• Hududning demografik ko’rsatkichlari
  • Ijtimoiy iqtisodiy obyektlari
  • Hudud rivojlanish iqtisodiy statistikasi
  • Boshqa hududlar bilan taqqoslash
  • Yashil iqtisodiyot fanidan 2 topshiriq




    Download 221,82 Kb.
    Sana20.11.2023
    Hajmi221,82 Kb.
    #102123
    Bog'liq
    Bekzod

    Yashil iqtisodiyot fanidan 2 topshiriq

    Mavzu: O’zbekiston hududlarining holati

    REJA

    Hududning demografik ko’rsatkichlari

    • Surxondaryo viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1941-yil 6-martda tashkil etilgan. 1960-yil 25-yanvarda Qashqadaryo viloyati bilan qoʻshilgan. 1964-yil fevralda qaytadan tashkil qilindi. Viloyat nomi vohadan oqib oʻtuvchi “Surxon” (fors-tojik: “qizil”) daryosi nomidan kelib chiqqan. Janubidan Amudaryo boʻylab Afgʻoniston, shimoliy, shimoli-sharq va sharqdan Tojikiston, janubi-gʻarbdan Turkmaniston, shimoli-gʻarbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 20,1 ming km². Aholisi 2821,9 ming kishi (2023-yil 1-aprel holatiga koʻra). Tarkibida 14 ta tuman (Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Muzrabot, Oltinsoy, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Shoʻrchi, Qiziriq, Qumqoʻrgʻon), 8 ta shahar (Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Termiz, Shargʻun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon), 114 ta shaharcha, 865 ta qishloq aholi punktlari mavjud (2020). Markazi — Termiz shahri.

    Ijtimoiy iqtisodiy obyektlari

    • Surxondaryo viloyatidagi obyektlar
    • Maktab va maktabgacha ta’lim: 963 ta
    • Universitet va institutlar: 6 ta
    • Shifoxonalar: 62 ta
    • Korxona va tashkilotlar: 22804 ta

    Hudud rivojlanish iqtisodiy statistikasi

    • Jumladan, 2017-2020 yillarda viloyatning yalpi hududiy mahsuloti (YaHM) 17 foizga oshib, 12 trillion so'mdan 24,9 trillion so'mga etgan. Shuningdek, YaHMning xizmatlar sohasi 37,1 foizdan 34,5 foizga, sanoat va qurilish sohasi 12,6 foizdan 15,5 foizga o'sdi.
    • Bozor xizmatlari 37 foizga ko'payib, 3,8 trillion so'mdan 8 trillion so'mni tashkil etdi.
    • So'nggi besh yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 2,2 trillion so'mdan 5,3 trillion so'mga etib, 19 foizga oshdi.
    • Qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 11 foizga o'sib, 2016 yildagi 8,9 trillion so'mdan 2020 yilda 19,9 trillion so'mni tashkil etdi.
    • Viloyatda faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar soni 2016 yildagi 18,8 ming donadan 2020 yilda 29,1 ming donagacha, ya'ni 55 foizga ko'paydi.
    • Infratuzilmani rivojlantirish sohasida 2016-2020 yillarda 32 kilometr gaz quvurlari, 41 kilometr avtomobil` yo'llari va 893 kilometr suv ta'minoti tarmoqlari yotqizildi.

    Hudud rivojlanish iqtisodiy statistikasi

    • Shu davr mobaynida 138 mingga yaqin yangi ish o'rni yaratildi.
    • O'tgan besh yil davomida viloyatda 5560 ming kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirildi, maktabgacha ta'lim muassasalarida 12,7 ming, maktablarda 41,1 ming, shifoxonalarda 2,9 ming qo'shimcha o'rinlar ishga tushdi.
    • Viloyat ulkan iqtisodiy imkoniyatlari, geografik va transport salohiyati bilan mamlakatimiz hayotida muhim o'rin tutadi. Surxondaryoning tabiiy iqlim sharoiti boshqa hududlardan farq qilib, vohada ikki-uch marta hosil olish, issiqsevar o'simliklar etishtirish imkoniyati mavjud. Zamonaviy korxonalar tashkil etilib, yangi ish o'rinlari yaratilmoqda. Qishloq xo'jaligi, kichik biznes izchil rivojlanmoqda.
    • Bundan tashqari, viloyatda foydali qazilmalardan neft` va gaz, toshko'mir, polimetall, osh tuzi konlari bor. Gips, granit, argillit kabi qurilish materiallari, mineral suvli buloq ko'p, deya xabar bermoqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi.

    Boshqa hududlar bilan taqqoslash


    Download 221,82 Kb.




    Download 221,82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yashil iqtisodiyot fanidan 2 topshiriq

    Download 221,82 Kb.