Mavzu: Bino va inshootlarning muddatidan oldin eskirishini oldini olish choralari reja




Download 404.09 Kb.
Sana04.03.2024
Hajmi404.09 Kb.
#166753
Bog'liq
Bino va inshootlarning muddatidan oldin eskirishini oldini olish choralari
Р. Р. Ибраимов “Система с двумя объектами”, The Mobilization State, Microsoft Word Document, 6-laboratoriya variant, БЖД практика, Microsoft Word Document, Ikramov, Fizika sirtqi II qism, мехатроника, амалиеттитул, Презентация-Microsoft-PowerPoint, 2-MA\'RUZA, 9-sinf Sinf soati, 1 Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy mazmuni, Amaliy topshiriq

MAVZU: Bino va inshootlarning muddatidan oldin eskirishini oldini olish choralari
REJA:

  1. Bino inshootlarini chidamliligi

  2. Bino inshootlarning chidamlilik muddati

  3. Ularni eskirishini oldini olish

  4. Eskirish va unga qarshi kurashish choralari

Seysmobardosh qurilish, zilzilabardosh qurilish — seysmik (zilzila botbot sodir boʻlib turadigan) hududlarda bunyod etiladigan bino va inshootlarni zilzila kuchi (seysmik kuchlar) taʼsiriga bardoshli qilib qurish. Yer kurrasining qaysi hududida qanday kuch bilan zilzila sodir boʻlishi mumkinligi seysmik hududlashtirish haritalarida belgilab qoʻyilgan. Oʻzbekiston hududi ham seysmik hududlar jumlasiga kiradi, uning uchun ham seysmik hududlashtirish haritalari tuzilgan. Mazkur haritalarda Toshkent, Andijon 9 balli, Fargʻona, Namangan va Samarqand 8 balli, Buxoro 7 balli hudud (zona)ga kiritilgan va h.k. Bino va inshootlar oʻsha hududda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan zilzila kuchiga bardoshli qilib loyihalanishi va qurilishi kerak. Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini taʼminlash uchun maxsus antiseysmik choratadbirlar qoʻllaniladi (buning natijasida bino va inshootlarning tannarxi 3—10% ortadi).


