Reja: Ekspluatatsion texnologiyaviylik omillari




Download 23.79 Kb.
Sana06.10.2023
Hajmi23.79 Kb.
#86988
Bog'liq
Mirzohid aka
Hamrayev Mirzohid, 3. Mamajanov Akramjon, kTsyN9tYr8DynxIJEPPbayKocQKk68oBnVnKeFIm, 1698290367 (1), Farrux0, 1696505011 (1), Tahdid razvedkasi 3-amaliy ish, Tarbiya, Singapore Math - Primary Mathematics 4A (MOE Singapore [Singapore, MOE]) (Z-Library), Yuzni tanib olish, p2p, 1702571270, Amaliy ish №13. Kompyuter tarmoqlari. Ishning maqsadi-fayllar.org, labi

Mavzu: Ekspluatasiyada ishonchlilikni boshqarish.
Reja:
1.Ekspluatatsion texnologiyaviylik omillari.
2. Ekspluatatsion texnologiyaviylik ko‘rsatkichlari.
3. Ekspluatatsion texnologiyaviylik darajasini baholash.
UA ni ekspluatatsion texnologiyaviylik darajasi bo‘yicha TXK jarayonini takornillashtirish va ekspluatatsiya korxonalari faoliyatining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Shuning uchun muhandislar ish faoliyatida UA ni ekspluatatsiya qilish texnologiyasini baholashni va tahlil qilishni bilish, TXK hajmiga o‘zgartirish kiritish, ishlab chiqarish talablarini o‘z vaqtida asoslab berishni bilishi kerak. UA ning ekspluatatsion texnologiyaviyligi deb, uning qurilmasi tarkibining umumiy xususiyatlari, TXK va T dagi barcha ishlami iqtisodiy texnologik jarayonlarini ishlatib faoliyat koTsatishi tushuniladi. Bu qurilmaning TXK uslublari va ilg‘or strategiyalarga moslashganidir. TXK uslublaridan, misol, agregat-uzel ta’mirlash, reglament usuli va texnik holati bo'yicha TXK ning strategiyasi, qurilmaga TXK da alohida operatsiyalarni bajarishga moslashganligi, shu qatorda shikastlanish va ishlamay qolishliklarni bartaraf etish operatsiyalari kiradi. Ekspluatatsion texnologiyaviylik bir qator holatlardan aniqlanadi. Qaysiki, UA ni yaratishda barcha ekspluatatsiya shartlarini bajarish uning vazifasidan iboratligi belgilanadi. Ular o‘zaro bog'liq konstruksion ishlab chiqarish va ekspluatatsion, omillar guruhlariga birlashadilar. Konstruktsion ishlab chiqaruv omillariga: kirishlik, tekshirishga yaroqlilik, oson oluvchanlik, o‘zaro almashinuv, yerda xizmat koTsatish vositalari va tekshiruv-o'lchov apparatlarining izchilligi, funksional tizim va agregatlarning bir xilligi kiradi. Ekspluatatsion omillar guruhiga: TXK formalarini tashkillashtirish, ishlab chiqarish texnik bazasining holati, mutaxassislar malakasi, ehtiyot qismlar va materiallar bilan to‘la ta’minlash, shuningdek, ekspluatatsion-texnik hujjatlarning toialigi va sifatliligi kiradi. Konstruksion ishlab chiqaruv holatlari qurilmaning o‘zini xususiyatini aniqlaydi va UA ni yaratishda hisobga olinishi kerak. Ekspluatatsion omillar esa qurilma 13 xususiyatlari namoyon bo‘ladigan muhitni aniqlaydi va UA ni yaratishda hamda ekspluatatsiya davrida hisobga olinishi kerak. Ekspluatatson texnologiya va ekspluatatsion omillar ta’sirini, kamsitmagan holda aytish mumkinki, UA qurilmasini talab qilingan xususiyatini TXK va T ga moslasliganligi uni loyihalash va ishlab chiqarish bosqichlarida ta’minlanadi. Asosan ana shu bosqichlarda tegishli konstruksion texnologik yechimlar UA ni zarur ekspluatatsion xususiyati ta’minlanadi. TXK va T lanuvchi obyektga yaqinlashishlik — bu mu him holatlardan biri bo‘lib, u TXK va T da vaqtni tejalishini va mehnat sarf-xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, tasodifiy ishlamay qolish va shikastlanish joylarini aniqlash va ularni bartaraf etish omillaridir. Yaqinlashishlik deb, awalo, TXK va T da ishchining qulay ishlashi, qo’shimcha ishlarni minimal holatda