O’zbekiston respublikasida parrandachilikni rivojlantirishga innovatsiyalarni joriy qilish borasida amalga oshirilyotgan ishlar




Download 60,62 Kb.
bet8/9
Sana17.12.2023
Hajmi60,62 Kb.
#121883
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Parranda mahsulotlari yetishtirishni rejalashtirish va uning iqtisodiy samaradorligi.

2.3 O’zbekiston respublikasida parrandachilikni rivojlantirishga innovatsiyalarni joriy qilish borasida amalga oshirilyotgan ishlar

2022-yil 15-mart sanasida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida mamlakatimizda ilk bor «Parrandachilik: innovatsion технологиялар» forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda olimlar, parrandachilik sohasi yetakchi va


mutaxassislaridan tashqari Vengriya, Italiya, Golland iya, Turkiya, Rossiya, Shveysariya kabi dalatlardan kompaniya vakillari ishtirok etdi.
Respublika Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari, professor Sh.Turdiqulova qayd etilishicha, vazirlik tomonidan parrandachilik sohasidagi ilmiy -tadqiqot ishlarini moliyalashtirish uchun 14,3 milliard so‘m grant mablag‘lari ajratildi. Ayni paytda sohada 25 ta loyiha bajarilmoqda.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, sohada broyler va tuxum yetishtirish yo‘nalishlarida mahsuldorlikning oshishi, korxonalarning rentabelligi oshishi bilan bog‘liq o‘z yechimini kutayotgan muammolar hamon uchraydi.Naslchilik bo‘yicha parrandachilik xo‘jaliklarini tashkil qilish va rivojlantirish, parrandalarning yangi zotlarini yaratish bilan bog‘liq genetikani, shuningdek, uy parrandachiligini rivojlantirish dolzarbligicha qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yaqindagi qarorlari bilan tuxum yetishtirish va parranda go‘shti uchun subsidiyalar belgilandi.
Soha yetakchilarining taʼkidlashicha, raqamlashtirishning parrandachilik sanoatiga kirib borishi vaqti keldi.
Raqamlash orqali har bir tovuqni alohida bilish mumkin. Uning tana harorati, qancha ozuqa isteʼmol qilgani, kasallikni erta bosqichda aniqlashga imkon bo‘ladi.
Avtomatlashtirishni joriy etilishi esa qafaslarni dezinfeksiya qilish, tuxum yig‘ish va hokazolarning bajarilishida qulaylik tug‘diradi.
Seleksiya tajribasining qo‘llanilishi esa yosh hayvondan, masalan, 20 kunlik xo‘rozdan qon olish va bu haqda oldindan ko‘p narsalarni aytib berish imkonini beradi. Bu hol genetikada aql bovar qilmaydigan o‘sish va xarajatlarni tejash demakdir. Tahlillardan ko‘rinib turi bdiki, tuxum qo‘yuvchi tovuqlar seleksiyasi yiliga qo‘shimcha 2 -3 dona tuxum unumdorligini oshiradi hamda tabiiyki, korxonalar daromadi oshadi.
Parrandachilik biznesini optimal boshqarish ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, barcha xarajatlarning 60% gacha bo‘lgan yem-ozuqadan samarali foydalanish ustida ishlash va uning konversiyasini yaxshilash mumkin. Parranda kataklarida o‘rnatilgan datchiklardan maʼlumotlarni to‘plab va tahlil qilib, turli saytlarda oziqlantirish strategiyalarini solishtirish imkonini beradi. Bularning barchasi masofadan turib amalga oshirilishi va tez natija berishi mumkin.
Parrandachilikda turli uskunalarning qo‘llanilishi ham muhim o‘rin tutadi.Chunki hozirda parrandachilik fermalarida 3-4 turdagi turli xil uskunalar mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘z kompyuteriga, dasturi ga, mutaxassisiga muhtoj. Bunday turli xildagi uskunalarni birlashtirish masalasi dolzarbdir.