Zilzilabardosh bino, inshootlar va metropoliten loyihasida ularning tarhidagi koʻrinishi iloji boricha sodda boʻlishi kerak, chunki tarhi aylana, kvadrat yoki toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi binolar murakkab shaklli bino va inshootlarga nisbatan zilzilabardoshroq boʻladi. Agar meʼmorlik yoki foydalanish talablariga koʻra, murakkab shakldagi bino va inshootlar qurish lozim boʻlsa, u holda ularni antiseysmik choklar vositasida oddiy shaklli qismlarga ajratiladi.
Gʻishtin devorli binolarda barcha yuk koʻtaruvchi konstruksiyalar (boʻylama va koʻndalang devorlar, yopmalar) birbiri bilan mustahkam bogʻlangan holdagina bino yaxlit fazoviy konstruksiya sifatida zilzila kuchlariga qarshilik koʻrsatadi. Agar bu bogʻlanish mavjud boʻlmasa yoki zaif boʻlsa, boʻylama devorlar koʻndalang devorlardan ajralib ketishi va baʼzi hollarda qulab tushishi mumkin. Devor qulagach, orayopmalar ham butunlay yoki qisman bosib qoladi. Antiseysmik choralar qoʻllanmagan binolarda bunday hodisalar koʻplab uchraydi. Binolarni zilziladan beshikast asrab qolish uchun maxsus choralar koʻriladi. Masalan, binoning perimetri boʻylab antiseysmik kamarlar ishlanadi, yopmalar birbiriga va devorlarga puxta bogʻlanadi, devor burchaklariga hamda kesishuv yerlariga armatura qoʻyiladi va h. k. Gʻishtin devorlarni tiklashda devor orasiga vertikal yoʻnalishda temirbeton elementlar — oʻzaklar qoʻyib, kompleks konstruksiya hosil qilinadi. Gʻishtin devorlar ostiga qoʻyiladigan gidroizolyasiya qatlami sement qorishmadan ishlanadi; bu maqsadda tol ishlatish tavsiya etilmaydi.
Yirik panelli binolarni yuqori darajada mexanizatsiyalashtirish imkoniyati katta boʻlganligidan binokorlikning bu uslubi seysmik va noseysmik hududlarda keng qoʻllaniladi. Bino vaznining yengilligi (gʻishtin devorli binolarga nisbatan 1,2—2 baravar yengil), devor materialining mustahkamligi, yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarning soddaligi va yuk (kuch) ning butun sirtga bir meʼyorda tarqalganligi tufayli seysmik zonalarda shunday binolar koʻplab quriladi.
Seysmik hududlarda qoʻllaniladigan tashqi devor panellarining konstruksiyasi 1 va 3 qatlamli boʻlishi mumkin. Bir qatlamli panellar keramzit beton yoki yengil betonlarning boshqa turlaridan tayyorlanadi. Uch katlamli panellarning 2 chetki qatlami temirbetondan ishlanib, oʻrta qatlami mineral paxta, koʻpikbeton singari issiqsovuq oʻtkazmaydigan materiallardan tayyorlanadi. Yopma panellari xona oʻlchamida yasalib, toʻrttala qirrasi bilan devorga tayanadi.
Tarix sinovlaridan oʻtgan zilzilabardosh konstruksiyalardan biri sinchli imoratlardir. Bunday imoratlar Oʻrta Osiyoda juda kadim zamonlardan beri kurilib kelingan. Sinchlar turli yogʻoch materiallardan ishlangan. Endilikda koʻp qavatli binolar yogʻoch sinchlardan emas, ggoʻlat yoki temirbeton sinch (karkas)lardan qurilmoqda. Yangi materiallarning mexanik xossalari yogʻoch materiallardan ancha farq qilganidan bulardan ishlanadigan sinchlarning konstruktiv sxemalari ham boshqacha boʻladi. Bino sinchi ustun, toʻsin va yopmadan tashkil topadi; ular oʻzaro mustahkam biriktirilgach, yaxlit fazoviy tizimni hosil qiladi. Tizim elementlari ham vertikal, ham gorizontal (seysmik) kuchlarni qabul qiladi. Sinchlar orasiga gʻishtin devor uriladi.
Oʻzbekistonda ham temirbeton karkasli binolar qurish keng tarqalgan. Seysmik hududlarda metall karkaslardan foydalanish ham yaxshi iqtisodiy samara beradi. Metall konstruksiyalar mustahkam va yengil boʻlganligidan zilzilabardosh binolar bunyod etishda juda qoʻl keladi. Pekin metall konstruksiyalarning zanglash, yuqori tralarda yuk koʻtarish xususiyatini yoʻqotish kabi kamchiliklari ham bor. Zilzila paytida yongʻin chiqishi mumkin, shuning uchun metall qismlar oʻtga chidamli materiallar bilan qoplanadi. Masalan, Toshkentning Amir Temur hiyobonidagi 17 qavatli "Oʻzbekiston" mehmonxonasining 1 va 2 qavati yopmalari monolit, 3—17 qavatlariniki yigʻma temirbetondan ishlangan. Ichki devorlar yigʻma temirbeton, tashki devorlar esa keramzitbeton panellardan qurilgan.
Chet el binokorligida tashki devorlar uchun yengil osma panellar keng qoʻllaniladi. Yengil panellar kam qavatli binolarda ham, koʻp qavatli osmonoʻpar binolarda ham juda keng tarqalgan. Xorijiy mamlakatlarda osma panellar, odatda, kup katlamli qilib tayyorlanadi. Panelning yuk koʻtaruvchi qismi alyuminiy yoki poʻlat karkas boʻlib, tashki va ichki tomonidan yupqa listlar bilan qoplanadi. Oʻrtasiga plastmassa, oyna yoki mineral paxtadan izolyasiya katlami joylanadi. Bunday panellar yengil (50 kg/m2) boʻlganligidan katta oʻlchamli (mas, 2—3 qavat balandlikda) qilib ishlanadi. Yengil panellarni taʼmirlash jarayonida ularni osongina almashtirish mumkin. Panel juda tez montaj qilinadi, chunki panel karkasga boltlar yordamida biriktiriladi.
Seysmik hududlarda quriladigan bino, inshootlar va metropolitenni loyihalash jarayonida ular odatdagi statik kuchlardan tashqari, qoʻshimcha ravishda seysmik kuchlar taʼsiriga ham hisoblanadi. Oʻzbekistonda 1996-yilgacha sobiq umumittifoq miqyosida amalda boʻlgan SN va P II—7—81 (qurilish meʼyorlari va qoidalari)dan foydalanib kelindi. 1996-yil 1 martdan eʼtiboran respublikada yangi qurilish meʼyorlari va qoidalari joriy etildi, 1997-yilda zilzila kuchini aniklash uchun seysmik shkala — Oʻzbekiston Respublikasi standarti (Oʻz RST 836—97) qabul qilindi. Seysmobardosh qurilishga doir ilmiy tadqiqot ishlariga K.S. Zavriyev (Tbilisi), M. T. Oʻrozboyev, T. R. Rashidov (Toshkent), A. G. Nazarov (Yerevan), Ye. F. Savarenskiy, S. V. Polyakov va I. L. Korchinskiy (Moskva) va boshqa olimlar katta hissa qoʻshgan. Oʻzbekistonda Seysmobardosh qurilishga M. T. Oʻrozboyev asos solgan. Seysmobardosh qurilish sohasida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti, Seysmologiya instituti va baʼzi aksiyadorlik jamiyatlarida ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.
Chirchiq shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” massivida pudratchi “Yangi zamon bino” MCHJ tomonidan qurib foydalanishga topshirilgan hajmiy temirbeton panel konstruksiyali turar-joy binolarining bugungi kundagi texnik holati ishchi guruh tomonidan oʻrganildi.
Geologik izlanishlar xulosasiga koʻra, ushbu binoda “Choʻkuvchan va oʻta choʻkuvchan gruntli hududlarda quriladigan bino va inshootlar" toʻgʻrisidagi shaharsozlik norma va qoidalarining 9-bandi talablariga muvofiq qurilish ishlari bajarilgan. Biroq 2022-yil bahor-kuz mavsumidagi yogʻingarchiliklar tufayli koʻp miqdordagi yomgʻir suvlari irrigatsiya tizimlarisiz muntazam ravishda bino poydevoriga sizib kirgan va bino atrofiga yigʻilib qolgan. Natijada bino ostining asos qismi suvga toʻyinib, binoning vertikal seysmik choklari loyihaviy holatidan koʻchgan.
Maʼlum boʻlishicha, mazkur holatni bartaraf etish boʻyicha “Qishloqqurilishloyiha” instituti tomonidan 2023-yil 14-fevralda “Yangi zamon bino” MCHJ bosh direktoriga bino ostiga suv ketishini oldini olish boʻyicha yozma koʻrsatma berilgan va geodeziya hamda muhandislik izlanishlari olib borilgan. Uylar poydevori asosining choʻkishi va uning namlanishini oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar loyihasi ishlab chiqilgan va bajarish uchun topshirilgan boʻlsada, pudratchi tomonidan hech qanday chora koʻrilmagan.

