• AYOL REPRODUKTIV SALOMATLIGI VA HUQUQ MASALALARI
  • REPRODUKTIV SALOMATLIK VA HUQUQ TUSHUNCHASI




    Download 28,59 Kb.
    bet10/11
    Sana17.05.2024
    Hajmi28,59 Kb.
    #240523
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Nisbiy ko\'rsatkichlar

    REPRODUKTIV SALOMATLIK VA HUQUQ TUSHUNCHASI
    Reproduktiv salomatlik nafaqat reproduktiv davrida kasallik va patologiyalarni bo‘lmasligi, balki jismoniy, ruhiy va ijtimoiy holatni to‘liqligidir. Reproduktiv salomatlikka asosan, inson o‘zi uchun xavfsiz va qoniqarli bo‘lgan jinsiy aloqada bo‘lishi va qachon, qancha bola tug‘ishini o‘zi hal qilishi kerak. Ayol kontraseptiv usullarning samaradorligi haqida to‘liq axborotga ega bo‘lishi kerak va homiladorlikdan saqlanish usulini o‘zi tanlash huquqiga ega. Shu bilan bir qatorda, ayol bexatar homiladorlik va tug‘ruq huquqiga, sog‘lom farzandlar ko‘rishga va barcha xizmatlar bilan ta’minlanish huquqiga ega.
    AYOL REPRODUKTIV SALOMATLIGI VA HUQUQ MASALALARI
    Ayollarning reproduktiv salomatligi erkaklarnikiga nisbatan xavf ostida turadi, chunki homiladorlik va tug‘ruq ayol organizmida ro‘y beradi. Masalan, istalmagan homiladorlik tufayli qilinadigan abort yoki istalgan homiladorlikdan keyingi tug‘ruqda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlar ayolning reproduktiv salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yaponiyadan kelgan ma’lumotlarga ko‘ra fertil yoshdagi ayollarning umumiy kasalliklari ichida 30% – jinsiy a’zo kasalliklarini tashkil qiladi; erkaklarda esa – 12% (bu ayollarga nisbatan 1/3 to‘g‘ri keladi). Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar: ayollarda – 8,9%, erkaklarda esa – 1,5%. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra ayollar erkaklarga nisbatan jinsiy xavfga 3 baravar ko‘p uchraydilar. Reproduktiv jarayonni kechishi hamda jinsiy a’zolarni tuzilishi va faoliyati orqali jinsiy farq namoyon bo‘ladi. Ayollarning jinsiy a’zolaridagi kasallik belgilari kamdan-kam holatlarda namoyon bo‘ladi, ayollar o‘z xohishlariga ko‘ra profilaktik tekshiruvlardan o‘tmaydilar, shu sababli kasallikni tashxislash qiyin kechadi.
    Har bir insonning individualligi reproduktiv salomatlik va seksuallik tushunchalariga ta’sir qiladi (onalik mohiyati integrasiyasi). Onalik salomatligini saqlash va yaxshilash ayolning reproduktiv salomatligiga bog‘liq. Ayollar sog‘lig‘ini muhofaza qilishning bugungi masalalari: reproduktiv salomatlik va huquqni himoyalash va bunga bog‘liq muammolarni aniqlash.



    Download 28,59 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 28,59 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    REPRODUKTIV SALOMATLIK VA HUQUQ TUSHUNCHASI

    Download 28,59 Kb.