• 5. Kafedra mudirining huquqlari va burchlari.
  • Tashkil etish




    Download 1,2 Mb.
    bet1/11
    Sana01.02.2024
    Hajmi1,2 Mb.
    #149781
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    EHM кафедра хужжати




    PROFESSIONAL TA`LIM O`QUV MUASSALARIDA FAN KAFEDRALARI ISHINI REJALASHTIRISH VA
    TASHKIL ETISH
    USLUBIY QO`LLANMA


    Namangan-2023-yil


    Ushu uslubiy qo`llanma professional ta`lim muassalarida faoliyat ko`rsatayotgan fanlar bo`yicha tuziladigan kafedralar ishini rejalashtirish va tashkil etish uchun mo`ljallangan.


    Unda kafedralar tuzilmasi, kafedra ishini tashkil etishga doir tavsiyalar, kafedrani tashkil etishdan asosiy maqsad va vazifalar, mudirning lavozim vazifalari, burch va huquqlari kabi ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek undan o`quv muassasasida tashkil etilgan kafedra misolida ish yuritish hujjatlaridan namunalar, kafedraga tegishli bo`lgan huquqiy-me`yoriy hujjatlar ro`yxati ham o`rin olgan.
    Tuzuvchilar:
    1. X.Nugmanov, Namangan shahar 2-son
    kasb-hunar maktabi uslubchisi.

    2. A. Ergashev, Namangan shahar 2-son


    kasb-hunar maktabi bosh ustasi.
    3. U.Qoriyev , Namangan shahar 2-son
    kasb-hunar maktabi ”Informatika va AT” kafedrasi mudiri

    Qo`llanma Namangan shahar 2-son kasb-hunar maktabining 2023-yil Avgust oyidagi ilmiy-uslubiy kengashida ko`rib chiqilgan va amaliyotda foydalanish uchun tavsiya etilgan.


    MUNDARIJA

    1. Kirish …………………………………………………………………………


    2. Fan kafedrasini tashkil etish…………………………………………………
    3. Fan kafedrasining asosiy maqsadi…………………………………………….
    4. Kafedra mudirining vazifalari……………………………………………….
    5. Kafedra mudirining huquqlari va burchlari..Kafedraninig faoliyati…………
    6. Fanlar kafedrasining jihozlanishi……………………………………………
    7. Kafedra ishini rejalashtirish…………………………………………………
    8. Pedagogik xodimlarining lavozim vazifalari ……………………………….
    9. Kafedrada ish yuritish bo`yicha meyoriy-huquqiy hujjatlar…………………
    10. Foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlari………………………………

    KIRISH.

    Bugungi kunda Oliy ta’lim tizimidagi katta islohotlar o’z natijasini berishni boshladi,shu qatorda professional ta’lim tizimini tubdan isloh qilish borasida tizimli ish tashkil qilish vazifalari belgilab berilmoqda.Shu jumladan,professional ta’limni rivojlantirish uchun alohida jamg’arma tashkil etilib,unga joriy yilga 50 milliard so’m mablag’ yo’naltirilishi belgilab qo’yildi. Endi har bir viloyat,tuman va shaharlarda kasb – hunar ta’limini rivojlantirish kengashlari tashkil etiladi.


    Kasb-hunar maktablariga bo’lgan yondoshuvlar o’zgarmoqda va ular murakkab kasb – beradigan,mehnat bozorida raqobat qila oladigan kadrlar tayyorlaydigan o’quv muassasasi bo’lishi lozimdir.
    .Professional ta’limda faoliyat ko’rsatayotgan pedagog va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining oylik ish haqlarini 2023-yilning 1- yanvaridan oshiridi.
    Yangi pedagogik texnologiyarni o’quv jarayoniga tadbiq etish, professional ta’lim bosqichlari uchun darsliklar,o’quv va uslubiy qo’llanmalar yaratish,fanlarga doir o’qitish materiallari to’plamlarnini ishlab chiqish va labaratoriya hamda o’quv ustaxonalarida o’tkaziladigan o’quv amaliyotlari mashg’ulotlari sifatini yaxshilash,shu qatorda iqtidorli o’quvchilar bilan ishlashda,o’qituvchilar va ishlab chiqarish ta’ilimi ustalarini ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilishda va boshqa tashkiliy-metodik ishlarni amalga oshirishda kafedraning ahamiyati kattadir. Fanlar kafedra mudirlari bevosita o’quv bo’limi bilan hamkorlikda ish olib boradi,istiqbolli va joriy o’quv yili uchun rejalar tuzib,kafedra ishini boshqaradi.




    1. Download 1,2 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 1,2 Mb.