|
KAFEDRA MUDIRINING VAZIFALARI
|
bet | 3/11 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 1,2 Mb. | | #149781 |
Bog'liq EHM кафедра хужжатиKAFEDRA MUDIRINING VAZIFALARI
Kafedra mudirining vazifalariga quyidagilar kiradi:
Kafedra ishlarini rejalashtirish va boshqarish.
Kafedra a’zolarini hukumat qarorlari, Oliy talim fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy talim fan va innovatsiyalar boshqarmasi, ta’lim muassasasi direktorining buyruqlari va yo’riqnomalari bilan tanishtirish.
Fan kafedrasining bir yillik va istiqbolli (5 yilga) ish rejasini shakllantirish va uni bajarilishini ta’minlash.
O’quv-uslubiy hujjatlarni tayyorlash sifatini va bajarish muddatlarini nazorat qilish.
Kafedra tomonidan o’qitiladigan fanlar bo’yicha ishchi o’quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etish, shuningdek, turdosh fanlardan tayyorlangan ishchi o’quv dasturlariga taqriz va xulosalar tayyorlash.
Pedagoglar tomonidan o’quv dasturlari asosida fanlar bo’yicha taqvim-mavzu rejalarini ishlab chiqishni nazorat qilish va belgilangan tartibda tasdiqlash.
Davlat ta’lim va tarmoq standartlariga muvofiq tuzilgan o’quv rejalari asosida darslarni, laboratoriya ishlarini va boshqa turdagi o’quv mashg’ulotlarini yuqori nazariy, ilmiy-uslubiy saviyada o’tkazishni ta’minlash.
Fanlar bo’yicha darslik, elektron darslik, multimediali ishlanmalar, o’quv-uslubiy va ko’rgazmali qo’llanmalar, o`qitish materiallari to`plami yozishga ko’maklashish.
Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlashni, ularni fan olimpiadasi va ko’rik-tanlovlarda ishtirokini ta’minlash, o’quvchilarni mustaqil tayyorgarlik ko’rishining shakl va uslublarini belgilash. Ilmiy-tadqiqot ishlariga moyilligi bo’lgan yosh pedagoglarni oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilariga biriktirish va ularga uslubiy yordam ko’rsatishga ko’maklashish.
O’quv, o’quv –uslubiy, ilmiy-uslubiy ishlar va ilg’or pedagogik tajribaga bag’ishlangan ko’rgazmalar tashkil etish.
Yosh mutaxassislarga tajribali pedagoglarni biriktirish, ular tomonidan o’quv mashg’ulotlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan va o’qitishning zamonaviy texnik vositalaridan foydalangan holda o’tishini ta’minlash.
Kafedra pedagoglarining malakasini belgilangan muddatlarda oshirishni ta’minlash.
Pedagoglarning mavzu-taqvim rejasini, shaxsiy ish rejasini, kabinet mudirlari va to’garak rahbarlarining ish rejasini ko’rib chiqish.
Fanlar bo’yicha oraliq va yakuniy nazorat ishlari uchun tuzilgan test savollari va amaliy topshiriqlarni to’plash, fanlardan test savollari bankini tashkil qilish.
Fanlar bo’yicha yakuniy davlat attestatsiyasiga oid imtihon materiallarini pedagoglar tomonidan tayyorlashni ta’minlash.
Pedagog kadrlar tomonidan iqtidorli hamda fanlarni o’zlashtirish darajasi pasg bo’lgan o’quvchilar bilan ishlashni tashkil qilish.
Kafedra a’zolarini ilg’or pedagogik texnologiyalarga oid yangiliklar, axborotlar va ma’lumotlar bilan tanishtirib borish.
Ta’lim jarayoni sifatini oshirish maqsadida kafedra pedagoglarining darslarga o’zaro qatnashish jadvalini tuzish va amalda bajarilishini nazorat qilish hamda pedagoglarning darslarini tahlil qilish.
Pedagoglar, kabinet va laboratoriya mudirlari ish tajribalarini o’rganish, umumlashtirish va ommalashtirishni tashkil etish.
Pedagoglarga ochiq namunaviy darslar o’tkazishda amaliy yordam ko’rsatish va tahliliy muhokamada ishtirok etish.
Kabinet va laboratoriya mudirlariga xonalarni ilmiy-uslubiy jihatdan to’g’ri jihozlashda maslahatlar berish.
O’quvchilarning bilim darajasini aniqlashni reyting nazoratini tashkil qilish.
Yil davomida kafedrada bajarilgan ishlar yuzasidan ilmiy-pedagogik kengashda hisobot berish.
Belgilangan vazifalarni o’z muddatida sifatli bajarilishini, ichki mehnat intizomiga rioya qilinishini, pedagoglarni kasbiy malakasini doimiy ravishda takomillashtirib borishni ta’minlash.
Oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari bilan o’z yo’nalishi bo’yicha hamkorlik aloqalarini amalga oshirish.
Fanlar va amaliyotlardan “o’quv materiallari” to’plamlarini ishlab chiqishda pedagog- xodimlar va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga amaliy yordamlar ko’rsatish.
Kafedrani talablar darajasida jihozlash ishlariga rahbarlik qilish.
|
| |