Mazkur uylar dinamikasining salbiy tomonga oʻzgarganligi sababli quruvchi tashkilot yuzaga kelgan masalalarni bartaraf qilish boʻyicha loyiha yechimlari va chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishni soʻrab “Qishloqqurilishloyiha” tashkilotiga murojaat qilgan va institut tomonidan tegishli loyihaviy yechimlar ishlab chiqilgan. 
Taqdim etilgan loyihaviy yechimlarga asosan pudratchi tomonidan zudlik bilan quyidagi ishlar amalga oshirilishi kerak:
SHNQ 2.02.01-98 ning “Bino va inshootlar asoslari” meʼyorining 2.68, 2.69 va 3.13 bandlari talablariga asosan har 300 mm da qatlam-qatlam gruntning mustahkamligi 1.65t/m3 ga yetgunga qadar shibbalab qayta koʻmish ishlarini bajarish, SHNQ 2.01.09-97 ning “Choʻkuvchan va oʻta choʻkuvchan gruntli hududlarda quriladigan bino va inshootlar” 9-bandi talablariga muvofiq bino perimetri boʻylab eni 2 000mm va tarkibida nometall armaturasi boʻlgan, qalinligi 100 mm beton yoʻlak (otmostka) ishlarini bajarish talab etiladi. 