bajarilishi tushuniladi. Ishchining qanday holatda ish yuritishi — uning harakat unumdorligini (o’rtacha 100...30%) belgilaydi. Boshqa holatda bir xil hajmdagi ishni bajarganda ko‘p mehnat va uzoq muddat talab qilinadi. Yaqinlashishlik tushunchasiga, ishchining qulay ishlashidan tashqari, obyektga TXK va T minimal qo’shimcha ishlar olib borishga uning yaroqliligi kiradi. Bunda qo'shimcha ishlarga panellarning ochilib yopilishi, lyuklar qopqoqlarini, o'rnatilgan jihozlarni montaj qilish va demontaj qilish hamda boshqa ishlar kiradi. Nazoratga yaroqlilik — UA tizimlari va jihozlarini turli vosita va usullar (awalo, texnik tashxis asboblari va buzmasdan tekshiruv vositalari) bilan tekshirishni olib borish omilidir. UA qurilmasini nazoratga yaroqlilik muammosining ahamiyati, birinchi navbatda, uning ishonchli ishlash talabini ta’minlash bilan aniqlanadi. U yoki bu usul va vositalar bilan tekshirishga qurilmani moslashganligini ta’minlash qo‘shimcha xarajatlar bilan bog’liq bo‘ladi. Lekin ular ishonchlilikning oshishi hisobiga, UA dan samarali foydalanganda va TXK hamda T ga ketadigan xarajatlarning kamayishi hisobiga ketgan xarajatlarni qoplaydi. Nazoratga yaroqlilik asosiy ta’sirni yangi, samarali TXK va T usullarini amaliyotga kiritadi, shuningdek, buyumlarni texnik holati bo‘yicha almashtirish va xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi. Oson oluvchanlik deb, buyumni vaqt va ishni minimal sarfi bilan almashtirilish yàroqliligiga aytiladi. Uni yaqinlashishlik bilan aralashtirmaslik kerak. UA da shunday detal va buyumlar uchraydiki, ularga yaqinlashish oson, ammo ekspluatatsiyada ularni almashtirish juda qiyin. UA ni ekspluatatsiyasida ishlamay 14 qolishliklarni bartaraf etish buyumni almashtirish yoii bilan bo'lganda, oson oluvchanlik orqali vaqt tejaladi. UA ni turib qolishiga ehtiyoj bolmaydi va parvozning muntazamligi oshadi. Oson oluvchanlik — ekspluatatsiya davrida almashtiriladigan buyumlarga qollanadigan biriktirish usullari va nazorat tekshiruv apparaturalari o‘rindoshligi deb, yangi turdagi UA ga xizmat koTsatish uchun mavjud qurilma boMinmalari, olib qo'yiladigan elementlarning o‘lchamlari va og'irligi bilan aniqlanadi. Detal va buyumlarning o‘zaro almashinuvchanligi — bu ularning shunday xossasini anglatadiki, bunda bir xil detal (buyum) larni hech qanday tanlovsiz xohlaganini olib moslashtirishsiz UA ga o ‘rnatish mumkin. Moslashishning hajmiga qarab, o'zaro mos ahnashinuvchanlik darajasi belgilanadi. Qanchalik moslash ishlari hajmi kam bo‘lsa, shunchalik o‘zaro almashinuv darajasi yuqori bo'ladi. Oxirgi ko‘rsatkich ish xarajatlarini kamaytirishda katta ahamiyatga ega. UA ning turib qolishi va materiallariga TXK va T — bu omillardan birinchi oTinda agregat-uzellarni ta’mirlashda, agregatni texnik holati bo'yicha almashtirish usuli va ta’mirlashda foydalaniladi. Yerda xizmat ko‘rsatish. Bu vositalar soni TXK va T talablarini qanchalik qondirsa, shunchalik ekspluatatsiya qilish texnologiyasi yuqori boladi. Bu holat ish joyini tashkillashtirish va xizmat ko’rsatuvchi xodimga qulaylik yaratishga, TXK va T narxi ham da muddatiga katta ta’sir etadi. UA funksional tizimi va buyumlarini birxillashtirish — bu nafaqat ekspluatatsion texnologiyaviylikni oshirish, balki UA parkining ekspluatatsiyasi samarasini ko'tarishda muhim omillardan biridir. UA ni har xil turlarida buyumlarning birxilligi TXK va T ni arzonlashtiradi va osonlashtiradi, korxona omborlarida ehtiyot qism |ar nomenklaturasini kamaytiradi, tekshiruv-sinov apparatiga.
