|
II Bob Parrandachilikda iqtisodiy samaradorlig
|
bet | 6/9 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 60,62 Kb. | | #121883 |
Bog'liq Parranda mahsulotlari yetishtirishni rejalashtirish va uning iqtisodiy samaradorligi.II Bob Parrandachilikda iqtisodiy samaradorlig
Samaradorlikning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
Globallashuv va bozordagi raqobat rivojlanayotgan sharoitida davlatniig iqtisodiy strategiyasi uzoq vaqtga mo’ljallangan fundamental maqsadlarni o’rtaga qo’yish bilan bir qatorda, bu maqsadlarga erishish vositalari, yo’llarini belgilashni ham o’z ichiga oladi. Bular orasida ishlab chiqarish samaradorligini to’xtovsiz oshirib borish asosiy o’rinda turadi. Har qanday jamiyatda ham ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish iqtisodiy taraqqiyotning asosini yaratadi.
O’zbekiston davlatining qudratini mustahkamlash, aholining moddiy va ma’naviy ne’matlarga bo’lgan ehtiyojlarini to’laroq qondirish, kelajakda esa, ularni mo’l-ko’l yaratish, iqtisodiy va ilmiy-texnika sohasida eng rivojlangan davlatlar qatoridan joy olish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bevosita bog’liqdir.
Shu sababli ham, iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish jiddiy masalalalardan biri hisoblanadi.
Hozirgi paytda ko’pgina resurslar chegaralangan, ularning aksariyati (metall, qurilish materiallari va boshqalar) xorijdan keltiriladi. Shuning uchun mavjud resurslardan oqilona foydalanishga, mehnat unumdorligini oshirish, milliy va xorijiy sarmoyalarni ustuvor sohalarga joylashtirish kabi samaradorlikni oshirish vositalariga yetarli darajada e’tibor berish talab qilinadi.
Mustaqillikka erishilganligi, qudratli iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyatni yaratilayotganligi, iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarning
takomillashayotganligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish masalalarini birinchi o’ringa qo’ydi. Binobarin, Respublika Prezidentining ma’ruza va nutqlarida, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida ishlab chiqarishning, jumladan, korxona ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning mohiyati va ahamiyati, dolzarb muammolari, iqtisodiyotni ekstensiv va intensiv taraqqiyot yo’liga o’tkazish munosabati bilan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar chuqur va har tomonlama tahlil etib berilmoqda.
Ma’lumki, ishlab chiqarishni rivojlantirishda ikki xil omil- miqdor va sifat, ekstensiv va intensiv, ya’ni kengaytiruvchi (uzaytiruvchi) va zo’r beruvchi, kuchaytiruvchi omillar harakatda bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, agar ishlab chiqarish sohasi kengaytirilsa, ekstensiv suratda kengaygan takror ishlab chiqarish bo’ladi; agar yana ham ko’proq samara beradigan ishlab chiqarish vositalari qo’llaniladigan bo’lsa, intensiv suratda kengaygan takror ishlab chiqarish yuzaga keladi.
O’zbekiston korxonalarida ana shu ikki yo’ldan oqilona foydalanish natijasida ishlab chiqarishning samaradorligi bosqichma-bosqich o’sib bormoqda
Ishlab chiqarish samaradorligi har bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi hisoblanadi. U xo`jalik yuritishning sifat va miqdor ko`rsatkichlarini, Shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari hamda olingan natijalar o`rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Ishlab chiqarish samaradorligi korxona faoliyatining yakuniy natijasini ko’rsatadi. Miqdoriy jihatdan ishlab chiqarish samaradorligini mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf qilingan mehnat miqdori bilan o’lchash mumkin, lekin mehnat sarfini aniq o’lchash ancha qiyin. Shu sababli, ishlab chiqarish samaradorligi mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi; ishlab chiqarish vositalaridan va kapitaldan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlari bilan aniqlanadi. Korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligining umumlashgan ko’rsatkichi tovar ishlab chiqarish sur’atlarining o’sishi hisoblanadi, undan tashqari puldagi harajatlar birligiga to’g’ri keladigan mahsulot hajmi, balans foydaning asosiy va aylanma fondlar yigindisiga nisbati, to’la tannarx ko’rsatkichlari muhim ahamiyatga ega.
Mehnat unumdorligining o’sishi sur’atlari, mehnatni tejash va mahsulot hajmi o’sishida mehnat unumdorligi hissasi kabi korsatkichlardan ham foydalaniladi. Ishlab chiqarish samaradorligi texnik samaradorlik (ishlab chiqarish hajmi), iqtisodiy samaradorlik (mehnat unumdorligi, mehnat resurslari, asosiy fondlar, aylanma resurslar), ijtimoiy samaradorlik (moddiy resurslar, foyda) hisobiga shakllanadi.
