|
Organik va meniral o’g’itlar. Begona o’tlar slayd
|
bet | 2/5 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 3,1 Mb. | | #143547 |
Bog'liq o\'g\'itlarOrganik o‘g‘itlarni qishloq xo‘jaligida eng muhim ahamiyatlari —ular to‘liq o‘g‘itlar hisoblanadi. Chunki ularning tarkibida ko‘pchilik makro va mikroelementlar mavjud. - Tuproq strukturasini yaxshilaydi, uning unurndorligini oshiradi. - Tuproq haroratini ma’lum darajaga ko‘taradi. - Tuproqni foydali mikroorganizmlar bilan boyitadi va ular uchun ozuqa vazifasini o‘taydi. - Organik o‘g‘itlar solingan maydonlar atrofida karbonat angidrid gazi miqdori ortadi, bu esa o‘simliklar ildizidan tashqari oziqlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Go’ngning chirishi natijasida xosil bo’lgan organik modda ta’sirida tuproqning suv-fizik xossalari (suv o’tkazuvchanligi, suv sig’imi, issiqlik sig’imi, zichligi), biologik xususiyatlari yaxshilanadi. Organik modda parchalanganda ajralayotgan ko’mir kislotasi ta’sirida qiyin o’zlashtiriladigan birikmalar xarakatchan xolatga keladi. Go’ngning yigi’lishi, miqdori va sifati (tarkibi) mollar parvarishiga, berilayotgan yem-xashakning sifati va tarkibiga, mollarning turi va yoshiga bog’lik bo’ladi. Yirik shoxli moldan bir kunda 20—30 kg, otdan 15—20 kg, qo’ydan 1,5—2,5 kg gung yig’iladi. Molxonalarda yig’ilgan gung tuproqqa solishdan oldin maxsus joylarda ma’lum muddatda saqlanishi lozim. Shunday qilinsa gung tarkibidagi organik modda parchalanadi, yuqumli kasallik tarqatuvchi mikroblar o’ladi, begona o’tlar urug’ining unish darajasi keskin pasayadi.
Turli xil mahalliy o’g’itlarda azot, fosfor va kaliy miqdori
Turli xil mahalliy o’g’itlarda azot, fosfor va kaliy miqdori
Kaliyli o’g’itlar
Elementlarning o’simliklar hayotidagi roli va ahamiyati. Azot N - Azot barcha o’simliklar uchun asosiy ozuqa elementi hisoblanadi. O’simlik tarkibida azot ozuqa elenemtlari: oqsil va boshqa vitaminlarning, ayniqsa B vitaminlari guruhining hosil bo’lishiga yordam beradi.
- Azot yetishmagan yerdagi ekinlar bargi och – yashil rang, ba’zi ekinlarda (turp, karam, makkajo’xori) sariq - qizil dog’lar, barglari juda kichik, yupqa, gullari nimjon, shoxlari mayda, mevasi muddatidan oldin pishib, kichik – kichik bo’lib barglari tushib ketadi.
|
| |