Ekspluatatsion texnologiyaviylikni tahlil etish va baholashda miqdoriy ko'rsatkichlar kerak boladi. Ular UA qurilmasini ekspluatatsion texnologiyaviylik nuqtai nazaridan tavsiflashi kerak. Ularga quyidagi talablar qo’yiladi: ekspluatatsion texnologiyaviylikni aniqlovchi holatlarni maksimal hisobga olish; yangi UA ni, dvigatel va agregatlar yaratilayotganda bu ko'rsatkichlarning ishlatilishi; sinash va ekspluatatsiya bosqichlarida 15 ekspluatatsion texnologiyaviylik darajasini amaliyotda baholashda ko'rsatkichlarni ishlatishning qulayligi; holatlar o'zgarishining sezilishi ekspluatatsion texnologiyaviylik darajasiga ta’sir qilishi. Ekspluatatsion texnologiyaviylikni aniqlovchi turli holatlarning katta sonini to‘la hisobga oluvchi biron bir ko'rsatkich bilan baholash qiyin. Shuning uchun barchasini baholashda umumlashtirilgan va yagona ko’rsatkichlar ishlatiladi. Umumlashtirilgan ko’rsatkichlar qatoriga quyidagilar kiradi: TXK va T ning tezkor solishtirma davomiyligi — Kt — soati 1 soat parvozga. Bu ko’rsatkich UA ning unda hamma turdagi TXK va T ishlarini bajarishga moslashganligini ifodalaydi. TXK va T ning tezkor solishtirma ish hajmi — Km — odam-soat 1 soat parvozga. U funktsional tizimlarni belgilangan darajada ushlab turish, shuningdek, UA ni sozlik va ish faoliyatini ta’minlaydigan ish hajmini belgilaydi. Keltirilgan ko‘rsatkichlarda «tezkor» so‘zi — hisoblashda faqat UA da TXK va Tdagi vaqt hamda ish hajmiga ketgan xarajat hisoblanib, ishdagi har xil tanaffuslar, qo‘shimcha ish xarajatlari hisobga kirmasligini bildiradi; TXK va T da material va ehtiyot qismlarning solishtirma narxi — Kz — so'mda l soat parvozga. U UA da buyumlarni almashtirish chastotasini va narxlarini ham koTsatadi; TXK ning tezkor turida ishlamay qolishlikni bartaraf etishqing o’rtacha vaqti tv; ishlamay qolishlikni bartaraf etishning jadalligi (kundalik ta’mirlash) m; rejadan tashqari kundalik ta’mirlashni bajarilish ehtimoli Ru, uni to‘xtash joyidagi berilgan interval vaqti t 3 . Bu ko‘rsatkich ishlamay qolishni bartaraf etishni tasodifty vaqti t berilgan vaqt t3 dan oshmaslik ehtimolini koTsatadi. U UA ni kundalik ta’mirlashni tezkor jarayonida qisqartirilgan vaqt ichida o'tkazishga moslashganligini tavsiflaydi. Yagona ekspluatatsion texnologiyaviylik ko’rsatkichiga UA qurilmasining alohida xossasi kiradi. Ularning nomenklaturasi awalo, konstruksion ishlab chiqaniv holatiga qarab tanlanadi: yaqinlashishlik, oson oluvchanlik, nazoratchanlik, izchillik va boshqalar. Har bir qurilmaning xossasi mos ravishda 0 dan 1 gacha oraliqda o‘zgaradigan o’lchamsiz koeffitsiyent bilan baholanadi. Bu koeffitsiyentlar yaqinlashishlik Kj, oson olinuvchanlik K), o‘zaro almashittuv Kv, nazoratchanlik K^, izchillik KD.
Ekspluatatsion texnologiyaviylik darajasini baholash. U o‘z ichiga qurilmani sifatli tahlil va texnologik darajani miqdoriy baholashni oladi. Sifatli tahlilni o'tkazayotganda qurilmaga TXK va T dagi barcha operatsiyalarni bajarganda unga moslashganlik bahosi beriladi. Bunda uning texnologiyasini nazarda tutib, holati aniqlanadi va qo‘llaniladigan asboblar ko‘rinishi, shuningdek, ekspluatatsion texnik hujjatlarning toialigi va sifatliligi baholanadi. UA sifatli tahlilda qurilma xulosalari bahosi konstruktiv fikrlar bilan tenglashtiriladi, bu xulosalar eng yaxshi UA turlaridan olinadi. Ekspluatatsion texnologiklik darajasining miqdoriy bahosi tahlilning soiiggi bosqichi boiib, UA ning ekspluatatsiya, ishlab chiqarish va loyihalash bosqichlarida ishlab chiqiladi. Quyidagi bosqichlardan olingan natijalarni ekspluatatsion texnologiklikka yakuniy xulosa qilinadi va UA turi baholanayotganda konstruktiv-texnologik xulosalarining o‘zgarishi bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Miqdoriy baholashni texnologik darajasining oddiy va ishonchli usulini qayta ishlash muhim masala hisoblanadi. Uni hisoblash uchun differensial usuldan foydalaniladi, bu — buyumni sifatlilik darajasini aniqlashda qo‘llaniladi. Quyidagi holatda ekspluatatsion texnologiklik darajasining nisbiy tavsifnomasi hamma texnologik ko'rsatkichlarga tengligi baholanayotgan obyektni bazali (etalonli) koTsatkichlariga asoslangan. Etalon boiib UA ekspluatatsion texnologiyaviyligini ta’minlovchi talablar xizmat qilishi mumkin. UA ning ekspluatatsion texnologiyaviylik darajasini baholash har bir ko‘rsatkichni differensiallash orqali bajariladi. Birinchi. o‘rinda umumlashgan (texnik-iqtisodiy) ko‘rsatkichlar quriladi, keyin ba’zi muhim buyumlar, texnik talablarning izohlari, yagona (texnik) ko‘rsatkichlar. Oichov tenglashtirishda nisbiy ko‘rsatkichlar qabul qilinadi: 22 ßi=Kie/Ki, yoki ßi K j/K je bu yerda, K¡ — i-li ko'rsatkichi baholanayotgan UA ning ahamiyati; K¡e — i-li bazali ko'rsatkichning ahamiyati. Har bir ßj li ko‘rsatkich uchun keltirilgan ifodadan tanlanadi, bu ifodada uning oshishi ekspluatatsion texnologiyaviylik darajasini oshirishga javob beradi. Texnologiyaviylik darajasi Km, K2 , Kz asosiy ko'rsatkichlar bo'yicha birinchi ifoda orqali baholanadi, bunda ko'rsatkichning oshishi texnologiyaviylikning yaxshilanishini ko‘rsatadi. Ekspluatatsion texnologiklik darajasini ehtimoliy ko'rsatkichlarda baholash Pv{t Q, t 3 } ko'rinishida va harnma yagona ko'rsatkichlar (oson oluvchanlikdan tashqari) ikkinchi ifoda orqali bajariladi, bu holda texnologiklikning yaxshilanishi ko'rsatkichlar mohiyati oshishiga bog'liq.