Mahalliy hokimiyat vakillari esa hududda bajarilgan obodonlashtirish va irrigatsiya tizimlariga oid ishlarni hudud bosh rejasiga asosan qayta koʻrib chiqishi va yogʻingarchilik boshlanishidan oldin bajarishi lozim.
Mazkur binolar qurilishiga masʼullar hamda soha ekspertlari ishtirokida oʻtgan yigʻilishda mavjud holatni bartaraf etish yuzasidan qoʻshimcha takliflar bildirildi. Ular orasida eng maqbullari saralanib, oʻn kun muddatda amaliy choralarni koʻrish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.
Hozirgi zamon turar-joy va jamoat binolari o’zida muhandislik tizimlari va 
inshootlarning murakkab majmuasini ifoda etadi. Ularni ekspluatatsiya qilish uchun bino unsurlari ashyolarining eskirish, edirilish va buzilish asosiy qonuniyatlarini, hamda binolarni o’z vaqtida remontga berish, ko’rikdan o’tkazishni ta’minlovchi tashkiliy tadbirlarni bilish lozim. To’g’ri texnik xizmat ko’rsatish va rejaviyogohlantiruv remontlari binolarining me’yoriy xizmat muddatini ta’minlaydi. Texnik ekspluatatsiyani tashkillashtirishda binolarni konstruksiya va qurilmalari materialini hoh me’yoriy, hoh barvaqt edirilishini va eskirishini keltirib chiqaruvchi sabablarni bilish lozim. Binolar vazifasiga ko’ra quyidagilarga bo’linadifuqaro binolari va ularga quyidagilar taalluqli; 
a) turar-joy va jamoat;
b) xizmat ko’rsatuvchi va maishiy; 
v) jamoat- madaniy (teatrlar, shifoxonalar, o’quv binolari);
sanoat binolari (ishlab chiqarish va transport extiyojlariga xizmat
ko’rsatuvchi, sex, issiqlik elektr stansiyalari va boshqa shu kabi binolar). 
qishloq xo’jalik binolari. Binolarni ekspluatatsiya qilish qurilgan ob’ektlardan foydalanishni, ya’ni ularning xonalari bo’sh qolmasligini ko’zda tutadi. Masalan, ekspluatatsiya turarjoy xonalaridan fuqarolarning yashashi nazarga olinadi. Istiqomat qiluvchilarning extiyojini qondirish barcha muhandislik tizimlarini (suv o’tkazgichlar, oqava suvlar, issiq suv ta’minoti, issiqlik ta’minoti, shamollatish, lift qurilmalari) me’yorida ishlab turishi lozim. Binolarni ekspluatatsiyasi 2 katta bo’limga ajratiladi. Binolarga xizmat ko’rsatish va binolarni texnik ekspluatatsiya qilish Binolarga texnik xizmat ko’rsatish deganda ularning xonalaridan, muhandislik tarmoqlaridan, atrofidagi xududdan foydalanish mobaynida lozim bo’lgan holda tutilishi ta’minlashga aytiladi. Xizmat ko’rsatish pasport ishlarini, tashkilotlar bilan yashovchilar o’rtasidagi o’zaro hisobkitoblarni, bino hovlisidagi sanitariya tozalash va supurish- sidirishlarni ko’zda tutadi.
Texnik ekspluatatsiya esa rejaviyogohlantiruv (kapital va joriy) va ko’zda tutilmagan remontlarni o’tkazishni, hamda ko’riklar va qurilmalarni sozlashni nazarda tutadi. Bino va uning ayrim konstruksiyalari ekspluatatsiya mobaynida tabiiy omillar ta’sirida eskiradi. Bunday eskirish jismoniy eskirish deyiladi. Binolarni buzilishsiz ishlatishni ta’minlash uchun eskirish jarayonini to’xtatib turishga yoki uni daf etishga yo’naltirilgan tadbirlarni o’rnatilgan talablar asosida o’tkazish lozim. Biroq boshlang’ich holatni to’la tiklashni hatto kapital remontlar natijasida hali amalga oshirib bo’lmaydi. Gap faqatgina binoning barcha unsurlarini me’yoriy muddatlarda durust ishlatishni ta’minlovchi tadbirlar ustida borayapti.
Remont ishlari bo’lmagan holda esa eskirish jarayoni tezlashadi va bu holat binoni barvaqt ishdan chiqishiga olib keladi. Me’yoriy xizmat muddati deganda binoning asosiy yuk ko’taruvchi konstruksiyalarining o’rtacha yig’ma muddatiga aytiladi. Bu muddat ichida binoning yuk ko’taruvchi konstruksiyalari o’z vazifalarini bajaradi, ya’ni binoning umrboqiyligi deyiladi. Binoning me’yoriy xizmat muddati uning vazifasiga, hamda qo’llaniladigan ashyo va konstruksiyalarga bog’liq. Kapital remontdan maqsad - binoning jismoniy eskirishni yo’qotish, joriy remontda esa - konstruksiya va muhandislik tizimlarini barvaqt eskirishdan asrash. Kapital remontdashu bilan birga binoning eskirish va undagi hajmiy-rejaviy, sanitar-gigienik va boshqa echimlarning o’sib boruvchi talablarga javob bermay