I Bob Parandachilik haqida tushuncha




Download 60,62 Kb.
bet2/9
Sana17.12.2023
Hajmi60,62 Kb.
#121883
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Parranda mahsulotlari yetishtirishni rejalashtirish va uning iqtisodiy samaradorligi.

I Bob Parandachilik haqida tushuncha

    1. Parandachilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar

Mamlakatimizda parrandachilik sohasini rivojlantirish va eksportga mo‘ljallangan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, shuningdek aholini mahalliy ishlab chiqarilgan sifatli va arzon parrandachilik mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, sohani yanada jadal rivojlantirishga, jumladan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiya qilish va tayyor parrandachilik mahsulotlari eksportini kengaytirishga to‘sqinlik qilayotgan qator muammolar mavjud. Xususan:
birinchidan, parrandachilik mahsulotlarini qayta ishlash darajasi past, tarmoq mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishda yarim tayyor mahsulotlar ulushi yuqoriligicha qolmoqda, shuningdek parranda chiqindilarini chuqur qayta ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilmayapti;
ikkinchidan, parrandachilik sohasida, asosan, tovuq yetishtirish bilan cheklanib qolinmoqda, boshqa parranda turlari (kurka, bedana, g‘oz, o‘rdak, tuyaqush, kaklik va boshqalar) yetishtirishni ommalashtirish choralari ko‘rilmayapti;
uchinchidan, parranda kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha zamonaviy biolaboratoriyalar tashkil etilmaganligi oqibatida parrandalar orasida yuqumli kasalliklar tarqalib bormoqda;
to‘rtinchidan, sohada malakali kadrlar tayyorlash, ularni ishlab chiqarishning zamonaviy uslublariga o‘qitish, soha mutaxassislarida innovatsion yondashuvlar hamda ko‘nikmalar shakllantirish, ishlab chiqarishda yuqori sifatga erishish uchun xorijiy mutaxassislarni jalb qilish ishlariga yetarlicha e’tibor qaratilmayapti;
beshinchidan, parranda ozuqa bazasini yaratish, import o‘rnini bosuvchi ozuqa mahsulotlarini ishlab chiqarish ishlari talab darajasida yo‘lga qo‘yilmagan;
oltinchidan, parranda mahsulotlari eksport qilinayotgan davlatlar geografiyasini kengaytirish, shu orqali eksport hajmini keskin oshirish choralari ko‘rilmagan;
yettinchidan, sohaga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni kiritish bo‘yicha tajriba yetarli emas, bu borada yetakchi xorijiy hamkorlar bilan yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilmayapti.
Respublikada parrandachilikni yanada rivojlantirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sohaga ilg‘or texnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni joriy etish, parranda mahsulotlarini qayta ishlashni chuqurlashtirish, ularning turlari va eksport ko‘lamini kengaytirish maqsadida:
1. Quyidagilar parrandachilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar etib belgilansin:
raqobatbardosh parranda mahsulotlari ishlab chiqarish orqali aholini yetarli miqdorda parranda mahsulotlari bilan barqaror va maqbul narxlarda ta’minlash, eksport salohiyatini oshirish;
ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasidan foydalangan holda parrandachilik klasterlarini tashkil qilish, bunda innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq etish;
sohaga faol investitsiya jalb etish orqali parranda mahsulotlarini, shu jumladan parranda chiqindilarini chuqur qayta ishlash, yuqori qo‘shilgan qiymatli parranda mahsulotlarini ishlab chiqarish;
ilmiy-diagnostika laboratoriyalar tashkil qilish orqali parrandalar orasida kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish choralarini ko‘rish;
ozuqa bazasini kengaytirish, import o‘rnini bosuvchi ozuqa va vitaminlarni ishlab chiqarish;
parrandachilik sohasida yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarni hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlash.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “Parrandasanoat” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2019-yilda respublikada:
parrandalar soni va yetishtiriladigan mahsulotlarning prognoz parametrlari 1 va 1a-ilovalarga muvofiq;
parrandachilik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash korxonalarini tashkil etishning prognoz parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