Ekspluatatsion texnologiyaviylikni ta’minlovchi amaldagi talablar quyidagi asosiy qoidalarni o'z ichiga oladi: ko'rsatkichlaming talab qiluvchi ahamiyati, TXK va T ni qabul qilingan strategiyasi, qurilmaga qo'yilgan talablar, tizim va jihozlarning konstruktiv bajarilishi bo'yicha talab va tavsiyalar. Yangi turdagi UA ning qurilmalariga qo'yilgan talablar asosida ekspluatatsiyada funksional tizimlar va ular buyumlarini texnik holatiga nisbatan TXK va T, UA planerini ekspluatatsiyasida uni uzel va elementlarini reglamentli ta’mirlash va tekshirish dasturi qo'llaniladi. Bunday TXK va T dasturlarining qo'llanilishi UA ni qurayotganda quyidagi talablarga asoslanadi: 23 — UA qurilmasining funksional tizimi, buyumlari, jihozlari tekshiruvga yaroqli, parametrlarini diskret tekshiruvga ta’minlash imkoniyati, ularning texnik holatini ifodalovchi bo'lishi kerak; — planer qurilmasining kuchli uzellar va elementlari, tekshiruvga yaroqli, TXK va T da buzmasdan tekshiruvni fizik usullarini qo'llanilishinj ta’minlaydigan bo'lishi kerak; — planer uzellarini, qurilmasi va funksional tizimlari, UA buyum va jihozlarining joylashishi, ularning kompanovkasi yuqori darajada ekspluatatsion texnologiyaviylik bo'lishi kerak; — planer qurilmasi shunday moslashgan bo'lishi kerakki, unda agregat-uzellarni ta’mirlash qulay bo'lishi, agrégat, uzel va elementlarni o'zaro almashuvchanligini ta’minlash (moslash va sozlash ishlarini minimal ravishda bajargan holda) va almashish fondidan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lgan holda TXK va T da buyumlami almashtirishdagi tezkor vaqt (moslash ishlari va almashtirgandan so'nggi tekshiruv), quyidagi qiymatlardan oshmasligi kerak: 70% dan kam bo'lmagan hamda buyumlar uchun (birinchi o'rinda aviatsion buyumlar va radioelektron jihozlar) - 30 minutgacha. Bu vaqt UA aeroportlarda reyslar bajarganda qisqa vaqt ichida turib qolish faoliyatida aniqlanadi; 20% dan kam bo'lmagan tizim buyumlari - 30 minutdan 1 soatgacha. Boshqa buyumlar uchun - 1..8 soat, bunda almashish davomiyligi 6...8 soat bo'lgan buyumlar soni 1% dan ko'p bo'lmasligi kerak. Qurilmada bajariladigan moylash, tekshiruv-mahkamlash, tekshiruv-sozlash ishlarining tafablari, moylash turlari sonini kamaytirish va qo'llanadigan moy idishlarni unifikatsiyalash hamda boshqa moylashga moslashgan jihozlarni ham; rezbali birikmalarga yengil kirib borish, unda boltlarni tortilganlik momenti tekshiriladi; mahkamlanadigan detallar sonini qisqartirish; bolt va gaykalar boshlarini kalit o'lchamiga moslash; buyumlarda datchiklar, chiquvchi qurilmalar o'rnatishni ta’minlash TXK da parametrlarni diagnostik o'lchash maqsadida, UA da ularni demontaj qilishsiz; birlashadigan joylarni unifikatsiyalash, UA ga tekshiruv-apparatini bog'lanishi. UA da alohida tizim va jihozlarni joylashtirish talablari quyidagilarga tayanadi: yaqinlashishni ta’minlash, UA ni har xil tizimlariga TXK va T da buyumlami oson oluvchanligi va o'zaro almashuvchanligi. Yechiluv buyumlarini montaj uzellariga guruhlashtirish va ularni maxsuslashtirilgan otseklarga joylashtirilishi xizmat ko'rsatuvchilarga me’yoriy (normal) sharoit yaratadi. 24 Ekspluatatsion tcxnologiyaviylik qo‘yilayotgan talablar yechilishi uchun konstruktorlar byuroci, ishlab chiqarish zavodlari, ilmiy tadqiqot tashkilotlari, fuqaro aviatsiyasini ekspluatatsiya va ta’mirlash tashkilotlarining mutaxassislari birgalikda qo'shilib ishlashgandagina amalga oshirish mumkin. Hamma ishlar shartli ravishda bosqichlaiga boMinadi. Birinchi bosqicli axborot yig’ish bilan, tahlil o‘tkazish va olingan materiallami tizimlashtirish asosida o’tadi. Ikkinchi bosqichda ekspluatatsion texnologik bo'yicha zarur boshqaruv texnik materiallarini qayta ishlash bo‘ladi. Uchinchi bosqichda bajarilayotgan talablar va UA ni yaratish, uni sinash davridagi ekspluatatsiya