qolishi bilan izohlanuvchi ma’naviy eskirishi ham yo’qotilinadi. Masalan, hozirgi vaqtda balandligi 4 qavatdan yuqoriroq uylarda liftlar o’rnatilishi ko’zda tutiladi, lozim bo’lganda bino joylashishiga o’zgartirish kiritiladi, tovush va issiqlik izolyatsiya kuchaytiriladi, arzonroq va samaraliroq ashyo va konstruksiyalar qo’llaniladi, turar-joy va boshqa xonalarning maydoni oshiriladi va x.k. Rejaviy-ogohlantiruvchi remontlarni o’tkazish bino ekspluatatsiyasi ishonchliligini tavsiflovchi, ya’ni muhandislik, barqarorlik, binoning me’moriy-badiiy ko’rinishi kabi ko’rsatkichlarni saqlash imkonini beradi. Boshlang’ich davrda bino ekspluatatsiyasi aholi bilan ishlash, hovli xududini tozalash, ko’riklar, muhandislik qurilmalarni sozlash va to’g’rilash kabi xizmat ko’rsatish ishlari bilan chegaralanadi. Bino eskirishini oshishi bilan rejaviy-ogohlantiruvchi remont ishlari o’tkaziladi. Ekspluatatsiyaning ikkinchi davri texnik xizmat ko’rsatishdagi talablarning hamma turlarini ichiga oladi va asosiy yuk ko’taruvchi konstruktiv unsurlarda eskirish 80% dan oshguncha davom etadi, undan so’ng chegaraviy holat mintaqasi boshlanadi. SHunday qilib, binoning texnik ekspluatatsiyasi o’z ichiga tarkibi va mazmuni binoni ekspluatatsiya qilish davomida va uning eskirishini oshirishi bilan o’zgarib boruvchi tadbirlar umumlashmasini o’z ichiga oladi 
Texnik xizmat ko’rsatish mintaqasi Texnik ekspluatatsiya
va xizmat ko’rsatish mintaqasi CHegaraviy holatlar mintaqasi
Rejaviyogohlantiruv remontlarini o’tkazishda ma’lum bir davrilikka amal qilinadi. Bunda kapital davriyligi konstruksiyaning turiga va uning materialiga, ya’ni binoning kapitalliligi bo’yicha qaysi guruhga mansubligiga bog’liq. Doiraviy remont hajmini bog’lovchi ekspluatatsiya qilinayotgan binoning va uning
ichki muhandislik qurilmalarining texnikaviy holatini tavsiflovchi dastlabki xizmatlar uy va ermaydonining texnikaviy pasporti hamda uylarning konstruktiv unsurlarini, xonalarning, muhandislik qurilmalarini va tashqi obodonlashtirish ko’riklari natijalari aks ettirilgan bayonnomalardan iborat. Bu ma’lumotlar asosida turarjoy ekspluatatsiya shirkatlari tomonidan uylarni kapital remont qilish va obodonchilik darajasini ko’tarish bo’yicha istiqbolli rejasi, hamda har bir uyning o’rnatilingan remont doiraviyligi bo’yicha profilaktika remontining yillik rejasi ishlab chiqiladi. YUqorida aytilganlardan kelib chiqib binoning texnik ekspluatatsiyasining vazifasi quyidagilardan iborat: turar-joy uylari va konstruksiyalarini va bino qismlarini yaroqli holatda tutish; bino muhandislik qurilmalarining beto’xtov ishlashini ta’minlash; ko’riklarni, hamda joriy va kapital, ya’ni rejaviy-ogohlantiruv remontlarini o’z vaqtida o’tkazish; 
- uy atrof hududini saranjom-sarishta tutish.
Binolarning texnik ekspluatatsiyasi maqsad va vazifalaridan farqli, ularga texnik xizmat ko’rsatishning maqsad va vazifalari bir muncha kengroq. Binolarga xizmat ko’rsatishda o’tkaziladigan tashkiliy tadbirlar quyidagilarni ta’minlaydi:
- fuqarolar bilan turarjoyni tasarrufga o’tkazish haqida shartnomalar tuzish va ularning bajarilishini ta’minlash;
- ixtisoslashgan tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish va ular bilan ishlash, 
masalan, axlatlarni olib ketish, gaz-suv ta’minoti, lift xo’jaligiga xizmat
ko’rsatish va remont qilish va boshqa shu kabilar; 
- pasport ishlarini olib borish.
Binolarga xizmat ko’rsatish va ekspluatatsiya qilishning hamda ko’riklar
o’tkazishning shakl va shamoyilining bunday tus olishi, ularga texnik xizmat ko’rsatishning o’ziga xos ekanligini, yil davomida uzluksiz tavsifga ega ekanligini ko’rsatadi.
SHikastlangan binolarni eskirishi va ularni tashxis etish.