Prezidentimizning 2021 yil 14 iyundagi “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida respublika bo‘ylab har bir tumanda aholi xonadonlariga tovuq, shuningdek, kurka, o‘rdak, g‘oz va boshqa ommaviy bo‘lmagan parranda turlarini tarqatish, yetishtirilgan mahsulotlarni sotib olish bo‘yicha kooperatsiya ishlarini tashkil etish belgilangan.
Mazkur topshiriqlar ijrosini hududlarda taʼminlash bo‘yicha “Parrandasanoat” uyushmasi tomonidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanida “Taxiatosh chikkens” MCHJ tomonidan parrandachilikda kooperatsiya tizimida ishlar yo‘lga qo‘yildi.
Hozirgi kunda jamiyatda 40 ming bosh, shundan 10 ming boshdan ortiq xonaki parranda parvarishlanmoqda. Ushbu xo‘jalikda parrandalar yer sharoitida boqilib, kuniga 4 -4,5 ming dona inkubatsion tuxum olinmoqda. Jamiyat tomonidan dastlab kooperatsiya tizimida ishlarni yo‘lga qo‘yi sh maqsadida 14 ta xonadonga 50, 70, 100 boshdan xonaki parrandalar tarqatildi. Hozirda esa xonadonlar soni 40 taga yetkazildi.
– Jamiyat tomonidan kelgusida xonadonlardan kuniga 2000 3000 donagacha inkubatsion tuxum sotib olinishi rejalashtirilgan, – deydi “Parrandasanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Ahmedov. – Shuningdek, tajriba tariqasida qo‘shni Beruniy tumanidagi qator xonadonlarga kurkaning 400 boshga yaqin tez yetiladigan naslli zotidan tarqatildi.
“Taxiatosh chikkens” MCHJ tomonidan aholi bilan ishlash hajmini oshirish maqsadida mahallalarda bir martalik quvvati 100, 150 va 250 bosh jo‘ja ochirishga mo‘ljallangan 50 dan ziyod inkubatorlar joylashtirildi.
Inkubatorlardan chiqayotgan jo‘jalar jamiyat tomonidan 3000 so‘mdan 4000 so‘mgacha sotib olinib, jamiyatning o‘zida 90-100 kun parvarishlanib, tuxum yetishtirish maqsadida aholiga qayta tarqatib kelinmoqda.
Joriy yil 16 fevral kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan chorvachilik va ipakchilik sohasida 2022 yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida Taxiatosh tumanidagi “Taxiatosh chikkens” MCHJ faoliyati eʼtirof etilib, respublikaning har bir hududida aholi xonadonlariga 100 boshgacha xonaki parranda tarqatadigan 2 tadan parrandachilik korxonalarini tashkil etib, kooperatsiya asosida uy sha roitida parranda boqish va tuxum ishlab chiqarishni ko‘paytirish chorasini ko‘rish topshirig‘i berildi.
Hozirda barcha viloyatlarda ushbu topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida aholi bilan kooperatsiya usulida parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarni tashkil etish ishlari jadal olib borilmoqda.
Shahrisabz tumanidagi “Zotli parranda tomorqa xizmati”, Beruniy tumanidagi “Qo‘ng‘irot Qiyat”, Jondor tumanidagi “Arjuman bonu chorvasi”, Bo‘ka tumanidagi “Qishloq qurilish farovon parranda” va boshqa ko‘plar korxonal ar shular jumlasidandir.
Jondor tumanidagi “Arjuman bonu chorvasi” fermer xo‘jaligi hududda broyler tovuq go‘shti yetishtirish bo‘yicha kooperatsiya tashkil etgan. Asosan go‘sht yo‘nalishidagi broyler jo‘jalari parvarish qilinadigan ushbu korxonada 150 ming bosh jo‘ja ochish uchun mo‘ljallangan inkubator mavjud. Birgina o‘tgan 2021 yilning o‘zida inkubatsiya usulida 2 milliondan ziyod broyler jo‘jalari yetishtirilgan.