qilish texnologiyasi darajasini baholash ishlari olib boriladi. Asosiy ish hajmi birinchi va ikkinchi bosqichdagi tadqiqotlar fuqaro aviatsiyasini ilmiy tadqiqot, ekspluatatsiya va ta’mirlash korxonalari mutaxassislari bilan amalga oshiriladi. Konstruktorlar byurosi va zavod mutaxassislari ham bu ishlarda ishtirok etadilar, ammo ularning ishtirok etishi, asosan, tayyorlangan materiallami ko‘rib chiqish va muvofiqlashtirishdan iborat. Uchinchi bosqichdagi tashkiliy ishlar, AT ni qurilmasida tashkil etuvchi obyektlarning texnik talablarini amalga oshirish bilan bog’liq. Shartli ravishda quyidagilar qabul qilinadi: yangi buyumni yaratishdagi ekspluatatsion texnologik jarayonni ta’minlash, shu kabi aerodinamikli, mustahkam, massali va boshqa ko'rsatkichlar, davlat hamda ekspluatatsiya sinashlarini o‘tkazish jarayonini tekshirish. Ekspluatatsion texnologiya bilan ta’minlash UA ni loyihalashning hamma bosqichlarida bo'ladi. Buyurtmachining roli talablaming bajarilishini tekshirishga Xjaratiladi. Asosiy konstruktiv-texnologik yechimlarning ko‘rib chiqilishi emas, konstruktorlarga kerakli ma’lumotlami berishdan iborat. Yangi turdagi UA larini yaratishda konstruktorlar byurosiga malakali mutaxassislar, ekspluatatsiyachilar, UA ni ishlab chiqarilishi bilan tanish bo’lganlar hamda unga TXK va T ni yaxshi biladiganlar taklif etiladi
Xavfsizlik va parvoz muntazamligi, UA dan foydalanishning iqtisodiy ko‘rsatkichlari parvozlarning to’xtovsiz boiishiga qarab aniqlanadi. Buzilmaslik deb, obyektning qandaydir vaqt davomida yoki ishlash muddatida ishchan holatini saqlab turish qobiliyatiga aytiladi. Buzilmaslik — bu buyuinning ishonchlilik xususiyatidan biridir. UA qurilmasining borgan sari murakkablashgani bois, uning buzilmasligiga e’tibor kuchaytirildi, shuningdek, uning ko'p qismlardan iborat bo'lgan tizimlariga bloklar va uzellar liamda ular bajaradigan funksiyalarning bir maromda ishlashini oshirishga dolzarbligini kuchaytirdi. AT ning buzilmasdan ishlashiga, shuningdek, uning sifatiga turli omillar: loyihalash, ishlab chiqarish va ekspluatatsiya sharoitlari ta’sir qiladi. Oinillarni talilil qilishda UA tizim agregatlarining ishdan chiqishi konstruksion, ishlab chiqarishdagi kamchiliklar va ekspluatatsiyada shikastlanishidan kelib chiqadi. UA tizimi, agregatlari, kuch qurilmasining ishonchliligi yetarli eniasligi, nazoratga yaroqliligining qoniqarsizligi, shuningdek, TXK jarayonida texnik holati uchish oldindan yetarli darajada tekshirilmasligi oqibatidir. Uchish va qo'nishda shassiga ta’sir qiluvchi dinamik kuchlar; bir xil turmaydigan aylanuvchi massalarga ta’sir qiluvchi vibratsion kuchlar; germokabinadagi ortiqcha bosim; qurilmaga ta’sir etuvchi akustik bosim; dvigatelning issiq qismlariga ta’sir qiluvchi termik kuchlar; gidro va pnevmo tizimdagi bosimning puisatsiyasi; yaxlashdan qurilma massasining oshishi; quyosh radiatsiyasi, past 6 temperaturalar; atmosfera yogdnlari va boshqalarni kiritish mumkin. Yuqorida keltirilgan omillarning UA ga ta’siri uning konstruksion materiallar tuzilmasini o‘zgartiradi, tutashgan detallarni islidan chiqishi, himoyalovchi qoplamaning shikastlanishi, zanglashiga olib keladi va oqibatda nuqsonlar, nosozlikiar, buzilishlar sodir boiib, vaqt o‘tgan sari ularning soni osha boshlaydi. Har bir obyekt ekspluatatsiya jarayonida soz, nosoz, ishga yaroqli, ishga yaroqsiz holatda boiadi. Soz holat — bu obyektning konstruktiv va me’yoriy-texnik hujjatdagi barcha talablarga mos kelgan holatdir. Agar obyekt soz bodsa, u doimo ishga yaroqli bodadi. Nosoz holat -shunday holatki, konstmktiv va me’yoriy hujjatdagi talablardan birontasiga to ‘g‘ri kelmagan holdir. Obyektning nosoz holatga o‘tishi unda shikastlanganlikning paydo bodishidir. Shikastlanishning paydo bodishi — lat yeyish yoki islidan chiqish kodinishida bodadi. Shikastlanish — bu shunday hodisaki, unda obyekt holatining sozligi buziladi. Bunda obyektning ishchanligini aniqlovchi bir qator parametrlar belgilangan chegarada bodib, obyektning boshqa, uning ishchanligiga bevosita ta'sir qilmaydigan tavsifnomalari talablarga javob bermaydi (bo’yalishning buzilishi, zanglashi, tashqi timdalangani va boshqalar). Ishlamay qolishlik — bu obyekt ishchanligining buzilishidir. Ishga yaroqlilik deb obyektning shunday holatiga aytiladiki, uning parametrlari me’yoriy-texnik talabiga to‘gdi kelishidir. Ishga yaroqsiz holatga obyekt soz va nosoz holda odishi mumkin. Shikastlanish xarakteri bo‘yicha yaroqsizlik va ishlamay qolishlikni xavfli va xavfsiz turlarga bo‘lish mumkin. Xavflilari obyektni aviatsion halokatga keltiradi, ularni iléyi boricha tezroq bartaraf qilish kerak. Xavfsizlari UA ning ekspluatatsiyasida tanaffuslar talab qilmaydi va u reglament ishlarida sekin-asta yo'qotiladi. AT ga TXK ning asosiy masalalaridan biri — UA ni ekspluatatsiya jarayonida ish holatida ushlab turish, ishlamay qolishliklar, nosozliklarni bartaraf qilish hisobiga va uning ishga yaroqliligini rnaxsus muhandis-texnik ishlarini bajarish orqali qisqa muddatda tiklashdir.
Ishlamay qolishlikning sababi: UA ni yaratilayotganda, ishlab chiqarishda va ta’mirlashdagi xatolar; ekspluatatsiya me’yorlari va qoidalarning buzilishi; islidan chiqishi va eskirishning tabiiy 7 jarayonidan iborat. [shlamay qolishliklar holatiga qarab ikki xil, ya’ni to‘satdan va asta-sekin turlariga bodinadi. To‘satdan ishlamay qolishlik — bu obyektning asosiy parametri ko‘rsatkichining to‘satdan o‘zgarib, joizlik chegarasidan chiqishi. Bunday ishlamay qolishliklar, asosan, mexanik shikastlanishlardan paydo bo‘ladi (sinishlar, yoriqlar, yirtilishlar va boshqalar). Asta-sekin ishlamay qolish — bu obyektning asosiy parametri ko‘rsatkichini asta-sekin o‘zgarib, joizlik chegarasidan chiqishi. bunday ishlamay qolishlar quyidagi jarayonlarga bog‘liq: yeyilishi, eskirish, materialning, siljuvchanligi va hokazolar. Ishlamay qolishliklarni paydo bodishi konstruksion, ishlab chiqaruv va ekspluatatsion sabablarga bo'linadi. AT ni shikastlanishi va ishlamay qolish mexanizmining paydo bodish sabablari: charchash holati, yoriqlar, deformatsiyalar, ekspluatatsion yuklamalar orqali bodadi; qo‘zg‘aluvchi birikmalarning ishi, rezbali birikmalar va parchinlangan choklarni bo'shab qolishi, ishqalanib yemirilganlik va qurilma elementlaming turli mexanikaviy yemirilishlari; yuklanishning yagona harakati bilan vujudga kelgan, parvozning asosiy shartlarini hisobli va bogdangan holda ortishi (kuchli silkinish, momoqaldiroq, chaqmoq va UA ni boshqarishda qoidalarni buzishi (qo‘pol qo'nish, katta tezlikda yerga qo'nish, mini noto'g'ri burish va hokazo) evaziga hosil bodgan deformatsiyalar; UA ning tizimlarida, agregatlari va uzellarida foydalaniladigan maxsus suyuqliklar va moylar xususiyatining yo‘qolishi; bo‘yoq bilan bo'yalgan va himoyalovchi qoplamalarning buzilishi; UA qurilma elementlarining chirishi; TXK hamda yuk ortish va tushirish ishlarini bajarganda ehtiyotsizlik orqali mexanik shikastlar (deformatsiya, teshiklar, qirilishlar va boshqalar) bodadi. Ishlamay qolishlik va nosozlik paydo bodishini bartaraf etish maqsadida ularning sababini tahlil qilishda, profilaktik tadbir odkazishning quyidagi omillar bo‘yicha turlajga bodinishi muhim ahamiyatga ega: UA ga -yerda TXK da, parvozda, AT ni sinash davrida aniqlanish vaqti bo'yicha: oqibatlar bo‘yicha (oqibatsiz, reys ushlanib qolinishi, parvoz davrida maxsus vaziyatni yuzaga keltirish yoki aviatsion hodisani yuzaga keltiruvchi shartsharoitlarni yaratish va boshqalar); sabablar bo'yicha (konstruksion ishlab chiqarish kamchiliklari, uchuvchilar tarkibi va muhandistexniklarning xatolari, tashqi va tasodifïy sabablar); tuzatish usullari bo'yicha (tezkor va davriy TXK va T paytida). UA tizimi murakkabligi sababli ekspluatatsiya jarayonida biron bir qurilmaning ishlamay qolishi, u kiradigan tizinini butunlay 8 nosozlikka olib kelmaydi. AT ning ishlamay qolishlik oqibatlarini quyidagilarga ajratish mumkin: fojeali ishlamay qolishlik, bu, odatda, aviatsion hodisa bilan tugaydi (havoda samolyot qurilmasining buzilishi, ishlamay qolishi — bular oqibati portlashga olib keladi va hokazo). Kritik ishlamay qolishlik xavflidir va u aviatsion hodisaga olib kelishi mumkin. Parvoz davrida bunday ishlamay qolishlikni qaytarish vaqtning tanqisligi va yuqori emotsional — sharoitlarida murakkab operatsiyani bajarish bilan bogdiqdir. Bunga dvigatelning boshqaruv tizimi va boshqa muhim agregatlarini, UA tizimlarini ishlamay qolishini kiritish mumkin; chegaraviy ishlamay qolishlik - parvozning buzilishiga olib kelishi agregat yoki UA tizimi ishlashining yomonlashishidir. Bunday ishlamay qolishliklarni ekipaj osonlikcha bartaraf etadi; xavfsiz ishlamay qolishlar — xavfli holatlarga olib kelmaydi, lekin uchish davrida biroz qiyinchiliklarga duchor bo‘ladi. Samolyotni turli tizimlarning yoki uning alohida elementlarining ishonchlilik darajasi talablari ishlamay qolish ehtimoli bir soatda 10'7... 10"9 dan, gidravlik tizimida 10'7... 10-8, konditsionerlash tizimi esa 10' 5... 10'6 oshmasligi kerak.
Obyektning uzoq ishlashlik omillari deganda, uning TXK va T dan sodtggi holatining ish faoliyatini saqlash tushuniladi. Bu holda uning qodlanilishi mumkin bodmagan va maqsadga to‘g‘ri kelmagan holati obyektning so'nggi holati hisoblanadi. Uzoq ishlashlik ko‘p holatlarga bog‘liq va ular mustahkamlik, eksplautatsion va tashkiliy holatlarga bodinadi. Mustahkamlikka konstruktiv, ishlab chiqaruvchi texnologik, yu klau ish va harorat holatlari kiradi. Ular kuchlanish konsentratsiyasi orqali kelib chiqadi, mukammal bodmagan texnologiya va uzellar yigdlishi va ta’mirlash davrida paydo bodadigan plastik deformatsiyasi hisobiga hamda material xususiyati va ekspluatatsiya davridagi o‘zgarishiga bogdiq bodadi. UA qurilmasiga tashqi muhitning hal qiluvchi ta’siri shular juntlasidandir. Ekspluatatsion omillarga: uchish-qo'nish yodak holati; uchishqodiish yodagi bo‘yicha rulni boshqarislming davomiyligi va shatakka olinishi; ekipaj a’zolarining individualligi va kasbga tayyorgarligi; uchish sharoitidagi ob-havo va iqlim holatlari, atmosferaning turbulentligi, qor, dod va boshqalarning mavjudligi, 9 harorat gradienti; muhandis-texnik tarkibning malakasi, UA ni texnik holati va boshqalar kiradi. Tashkiliy oniillarga muhandis-texnik tarkibning texnik, umumiy muhandislik va maxsus tayyorgarligi; tegishli strategiya va usullar tanlanishi; qabul qilingan dastur bo'yicha bir maromda TXK va T; ta’mirlashda va ishlamay qolganda ishlab chiqarishni o‘z vaqtida ehtiyot qismlar bilan ta’minlash; UA ni parvozga tayyorlash jarayonida mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish usullarining qo'Ilanilishi; nosozliklar va ishlamay qolishliklarni qidirish hamda bartaraf etish va boshqa ko'pgina ishlar kiradi. Zamonaviy UA ga katta xarajatlarni qilish sababi shundaki, uni yetarli chidamlilik va uzoq vaqt ishlatishga mo‘ljallangandir. Mutaxassislarning hisobi bo'yicha zamonaviy UA dan foydalanishning iqtisodiy tomoni 60x103 \ parvoz soatidan kam boimagan holni tashkil etadi. Blinda UA ning fizik, iqtisodiy va ma’naviy uzoq ishlashligiga bog'liqligi muammolar yuzaga keladi. Fizik chidamlilik qurilmaning mustahkamlik xossasi va uni aniqlovchi omillarga tayanadi. Mohiyati bo‘yicha uzoq ishlashlik qurilmaning charchâsh qarshiligi, alohida elementlarning yemirilib shikastlanishi va yedirilishiga qarshilik darajasi bilan aniqlanadi. Bu talab qilingan muntazamlikni va parvoz xavfsizligini ta’minlovchi TXK va T tizimini uyushtirish zarurligini