parrandachilik mahsulotlarini eksport qilishning prognoz parametrlari 3-ilovaga muvofiq;
sanoat usulida boqilayotgan parrandalarning ozuqaga bo‘lgan talabi parametrlari 4-ilovaga muvofiq;
parranda ozuqasini yetishtirish uchun tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan yer maydonlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Parrandasanoat” uyushmasi va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB bilan birgalikda ushbu qarorga asosan o‘rnatilgan prognoz parametrlari ijrosini ta’minlash yuzasidan tumanlar va parrandachilik xo‘jaliklari kesimida manzilli chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqib tasdiqlasin, ularning samarali va to‘liq ijrosi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) mablag‘lari hisobidan ekvivalenti 50 million AQSh dollari miqdorida “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning ustav kapitalidagi davlat ulushi oshirilsin.
Belgilansinki:
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB ustav kapitaliga yo‘naltiriladigan Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-yanvardagi PQ-2718-son “Oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan ochilgan kredit liniyasi mablag‘lari hisobidan ajratiladi;
Jamg‘arma uch oy muddatda ushbu bandda ko‘rsatilgan mablag‘larni “O‘zsanoatqurilishbank” ATB ustav kapitaliga o‘tkazib berilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o‘rnatilgan tartibda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan chiqariladigan aksiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB ustav kapitaliga kiritilayotgan 50 million AQSh dollari ekvivalentidagi maqsadli mablag‘lar parrandachilikni rivojlantirish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun boshqa tijorat banklariga ham kreditlar ajratish uchun yo‘naltiriladi;
tadbirkorlik subyektlariga ushbu bandda nazarda tutilgan kreditlar bo‘yicha imtiyozlar foiz stavkasi bo‘yicha to‘lovlarning bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilish shaklida beriladi;
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Jamg‘arma tomonidan ushbu bandda nazarda tutilgan mablag‘larni bankning ustav kapitaliga o‘tkazilgan kundan boshlab boshqa tijorat banklar tomonidan taqdim etilgan parrandachilikni rivojlantirish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish maqsadida ularning hisob raqamlariga pul mablag‘larining o‘tkazilishini ta’minlaydi;
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB va boshqa tijorat banklari parrandachilikni rivojlantirish borasidagi loyihalarni chuqur tahlillar asosida rentabellik, samaradorlik va pul oqimlarining kredit hamda ular bo‘yicha foizlarni o‘z vaqtida qaytarishni ta’minlash salohiyatidan kelib chiqqan holda moliyalashtiradi.
5. Parrandachilik loyihalari hajmi va uni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan valyuta turidan qat’i nazar, tijorat banklari tomonidan 2019-2020-yillarda ajratilayotgan kreditlar foizi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya berishning quyidagi tartibi o‘rnatilsin:
aylanma mablag‘larni to‘ldirishga (inkubatsion tuxumlar, 1 kunlik jo‘ja, ozuqa mahsulotlari, dori-darmon hamda qo‘shimcha komponentlar va boshqalar) tijorat banki tomonidan o‘rnatilgan kredit stavkasining 25 foizi miqdorida, ammo kredit stavkasining 5 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
naslli ona tovuq va barcha turdagi texnologik asbob-uskunalar sotib olish, parrandachilik klasterlarini va inkubatsiya sexlarini tashkil qilish, parranda mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash, parrandachilikka ixtisoslashgan bino-inshootlarni qurish va qayta ta’mirlash, maxsus texnika va boshqa asosiy vositalarni xarid qilish hamda barpo etish uchun tijorat banki tomonidan o‘rnatilgan kredit stavkasining 50 foizi miqdorida, ammo kredit stavkasining 10 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda.
Tijorat banklari parrandachilik loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar mablag‘larini jalb etish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rsin.



Download 60,62 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 60,62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I Bob Parandachilik haqida tushuncha

Download 60,62 Kb.