Binolarni vazifasiga ko’ra foydalanish texnologik ekspluatatsiya deb qabul qilingan. Binoni yaroqli holda saqlash bilan bog’liq jarayonlar esa texnik ekspluatatsiya deb ataladi. Har bir bino vazifasiga ko’ra me’moriy jihatdan ko’rimli, chiroyli va umrboqiy bo’lishi lozim. Unda issiqlik va tovush izolyatsiyasi, hamda germetiklik ta’minlanishi, sanitar- texnik qurilmalar mavjud bo’lishi kerak. Binolarning ekspluatatsiyaga yaroqlilikomilllari 2 guruhda o’z ifodasini topish mumkin: Birinchi guruhga fizik-kimyoviy omillar ta’siri ostida konstruktiv ishonchlilik va jismoniy chidamlilikni tavsiflovchi parametrlar, ayniqsa, mustahkamlilik, barqarorlik, konstruksiyalarning namlanishiga va muzlashiga chidamliligi, yo’l qo’yiluvchi deformatsiyalar, tomqoplamalarning germetikligi, gidroizolyatsiya va boshqalar kiradi. Ikkinchi guruh vazifasiga funksional muvofiqlikni tavsiflovchi parametrlar – ma’naviy umrboqiylik, faoliyatyashash sharoitlari (omborxonalardan tashqari), xususan: 
nisbiy maydon va kubaturalari, xonalarning harorat-namlik rejimi, to’siqlarning germetikligi, tovush izolyatsiya, namligi va boshqalar kiradi. Binolarni qurishda loyihada ko’rsatilgan parametrlarning qiymatini ta’minlashi loyiha va QMQ talablarini aniq bajarilishi qurilish-montaj ishlarini yuqori sifatli bo’lishi orqali ta’minlanadi. Har qanday bino berilgan xizmat muddati mobaynida loyihada ko’zda tutilgan va qurishda unga berilgan sifat darajasi saqlanishini hisobga olgan holda quriladi. Masalan, devor etarli mustahkamlik va tovush izolyatsiya hossalari bilan bir qatorda o’zining butun xizmat muddati mobaynida 1 soatda 1 kv.m yuzasidan hisobiy miqdor kaloriyadan ko’p bo’lmagan issiqlik o’tkazishi kerak, isitish tizimi esa o’z navbatida xonaga ma’lum miqdordagi issiqlikni etkazib berishi lozim va shu kabilar. Binoning ma’lum chegaralarida unga qo’yilgan parametrlarni saqlash hossasi binoning ishonchliligi deb ataladi. U me’yoriy vaqt mobaynida berilgan ekspluatatsiyaviy sharoitlarda talab qilinuvchi parametrlarni saqlashi ehtimoli bilan baholanadi. Ishonchlilik loyihalashtirish jarayonida mustahkamlik, barqarorlik, germetiklik va shu kabilarni hisoblash vaqtida qo’yiladi. Bunda ashyolarning xossalarini konstruksiyalarning ishlash sharoiti bilan bog’lovchi koe’ffitsientlar konstruksiyaning yaroqli holda tutib qabul qilinadi. Binolarning ishonchliligi uni qurishda yuqori sifatli ashyolardan foydalanish, ish texnologiyasiga qat’iy rioya qilish, loyiha talablariga to’la muvofiqlik orqali ta’minlanadi. Ekspluatatsiya jarayonida binolarning ishonchliligi pasayishi mumkin, zero tabiiy ta’sirlar ostida, asosan tashqi tarafdan atmosfera omillari va ichki tarafdan turli tajovuzkor texnologik chiqindilar ta’sirida konstruksiya eskiradi va sekin-asta emiriladi. Ekspluatatsiya xizmatining vazifasi berilgan xizmat muddati mobaynida binolardagi ko’zda tutilgan parametrlarni saqlanishini ta’minlovchi chora tadbirlar ishlab chiqilishi va ularni amalga oshirilishdan iborat. Bino parametrlarining saqlanganligiga, ya’ni ularning ishonchligiga ko’plab konstruksiyaning hisobiy sxemasini haqiqiy ish sharoitiga mosligidan to ashyolar sifati va ularni tayyorlash texnologiyasiga rioya qilinishigacha bo’lgan omillar katta ta’sir ko’rsatadi. Binobarin, bu omillarning ko’pchiligi tasodifiy tavsifga ega ekanligidan, ishonchlilik extimoli tavsif kasb etiladi. Bino ishonchliligi 3 asosiy tavsif bilan baholanadi: 
1) buzilmasdan ishlash extimoli (asllik); 
2) umrboqiylik; 
3) remontga yaroqlilik. 
Binoning umrboqiyligi deb, shunday vaqt tushuniladiki, uning mobaynida, remontga ketgan tanaffuslar bilan birga, binoga berilgan chegaralarda ekspluatatsiyaviy sifatlar saqlanib qoladi. Ular to’liq remontda o’zgartirilmaydigan qismlar: devorlar, karkaslar, poydevorlar xizmat muddati bilan aniqlanadi. Binoning qator konstruksiyalari (tom, pol, deraza romlari, muhandislik qurilmalari va boshqalar) odatda kamroq umrboqiylikka ega bo’ladi, shuning uchun ular, birinchidan, davriy ravishda qoplamalar bilan himoyalanadi, ikkinchidan eskirish darajasiga qarab o’zgartiriladi. Umrboqiylik asosan 2 xilga bo’linadi: jismoniy va texnologik yoki ma’naviy umrboqiylik. Jismoniy umrboqiylik konstruksiyalarning jismoniy va texnik: mustahkamlik, germetiklik, issiqlik va tovush izolyatsiyasi va boshqa tavsiflarga bog’liq. Texnologik yoki ma’naviy umrboqiylik binoning o’z mosligiga, unda sodir bo’layotgan funksional yoki texnologik jarayonlarga bog’liq bo’ladi.