ko‘rsatadi. Blinda ekspluatatsiyaga ketadigan sarf-xarajatlar belgilangan me'yordan oshmasligi sharoitini ta’minlash zarur bo‘lib, u iqtisodiy umrboqiylikni nazarda tutadi. Iqtisodiy chidamlilik UA ning foydaliligi bilan aniqlanadi, bu foydalilik to'lanadigan og‘irlikdan tashkil topadi. Belgilangan parvoz massasida to'lanadigan og'irlik qurilma va yoqilg‘i massasi bilan chegaralangan. Bundan tashqari, foydalilik kundalik ekspluatatsiyada fizik uzoq ishlashlikka, shuningdek, ta’mirlashlar soni va davri oralig'i, TXK da rejali va rejadan tashqari turib qolishi va boshqa omillarga bog'liq. Ma’naviy uzoq ishlashlik aviatsiyada ilmiy-texnik taraqiyotning o'ziga xos xususiyatlariga bog'liq. Bularning hammasi «eskirgan» UA qurilmasini yangi va takomillashgani bilan almashtirishga olib keladi. Ma’naviy chidamlilikni hech qanday hisob-kitob qilib bo'lmaydi. Bu aniq ijtimoiy konsepsiya. Yangi UA turlarini yaratish uchun ularning fizik, iqtisodiy va moddiy chidamliligini e’tiborga olish kerak. UA ning rivojlanishi, tizimlarining murakkablashuvi bilan qurilmaning va barcha funksional tizimlarining yashovchanligi oshadi. UA loyihalashtirilayotganda, u ekspluatatsiya qilinish jarayonida kutilayotgan shart-sharoitlar hisobga olinadi. UA ni yaratishda barcha funksional tizimlar ayrim uzel yoki elementlarning ekspluatatsiya jarayonida yuzaga keladigan nosozligi, shikastlanishi va hattoki, ishlamay qolishi — uchish paytida avariya holati paydo bo'lishiga olib kelmaydigan qilib loyihalanadi. Ishlamay qolishi avariya yoki halokat holatiga olib keluvchi funksional tizimlar, orttirilgan tajribaga asoslanib, bu ishlamay qolishlikni amaliy jihatdan, ehtimoldan uzoq hodisa deb, yoki ishlatiladigan imkoniyatlar ikkita ketma-ket ishlamay qolishliklardan so'ng, uchishni hech bolmasa qo‘l boshqaruvi usulida davom ettirish imkoniyatini saqlab qoladigan qilib loyihalanishi lozim. UA yoki funksional tizimning yashovchanligi deganda, uning ba’zi elementlari yoki uzellarining ishlamay qolishi, yoki shikastlanganda ham, uchishda (yoki uchishlarda) belgilangan vazifalarni normal bajarilishini ta’minlash xususiyati tushuniladi. Qurilmaning so‘nggi holati — uning ko‘tarish qobiliyati pasayishining boshlanishi bilan belgilanadi. Shunga ko'ra, uni aniqlash(iing 2 ta asosiy tamoyili ishlatiladi: «xavfsiz resurs» - UA nusxasi ëng yomon tarqalishi ma’nosida paydo bo‘ladigan o‘ta yuqori ishonchlilik bashorati; «xavfsiz shikastlanish» - ixtiyoriy UA nusxasi bu momenti o‘z vaqtida aniqlash bilan belgilanadi. Ishonchlilik, birinchi holatda, belgilangan resursni tanlashda, yetarli darajada katta zaxira koeffitsiyenti qiymatini oshirib tanlashda, ikkinchidan esa konstruksiyani tekshirish muddati oraliqlari, ular orasida shikastlanishning, masalan, UA ni ekspluatatsion texnologiyaviylik ko’rsatkichlari uni sinash va ekspluatatsiya bosqichlarida Statistik ma’lumotlar asosida aniqlanadi. Ular qatoriga: UA va uning buyumlarini amaldagi resurslari; TXK va T formalari hamda ularning bajarilishi davriyligi; asosiy buyumlarni almashtirishdagi kerak boladigan vaqt; TXK va T da elitiyot qismlarga ketadigan xarajatlar; buyumlar ro'yxati kiradi. UA ni sinash va birinchi nusxasini maromiga yetkazish bosqichida uni ekspluatatsion texnologikligini tekshirish va darajasini baholash muhim hisoblanadi. Ammo hammasini ham bu bosqichda hisobga olib bo‘lmaydi. UA ni boshlang‘ich ekspluatatsiyasida qo’shimcha holatlar aniqlanadi, bular ekspluatatsion texnologiyaviylik darajasini baholashda hisobga olinadi. Berilgan bosqichda ko'rsatkichlarni aniqlash fuqaro aviatsiyasi korxonalarida amaliyot ishlaridan olingan Statistik ma’lumotlardan foydalangan holda o'tkaziladi.
Download 23.79 Kb.




Download 23.79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Ekspluatatsion texnologiyaviylik omillari

Download 23.79 Kb.