Afsuski, bozor sharoitlarida "samaradorlik" tuShunchasi, garchi, daromad olish, xarajatlarni kamaytirish, mehnat samaradorligining o`sishi, fond qaytimi, rentabellik va hokazolar samaradorlik tabiatiga mos kelib, bozor iqtisodiyoti talablariga zid kelmasada, baho, foyda, daromad, xarajat kabi tuShunchalarga qaraganda kam qo`llanilmoqda. Samarali ishlash degani o`z mohiyatiga ko`ra, mo`ljallangan (rejalashtirilgan) foydani olish, noishlab chiqarish xarajatlari va yo`qotishlarni kamaytirish, ishlab chiqarish quvvatlari va ishchi kuchidan yaxshiroq foydalanish, mehnat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini yaxshilashni anglatadi.
Samaradorlik - eng ko’p uchraydigan umumiy tuShunchalardan biri bo’lib, iqtisodiy - ijtimoiy taraqqiyotning xilma-xil sohalarida juda keng ishlatiladi. Masalan, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi, mehnat samaradorligi, o’qish va o’qitish samaradorligi, davolash va davolanish samaradorligi, qabul qilingan qonun va qoidalar hamda yechimlarning samaradorligi va hokazolar.
"Samara" so’zi “natija” degan ma’noni beradi. Korxonalar iqtisodiyotiga, bag’ishlangan aksariyat adabiyotlarda ishlab chiqarishning faqatgina iqtisodiy-samaradorligi haqida so’z ketadi. Holbuki, mamlakatda ro’y berayottgan ijtimoiy o’zgarishlar kishilarning e’tiborini jalb qilmoqda va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o’rganish va ularga baho berish zaruriyatini tug’dirmoqda. Bugungi kunda ishlab chiqarishning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy samaradorligini o’rganish o’ta muhimdir. Ular o’zaro uzviy bog’liq va bir-birini taqozo etadigan kategoriyalardir.
Samaradorlik ishlab chiqarish faoliyatining "ko’zgusi" hisoblanadi.
Bu «ko’zgu»da ishlab chiqarishning barcha natijalarini ko’rish mumkin. Ma’lumki, har bir tarmoq, korxona, qolaversa, har bir shaxs o’z ishlab chiqarish faoliyatida maksimum foyda olishga intiladi. Buning uchun ma’lum xarajatlar qiladi. Ana Shu foyda bilan xarajatlar o’rtasidagi farq tarmoq va korxona faoliyatining «ko’zgusi» bo’lgan samaradorlikda ko’zga tashlanadi.
Ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligi ishlab chiqarish xarajatlarini minimum darajaga keltirishdan iborat.
Samara-samaradorlikka qaraganda bir muncha tor ma`noni anglatadi. U qabul qilinayotgan qarorlarning xo`jalik yuritishda maqsadga muvofiqligini tavsiflaydi hamda barcha hollarda samaraning unga erishish uchun ketgan xarajatlar(ishlab chiqarish resurslari)ga nisbati sifatida aniqlanadi. Xarajatlar qanchalik kam bo`lsa (mahsulot sifatiga ta`sir qilmagan holda), samara shunchalik ortadi, demak, iqtisodiy samaradorlik ham ortadi2.
Bozor munosabatlari sharoitida samaradorlikning alohida o’rni mavjud. Bozor iqtisodiyoti natijalilikni, foydalilikni taqozo etadi. Tartibli bozorga asoslangan iqtisodiyotda eng kam resurs sarflab, ko’p natijaga erishish zarur. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida 5 turdagi resurslar tizimi harakatda bo’ladi:
a) moddiy resurslar;
b) mehnat resurslari;
v) moliyaviy resurslar;
g) energetik resurslar;
d) axborot resurslari; ya’ni informatsion resurslar.
Mana shu resurslardan oqilona foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish mumkin. Bunday faoliyat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo’nalishida muhim ahamiyat kasb etadi. Korxona ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning aniq-ravshan yo’nalishlari Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari va Vazirlar
Mahkamasining qarorlarida ko’rsatib berilgan.
Samaradorlik — bu, natijalilikdir. Ma’lumki, qandaydir natija olish uchun mehnat qilish, ishlash, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish va ma’lum miqdorda xarajat qilish kerak. Samaradorlik, avvalo, korxona faoliyatining sifat jihatlarini tavsiflovchi tuShunchadir. U "samara" toifasidan kelib chiqadi hamda unga qaraganda murakkab va majmua tavsifiga ega.
|
| |