Binoning xizmat muddati deganda uning yaroqlik holda ishlash davomiyligi 
tushiniladi. Odatda bino unsurlari, uning tizim va jihozlarining yaroqli holda ishlash davomiyligi bir xil emas. Binoning me’yoriy xizmat muddatini aniqlashda poydevor, devor kabi asosiy yuk ko’taruvchi unsurlarning o’rtacha yaroqlik holda ishlash muddati qabul qilinadi. Bunda binoning ayrim unsurlarini xizmat muddati binoning me’yoriy xizmat muddatidan 2....3 barobar kam bo’lishi mumkin. Bino ekspluatatsiyasining bor muddatida undan yaroqli holda va badastir foydalanish uchun bunday unsurlarni to’la almashtirishga to’g’ri keladi. Masalan, kapitalligi ikkinchi guruhga mansub bo’lgan turar-joy uylarining me’yoriy xizmat muddati 40 yilga teng taxta pollar va 60 yil xizmat muddatiga ega bo’lgan yog’och orayopmalar qo’llashga yo’l qo’yiladi. Demak bunday turdagi uylarning xizmat muddati mobaynida yog’och orayopmalarni kamida bir marta, pollarni kamida 2 marta almashtirish lozim. Bulardan tashqari turli xizmat muddatlariga ega bo’lgan, har xil unsurlardan tashkil topgan muhandislik tizimlarini bir necha marta almashtirishga to’g’ri keladi. Agar markaziy isitish tizimining isitish asboblari – radiatorlar 40 yillik xizmat muddatiga ega, suv o’tkazgich quvurlarning xizmat muddati esa 30 yil. Me’yoriy xizmat muddati binoning kapitalligiga bog’liq o’rtacha ko’rsatkich bo’lib 
QMQ da belgilanadi Bino, inshootlarning va ularning konstruktiv unsurlarning me’yoriy xizmat muddati. Bino va inshootlarning, konstruktiv unsurlarning nomi Me’yoriy xizmat muddati (yillar) Me’yoriy sharoitlarda Tajavvuzkor muhit darajsi Zaif O’rtacha Kuchli Ko’p qavatli binolar (2 tadan ko’proq qavatli) maxsus texnologik vazifaga ega bo’lgan (boyituvchi fabrikalar, maydalovchi kukunlovchi ishlab chiqarish) etajerka ko’rinishidagi ko’p qavatli binolardan tashqari. Pol yuzasi 5000 m2 dan ko’proq temirbeton va metall karkasli, tosh
ashyolardan, yirik bloklardan va panellardan iborat devorli, temirbeton, metall va boshqa chidamli yopmalarga ega bo’lgan bir qavatli binolar. 100 80 60 50
Bino va inshootlarning texnik holatini ekspert baholash. Bino va inshootlarning qurilish ekspertizasi qanday amalga oshiriladi
Bino va inshootlarni texnik ekspertizadan o'tkazish xavfsiz foydalanish imkoniyatini aniqlash uchun zarur bo'lgan bir qator tadqiqotlarni o'z ichiga oladi. qurilish tuzilmalari, shuningdek, favqulodda vaziyatlarga olib kelishi mumkin bo'lgan nuqsonlarni aniqlash. So'rovning bir qismi malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladigan hisob-kitoblar, binolar va inshootlarning holatini o'rganish va tahlil qilishdir.
IPS-MG4.03 qurilmasi yordamida betonning mustahkamligini aniqlash
Qurilish ekspertizasi quyidagi faoliyat doirasida amalga oshirilishi mumkin:
rekonstruksiya yoki kapital ta'mirlashga tayyorgarlik;
turli avariyalar va tabiiy ofatlarning oqibatlarini baholash;
rejalashtirilgan tekshiruv;
sug'urta hodisasi yuz berganda;
ob'ektni sotib olish / sotish / ijaraga olishdan oldin baholash.
O'tkazilgan tekshiruvlar bo'yicha barcha ma'lumotlarni o'z ichiga olgan xulosa jiddiydir huquqiy hujjat, ular ma'lum bir bino yoki inshootga nisbatan keyingi manipulyatsiyalarni amalga oshirishda tayanadilar. Ko'pincha u turli xil sud va idoralararo jarayonlarda paydo bo'ladigan hujjatlar to'plamining ajralmas qismiga aylanishi mumkin.
Ushbu turdagi ishlarni bajarish uchun tegishli SRO ruxsatiga ega bo'lgan malakali mutaxassislar jalb qilingan. Bino va inshootlarning texnik ekspertizasini amalga oshiradigan tashkilot ham ushbu turdagi tadqiqotni o'tkazish uchun litsenziyaga va huquqqa ega bo'lishi kerak.
Quruvchi kompaniya har qanday turdagi va toifadagi qurilish inshootlarini mustaqil ekspertizadan o'tkazadi, ularning holati to'g'risida ob'ektiv ma'lumotlarni ochib beradi. Bu binoning ekspluatatsiyasi, shuningdek uni ta'mirlash, rekonstruksiya qilish, qurish va hokazolar bilan bog'liq turli xil xavflarni minimallashtiradi.

