• XII.1 - rasm
  • 19-ma’ruza. Ko‘p qatlamli konlarni ishlatish § Ko‘p qatlamli konlarni ishlashni loyihalashtirishni ba’zi masalalari




    Download 0.58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana21.10.2023
    Hajmi0.58 Mb.
    #89328
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    19-Ma\'ruza
    monitorlar, Attestatsiya savollari informatika fanidan, Analitik kimyo MSM yakuniy tayyor variant, Organik sintez yakuniy tayyor variant, 5-амалий, operatsion amaliy l dilmurodov 4, obyektivka-namuna, Issiqlik almashinish qurilmalari, 1-grafik ish, Poyonova Zaxro ma\'lumotnoma (Автосохраненный), Zamonaviy maktab o’qituvchisining vazifalari, 3-mustaqil ish davomi, 9-sinf-informatika-testlar-6, 11-sinf-informatika-testlar-2, Mavzu Sinfdan tashqari ishlarni ishlarni rejalashtirish va unga-fayllar.org


    19-MA’RUZA. 
    Ko‘p qatlamli konlarni ishlatish 
    § 1. Ko‘p qatlamli konlarni ishlashni loyihalashtirishni ba’zi masalalari 
    Ko‘p qatlamli konlar odatda bir nechta alohida ishlatish obyektiga ega 
    bo‘ladilar. Bu ishlatish obyektlari quyidagilar bilan o‘zaro farqlanadi: maydoni, 
    samarali qalinligi va o‘tkazuvchanligi, neftning qovushqoqligi, neftning va erkin 
    gazning hajmlarini nisbati, yotish chuqurligi, boshqa obyektlar bilan mos tushish 
    darajasi, qazib olinganlik darajasi va nihoyat qidirilganlik va o‘rganilganlik 
    darajasiga ko‘ra. 
    Keng turlilikni orasidan murakkab jamlangan jarayonga ega bo‘lish uchun 
    ma’lum bir xillikni aniqlash va ishlashning oqilona tizimini tanlay bilish kerak. 
    Bir-biridan uglevodorodlar bilan to‘yingan xududiy qalinlikni va fizik 
    xususiyatlarni har xilligi bilan farq qiladigan, uch qatlamdan iborat konga ega 
    bo‘laylik (XII.1-rasm). 
    Geologik-fizik sharoitlarga ko‘ra konni ishlashni ikkita obyektga ajratish 
    maqsadga muvofiq: 1 va 2 qatlamlarni bir ishlash obyektiga birlashtirish, 3 
    qatlamni esa alohida obyekt sifatida ishlanadi. 
    1 va 2 obyektlarni bir obyektga kirgizish shu bilan asoslanadiki, ularning 
    o‘tkazuvchanlik, neftning qovushqoqlik ko‘rsatgichlari bir-birga yakin va bir-
    biridan vertikal bo‘yicha uncha uzoq bo‘lmagan masofada joylashgan. 
    Shuningdek, 2 qatlamda neftning olinadigan zaxirasi nisbatan katta emas (XII.1-
    jadval). 


    XII.1 - rasm 
    1,2,3 – mahsuldor qatlamlar; 
    А – 1-chi qatlam quduqlari; 
    B – 3-chi qatlam quduqlari; 
    V – 1-chi va 2-chi qatlam quduqlari; 
    – neft qatlami; 
    – kontur suvlari; 
    XII.1-jadval 
    Geologik-fizik xususiyatlar 
    Qatlam 



    Neftning boshlang‘ich olinadigan zaxirasi, ming.t 
    200 
    50 
    70 
    Qatlam qalinligi, m 
    10 

    15 
    Qatlam o‘tkazuvchanligi, mkm2
    0,1 
    0,15 
    0,5 
    Neftning qovushqoqligi, mPaּs 
    50 
    60 

    3 – qatlamda 1 – qatlamga nisbatan neftning zaxirasi kam bo‘lgani bilan kam 
    qovushqoqlik neftga ega va o‘tkazuvchanligi yuqori. Bundan kelib chiqadiki, bu 
    qatlamni ochgan quduqlarning mahsuldorligi yuqori bo‘ladi va qatlamni oddiy suv 
    bostirish bilan ishlash mumkin. 
    1 va 2 – qatlamlarda qatlam neftining qovushqoqligi yuqori bo‘lganligi tufayli 
    neftni qovushqoqligini tushirish texnologiyasini qo‘llash lozim. 
    Shuni ta’kidlash kerak-ki, yuqorida sanab o‘tilgan omillardan har birini 
    ishlash obyektiga ta’sirini avvalo texnologik va texnik-iktisodiy tahlil qilish va 
    undan keyingina ishlash obyektlarini ajratish haqida qaror qabul qilish mumkin. 
    Biroq quduqlar sonini iqtisod qilish va kapital harajatlarni kamaytirish 
    maqsadida bir necha qatlamlarni bir ishlatish obyektiga birlashtirishga qiziqmaslik 
    kerak. Malaka shuni ko‘rsatadi-ki, bir ishlatish obyektiga birlashtirilgan mahsuldor 


    qatlamlarning kollektorlik xususiyatlarini har xilligi yuqori bo‘lganligi tufayli 
    haydalayotgan suv bilan neftni siqish bir tekisda kechmaydi, yo‘ldosh suvni 
    olinadigan mahsulot miqdorida ko‘payadigan xududlari yuzaga keladi, buning 
    oqibatida esa qatlamlarning yakuniy neft beraolishligi kamayadi. 

    Download 0.58 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 0.58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    19-ma’ruza. Ko‘p qatlamli konlarni ishlatish § Ko‘p qatlamli konlarni ishlashni loyihalashtirishni ba’zi masalalari

    Download 0.58 Mb.
    Pdf ko'rish