• V. KAFEDRANINIG FAOLIYATI.
  • Fan kafedrasi xonasining jihozlanishi. (tavsiya) 1-rasm
  • Tasdiqlayman”
  • IV. KAFEDRA MUDIRINING HUQUQLARI VA BURCHLARI




    Download 1,2 Mb.
    bet4/11
    Sana01.02.2024
    Hajmi1,2 Mb.
    #149781
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    EHM кафедра хужжати
    Samandar, AYOLLAR YENGIL KOYLAGI DIPLOM ISHI, Rustam diplom ishi, 1-Rus tili oraliq javoblari, Ftizyatriya hammasi
    IV. KAFEDRA MUDIRINING HUQUQLARI VA BURCHLARI:

    Ta’lim muassasasi rahbariyatiga o’qituvchilar, kabinet mudirlari, to’garak rahbarlari va laborantlarni tanlash bo’yicha tavsiyalar kiritish.


    Ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida kafedra o’qituvchilarining darslariga kirish va tahlil qilish.
    Oraliq va yakuniy nazoratlarda, yakuniy davlat attestatsiyasida qatnashish.
    Ta’lim muassasasi rahbariyatiga kafedra a’zolarini ishga qabul qilish, rag’batlantirish yoki intizomiy jazo choralarini qo’llash haqida takliflar kiritish.
    Kafedra a’zolari orasida yillik yuklama va funktsional vazifalarni taqsimlashga doir takliflarni kiritish.
    Guruh rahbarlarini tayinlash bo’yicha taklif kiritish.
    Davlat ta’lim standartlari talablariga mos keladigan darslik va o’quv qo’llanmalari yaratish jarayonida faol ishtirok etish.
    Ta’lim jarayonida orttirilgan tajribalar asosida fanlar bo’yicha Davlat ta’lim standartlariga o’zgartirishlar kiritish takliflarini berish.
    Kafedra tasarrufiga kiruvchi fanlar bo’yicha namunaviy dasturlar va boshqa me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish va takomillashtirish bo’yicha takliflar berish.
    V. KAFEDRANINIG FAOLIYATI.
    Fan kafedrasining faoliyati har bir o’qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining rejasidan kelib chiqib tuzilgan shaxsiy reja asosida olib boriladi va kafedra mudiri tomonidan nazorat qilinadi.
    Kafedraning o’quv-uslubiy ishlari bo’yicha hisobotlarni topshirish muddati va shakllari me’yoriy hujjatlarda belgilangan tartibda olib boriladi
    Fan kafedrasi xonasining jihozlanishi. (tavsiya)



    1-rasm
    1-Eshik; 2-o`quv mashg`ulotlari jadvali; 3- deraza; 4-e`lonlar va buyruqlar doskasi; 5-kafedra mudiri ish stoli; 6-kitoblar javoni; 7-kafedra oynasi; 8-kafedra a`zolari ish stollari. 9-uslubiy burchak;10-kompyuterli bosmaga chiqqarish ish joyi; 11-Wi-Fi tarqatuvchi qurilmasi; 2-televizor; 13-ko`chma muloqot va bahslar uchun ko`chma doska; 14-konditsioner.1 – rasmda professional ta’limning 3 – darajasi, kasb – hunar maktabida tashkil etiladigan Elektromontyor tayyorlov yo’nalishi, Elektromontyor kasbi bo’yicha tashkil etilgan kafedraning jihozlanishini tavsiya etilgan sxemasi keltirilgan.
    Xona yoritilgan, o’quv xonalari va ustaxonadagi labaratoriyalarga yaqin joyda joylashgani maqsadga muvofiq. Xonada kafedra mudiri va a’zolari uchun kompyuterlar o’rnatilgan ish stollari joylashtirilgan.(5va8). Eshikdan (1) kiraverishga chap tomonda kafedra o’qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining o’quv yuklamasi asosidagi o’quv mashg’ulotlari jadvali (2) o’rnatilgan.Qarama –qarshi tomonida esa (4) kasb – hunar maktabi direktori tomonidan chiqarilgan buyruqlar, kafedrada o’tkazilgan ochiq darslar,tadbirlar va boshqa yangiliklar uchun e’lonlar doskasi va uning yonida esa kitoblar javoni (6) mavjud.
    Xonaning to’rida kasb yoki fanlarga doir yangiliklarni o’rganish va ular bo’yicha muhokamalar uchun ko’chma doska (13) mavjud, chap burchakda konditsioner (14), televizor (12), WI-FI to’lqinlarini tarqatuvchi qurilma (11) joylashgan. Kafedradagi ish yuritishga doir hujjatlarni qog’ozga chiqarish va nusxalar olish uchun kompyuterli va nashrga chiqarish qurilmali ish o’rni (10) tayyorlangan.
    Uslubiy burchak (9) da tayyorlov yo’nalishi va kasbga doir namunaviy va ishchi o’quv rejalari, fanlarning namunaviy va ishchi o’quv dasturlari,tarmoq ta’lim standarti,o’qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan ishlab chiqarilgan “O’qitish materiallari to’plamlari”, yo’riqnoma yoki Nizomlar,yaratilgan fotfoliyalar va boshqa huquqiy – me’yoriy hujjatlar joylashtiriladi.Uslubiy burchak alohida bo’limli stellaj ko’rinishida tayyorlangan.
    Kafedrani oynasi (7) kafedra ishini rejalashtirish va yuritish uchun asosiy elementlarning biri hisoblanadi.Unda kafedraning o’quv yili uchun ish va yig’ilishlarini o’tkazish rejalari, tashkil etiladigan ochiq darslar, o’qituvchilarning o’zaro darslarni kuzatish va tahlil qilishlari, ilmiy-amaliy konferensilar, tashkil etiladigan tadbirlar, o’qitiladigan fanlar ro’yxati, o’qituvchilarning o’quv yuklamalari,to’garaklar,ilg’or pedagogik tajriba,xodimlarni Davlat attestatsiyasidan o’tkazish to’g’risidagi Nizom,kafedrada navbatchilik qilish jadvali va boshqa rejalashtirilgan ishlarning jadvallari joylashtiriladi.
    Tasdiqlayman”

    Download 1,2 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 1,2 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    IV. KAFEDRA MUDIRINING HUQUQLARI VA BURCHLARI

    Download 1,2 Mb.