Fermer xo‘jaligi ushbu imkoniyatlardan foydalanib, hududda kooperatsiya tashkil etgan. Hozirda 150 dan ortiq aholi xonadonlariga kooperatsiya usulida broyler jo‘ja va yem tarqatilgan. Yetishtirilgan broylerlar fermer xo‘jaligi tomonidan xonadonlardan kelishilgan narxlarda qayta sotib olinmoqda.
Prezidentimizning 2021 yil 16 dekabrdagi “Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bo‘yicha tomorqa egalariga qoida tariqasida boshqa yo‘nalishlar kabi 100 bosh parranda, 5 -10 bosh kurka sotib olishi uchun ham imtiyozli kreditlar ajra tilishi belgilangan.
Mamlakatimizning ichki isteʼmol bozorida go‘sht, sut, tuxum va boshqa chorvachilik mahsulotlari bilan barqaror taʼminlash, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ozuqa bazasini kengaytirish, ichki va tashqi bozorlarda
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni
ko‘paytirish maqsadida bir qator yangi qarorlar qabul qilindi.
Prezidentimizning 2021 yil 3 martda qabul
qilingan “Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora -tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra 2021 yil 1 iyundan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan chorvachilik xo‘jaliklarida yetishtirilib, go‘sht uchun realizatsiya qilingan yirik va mayda shoxli qoramollar tirik vaznining har bir kilogrammi uchun 2 000 so‘m hamda sutining har bir litri uchun 200 so‘m subsidiya ajratiladi.
Shuningdek, parrandachilik xo‘jaliklariga - o‘z xo‘jaliklarida yetishtirilib, realizatsiya qilingan tuxumning donasi uchun 50 so‘m hamda parranda go‘shtining har bir kilogrammi uchun 1 000 so‘m subsidiya ajratiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 15 maydagi qaror i bilan “2020 - 2022 yillarda xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo‘y va echkilarni sotib olgan xo‘jaliklarga hamda respublikada nasldor qoramollarni yetishtiradigan naslchilik xo‘jaliklariga subsidiya berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqland i.
Unga ko‘ra davlat tomonidan naslchilik xo‘jaliklarida yetishtirib sotilgan nasldor qoramolning xar bir boshiga 1 million so‘m, xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning xar biriga 2 million so‘m, nasldor qo‘y va echkining bir boshiga 400 ming so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan subsidiya oluvchilarga 2021 yil 1 iyundan respublika budjetidan parrandachilik xo‘jaliklariga - o‘z xo‘jaliklarida yetishtirilib, realizatsiya qilingan tuxumning har bir donasi uchun 50 so‘m hamda parranda go‘shtining har bir kilogrammi uchun 2022 yil 1 yanvardan boshlab 2024 yil 1 yanvarga qadar 2 500 so‘m (bunda, subsidiya qo‘shilgan qiymat solig‘idan vaqtinchalik ozod qilish bo‘yicha imtiyoz amalda bo‘lgan davr uchun ham to‘lanadi), 2024 yil 1 yanvardan 1 000 so‘m subsidiya ajratilishi belgilandi.
Mazkur qarorlar ijrosi yuzasidan subsidiyalar ajratish yo‘li bilan fermerlarimizni qo‘llab -quvvatlash natijasida ichki isteʼmol bozorida go‘sht, sut, tuxum va boshqa chorvachilik mahsulotlarining barqarorligi taʼminlandi.
Davlat statistika qo‘mitasi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazgan kuzatuv natijalariga ko‘ra oziq -ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari 2022 yil 20 aprel holatiga suyakli mol go‘shti (1 kg) ➖ 45 000 – 72 000 so‘mgacha, qo‘y go‘shti (1 kg) ➖ 55 000 – 85000 so‘mgacha, tuxum mahsulotlari (10 dona) ➖ 7000 – 15 000 so‘mgachani tashkil etmoqda.


