|
FAN KAFEDRASINI TASHKIL ETISH
|
bet | 2/11 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 1,2 Mb. | | #149781 |
Bog'liq EHM кафедра хужжатиFAN KAFEDRASINI TASHKIL ETISH
Fan kafedrasi har bir kasb-hunar maktabi va kollejlarida tashkil etilib, bir yoki bir necha turdosh fanlar bo’yicha o’quv, o’quv-uslubiy, ishlab chiqarish amaliyoti va ilmiy- uslubiy ishlarni amalga oshiruvchi ta’lim muassasasi tuzilmasining tarkibiy qismidir.
Fan kafedrasi—ma’lum bir fan yoki turdosh fanlar pedagoglari va muhandis-pedagoglari birlashmasidan iborat bo’lib, ta’lim muassasasida ishlaydigan pedagoglar, muhandis-pedagoglar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari va boshqa toifadagi pedagog xodimlar, shuningdek o’rindosh hamda soatbay (asosiy bo’lmagan) xodimlardan kamida besh kishidan iborat bo’lgan tarkibda tuziladi.
Fan kafedrasining nomi va kasb-hunar kolleji yoki maktabi tarkibi direktori tomonidan barcha pedagoglarni, jumladan o’rindoshlik asosida ishlovchi pedagoglarni ham inobatga olgan holda rasmiylashtiriladi.
Kafedraning ish faoliyati o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy, ilmiy- uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy uslubiy ishlab chiqarish va boshqa ish jarayonlarini qamrab olgan istiqbolli va joriy ish rejalari asosida amalga oshiriladi.
Belgilangan ish rejalari va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa masalalarning bajarilishi pedagog, muhandis-pedagoglar ishtirokida kafedra majlisida muhokama etilib, qaror qabul qilinadi.
Kafedra va kafedra mudirining ish rejalari ta’lim muassasa direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Fan kafedralari kasb-hunar maktabi, kollej yoki texnikumning ilmiy-pedagogik kengashi qarori va direktor buyrug’i asosida tashkil etiladi yoki tugatiladi.
Ta’lim muassasasida o’qituvchi sifatidagi faoliyati 5 yildan kam bo’lmagan, yuqori malakaga ega bo’lgan, tajribali o’qituvchilar tarkibidan direktor buyrug’i bilan kafedra mudiri tayinlanadi.
Kafedra faoliyati uchun kafedra mudiri mas’uldir.
Kafedra mudiri o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari va uslubchi rahbarligida ish olib boradi.
II.FAN KAFEDRASINING ASOSIY MAQSADI.
Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi Davlat ta’lim standartlari asosida o’quv, o’quv-uslubiy, tashkiliy-uslubiy va o’quv-amaliy ishlarni tashkil etish.
Yosh pedagog kadrlarga o’quv-metodik yordam ko’rsatish, katta tajribaga ega bo’lgan pedagoglarning ish tajribalarini umumlashtirish va ommalashtirish.
Fan yo’nalishi bo’yicha mos bo’lgan oliy ta’lim muassasalari kafedralari va ishlab chiqarish korxonalari bilan sifatli kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlik o’rnatish. Fan kafedralariga tegishli bo’lgan kabinetlar, laboratoriyalar va ustaxonalardagi zamonaviy texnika va texnologiyalardan samarali foydalanishni tashkil etish.
Ta’lim jarayonida o’qitish sifatini oishrishga qaratilgan o’quv- uslubiy va didaktik materiallarni yaratish va ommalashtirish.
Pedagoglarning pedagogik va kasbiy mahoratlarini takomillashtirishda yordam berish.
|
| |