|
akusherlik statsionar quyidagilardan tashkil topgan
|
bet | 6/11 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 28,59 Kb. | | #240523 |
Bog'liq Nisbiy ko\'rsatkichlarakusherlik statsionar quyidagilardan tashkil topgan: qabul bo‘li mi, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi bo‘limlar, chaqaloqlar bo‘limi, shuning dek homilador ayollar patologiyasi bo‘limi. Ginekologik bo‘lim, tug‘ruq kompleksi yoki ko‘p tarmoqli shifoxonalar tarkibida bo‘lib, ginekologik kasalliklari bo‘lgan ayollarni konservativ va jarrohlik yo‘li bilan davolashga yo‘naltirilgan.
Ginekologiya bo‘limi 3 yo‘nalishda ish olib boradi.
Operatsiya yo‘li bilan davolashga muhtoj bo‘lgan bemorlarni gospitalizatsiya qilish – operativ ginekologiya bo‘limi.
Bemorlarni konservativ yo‘l bilan davolash – konservativ ginekologiya bo‘limi.
Homiladorlikni to‘xtatish (abort) palatasi yoki bo‘limi (abortariy).
ona va bola salomatligi markazlari – barcha ayollar va erkaklar hamda o‘smirlarning jinsiy yetilish davrida yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.
uning asosiy ish uslublari: akusher-ginekologik yordam ko‘rsa-
tish, maxsus qabul sharoitida maslahatlar berish, sanitariya-oqartuv ishlarini olib borishdan iborat.
Markazda: akusher-ginekologlar, seksolog, seksopatologlar, andro loglar va psixologlar ish olib boradilar. Markaz oilaviy muammolarni yechishga ham yordam beradi, bu yerga faqat ayol emas, balki erxotin, o‘smir va erkak murojat qilishi mumkin. Markaz mutaxassislari juda katta sanitariya-oqartuv ishlarini ham olib borishadi: o‘rta tibbiy xodimlar maktablarda, o‘rta-maxsus o‘quv muassalarida, oliy o‘quv yurtlarida, ishlab chiqarish korxonalarida turli mavzularda ma’ruzalar o‘qiydilar, suhbat, davra suhbatlari o‘tkazadilar.
Tibbiyot xodimlari bolalar va o‘smirlarning jinsiy yetilishi va tarbiyasida yordam beradilar, bu esa ularning kelajakda oilaviy hayotga tayyorlanishida, ota-ona bo‘lishida javobgarlik hissini uyg‘onishida yordam beradi.
perinatal markazlar respublika va viloyat markazlarida tashkil
eti lib, aholiga akusherlik va ginekologiya xizmatini ko‘rsatish tizil malarid an biri hisoblanadi. Ular tarkibida skrining markazi, repro duktiv salomatlik markazlari bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respub likasida hozirgi kunda respublika poytaxtida va viloyatlar markazlarida alohida faoliyat ko‘rsatuvchi reproduktiv salomatlik, perinatal, skrining mark azlari mavjud.
|
| |