• II Bob Parrandachilikda iqtisodiy samaradorlig
  • Xulosa………………………………………………………………………………..37 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………….38 Kirish Mavzuning dolzarbligi.
  • Mavzu: Parranda mahsulotlari yetishtirishni rejalashtirish va uning iqtisodiy samaradorligi. Mundarija Kirish I bob Parandachilik haqida tushuncha




    Download 60,62 Kb.
    bet1/9
    Sana17.12.2023
    Hajmi60,62 Kb.
    #121883
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Parranda mahsulotlari yetishtirishni rejalashtirish va uning iqtisodiy samaradorligi.


    Mavzu: Parranda mahsulotlari yetishtirishni rejalashtirish va uning iqtisodiy samaradorligi.
    Mundarija

    Kirish………………………………………………………………………………...3
    I Bob Parandachilik haqida tushuncha
    1.1 Parandachilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar……..4
    1.2 Parandachilik rivojida innavatsion yondashuv…………………………………..15
    II Bob Parrandachilikda iqtisodiy samaradorlig
    2.1. Samaradorlikning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati......................................................22
    2.2. Ishlab chiqarish samaradorligining mezoni va ko’rsatkichlari..............................27
    2.3 O’zbekiston respublikasida parrandachilikni rivojlantirishga innovatsiyalarni joriy qilish borasida amalga oshirilyotgan ishlar………………………………………......32
    Xulosa………………………………………………………………………………..37
    Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………….38

    Kirish
    Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida agrar sektor alohida ahamiyatga ega. Shu bois, qishloq xo‘jaligi hukumatimizning doimiy diqqat markazida bo‘lib, sohani yanada jadal rivojlantirishga oid ko‘plab chora-tadbir ishlab chiqilib amalga oshirilmoqda. Ayniqsa hozirgi davrda agrosanoat integratsiyasini chuqurlashtirish va qishloqda sanoat korxonalarini yanada ko‘paytirish maqsadida kichik sanoat zonalari hamda qishloq xo‘jaligi sohalari asosida klasterlarni shakllantirish va infratuzilma xizmat bozorini takomillashtirish yuzasidan agrosanoat majmuasini tupdan yangilashga yo‘naltirilgan ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasining uchinchi ustuvor yo‘nalishidagi uchinchi bandida:“.....fermer xujaliklari, eng avvalo, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar kursatish bilan shug‘ullanayotgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish”- vazifasi qo‘yilgan. Ushbu strategik vazifasini muvaffaqiyat bilan bajarishda fermer xo‘jaliklarida iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash va ularni ko‘p tarmoqli xo‘jaliklarga aylantirish hamda raqobatbardosh mahsulot yetishtirish mexanizmlarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimiz chorvachiligini yanada rivojlantirish masalalari esa , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 martdagi PQ-2841-sonli “Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida keng yoritilgan bo‘lib, unda qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish, chorvachilikda xususiy mulkning ustuvor ahamiyati va o‘rnini ta’minlash, yaylovlardan samarali foydalanish, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish va raqobatdoshligini oshirish kabi ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangan. Bugungi kunda dunyo aholisini progress asosda o‘sishi ularni oziqovqatga bo‘lgan talabini qondrish dunyo bo‘yicha global muammolarni ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda. Bu global muammolarni yechimi uchun butun bir kompleks omillarga demografik, ekologik, iqtisodiy, texnologik, sotsialsiyosiy xarakterga ega bo‘lib, bir biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan masalalarni yechimini topishni ko‘ndalang qilib qo‘yadi. O‘zbekiston Respublikasida kundan-kunga jadal suratlar bilan o‘sib kelayotgan aholini oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash , aholini turmush darajasini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va xo‘jalik yuritishni yanada yaxshilashda parranda maxsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish va parrandachilikni respublikamizda rivojlantirish dolzarb muammo bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi kunda parrandachilik sohasi respublikamiz bo‘ylab minglab insonlarni ish bilan taʼminlab, jamiyatning iqtisodiy rivojlanishiga muhim manbalardan biriga aylangan. Oziq -ovqat xavfsizligini barqaror taʼminlashda parrandachilikni rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. Parrandachilik chorvachilikning tez yetiluvchan sohalaridan biri bo‘lib, aholini parhez go‘shti va tux um mahsulotlari bilan taʼminlash imkonini beradi. Binobarin, maslahatimiz uy sharoitida, yoki keng miqyosda qanday qilib parrandalarni parvarishlash, ko‘paytirish va ulardan samarali hamda foydali oziq-ovqat maxsulotlari olish to‘g‘risidadir. Parrandalarning xozirgi kunda aholi xonadonlarida tux um yo‘nalishidagi zamonaviy yuqori mahsuldor krosslaridan Lomann (Germaniya), Xayseks, Bovans, Dekalb (Gollandiya), Xaylayn (AQSH) va Rodonit -3 zotlarini boqish mumkin.



    Download 60,62 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 60,62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Parranda mahsulotlari yetishtirishni rejalashtirish va uning iqtisodiy samaradorligi. Mundarija Kirish I bob Parandachilik haqida tushuncha

    Download 60,62 Kb.