organik o’g’itlar qadimdan qishloq xo’jaligining dehqonchilik sohasida qo’llaniladi. Organik o’g’itlarning asosi hayvonot va o’simlik dunyosining qoldiqlari hisoblanadi. Ular tuproqqa aralashgach mikroorganizmlar ishtirokida chiriydi va o’simliklar uchun zarur bo’lgan moddalar bilan tuproqni boyitadi. Ma’lumki, o’simlik a’zolarida 85 dan ortiq makro va mikroelementlar mavjud. O’simlik va hayvonot dunyosi qoldiqlari tarkibida ham mazkur moddalar ma’lum darajada bo’ladi. Har xil organizmlar (o‘simliklar va hayvonlar) qoldiqlari va chiqindilaridan hosil bo’lgan o‘g‘itlar organik o‘g‘itlar deyiladi. Organik o‘g‘itlarga: go‘ng, go‘ng sharbati, parranda qiyi, torf, saprofel, yashil o‘tlar, sanoatning organik chiqindilari, shahar chiqindilari, suv o‘tlari va hokazolar kiradi. Ularning tarkibida o’simlik uchun zarur bo’lgan barcha ozuqa moddalar mavjud. Go‘ng. Go‘ng eng muhim o‘g‘it. Tarkibida o‘simliklar uchun barcha zarur moddalar mavjud. Organik o‘g‘itlar o‘rnini mineral o‘gitlar, mineral o‘g‘itlar o‘rnini organik o‘g‘itlar bosolmaydi. Chorva mollarini boqish usuli va xo'jaliklaming imkoniyatlariga bog‘liq ravishda to‘shamali yoki to‘shamasiz go’ng olinadi. To‘shamali go‘ng chorva mollarining qattiq va suyuq aralashmalari hamda ular ostiga tashlanadigan poxol, somon, qipiq, torf kabi jinslardan iborat bo’lib, taxminan 25% quruq modda va 75% suvdan iborat bo‘ladi. Mollarga beriladigan yem-xashak tarkibidagi organik moddaning 40%, fosforning 80 %, azotning 50% va kaliyning 85% i go‘ng tarkibiga o‘tadi. Go‘ng tarkibidagi oziq moddalar miqdori chorva molining turi va yoshi, beriladigan yem-xashak tarkibiga bog‘liq ravishda keng miqyosda o'zgaradi
Kompostlarni (har xil organik qoldiqlar aralashmasi) tayyorlashda fosfor o’g’iti ham qo’shiladi va alohida joyga (chuqur bo’lmagan o’ra, katta hajmdagi maxsus moslamalar) yig’ilib ustidan suyuq go’ng yoki suv quyilib bostirib qo’yiladi.
Torfni (to’liq chirimagan, botqoqlikda o’sadigan o’simliklar qoldig’i) odatda go’ngga qo’shib dalaga sepish (shudgordan oldin) foydalidir.
Qushlar axlati tarkibida ozuqa moddalar go’ngga nisbatan ko’p. Аmmo tarkibidagi azot tez uchib ketadi. Shuning uchun uni quruq joyda ustiga tuproq yoki torf yopib saqlash kerak. Dalaga har bir gektarga 2—4 tonna solish mumkin.
Ko’k o’tlar (sideratlar)-yetishtirilayotgan dala o’simlik (no’xot, shabdar va boshqalar) yaxshi rivojlangandan so’ng haydaladi. Natijada tuproq organik moddaga boyiydi. Tashlandiq suvlar qoldig’idan (kanalizatsiya va h.k.) maxsus usulda quritilgach o’g’it sifatida foydalanish mumkin. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoat chiqindilarini ham o’g’it sifatida ishlatish mumkin. Chorvachilik fermalarida yig’ilayotgan suyuq go’ng yuqori sifatli va tez ta’sir etuvchi organik o’g’it qatoriga kiradi. Uning tarkibida 0,3—0,4% azot, 0,3— 0,6% kaliy bo’ladi. Suyuq go’ng o’simlik rivojlanayotgan davrda oziqlantirish uchun ham ishlatilishi mumkin. Sabzavot o’simliklar ekiladigan yerlarga go’ng shudgordan oldin solingani ma’qul.
|
| |