Temir-beton konstruksiyalarning elementlarini mustahkamlash holatini aniqlash


Bino va inshootlarni tekshirishda tekshirish bosqichlari
Texnik ekspertiza doirasida o'rganish uchun asosiy ob'ektlar poydevor tuproqlari va har xil turlari devorlar, shiftlar, ustunlar, balkonlar, zinapoyalar va funktsional yukni ko'taruvchi boshqa asosiy elementlar kabi yuk ko'taruvchi tuzilmalar.
Bundan tashqari, so'rov davomida "Konstruktor" kompaniyasi mutaxassislari barcha mavjud muhandislik tizimlari va kommunikatsiyalariga e'tibor qaratmoqdalar: isitish, konditsionerlik, suv, elektr va gaz ta'minoti, kanalizatsiya, aloqa, ventilyatsiya, axlatni tozalash.

Ob'ektni beton tayyorlashda yoriqlar


Imtihonning uchta asosiy bosqichi mavjud:
Tayyorgarlik ishlari.
Vizual tekshirish.
Instrumental tahlil.
Tayyorgarlik ishlari ob'ekt bilan va mavjud bilan tanishishni o'z ichiga oladi texnik hujjatlar, konstruktiv elementlarning tabiati, tuproqlarning o'ziga xos xususiyatlari va boshqalar haqida ma'lumotni o'z ichiga oladi. Ushbu bosqichning mantiqiy xulosasi mijoz bilan birgalikda keyingi rejani ishlab chiqishdir.
Vizual tekshirish alohida tuzilmalarning holatini baholashni o'z ichiga oladi, bu tegishli xulosalar chiqarishga va kerak bo'lganda ishlab chiqilgan harakatlar rejasini tuzatishga imkon beradi. Bu erda buzilmaydigan sinov usullari ham qo'llaniladi, kerakli o'lchovlar olinadi va mumkin bo'lgan nuqsonlar tashqi belgilar bilan aniqlanadi.
To'liqroq tasavvurga ega bo'lish uchun Konstruktor kompaniyasining mutaxassislari instrumental tekshiruv o'tkazadilar va agar kerak bo'lsa, laboratoriya tahliliga murojaat qilishadi. Ekspertizaning ushbu bosqichi ko'pincha muhandislik va geologik tadqiqotlarni o'z ichiga oladi, buning natijasida poydevor tuproqlarini mustahkamlash yoki boshqa turdagi himoya choralarini amalga oshirish zarurati to'g'risida xulosa chiqarish mumkin.
"Dizayner" kompaniyasi tomonidan imtihon o'tkazish
Muayyan bino yoki inshootga nisbatan rejalashtirilgan har qanday harakatlar, ya'ni buzish, ta'mirlash, sotish, qayta qurish, ijaraga olish / sotib olish / sotish, rekonstruksiya qilish tegishli tadqiqotlarni talab qiladi. Ob'ektning holatining ob'ektiv rasmini olish uni to'g'ri baholash va favqulodda vaziyatlar, turli deformatsiyalar, vayronagarchilik va boshqalar tahdidi bilan bog'liq mumkin bo'lgan muammolardan qochish imkonini beradi.
Sifati inson salomatligi xavfsizligi bilan chambarchas bog'liq bo'lgan bunday tadbirlar uchun mas'uliyat darajasini hisobga olgan holda, biz o'z malakali xizmatlarimizni taklif qilamiz. "Konstruktor" kompaniyasining mutaxassislari katta tajribaga ega, shuningdek, zarur ruxsatnomalar va sertifikatlarga ega. Bu bizga imtihon paytida olingan ma'lumotlarning ishonchliligi haqida ishonch bilan gapirishga imkon beradi, bu esa to'g'ridan-to'g'ri darajani belgilaydi. moliyaviy risklar mijoz.
Ob'ektni tekshirish doirasida uning holatini baholash uchun biz quyidagi harakatlarni amalga oshiramiz:
Ma'lumot to'plash va barcha muhandislik tizimlarining holatini o'rganish. U ularning eskirish darajasini, samaradorlik darajasini va ish faoliyatini yaxshilash uchun qo'shimcha investitsiyalar zarurligini belgilaydi.
Tekshirilayotgan tuzilmaning ishonchliligini bir butun sifatida va uning alohida elementlarini o'rganish.
Baho mumkin bo'lgan oqibatlar, aniqlangan nuqsonlar olib kelishi mumkin bo'lgan va ularni bartaraf etish bo'yicha tegishli choralarni taklif qilish. Bu, shuningdek, u yoki bu hodisa sodir bo'lgan ob'ektlar uchun ham amal qiladi - yong'in, suv toshqini va boshqalar.
O'rganilayotgan ob'ektning holati, shuningdek, aniqlangan muammolarni hal qilish usullari to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan xulosani ishlab chiqish va berish.
Texnik chora-tadbirlar ko'lami mijoz tomonidan bajariladigan vazifalarga qarab farq qilishi mumkin. Xususan, chodirni yoki qo'shimcha qavatni tartibga solish poydevorning operatsion parametrlariga muvofiqligini o'rganish zarurligini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, har qanday rekonstruksiya ishlari amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshirilishi kerak. Aks holda, tugallangan elementlar keyinchalik sud qarori bilan buzilishi mumkin.
"Xavfsizlik va ishonchlilik" tadqiqot guruhi
Qurilish ekspertizasi, Binoni tekshirish, Energiya auditi, Yerni boshqarish, Loyihalash
Qurilish konstruksiyalarini ekspertizadan o'tkazish - har xil turdagi binolarda xavfli shikastlanishlarni aniqlaydigan bir qator ixtisoslashtirilgan tadbirlar. Odatda, ekspertiza binoning eskirish darajasi va undan keyingi foydalanishning maqsadga muvofiqligi va xavfsizligi to'g'risida ekspert xulosasini olish uchun o'tkaziladi. joriy shakl. Ekspertiza natijalariga ko'ra, binoning egasi ta'mirlash uchun etarlimi yoki o'rganilayotgan binoni qayta qurish yoki buzish zarurligini hal qiladi.
Binolarni tekshirish usullari
Qurilish konstruksiyalarini ekspertizadan o'tkazishning bir necha yo'li mavjud va har bir holatda usul mijoz tomonidan uning maqsadlari va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tanlanadi.
Birinchi usul - vizual tekshirish, shu jumladan kompilyatsiya ekspert xulosasi o'lchamlarni o'lchash va ob'ektni tekshirishga asoslangan. O'lchov natijalari binoning dastlabki hujjatlari bilan taqqoslanadi va komissiya binoning strukturasida muammoli joylar mavjudligi haqida xulosa chiqaradi. Ushbu turdagi tadqiqot odatda yuk ko'taruvchi konstruktsiyalarning yangi dizayn yuklariga bardosh berish qobiliyatini tekshirish uchun binolarni qayta loyihalash zarur bo'lganda amalga oshiriladi.
Download 404.09 Kb.




Download 404.09 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Bino va inshootlarning muddatidan oldin eskirishini oldini olish choralari reja

Download 404.09 Kb.