Xulosa
Yuqorida keltirgan ma’lumotlarimizdan ko’rinib turibdiki,ushbu sohada natijaga erishish uchun qat’iy tartib-intizomga rioya qilish kerak bo’ladi. Nafaqat ushbu sohada balki qaysi soha yoki yo’nalish bo’lmasin natijaga erishish uchun qattiq mehnat va tartibga rioya qilish kerak bo’ladi.Biz qanchadan-qancha yangi innovatsion texnologiya va texnikalarni o’rganib va ularni olib kirsakda unda belgilangan qonun-qoidalar va tartiblarga rioya qilmasak ishimizdan yaxshi natija kutishimiz noto’g’ri bo’ladi. Hozirgi kunda yurtimizda aholi turmush-tarzini yaxshilash uchun bir qancha imkoniyatlar yaratilgan. Oilalarga imtiyozli ravishda qarzga tovuqlarni tarqatish ham shular jumlasidandir.Aholimiz bu imkoniyatdan bajonidil foydalanishga harakat qilyapti.Lekin afsuski,ko’p hollarda qarzga olingan tovuqlarni nobud qilish holatlari ko’p kuzatilyapti. Nega endi fermerni qo’lida yashab kelayotgan tovuqlar aholi qo’liga yetib borgandan so’ng nobud bo’lyapti. Ha albatta gap parvarishda bu yerda. O’sha parrandalar uchun kerakli sharoit yaratilmagani, oziqlantirish ratsioni buzilgani va shunga o’xshash me’yorlarga rioya qilinmaganidan kelib chiqadi. Shuningdek,yana ko’p hollarda tovuqlar tuxum berishdan to’xtab qolishadi. Bunga o’sha oziqlantirish tartibi buzilishini sabab qilib ko’rsatishimiz mumkin. Albatta bularga rioya qilmagan aholi bu taraflarini inobatga olmasdan,aybni boshqa joydan qidiradi .ovuq beradigan tuxumsiz,na tovuqning o’zisiz qolgandan keyin unda hech qanday daromad manbai qolmaydi va qarzni to’lashga ham qodir bo’lmay qoladi. Axir boqish bo’yicha yaratilayotgan innovatsion texnika va texnologiyalar bekorga emas,albatta ular birmuncha tajribadan o’tib keyin ommaga taklif qilinadi. Bizdan esa ularga amal qilishga to’g’ri keladi. Yuqorida misol tariqasida keltirgan “SAXOVAT BROILER” kompaniyasini ham yurtimizda deyarli hamma taniydi.Bu darajaga yetishish uchun kerakli hamma innovatsiya va imkoniyatlarni jalb qilgan va buni natijasini ko’rib turibmiz.Albatta ushbu kompaniya qattiq tartib intizomga rioya qilganu uchun shu darajaga yetdi.Yaratilgan imkoniyatlar yoki innovatsiyalardan oqilona foydalanib ham ishlab chiqarish hajmini hamda uning sifatini oshirishga erishgan. Yangi innovatsion texnikalar yordamida albatta ishchi kuchi unchalik talab qilinmasada,ishlab chiqarish hajmi birmuncha oshadi. Bu holatda narxlar arzonlashuvi ham ro’y beradi. Albatta narxlarnin arzonligi aholimiz uchun yaxshi. Lekin dunyo aholising global o’sishi ham ishlab chiqarish hajmini muntazam oshirib borishni talab qiladi.Muntazam va tezkor ravishda ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun faqat inson omili kamlik qiladi.Buning uchun ko’proq innovatsion texnika va texnologiyalar zarur bo’ladi. Demak xulosa qilib aytadigan bo’lsak,bugungi kunda yangi texnika va texnolgiyalarsiz yashashning iloji qolmadi,bularsiz ish koeffitsiyentini oshirishning imkoni yo’q. Bizdan esa ulardan oqilona foydalanish qoladi xolos.



Download 60,62 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 60,62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasida parrandachilikni rivojlantirishga innovatsiyalarni joriy qilish borasida amalga oshirilyotgan ishlar

Download 60,62 Kb.